Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma


IV. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berish va protest keltirish



Download 217,5 Kb.
bet4/6
Sana15.06.2022
Hajmi217,5 Kb.
#674531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2240 05.07.2011 (1)

IV. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berish va protest keltirish
58. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki tuman (shahar) ma’muriy sudiga, ma’muriy sudning qarori ustidan esa kassatsiya instansiyasi sudiga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilingan mansabdor shaxs orqali yoki bevosita shikoyat yo‘llangan sudga yuboriladi.
Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan mansabdor shaxs shikoyatni olgach, uni uch kun ichida ish bilan birga shikoyatni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboradi.
59. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat shu qarorning nusxasi olingan kundan boshlab o‘n kun ichida berilishi mumkin. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan (kasallik, ta’til, xizmat safari va h. k.) o‘tkazib yuborilgan taqdirda tegishli tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach, ustidan qaror chiqarilgan shaxsning arizasiga muvofiq shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
60. Belgilangan muddatda shikoyat berish ma’muriy jazo qo‘llanishi to‘g‘risidagi qarorning ijrosini shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan mustasnodir.
61. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida jazo berish haqidagi qarorning ijrosi to‘xtatib turilgan hollarda talonning amal qilish muddati shikoyatni ko‘rib chiqish tugagunga qadar uzaytiriladi.
62. Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi.
63. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyatni yoki protestni ko‘rib chiqib, organ (mansabdor shaxs) quyidagi hal qiluv qarorlardan birini qabul qiladi:
chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldiradi;
chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni tugatadi;
jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan doirada o‘zgartiradi.
631. Agar ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori o‘ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligini inobatga olgan holda umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
64. Shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha DYHXXning vakolatli mansabdor shaxsi mazkur Yo‘riqnomaning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi hal qiluv qarori qabul qiladi.
65. Agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror bunga vakolati bo‘lmagan organ (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan bo‘lsa, qaror bekor qilinadi va ish vakolatli organ (mansabdor shaxs)ga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
66. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning bekor qilinishi olib qo‘yilgan haydovchilik guvohnomasini (talonini) qaytarib berishga asos bo‘ladi.
67. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan taqdirda undirilgan pul miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
68. Qonunchilikka xilof ravishda chiqarilganligi sababli qaror bekor qilingan taqdirda ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Aybdor mansabdor shaxsga nisbatan tegishli intizomiy chora ko‘rilib, u haqidagi ma’lumot ma’muriy ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.

Download 217,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish