Yana bahor kelib uyg’ondi olam, Ajib bir go’zallik o’zgacha surur



Download 15,6 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi15,6 Kb.
#88248
Bog'liq
2-kitob Gulshoda


Quyosh

Yana bahor kelib uyg’ondi olam,

Ajib bir go’zallik o’zgacha surur.

Ko’zim qamashtirar zarrin nurlari.

Go’yo faxrlanar, yo qilar g’urur.
Quyoshim porlayver, porlagin har on,

Qalbim gavharini yoritib turgin.

Senla chiroylidir musaffo osmon,

Fasllar ichida davroning surgin.


Sensiz go’yo dunyo be’mano, behol,

Sen o‘zing yurtimning ko’rki jamoli.

Manglayi quyoshli O’zbekistonim,

Serquyosh o’lkamning ko’kda hiloli.



Seni yana so’g’inaman ey, sinfdosh
Maktabimning gulbog’ida kezgan edik,

Sizlar bilan g’amga botmas edi bu bosh.

Bugun endi katta hayot minbarida,

Seni yana so’g’inaman ey, sinfdosh.


Birga o’tgan quvnoq kunlar yodingdami,

Ko’ngil kabi pok,oq kunlar yodingdami.

Yulduzlardek porloq kunlar yodingdami,

Seni yana so’g’inaman ey, sinfdosh.


To’g’ri yo’lga solguvchi nur-ustoz edi,

Bir bo’lishimib har kunimiz parvoz edi.

O’yinqaroq bolaligim qayga ketding,

O’tib ketgan kunlarimiz xo’b soz edi.


Seni yana so’g’inaman ey, sinfdosh.

Onajonim
Hech kimdan kam bo’lmagin deb yelib- yurib,

Kecha-kunduz boshimizni siladingiz.

Har qadamda bizga omad tilab- turib,

O’zingizga ayting nima tiladingiz.


Poyingizga ta’zim qilib aytajakmiz,

Onajonim omon bo’ling baxtimizga.


Sizsiz shod-u xurramlik ham tatimaydi,

Asli sizsiz bizning baxt-u quvonchimiz.

Dilkashimiz, sirdoshimiz, eng yaqin do’st,

O’zingizsiz dillardagi sevinchimiz


Poyingizga ta’zim qilib aytajakmiz,

Onajonim omon bo’ling baxtimizga.


Sizsiz yorug’ dunyo bo’lar qorong’u,

Tirgak bo’lay,suyanch bo’lay ,onajon.

Siz borsizki yaqin kelmas g’am-qayg’u,

Gulshodangiz tayanch bo’lgay, onajon!


Poyingizga ta’zim qilib aytajakmiz,

Onajonim omon bo’ling baxtimizga.


Samarqand

Samarqand bu tirik mo’jiza,

Ta’riflashga ojizdir tilim.

Registonni ko’nglim qo’msadi,

Samarqandni istaydi ko’nglim.
Go’ri Amir,Shohi Zindang ham,

Moziylarga ot soladi jim.

Shaharlarning piri Samarqand,

Buyukdirsan olim va hakim.

Har qadamda tarix so’zlaydi,

Ko’chalaring, bog’laring go’zal.

Buyuklarning nazari tushgan,

Nurafshondir taqdiring azal.


Registoning boshimga soya,

Mehmondo’stsan,ko’ngli ochiqsan.

Nonlaringning hidiga to’ymay,

Samarqandim senga oshiqman.


Sohibqiron Temur poyida,

Ta’zim qilib ichaman qasam.

Toki tirik ekenman seni,

Kuylagayman singuncha qalam.




Sog’inch

Kulib menga qarasang,

Dunyolarga sig’mayman.

Mendan ayro bo’lsang gar,

Yurakkinam tig’layman.
Dilozorim bo’lsang ham,

Menga juda yoqasan.

Uyalib ham jilmayib,

Menga juda yoqasan.


Tuyg’ularimni sira,

O’zingga aytolmayman.

Ammo seni ko’rmasdan,

Ortimga qaytolmayman.


Bir dam seni ko’rmasam,

Go’yo bo’m-bo’sh yuragim.

Sen bilan bu dunyoda,

Birga bo’lish tilagim.


Gulshodaga rostin ayt,

Sevasanmi yoki yo’q.

Ammo yo’q deya ko’rma

Yuragimga tegar o’q.


Buvijonim nasihatlari

Buvijonim aytadilar:

“Do’sting ezgulik bo’lsin,

Qalbing qayg’uga emas,

Mehr quvonchga to’lsin”
Buvijonim aytadilar:

“Doimo hushyor bo’lgin.

Yomonlarga yor bo’lma,

Muhabbatga yor bo’lgin”


Buvijonim aytadilar:

“Oqil, dono farzand bo’l.



Vatanimiz koriga ,

Yaraguvchi dilband bo’l”
Download 15,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish