Yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi” mavzusida tayyorlagan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi Darsning maqsadlari


Dars turi: nazariy va amaliy  Dars jihozi



Download 403,77 Kb.
bet2/2
Sana19.09.2021
Hajmi403,77 Kb.
#179000
1   2
Bog'liq
ochiq dars yoqilg`i

Dars turi: nazariy va amaliy 
Dars jihozi: Darslik, doska ,bo’r, tarqatma materiallar 

Ta’limning texnik vositalari: Mavzuga doir multimedia, kompyuter

t/b №

Bosqich

Vaqt

Metod va faoliyatning tavsifi

I

Tashkiliy qism

4 daqiqa

O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib yo`qlama qiladi, darsga tayyorgarlik ko`zdan kechiriladi

II

O’tilganlarni mavzuni mustahkamlash

7 daqiqa

O`tilgan mavzu bo`yicha “Blits”so`rov o`tkazadi

III

Yangi mavzu

15 daqiqa

Ko`rgazmali qurollardan foydalangan holda ma`ruza shaklida yangi mavzuni bayon etadi. Asosiy qismlarni o`quvchilar yozib oladi

IV

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

Yangi mavzu bo`yicha masala ishlanadi. PISA topshiriqlari bajariladi

V

Baholash

2 daqiqa

Darsda aktiv qatnashgan o`quvchilar baholanadi

VI

Uyga vazifa

2 daqiqa

16-mashq 67 bet.


Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

c) sinf jurnaliga sana, davomat, yangi mavzuni qayd etish


II.Uyga vazifani so’rash.

O’tilgan mavzuni takrorlash bo’yicha savollar



1. Issiqlik miqdori deb nimaga aytamiz?
2. Moddaning solishtirma issiqlik miqdori deb nimaga aytamiz?
Muzning solishtirma issiqlik miqdori 2100 J/kg*K. Bu ibora nimani anglatadi?
III. Yangi mavzuning bayoni:

   O'tin, toshko'mir, tabiiy gaz, benzin kabi yoqilg'ilar yonganda issiqlik ajralib chiqadi. Bu qanday issiqlik? Bunday moddalardan issiqlik ajralib chiqishiga sabab nima?

Ma'lumki, molekulalar atomlardan tashkil topgan. Masalan, vodorod molekulasi (H2) ikkita vodorod atomidan, suv molekulasi (H20) esa ikkita vodorod va bitta kislorod atomidan iborat. Molekulani atomlarga ajratish mumkin.

Molekulalarning atomlarga ajralishi kimyoviy parchalanish reaksiyasi deb ataladi.

Kimyoviy parchalanish reaksiyasida molekuladagi atomlarni bir-biridan ajratish, ya'ni ular orasida tortishish kuchini yengish uchun ish bajarish va demak, energiya sarf qilish kerak bo'ladi. Aksincha, atomlar birikib molekula hosilbo'lishida energiya ajralib chiqadi. Yoqilg'ilarning yonishi aynan shunday jarayonga, ya'ni atomlarning birikib molekulalar hosil bo'lishida ajralib chiqadigan energiyaga asoslangan.






Odatdagi yoqilg'ilarda (ko'mir, tabiiy gaz, benzin va boshqalarda) uglerod bor. Yonish vaqtida uglerod atomlari havodagi kislorod atomlari bilan birikadi. Uglerodning har bir atomi (C) havodagi kislorod molekulasi (02) bilan birikadi va karbonat angidrid molekulasi (C02) ni hosil qiladi (15-rasm).
Bunda karbonat angidrid molekulasi hosil bo'lishida energiya ajralib chiqadi.

Yoqilg'i yonganda ajralib chiqadigan issiqlik turli yoqilg'ilar uchun turlichadir. Masalan, 1 kg quruq o'tin batamom yonganda 107 J, xuddi shunday massali benzin yonganda esa

4,6 • 107 J issiqlik ajralib chiqadi.

1 kg yoqilg'i batamom yonganda qanday miqdorda issiqlik ajralib chiqishini ko'rsatuvchi fizik kattalik yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi deb ataladi.

Yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi q harfi bilan belgilanadi, uning

asosiy o'lchov birligi Turli yoqilg'ilarning solishtirma yonish issiqligi

turlichadir (2 -j adval).



2- jadval

Ayrim yoqilg'i turlarining solishtirma yonish issiqligi



Yoqilg'i

q, 107J/kg



Yoqilg'i

q, 107J/kg

1

Quruq o'tin

1,0

5

Tabiiy gaz

4,4

2

Torf

1,4

6

Neft

4,4

3

Toshko'mir

2,7

7

Benzin

4,6

4

Spirt

2,7

8

Kerosin

4,6

Yoqilg'i yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori Q ni topish uchun uning solishtirma yonish issiqligi q ni batamom yongan yoqilg'ining massasi m ga ko'paytirish kerak:



Q = qm.

IV. Mavzuni mustahkamlash 

Massasi 20 kg bo'lgan yoqilg'i batamom yonganda 920 000 kJ issiqlik ajralib chiqadi? Bu yoqilg'ining solishtirma issiqlik sig'imini toping.



Darsni mustaxkamlash uchun savollar:




V. Uyga vazifa berish. O’tilgan mavzuni o’qib kelish. 16-mashq
Download 403,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish