Yangi O'zbekiston


To'rtinchi ustuvor vazifa



Download 1,2 Mb.
bet9/23
Sana09.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#439276
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Yangi O\'zbekiston

To'rtinchi ustuvor vazifa: pandemiya qishloq xo'jaligida tub o'zgarishlar amalga oshirilayotgan davrga to'g'ri keldi. Bu davr oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, agrar sektorni zamon talablari asosida rivojlantirish butun insoniyat, jumladan, biz uchun ham eng dolzarb vazifaga aylanib borayotganini yaqqol tasdiqladi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi bo'yicha ulkan salohiyatga, qadimiy tajriba va boy an'analarga ega. Ammo uzoq vaqt mobaynida ushbu tarmoqda bozor iqtisodiyotiga xos yondashuv va moddiy rag'batlantirish mexanizmlari joriy etilmadi, uni rivojlantirishga mablag' va ilmiy innovatsiyalar etarlicha jalb qilinmadi. Oqibatda erning madori quridi, tuproq unumdorligi pasaydi.
Tasavvur qiling, mustaqillik davrida, ya'ni, keyingi 30 yilda O'zbekiston aholisi 15 million nafarga ko'paydi. Bu o'rtacha bir mamlakat aholisi, demakdir. Qolaversa, vaqt o'tishi, hayot o'zgarishi bilan odamlarning iste'mol talabi va ehtiyojlari ham muttasil ortib bormoqda. Erimiz, suvimiz esa ko'paymasligi tabiiy, albatta. Bunday resurslar nafaqat bizda, butun dunyoda cheklangan. Binobarin, biz endi aqlimizni, intellektual salohiyatimizni, bilim va tajribamizni oshirishimiz, aynan ana shu omillarni iqtisodiy o'sish nuqtalari va resurs manbalariga aylantirishimiz shart.
Bu nimaning hisobidan bo'ladi? Albatta, bunga bilim va tajriba, tinimsiz o'qib-o'rganish, izlanish, yangilikka intilish, yuqori texnologiyalarni joriy etish, islohotlarni samarali olib borish hisobidan erishish mumkin.
Shu sababli biz agrar sektorni yalpi va tizimli transformatsiya qilishni boshladik. Ushbu sohani iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish – bosh maqsadimizdir. Shu maqsadda 2020-2030 yillarga mo'ljallab ishlab chiqilgan Qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasida tarmoqni rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar aniq-ravshan belgilab qo'yildi. Xususan, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sektori va qishloqlarni yaqin o'n yilda jadal taraqqiy ettirish rejasi ko'zda tutildi.
Agrar sohada ishlarni butunlay yangi asosda tashkil etish orqali tarmoqning samaradorligi va raqobatdoshligini oshirish, ushbu yo'nalishda minglab yangi ish o'rinlari yaratish va qishloq joylarda odamlarning hayot darajasini yuksaltirish sari muhim qadamlar qo'yilmoqda.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish