Xotiramizning 7 gunohi


Odamlar odatda darsda o’rgangan ma’lumotlarning 90% ni  30 kun mobaynida unutadi.Yana, juda katta qismdagi unutish esa dars tugashi bilanoq sodir bo’ladi



Download 117,14 Kb.
bet5/32
Sana15.01.2022
Hajmi117,14 Kb.
#369134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
2 5474180833751336315

Odamlar odatda darsda o’rgangan ma’lumotlarning 90% ni  30 kun mobaynida unutadi.Yana, juda katta qismdagi unutish esa dars tugashi bilanoq sodir bo’ladi.

Ko’rinib turibtiki siz maqolamni bir marta o’qiganingizdan so’ngina ko’p qismini unutib yuborasiz.Darvoqe , bu hodisa deyarli barcha insonlarga taaluqlidir agarda siz savant yoki istisnoiy xotira sohibi bo’lmasangiz bo’ldi. Ebbinhaus o’z tadqiqotlarini ilmiy jurnalda e’lon qilib , o’shandan so’ng ko’p isbotlangan xotiramizning “Unutish yoyi”ni  matematik hisoblab chiqadi va quyidagi grafaga ega bo’ldi.


 Bu grafa shaxsan sizga nimani anglatadi? Bundan qilinadigan xulosa shuki, hech qachon imtixondan oldin ko’pgina ma’lumotni yodlab qolishga , bir kun avval prezentatsiya nutqini takrorlab chiqishga harakat qilmang bu foyda bermaydi. Ingliz tilida buni Cramming- ya’ni barcha o’rganiladigan ma’lumotlarni imtixondan avval o’rganib “tiqishtirishga” aytiladi. Bu harakat albatta grafa ko’rsatib turganidek, katta miqdordagi ma’lumotlarni ertasi kuniga unutib yuborishga olib keladi. Xo’sh, imtixondan avval yodlamaslik kerak bo’lsa qachon yodlash kerak degan savol tug’ilishi mumkin sizlarda. Bunga javoban olimlar ilmiy tomonda ishlab chiqilgan “Oraliqli takrorlashni” tavsiya etadi. Unga ko’ra siz ma’lumotni ma’lum bir oraliqlar davomida bir necha marta takrorlashlar natijasida uzoq muddatda saqlab qolasiz. Bekorga rus tilida aytilinmagan “Takrorlash o’qishlarning onasidir” deb. Imtixonlarga esa 1 – 2 oy avval asta-asta ma’lumotlarni takrorlashlar orqali olib borishingiz mumkin. Yoki bo’lmasam o’ta takrorlashdan zerikib ketsangiz, hozirgi komputer texnika asrida ko’p ishlatiladigan usuldan foydalanishingiz mumkin: programmalar orqali. Aynan oraliqli takrorlashga mo’ljallangan Anki va Mnemosyne deb nomlangan programmalar sizga imtixonga tayyorlanishda, til o’rganishda va katta hajmdagi axborotni yodlashda juda asqotadi.
Ebbinhaus bu orqali  ko’p o’rganishning foydasini aytgan.O’ta ko’p o’rganish deganda kam-kam takrorlab ko’p marotaba axborotga duchor bo’lishni nazarda tutmoqdaman. Bu degani aslo siz bir yodlanishi kerak bo’lgan kitobni 1 yoki 2 soatlab takrorlash kerak degani emas.Negaki miyamizga ozgina dam berib turish lozim. Yarim soatli o’qishdan so’ng 5 minut dam olib yana 5 minut o’tilganlarni takrorlab, keyin yangi mavzuga o’tilinsa, ma’lumotni saqlab qolish bu usulda 2 soat takrorlagandan ko’ra unumliroq qoladi.

Bu teoriyaning negizi juda sodda - bizning xotiramiz yo’qolib ketishga juda moyil va vaqt o’tishimi bilan esa ular yo’qolib ketadi.Har doim ma’lumotni takrorlash, uni eslab qolishni mustahkamlaydi.Maqsad esa bitta takrorlashni oson va foydali qilib plan tuzilsa bo’ldi


Meni eng qiziqtirgan narsa shuki, bu oraliqli takrorlash allaqachon boshqa sohalarga tatbiq qilanayotgan ekan.Misol uchun, nomdor Garvard Tibbiyot Maktabi professori Pris Kerfut tibbiyot studentlarini aynan shu usul orqali ko’p ma’lumotlarni eslab qolishga majbur qilgan.Bilamizki, tibbiyot deganda ko’p ma’lumotlarni qabul qilish, dorilarni ismlari, va kasalliklarni nomlarini juda qisqa fursatda yodlash kerek bo’ladi.Xullas,Professor studentlarni esidan chiqarib qo’yishidan toqati toq , imtixonlardan avval faqat imtixon uchun yodlab keyin esidan chiqarib qo’ygan studentlarni mukofotlamoqchi ham bo’ldi. kerfut o’z fani doirasidan savol javoblarni ishlab chiqqan, va har haftada studentlarning pochtasiga u faktlarni jo’natgan.har hafta yangi mavzuni eski mavzu bilan aralashtirib so’rab yuravergan. Yil oxirida esa pochta orqali xatlarni olgan studentlar olmagan studentlardan sezilarli darajada yuqori ko’rsatkich namoyon qilishgan.

Ta’lim tizimimizdagi eng depressiyali faktga keladigan bo’lsak, bu haqiqatdir .Nafaqat bizda balkim butun dunyo ta’lim tizimida ham aynan shunday.Negaki odatda o’quvchilar 5-sinfda o’tilgan axborotni 6-sinf bo’lganidan keyin deyarli barchasini unutib yuboriladi, takrorlamagani uchun albatta. Balki yozgi kanikullarda unutar, lekin o’tgan yilgi mavzu takrorlanmas ekan, har bir o’quvchi axborotni borgan sari esidan chiqarib yuboraveradi.Bu sizga ham miyamizning unutishga evolutsion kechirim desa ham bo’ladi :))


Xulosa sifatida aytishim mumkinki, doimo takrorlashni unutmang, takrorlashlar orqali biz har qanday ma’lumotni eslab qolamiz.Takrorlaganda ham ko’r-ko’rona takrorlash kerak emas, ilmiy asoslangan oraliqli takrorlash usulidan foydalanish darkor va hech qachon imtixondan bir kun avval tayyorlanaman degan fikrlashga duchor bo’lmang. “Unutish yoyi”ni yengish uchun ora-orada o’qigan ma’lumotlarni bir qator takrorlab turing.

P.S : Undan tashqari xotiraning asosiy qoidalarini ishlatish orqali ham siz yodlanishi kerek bo’lgan axborotni uzoq muddatga xotirangizda saqlab qolishingiz mumkin.Esingizda bo’lsa xotirani asosiy tamoyillarini LIRA so’zi orqali o’tgan maqolalarimizda tushuntirib bergan edik.





APR

9
Uyqusiz kunim – ishimda yo’q hech unim!!


Uyquni yomon ko’radigan inson bo’lmasa kerek va hozirda sir emaski agar siz to’laqonli yaxshi uxlasangiz o’zingizni kuni bo’yi tetik his etasiz.Uyqu faqatgina miyamiz va tanamizni qayta “zaryadlab qo’ymaydi” balki insonning o’rganishi hamda xotirasiga to’g’ridan to’gri ta’sir etadi.Shuning uchun bugun blogimda uyxalaslikni ba’zi zararlarini eslab o’tamiz.


Kelilar uxlamasak nima bo’lishi haqida bir men sizlarga tasavvur beray! 1965 yili, 17 yoshli Rendi Gardner ilmiy loyiha uchun eng ko’p soat mobaynida uxlamaslikni tanladi. Qarang , u bu orqasidan anchagina shov-shuvga ham erishdi va Ginnesning Rekordlar kitobiga eng ko’p tabiiy ravishda 11 kun uxlamagan inson bo’lib kiritildi. Olimlar bunday loyihaga ham o’z qiziqishini bildirdilar va uni tekshirib ko’rishdi.(Axir ularga bu tekingina “labaratoriya kalamushi” edida!!). Xo’sh, uning miyasida sodir bo’lganlarning hammasi inson uyqusi sohasida ajoyib yangiliklar edi. Avvalo, uni miyasi noto’g’ri ishlashni boshladi. Qisqa fursatda, jaxldor, esar, ko’ngli ayniydigan, va hech kimni hayron qoldirmay, o’ta toliqdi.Eksperimentning 5-kuni unda juda ham og’ir psixik kasalliklarning belgilari ko’rindi : gallusinatsiya(ko’cha belgisi u uchun odamdek ko’rindi), paranoya, o’zini yo’qotib qo’yish va hokazo. Oxirgi to’rt kunda esa u harakatlana olmay qoldi, nutqida o’zgarishlar boshladi. Unga  100 dan boshlab har bir raqamdan 7 ni ayrib berish so’ralganda, 65 raqamiga kelib to’xtab qolib “Men nima qilayotgan edim?” deb so’rashdan ham tap tormadi.  Xullas, hech kimga bunaqa eksperiment qilib ko’rishni tavsiya qilmagan bo’lardim.
Nega bunday o’zgarishlar bo’ldi? Nahotki biz uxlamasdan yura olmasak? Xotira va o’rganish qobilyatimizga yomon ta’sir etadimi unda?  Bunga o’xshagagan ko’p savollarga hali beri aniq javoblar yo’q ammo ba’zi dalillar ko’rsatadiki “uyqusidan qarz “ bo’lib qolgan odamlarda konsentratsiya buzular ekan, va u oqibatida insonning toza va tiniq fikrlashiga ta’sir etadi, zehnni pasaytiradi.
Tadqiqotlar ko’rsatadiki insonlar xotira bo’yicha testlarda bitta uxlab turganidan so’ng  yuqoriroq natijalar ko’rsatishgan, xattoki bizning o’zbek xalqida “qush uyqu” deb nomlangan 15 minutlik uyqudan so’ng ham. Buni o’zimdan misol qilaman, abiturientlik paytimda ba’zan 2-3 ta repetitorlarga borishimga to’gri kelardi. Ba’zan biridan kelganimdan so’ng , yarim soat ichida keyingi o’qituvchi oldiga borishim shart bo’lib qolardi. Aynan shunday damlarda 20 minutlik “qush uyqu” menga bitmas-tuganmas energiya tuhfa qilardi va eng muhimi o’rgangan bilimlarimni o’z-o’rniga joylashtirib, xuddi xotiramning  bir bo’lagida yangi xotiralar uchun joy ajratib qo’yar edi.
Uxlayotganimizda miyamiz butun kun davomida olingan Gigabaytlab axborotlarni “hazm qilish” bilan band bo’lar ekan. Bunday hazm davomida ,ishlovchi xotira tozalanib , yangi xotiralar uchun joylar ajratiladi. Tushlar ko’rayotgan paytimizda esa ma’lumotlar qayta joylanadi va xotiralar mustahkamlanadi.Shuningdek, uxlayotganimizda axborotlar bizga bilintirmay takrorlanib chiqadi va xotiralar o’rtasida muvozanat keladi. Gapning indallosi, bizga doimo uyqu kerek, bu bialogik muhtojlik, yashab , tirik qolish uchun uxlashimiz darkor
Ba’zi insonlar savol berishi mumkin qancha uxlagan darkor? albatta bu insonning o’z tanasiga va ehtiyojlariga , yoshi va boshqa sabablar bog’liq , biroq ko’p manbalarda 7- 8 soatli uyquni yaxshi uyqu deb olishimiz mumkin. Ba’zida do’stlarimni ko’raman 10 soatlab uxlashadi bu kabi rejimni buzish ham o’zining salbiy tomonlariga ega. Bu haqida keyin to’xtalarmiz.Bilasizlarmi, ba’zan o’zim yaxshi uxlay olmasam, ertasi kuni o’qishda, leksiyada faol qatnasha olmayman, va ayrim hollarda, aytish “uyat ” bo’lsa ham dars davomida bir uxlab turvolaman.Ya’niki mening uyqusiz kunim  o’z ma’nodorligini yo’qotib, unumsiz kunga aylanadi.
Shunday ekan, xotiramizni yaxshilashning yana ishonchli usullaridan biri bu doimo uyqudan qarz bo’lmaslik, sog’lom-turmush tarziga rioya qilmoqlik.Doimo esda tutish darkorki, uyqu bu sizning do’stingiz.

APR

7
Xotiramizning Asosiy Fundamental Qonunlari!


Insoniyatning eng yuksak yutug’i bu uning xotirasidir

Aleksandr Smit
Xotira bu inson miyasining asosiy funksiyalaridan biri bo`lib aynan undan to`g`ri foydalanib, uning yordamida biz kunlik ishlarimizni yoki rejalarimizni, axborotlarni , eng muhimi, tanishlarimizni yuzlarini yodda saqlab qolamiz.
Biror narsani anglab yetish uchun uning mag`zini chaqish kerak deyishadi. Xotiramizni yaxshilashni o’rganishdan avval uning qanday qoidalar asosida ishlashini tushunib yetmoq darkor. Quyida xotiramiz haqida asosiy tamoyillar keltirilgan. Ushbu qoidalarni qisqagina mnemonik so’z LIRA ga jamlash mumkin.

Download 117,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish