Xikmatlari vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy



Download 299,89 Kb.
bet2/11
Sana18.07.2022
Hajmi299,89 Kb.
#822418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xalq rivoyat va xikmatlari vositasida maktabgacha katta yoshdagi (1)

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 19-oktabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.
Unda O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idora raxbarlari ishtirok etdi. Mamlakatda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlidni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. 2017-yil 16-avgust kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda ta’lim tizimini rivojlantirishning ko’plab yo’nalishlari belgilab berildi.
Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to’la qamrab olish bo’yicha muhim vazifalar qo’yilgan edi.
Prezidentning joriy yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog’ni kengaytirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim- tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, manaviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo’yildi.
Yig’ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikirlarini takror va takror aytishga to’g’ri keladi: ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi president.
Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o’zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog’lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko’ra, inson o’z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o’zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida bog’cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Bunga qo’shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo’q. Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyasini olgan bola bilan maktabgacha ta`lim muassasasiga bormagan bolani solishtirgan, ularning fikirlash darajasi o’rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.
Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko’rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko’tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o’ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o’zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo’ladi, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, ularning moddiy texnik –bazasini mustahkamlash, yangi bog’chalar qurish bo’yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat ta’lim muassasalari, jumladan, nodavlat bog’chalar tarmog’ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog’lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko’paytirishga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Biz qabul qilayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va ko’nikmalarni
o’rgatadiganlar yuqori malakali tarbiyachi va murabbiylardir, deya takidladi yig’ilishda.
Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg’or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o’quv va o’quv metodik adabiyotlarning yangi avlodni yaratish va nashr etish ham g’oyat dolzarb vazifadir.
Yana bir muhim masala-bu maktabgacha ta’lim muassasalarida malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, sanitariya meyorlari va gigiyena qoidalariga to’la javob beradigan sog’lom ovqatlanish tizimini yo’lga qo’yish zarur.
Yig’lishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tegishli idoralarga har bir masala yuzasidan aniq muddatlari ko’rsatilgan holda muhim topshiriq va vazifalar berildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) maktabgacha ta’lim bo’limllarini binolar va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Ilg’or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo’yicha o’quv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo’limlarining “Makatabgacha ta’lim” yo’nalishi bo’yicha 2018-2023 yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish va navbatga qo’yish bo’yicha elektron dastur”ni joriy etish bo’yicha topshiriq berildi. Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash va internet tarmog’iga ulash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalariga shifokorlar ajratish, tibbiyot hamshiralarining malakasini oshirish, tez tibbiy yordam ko’rsatish uchun dori
darmon, sanitariya-gigiyena vositalari bilan to’liq taminlash, bolalarning ovqatlanishini belgilangan me’yorlar darajasida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Maktabgacha ta’lim muassasalariga mo’ljallangan o’quv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashr etishga doir standartlarni qayta ko’rib chiqish va tasdiqlash masalasiga ham e’tibor qaratildi.Bir so’z bilan aytganda, biz maktabgacha ta’lim sohasida har jihatdan zamonaviy tizim yaratishimiz kerak, dedi davlat rahbbari. Kelgusi 3-4 yilda 5-6 yoshdagi barcha bolalarni maktabgacha ta’limga to’liq qamrab olishga erishmog’imiz shart. Bu ertangi kunimizni hal qiladigan masala va biz buni albatta amalga oshiramiz.
Yig’ilishda soha oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. Shu asosda Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq rivoyat va hikmatlari vositasida axloqiy milliy qadryatlarni shakllantirish va shu bilan birga ularni rivoyat va hikmatlardan shu yoshdagi bolalar o’zlariga kerakli bo’lgan bilim malaka va ko’nikmalarini shakllantirishni tarbiyachilarga o’rgatib borishimiz lozimdir.Bolalarni ma’naviy- axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish bizning milliy pedagogikamizda azaldan mavjud bo‘lgan va turli davrlarda u o‘ziga xos ko‘rinish hamda mazmun-mohiyatiga ega bo‘lgan. Bu tarbiya sohasi o‘zining turli-tumanligi jihatdan qadriyatlar yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning bolalar dunyoqarashi hamda ruhiyatiga ta’sir etib, ma’lum bir ko‘nikmalar hosil qilishi juda bir murakkab jarayondir. Ushbu murakkab jarayon qadriyatlarning yuzaga kelish asoslari bilan bog‘liqdir.
Qadriyatlar inson uchun ahamiyatli bo‘lgan millat manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, haqiqat, ma’rifat, go‘zallik, yaxshilik, halollik, burchga sodiqlik singari fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Qadriyatlar o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Bular:tabiiy qadriyatlar (yashash uchun zarur bo’lgan tabiiy shart-sharoitlar); iqtisodiy qadriyatlar (ishlab chiqarish kuchlari va vositalari); ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar (erkinlik, tenglik, adolat, tinchlik, xamkorlik); ilmiy qadriyatlar (bilimlar, tajribalar, yutuqlar); falsafiy
qadriyatlar (g‘oyalar, mafkuralar, konsepsiyalar); badiiy qadriyatlar (san’at, adabiyot, madaniyat); diniy qadriyatlar (iymon, e’tiqod, vijdon, savob) kabi qadriyatlarni qayd etish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga fanda qadriyatlarning milliy va umuminsoniy turlarga ajratilishi an’ana tusiga kirgan.
Milliy qadriyatlar ma’lum bir millat, xalq va elatlarning o‘z tarixiy taraqqiyotida yaratadigan barcha moddiy va madaniy (ma’naviy) boyliklari yig‘indisidan iboratdir. Umuminsoniy qadriyatlar tabiatni muhofaza qilish, madaniyatni rivojlantirish, inson sog‘ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash, energiya-yoqilg‘i tanqisligining oldini olish, turli tahdidlarni bartaraf etish, sivilizatsiya taraqqiyotini davom ettirish kabi sohalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Qadriyatlar turli-tuman bo‘lishi bilan birga «dunyoda eng oliy qadriyat-inson» hisoblanib, qolgan barcha qadriyatlar unga xizmat qiladi. Inson qadriyatining ma’naviy, tarixiy hamda ta’limiy jihatlari o‘ziga xos yangicha fikrlash va yondoshishlar asosida birinchi prezidentimiz asarlarida batafsil yoritilgandir.
Bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning mazmun-mohiyatini birinchi prezidentimiz asarlaridagi g‘oyalardan kelib chiqqan holda «o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda komil inson etib tarbiyalash» jarayoni sifatida izohlash mumkin bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishi mavzusini “Xalq rivoyat va hikmatlari vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy milliy qadryatlarni shakllantirish” deb nomladik.

Download 299,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish