Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma


III. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish



Download 217,5 Kb.
bet2/6
Sana15.06.2022
Hajmi217,5 Kb.
#674531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2240 05.07.2011 (1)

III. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish
26. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar huquqbuzarlik sodir bo‘lgan joyda, shuningdek yuridik shaxslarga tegishli transport vositasi doimiy (vaqtinchalik) ro‘yxatga olingan joyda ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish, o‘qish joyidagi jamoalarida yoki yashash joyida ko‘rib chiqilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish boshqa joyda ko‘rib chiqilishi ham nazarda tutilishi mumkin.
27. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
28. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs ma’muriy hujjatlarni olgandan so‘ng huquqbuzarga ishni qachon va qayerda ko‘rilishi haqida mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnomani yuboradi.
Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda Kodeksning 295 — 300 moddalarida (jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat, guvoh, ekspert, tarjimon) nazarda tutilgan shaxslar qatnashishi mumkin.
29. Huquqbuzarni ish qachon va qayerda ko‘rib chiqilishidan o‘z vaqtida xabardor etilganligi haqida ma’lumotlar bo‘lganda, undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish haqida iltimosnoma tushmagan taqdirda ish uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.
30. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida ichki ishlar organining mansabdor shaxsi:
mazkur ishni ko‘rib chiqish o‘zining vakolat doirasiga kirish-kirmasligi;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligi;
ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslar uni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi;
zarur qo‘shimcha materiallar so‘rab olingan-olinmaganligi;
ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat qilgan iltimoslar to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.
31. Mansabdor shaxs ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni o‘rganib chiqib, quyidagilarni amalga oshiradi:
ishni transport vositasi ro‘yxatga olingan joyga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
shaxsiy transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida huquqbuzarning ish, o‘qish joylaridagi jamoalarida yoki yashash joylaridagi DYHXXga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
ishni huquqbuzar yashaydigan joydagi voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
sud tomonidan hal etilishi lozim bo‘lgan taqdirda yoki huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa hujjatlarni sudga yuboradi;
agar huquqbuzarlikda jinoyat alomatlari bo‘lsa, hujjatlarni prokuratura organlariga topshiradi.
32. Vakolati doirasida ma’muriy ishlarni ko‘rib chiquvchi organlarga ma’muriy bayonnomalar va ishga oid boshqa hujjatlar bir sutkadan kechiktirmasdan buyurtma xat orqali yo‘llanadi yoki yetkazib berish kitobi bo‘yicha topshiriladi.
Ma’muriy ish bo‘yicha hujjatlarning kirimi va chiqimi hujjatlarni hisobga olish kitobiga qayd etiladi. Hujjatlarni hisobga olish kitobini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Kodeksning 54, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (bosh boshqarmasi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, yo‘l-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, alohida muhim ishlar bo‘yicha inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektor), ma’muriy amaliyot bo‘linmasi (bo‘limi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ust�dan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ular uchun ma’muriy jazo qo‘llaniladi.
331. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ma’muriy huquqbuzarlik qayd etilgan taqdirda huquqbuzarlikning takroriyligi inobatga olinmasdan jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi.
34. Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, mobil guruhi) komandiri, yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’muriy jazo qo‘llashi mumkin.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan Kodeksning 126, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129 va 130-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarning bir yil davomida takroran sodir etilmaganligi aniqlangandan so‘nggina ma’muriy ish ko‘rib chiqilishi mumkin.
35. Kodeksning 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1282-moddasining birinchi qismida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati katta inspektori (inspektori) va yo‘l harakati qoidalariga hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’muriy jazo qo‘llaniladi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan Kodeksning 126, 128, 1282 va 1283-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarning bir yil davomida takroran sodir etilmaganligi aniqlangandan so‘nggina ma’muriy ish ko‘rib chiqilishi mumkin.
36. Kodeksning 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasi ikkinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131, 135-moddalarida, 136-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 1763-moddalarida, 194-moddasida (ichki ishlar organlari xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik xususidagi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy ish ko‘rib chiqilgunga qadar ushlab turilishi mumkin. Bunda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi ushlab qolinganligi haqidagi ma’lumot bayonnomaga qayd qilinadi va haydovchiga barcha hujjatlari qaytarib beriladi (Kodeksning 131 va 136-moddalari bundan mustasno).
Transport vositasi to‘xtash joyiga joylashtirilgan taqdirda transport vositasini ushlagan DYHXX xodimi o‘z vakolatlari doirasida haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlatish yuzasidan zarur xatti-harakatlarni amalga oshiradi, ma’muriy bayonnomani rasmiylashtiradi, mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani tuzadi. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini to‘xtash joyida saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda qoldiriladi, ikkinchi nusxasi bayonnomaga birkitiladi, uchinchi nusxasi huquqbuzarga beriladi.

Download 217,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish