Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy


Valuta cheklanishlarining o‘rnatiIish tartibi



Download 252 Kb.
bet4/21
Sana16.07.2022
Hajmi252 Kb.
#810115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy

Valuta cheklanishlarining o‘rnatiIish tartibi. Valuta chekla- nishlarining mavjud boMishi yoki bo'lmasligi davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog‘liq bo‘lib, valuta tizimining dementi hisoblanadi. Valuta cheklanishlari hukumat tomonidan qonuniy asosda milliy iqtisodiyot manfaatlarni himoyalash maqsadida kiritiladi.
Valuta qimmatliklari bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga cheklashlar Xalqaro Valuta Fondi orqali davlatlararo muvoFiqlashtirish obyektiga kiradi.
Valuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni muvofiqlash- tiruvchi milliy organlarning maqomi. Bu valuta tizimining muhim institutsional elementidir. Gap mamlakat valuta munosabatlarini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi milliy organlar (Markaziy bank, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, ba’zi mamlakatlarda valuta nazorat organlari) faoliyati haqida bormoqda. Milliy valuta qonunchiligi ushbu davlat hududida milliy va xorijiy valutadagi (egaiik huquqi, olib kirish va olib chiqish, oldi-sotdi) operatsivalarni muvofiqlashtiradi.
Jahon valuta tizimi — bu jahon bozori (xo‘jaligi) ning rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valuta tizimining tashkiliy asosi bo‘lib, milliy valuta tizimi hamda ushbu tizimga kirayotgan har bir mamlakat valuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.
Jahon valuta tizimi XIX asrning o‘rtalariga kelib shakllandi. Jahon valuta tizimi milliy valuta tizimi elementlari bilan yaqindan aloqada bo‘lgan ma’lum bir elementlarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilar:
Zaxira valutalari, xalqaro hisob-kitob valuta (pul) birligi (SDR);
Valutalarning o‘zaro konvertatsiya qilinish shartlari;
Valuta paritetlarining soddalashtirilgan (unifikatsiya) rejimi;
Valuta kurslari rejimlarini tartibga solish (reglamentatsiya);
Valuta cheklanishlarini davlatlararo muvofiqlashtirish;
Xalqaro valuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish;
Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanish qoidalarini soddalashtirish (unifikatsiya);
Xalqaro hisob-kitoblar asosiy shakllarini soddalashtirish (unifikatsiya);
Jahon valuta va oltin bozorlari rejimi;
Davlatlararo valuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar.
Zaxira valutalari, xalqaro hisob-kitob valuta (pul) birligi (SDR). Jahon valuta tizimi jahon pullarining amal qiluvchi shakllariga asoslangandir. Jahon puli deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko'rsatuvchi pullarga aytiladi. Jahon pullari amaldagi shakllarining evolutsiyasi birmuncha kechikib bo‘lsa-da, oltin pullardan boshlab to kredit pullargacha bo'lgan milliy pullarning rivojlanish yo‘lini qayta bosib o'tadi.
Bunday qonuniyat asosida jahon valuta tizimi XX asrga kelib jahon yetakchi mamlakatlarining bir yoki bir nechta milliy valutalariga (an’anaviy yoki Yevrovaluta shaklida) yoki xalqaro valuta birligiga (SDR) asoslanadi.
Xalqaro hisob-kitob valuta birligi xalqaro talab va majburiyatlarni o'zaro solishtirish, valuta pariteti hamda kursni belgilash uchun shartli masshtab va xalqaro to'lov hamda zaxira vositasi sifatida ishlatiladi. Oltinning demonetizatsiyasi jarayoni, ya’ni Yamayka (1976—1978 y.) valuta islohoti natijasida oltinning yuridik jihatdan pul funksiyasini yo‘qotishi, jahon puli sifatida muvozanatsiz milliy pullar ishlatilishining salbiy oqibatlari valuta tizimiga SDRni (qarz olishning maxsus huquqlari), EKYuni (Yevropa hisob-kitob pul birligi) tatbiq etishga sharoit yaratib berdi. Jahon pullarining ushbu yangi shakllari mamlakatlarning maxsus hisob-varaqlarda yozuvlarni amalga oshirish yo‘li orqali naqdsiz xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatilgan: SDR — Xalqaro Valuta Fondida, EKYu — valuta hamkorligining Yevropa fondida, 1994-yildan boshlab Yevropa Ittifo- qining Yevropa valuta institutida. SDR va EKYuning shartli qiymati o‘rtacha tortilgan qiytnat hamda valuta savatiga (korzina) kirgan valutalar kurslarining o‘zgarishi asosida hisoblanadi. Yevropa Markaziy banki dastlab 1999-yilning boshidan naqdsiz liisob-kitoblar uchun, 2002-yildan boshlab esa naqdli shaklda EKYu o‘rniga Yevroni muomalaga kiritdi.
SDR kursini AQSH dollariga yoki savat tarkibiga kirgan boshqa bir valutaga nisbatan hisoblanishi 3 asosiy elementni o'z ichiga oladi:

  1. taalluqli valuta birliklaridagi valuta komponentlari. Ular quyi- dagicha aniqlanadi: (valutaning savatdagi solishtirma og‘irligi) h (uning AQSH dollariga nisbatan sohiggi 3 oy ichidagi o‘rtacha bozor kursi) bundan oldingi SDR kursiga muvofiqlashtirilgan holda;

  2. valutalarning AQSH dollariga nisbatan bozor kurslari;

valuta komponentlarining dollarli ekvivalenti. U quyidagicha hisoblanadi: (valuta komponenti) / (valuta kursi) funt sterlingdan tashqari, (funtning valuta komponenti)*(dollarga nisbatan valuta kursiga).
Keltirilgan hisob-kitoblardan ko‘rinib turibdiki, ushbu sanaga 1 SDR = 1,34 AQSH dollariga teng ekan. Valuta kursining SDR birliklarida ifodalanishi rasmiy xarakterga ega va u faqatgina valutalarni AQSH dollariga, dollar orqali esa boshqa valutalarga bo‘lgan bozor kurslarini ro‘yxatga oladi.
Erkin suzuvchi valuta kurslari va ularning muvozanatsizligi sharoitida turli mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan valuta savati uslubi qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqib (valuta kursini aniqlash, xalqaro valuta birligini yaratish, baho valutasi va qarz valutasini indeksatsiya qilish), valutalarni turli to‘plamidan foydalangan holda ishlatilmoqda.
Yevropa valuta ittifoqida valuta paritetlarining asosi sifatida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 12 valutasidan iborat EKYu valuta savati ishlatilgan. 1999- yildan boshlab Yevropa valuta ittifoqining yagona valutasi Yevrodir. Bundan tashqari, bir qator mamlakatlar (taxminan 20ta davlat) o‘z valutalari kursini saqlash maqsadida yakka tartibdagi valuta savatidan foydalanmoqda.

Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish