Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


-§. Soliqlaraing mohiyati va ahamiyati



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/82
Sana30.12.2021
Hajmi1,14 Mb.
#193671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish (2)

 
3-§. Soliqlaraing mohiyati va ahamiyati 
Iqtisodiy adabiyotlarda eng keng tarqalgan ta'rifga binoan soliqlar budjetga 
tushadigan va Qonun bilan belgilangan majburiy toiovlami ifodalovchi 
munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to`lovchilar (huquqiy va jismoniy 
 
6


shaxslar) bilan davlat o`rtasida yuz beradi. Soliq to`g`risidagi qonunlar Oliy majlis 
tomonidan qabul qilindi. Soliqlar milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash 
jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir. Soliq davlatning 
markazlashgan pul fondi (davlat budjeti)ni tashkil etishning asosiy vositasi 
hisoblanadi. 
Soliqlarning majburiyligi Oliy majlis tomonidan qabul qilingan qo-nunlarda 
huquqiy jihatdan mustahkamlab qo`yiladi. 
Soliqlami eng, awalo, davlatning ijtimoiy zarur vazifalarini moliyaviy 
mablag`lar bilan ta'minlash zarurligi keltirib chiqaradi. Davlat oldida turgan 
vazifalar quyidagilardan iboratdir: 
•  aholining kam ta'minlangan tabaqalarni (talabalar, nafaqaxo`rlar, nogironlar 
va boshqalar)ni ijtimoiy himoya qilish; 
•  mamlakat mudofasini ta'minlash; 
•  mamlakat fuqarolarining tinch mehnat qilish va erkin yashash muhofazasini 
ta'miniash; 
•  mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy, madaniy tadbirlarni 
•  (maorif, sog`liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta'minot va boshqalar) amalga 
oshirish; 
•  xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalarni o`rnatish; 
•  bozor infrastrukturasini yaratish, boshqa tadbirlar va ishlarni amal-ga oshirish. 
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun nihoyatda ko`p moliyaviy 
resurslarni talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu resurslar soliqlar va 
yig`imlar orqali tashkil topadi. 
Endi biz soliqlarni iqtisodiy mohiyatini ochishga harakat qilamiz. Har qanday 
buyum, narsa, voqelikni chuqur bilish uchun uning mohiyatini ochish zarur 
bo`ladi. Soliqlarning mohiyati soliq voqeligini, ya'ni soliq va soliq toiovchilar 
o`rtasidagi munosabatlarni ifodalash zarur. Shunday ekan, biz soliqlarning 
mohiyatini ochayotganda ularni iqtisodiy voqelik deb tushunishimiz kerak. Demak, 
soliqlar huquqiy normalarda ifodalansada, mazmunan iqtisodiy, shu jumladan, 
ichida, moliyaviy kategoriyadir. Soliqlar doimiy takrorlanib turadigan moliyaviy 
voqelik, aniqroqi pul munosabatlari ko`rinishida bo`ladi. Ana shu pul 
munosabatlarining mazmunini ochish orqali soliqlar mohiyati ochiladi. 
Amaliyotdagi rahbarlar va hatto iqtisodchi olimlarning ba'zilari o`zlarining 
chop etgan maqolalarida soliqlar mohiyatini bu iqtisodiy dastak deb ta'riflash bilan 
kifoyalanadilar. Qurol tushunchasi soliqdan foydalanishni bildiradi va mohiyatini 
to`la ocholmaydi. Soliq mohiyatini ochish esa davlat bilan soliq to`lovchilar 
o`rtasidagi obyektiv pul munosabatlarini harakatini o`rganish bilan amalga 
oshiriladi. Soliqlar hamma pul munosabatlarini emas, balki soliq obyektlari 
bo`lmish daromad, qiymatni taqsimlash, qayta taqsimlashdagi pul munosabatlarini 
bildiradi. 
Soliqlarning mohiyatini ochishda ularning eng, awalo, majburiy to'-lovlar 
ekanligi ko`p iqtisodchilar tomonidan ko`rsatiladi. To`g`ri, soliq munosabatlarida 
majburiylik mayjud, bu majburiylik demokratiyaning oliy timsoli boimish 
parlament qarori, qonun bilan kiritiladi, davlatning qattiq talabi e`tiborga olinadi. 
 
7


Demak, soliqlardagi majburiylik huquqiy-demokratik ma'yorlar asosida kiritiladi. 
Soliqlar, o`z mohiyatidan kelib chiqib uzoq yillarga mo`ljallangan 
majburiylik munosabatlarini ifodalaydi. Masalan, sho`rolar davridagi oborot solig`i 
62 yil o`zgarmasdan iqtisodiyotga xizmat qilgan. Respublikamizning soliqlari ham 
ana shunday uzoq yillarga xizmat qiladigan oddiy, hammaga tushunarli soliqlar 
bo`lishi kerak. Buning uchun ular Respublika iqtisodiyoti xususiyatlarini to`liq 
ifoda eta oladigan, ilmiy asoslangan bo'lishi kerak. 
Demak, soliqlar mazmunida uzoq muddatlarga mo`ljallangan majburiy 
munosabatlari yotadi. 
Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, bu munosabatlarning bir tomonida 
davlat va ikkinchi tomonida soliq to`lovchilar ya'ni, korxona, birlashma, 
tashkilotlar va aholi turadi. Shu munosabatlarni tashkil qilishni davlat o`z qo`liga 
olgan, chunki soliqlar byudjetga daromad bo`lib tushadi, soliq to`lovchilar uchun 
xarajat bo`ladi. Odatda, bu ish to`lovchilar uchun norozilikni tuqdirishi tabiiy. 
Lekin davlat bilan soliq to`lovchilar o`rtasidagi munosabatni xalq saylagan noiblar 
Oliy Majlisda Qonun asosida hal qilib beradilar. Shu bilan soliq to`lovchilarning 
roziligi olingan hisoblanadi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o`tgan 
mamlakatlarda budjetga to`lovlar asosan soliq ko`rinishida bo`ladi. Bunday holatda 
har qanday ishbilarmon ilgaridan qanday soliqlar toiashligini biladi va ularning 
o`zgarmasligiga ishonadi. Ana shunday sharoit yaratilgandan so`ng bizning 
respublikamizga ham xorijiy ishbilarmonlar kela boshladi. Bizning 
respublikamizda ular uchun soliq bo`yicha qulay sharoitlar yaratilgan. 
Soliqlar obyektiv taqsimlash munosabatlari orqali ijtimoiy ishlab 
chiqarishning hamma jabhalariga taalluqli bo`ladi va ishlab chiqarish 
munosabatlariga aylanadi. Shunday ekan, ular iqtisodiy bazisni ifodalaydi. Shuning 
uchun soliqlardan ishlab chiqarishni rag`batlantirish, tovar ishlab chiqarish va 
iste'molni ko`paytirish yoki ba'zi holatlarda kerak bo`lsa cheklash maqsadida 
foydlalanish mumkin. 
Soliqlar faqat davlatniki bo`lganidan ular markazlashgan pul fondiga 
(budjetga) tushadi. Boshqa fondlarga tushishi ham maqsadga muvofiq bo`lishi 
mumkin. Bizning respublikamizda hamma soliqlar umumiy fondga tushadi. Undan 
davlat asosan ijtimoiy himoya va boshqa ijtimoiy zaruriy maqsadlarda foydalanadi. 
Soliqlar mohiyatini chuqurroq ochish uchun ularni iqtisodiy mohiyatiga qarab 
to.'g`ri va egri soliqlarga bo`linishini ko`rsatish muhim ahamiyatga ega. 
Soliqlarning mohiyati amaliyotda ulaming bajaradigan funksiyalarida o`z 
ifodasini topadi. 
Yuqoridagilarga asoslanib, soliqlaiga qisqacha ta'rif beramiz. Soliqlar-faqat 
byudjetga tushadigan majburiy to`lov bo`lib, davlat bilan soliq to`lovchilar 
o`rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, demokratik taqsimlash munosabatlaridir. 
Shunday qilib, aytish mumkinki, soliqlar — bu davlat sarf-xarajatlarini asosiy 
manbayi bo`lib, u bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishning 
asosiy dastagi hisoblanadi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish