Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma


V. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish



Download 217,5 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2022
Hajmi217,5 Kb.
#674531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2240 05.07.2011 (1)

V. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish
69. Agarda Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim.
Agar ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy mobaynida ijroga qaratilmagan bo‘lsa (qaror nusxasi huquqbuzarga topshirilmagan, huquqbuzarning ishlash, yashash joyiga yoki davlat ijrochisiga yuborilmagan bo‘lsa va h. k.), u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va aybdor mansabdor shaxsga nisbatan tegishli intizomiy chora ko‘rilib, u haqidagi ma’lumot ma’muriy ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
70. Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda – shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisi mustasno.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi lozim.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bankka to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.
Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi, quyidagi hollar bundan mustasno:
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.
71. Jarima to‘langanligi haqidagi kvitansiya yoki to‘lov topshirig‘ining nusxasi taqdim etilgach, huquqbuzarning vaqtinchalik ruxsatnomasi olinib, kvitansiya yoki to‘lov topshirig‘ining nusxasi bayonnomaga biriktirib qo‘yiladi, haydovchilik guvohnomasi va taloni huquqbuzarga qaytarib beriladi.
72. Agar jarima Kodeksning 126, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129 va 130-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun solingan bo‘lsa, bu haqda belgilangan tartibda talonga belgi qo‘yiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilganda bu haqda talonga belgi qo‘yilmaydi.
73. Huquqbuzar jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan taqdirda jarima solish haqidagi qaror nusxasi jarima pulini majburiy tarzda uning ish haqi yoki boshqa daromadidan, nafaqa yoki stipendiyasidan ushlab qolish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi xat bilan birga huquqbuzarning ish (o‘qish) joyi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga yuboriladi.
74. Agarda jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, nafaqa yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko‘ra undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijrochilari tomonidan jarima solish to‘g‘risidagi qaror asosida huquqbuzarning shaxsiy mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi.
75. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan huquqbuzar transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini topshirishdan bosh tortsa, ularni olib qo‘yish yuzasidan zarur choralari ko‘riladi.
76. Talonda huquqbuzarlikni qayd etish bandlari to‘lgandan so‘ng ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs haydovchining talonini yangisiga almashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar (tavsiyalar) beradi.
77. Talonda huquqbuzarlikni qayd etish bandlari to‘lgan taqdirda haydovchi uni RIB (TRIB)da belgilangan tartibda almashtirib olishi lozim.
78. Bir yildan kamroq muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik hujjatlari ularning yashash joyidagi DYHXXda, bir yildan ko‘proq muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning haydovchilik hujjatlari esa RIB (TRIB)larida saqlanadi.
79. Agar shaxs sodir etilgan huquqbuzarlik uchun haydovchilik guvohnomasidagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi toifalarning barchasidan mahrum etilmagan bo‘lsa, sud tomonidan chiqarilgan qaror kelib tushgandan so‘ng transport vositalarini boshqarish uchun qolgan toifalari ko‘rsatilgan haydovchilik guvohnomasi olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar RIB (TRIB)ga taqdim etilib, belgilangan tartibda almashtirib beriladi.
80. Talon RIB (TRIB)lar tomonidan almashtirib berilganda eski talonda qayd etilgan bir yillik muddati o‘tmagan barcha huquqbuzarliklar haqidagi belgilar yangi talonga ko‘chirib yoziladi.

Download 217,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish