Xotiramizning 7 gunohi



Download 117,14 Kb.
bet2/32
Sana15.01.2022
Hajmi117,14 Kb.
#369134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
2 5474180833751336315

Yechim :  Umuma olganda, izlanishlar natijasi shuni ko’rsatadiki tilingizni uchida turgan so’zni yoki ismni siz ko’p holatlarda 1 minut ichida ushlab olishingiz mumkin. Bu “gunohi kabira” xotirangizni sust ishlasidan dalolat bermaydi aksincha inson tabiatida bo’lib turadigan bir hodisadir.
4. Noto’g’ri belgilash
Do’stingiz aytmagan gapni u aytgan deb olib aslida  gazetada o’qilgan xabarni noto’g’ri belgilab qo’yishingiz mumkin. Noto’g’ri belgilash deb xabar manbasini boshqa manbadan olganman deya miyangizni yanglishishiga aytiladi. Ba’zida shunday bo’ladiki siz aniq ishonch bilan manba to’g’ri deb olasiz, lekin oxirida bunday emasligiga amin bo’lasiz. Noto’g’ri belgilash bu yosh o’tgan sayin ko’p uchraydigan muammoga aylanadi negaki yoshi qari insonlarda ko’pincha xotiralari ham zaiflashib qoladi va ular fikrlarini tez o’zgartirishga moyil inson bo’lib qoladilar.
Bu narsa uyatga solishi, hijolat qilib qo’yishi, va hattoki jaxlingizni chiqarishi mumkin: lekin bu oddiy holat bo’lib xotiraning kasalligi emas. Hamma yoshdagi insonlarda bu muammo uchrashini o’ylab o’zingizni tinchlantirishingiz ham mumkin.
Yechim :  Bunday holatda tarixga qayting, lentani orqaga qaytarib boshidan nimalar bo’lganini eslab ko’ring agarda siz haqiqatdan ham to’g’ri topa olsangiz
5. Taklifchanlik
Tarixdan ma’lumki, sud jarayonlarida, guvohning bergan ko’rsatmalari eng kuchli dalillardan biri hisoblanadi. Lekin buni qarangki , sezilarli darajada ko’plab holatlarda guvoh tomonidan berilgan ko’rsatma noto’g’ri bo’lib chiqmoqda. AQSHda nechta insonlar o’zlari “yemagan somsaga pul to’lashga ” majbur bo’lishmoqda, aynan yolg’on xotiralarga asoslangan ma’lumotlar sababli!
Bunga asosiy sabab deb miyamizning strukturasini keltirishimiz mumkin. Ya’ni miyamiz shunday yaratilganki doimo o’ziga moslab takiflar berishni boshlaydi (xohlaydi), o’zidan o’zi yangi xotiralarni fantaziya qilib yuboradi va oqibatda “yolg’on xotiralarga bizni duchyor qiladi”, bu qaysidir ma’noda noto’g’ri belgilashga aloqador hisoblanadi.
Xattoki, guvohning ko’rsatmasini so’roq-savollar orqali ham o’zgartirib yuborish mumkin ekan. Bu haqida o’qiganimda ozgina hayron qolgandim lekin bu fakt ekan. Dr Elizabet Loftus tajribalar orqali to’g’ri va noto’g’ri savollarni guvohlarga berish natijasida ularning xotiralarida o’zgarishlar sodir qilgan ekan negaki savol-javoblarda guvohlarning miyasi taklifchanlik oqibatida xotirasida o’zgarishlar sodir bo’lar ekan. Hozirda janob sudyalar va huquqshunoslar bu muammodan to’liq habari bor va guvohning ko’rsatmalariga o’ta ehtiyotkorlik bilan qarashmoqda.
Yechim :  Ba’zida xotiralarimiz yolg’on xotiralar berishga moyil bo’ladi, va bu hamma yoshdagi insonlarda uchraydi. Xotiramiz nomukammal yaratilganligida ham qandaydir hikmat bordir, balkim. Kim bilsin? Kelajakdagi 10-20 yillik tadqiqotlar nega biz bu muammolarga duchor bo’lishimizni tushuntirib berar.
6. Yon bosish
Eksperiment qilib ko’ring. Ikki do’stingizdan so’rashingiz mumkin va ular maktabdagi so’ngi qo’ng’iroq haqida o’z fikrlarini berishi mumkin va bu yerda ikkala fikrning bir biridan farq qilish darajasi ancha yuqori bo’lishiga o’zingiz guvoh bo’lasiz. Misol uchun, do’stingiz kimnidir nutqini qiziqarli deb bilishi mumkin va siz esa uni aniq zerikarli deb sezgansiz yoki bir guruh o’quvchilar so’ngi qo’n’g’iroqqa umuman hissiy yondashmagan va bitirayotganidan  umuman hafa ham bo’lmagan deb hisoblaysiz. Lekin do’stingiz aksincha ular juda hissiyotga berilib, xattoki yig’lab ham yuborishgan deya fakt keltirishi  mumkin. Xo’sh, bu yerda kimning fikri to’g’ri? Buni aytishning deyarli iloji yo’q  , negaki bizning xotiramiz doimo bir tomonga yon bosishga moyil ya’niki xotira esda qoladigan hodisa aynan qabul qiluvchining dunyoqarashi orqali qabul qilinadi. Sizning shaxsiyatingiz, kayfiyatingiz, qarashlaringiz va tajribangiz hammasi sizning xotirangizga boshqacha rangbaranglik berishi mumkin.
Odatda biz fikrlar ekanmiz his qilamiz ham,va his qilganimizda beixtiyor oldingi hislarimiz hozirgi fikrashimiz yoki eslashimizga o’z ta’sirini o’tkazadi. Shunday ekan, xotiramiz doimo yon bosishga moyil hisoblanadi , lekin bu bizning xotiramiz xolis bo’lmasligi mumkin deganidir.
Yechim :  Xotira bu video kamera singari haqiqiy hayotni tasvirga xolisona tushiradi deb siz hech qachon o’ylamang. Kimdur sizga dunyoni o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz desa ham hayron qolmang. Aslida ham shunday va kim bilandir xotiralariz aynan bir voqea yuzasidan ikki xil chiqsa ham ajablanmang. Shunchaki, hodisani tahlil qilib kimning xotirasi yon bosayotganiga e’tibor berib, xabarga xolis qarashingiz mumkin.
7. Qaysarlik
Ko’p insonlar esdan chiqarib qo’yish haqida xavotirga tushadi, lekin shunday insonlar borki unutmoqlikni juda ham xoxlaydi , ammo buni iloji yo’q. Ba’zida miyamiz shunday qaysarliklar qiladi unga asti chiday olmaymiz. Eslama deb aytgan narsalarni eslata veradi, qaysidur mudxish voqea xotiramizning chuqur qa’rida o’rnashib qolgan bo’lsa, uni ba’zan ming urinsak ham esdan chiqara olmaymiz.
Fobiya yoki ba’zigi qo’rqinchli holatlarning xotirasi miyamizda o’rnashib olganligi uchun biz ularni unuta olmaymiz va qo’rqishni davom ettiraveramiz. Qaniydi iloji bo’lsa, xotiralaringizni kesib tashlasangiz-u , ularni keyin umuman eslamasangiz edi. Agarda kimdur shunday asbobni ham kashf qilsa , aminmanki, u inson millionlar tagida qolib ketadi.
Yechim :  Unutmoqchi bo’lgan xotiralarni unutishga harakat qilmang. Bunday harakat teskari natijaga olib keladi va o’sha xotiralarni yana va yana jonlantiradi. Oddiy bir misol : Oq ayiqni o’ylamaslikka harakat qilingchi!!! Ko’rdingizmi, shunchaki xotiralarni o’z o’rniga qo’ying, xotiramizning birinchi xatosini eslang, albatta, vaqt o’tgan sayin u xotira sizni kamroq bezovta qilishni boshlaydi.
Xulosa qilsam, bir inson menga aytgan edi, inson so’zining asl ma’nosi bu xato qiluvchi deb. Ya’ni xato qilish bu miyamiz va xotiramizga, inson zotiga xosdir. Eng qiziqarlisi, bu xotira xatoliklari tabiat tomonidan bizga ataylab berilganmi yoki biz uni uzoq muddatli evolyutsiya natijasida o’zimizniki qilib olganmizmi? Bu savollar hali beri olimlarni ko’p o’ylantirishi aniq lekin bu xotirangizdagi ayrim nuqsonlarni, nomukammallikni tan olib, ularni yanglishib xotira susayishiga ro’kach qilmaslik esa meni ushbu maqolamning asosiy mazmunini tashkil etadi. Zeroki, buni anglash sizni xotira haqidagi xavotirlaringiz olib tashlaydi va bexavotirlik baxtli hayot kechirishning bir belgisi bo’lib hizmat qiladi.
Shohruh-Mirzo Rahmanov




APR

23
Qani mening kalitim yohud parishonxotirlikka nuqta qo’ying!!!



Har bir inson hayoti davomida ko’plab holatlarda o’ziga tegishli buyumlarni bir joyga qo’yadi va u buyum kerak bo’lganida, 20-30 minutlab qidirgan holatlari ko’p bo’ladi: mashina yoki uy kalitini, telefonni, ruchkani va hokazo. Ochig’ini aytsam, o’zim xotirani rivojlantirish bilan mana 4 yildan berib shug’ullanayotgan bo’lsam ham ba’zan-ba’zan bunday muammo meni ham bezovta qilib turadi. Lekin bir narsa aniqki, men 4 yil oldingi Shohruhning parishonxotirligiga munosib tarzda javob berib, hozirda bu muammoni keskin yo’qotishga muvaffaq bo’ldim. Ushbu maqola aynan qanday qilib siz ham keyingi safar shunday holatga tushib qolmasligingiz “siri”ni tushuntirib beradi.
Sabab
Kelinglar muammoni yechishdan avval uni sababini tushunib olaylik. Nega biz hozirda ko’rgan yoki ushlab turgan narsani qayerdaligini eslab qola olmasak(achinib ketamiz xotiramizga)? Bunga sabab miyamizning doimo bir kognitiv(fikrlashga oid) vazifalarga bir vaqtni o’zida e’tibor berishi bilan tushuntirilib beriladi, ya’niki biz bir vaqtni o’zida ham ko’rib, ham fikrlay olmaymiz. Buni tushuntirish uchun bir misol keltirsam, siz bir inson bilan gaplashmoqdasizda va hayolingizga bir fikr keldida, siz o’sha fikr haqida o’ylab qoldingiz va to’satdan suhbatdoshingizga e’tibor berdingizda lekin u nima haqida gapirganini aynan o’sha paytda eslay olmaysiz!!! Siz fikrlaganizda ko’rmadingiz va eshitmadingiz shunchaki, biologik nuqtai nazardan, nailoj bu inson miyasini chegarasi. Xuddi shunga o’xshab siz kalitingizni muzlatgich ustiga qo’yayotganizda hayolingizdagi fikr bilan band bo’lasiz va miyangiz muzlatgich ustidagi kalitni xotiraga olmaydi, axir shu paytda u ko’rmaydida. Ko’rmagan narsani aytingchi siz qanday qilib eslab qolasiz?

Download 117,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish