Yosh qutqaruvchi” musobaqasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom umumiy qoidalar



Download 21,56 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2022
Hajmi21,56 Kb.
#573526
  1   2   3
Bog'liq
Yosh qutqaruvchi nizom


«Yosh qutqaruvchi” musobaqasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM 
Umumiy qoidalar

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 iyuldagi «Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 208-son Qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 29-son, 304-modda) ilovasining 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari) o‘quvchilari o‘rtasida «Yosh qutqaruvchi” musobaqasini (keyingi o‘rinlarda musobaqa deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.



  1. Musobaqa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 iyuldagi «Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 208-son Qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 29-son, 304-modda) ilovasining 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, turli tabiiy ofatlar yuz berganda aholining, ayniqsa yoshlarning o‘zini o‘zi himoya qilishi va boshqalarga ko‘mak berishi, shuningdek yoshlarning bu boradagi tayyorgarligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkaziladi.

2 Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish

  1. Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat guruhlar ishtirok etadi.

  2. Musobaqani tashkil etish va uni o‘tkazish mas’ul tashkilotchilarning vakillaridan tarkib topgan tashkiliy qo‘mita zimmasiga yuklatiladi.

  3. Ta’lim muassasalarining musobaqada ishtirok etuvchi guruhlarini shakllantirish tegishlicha ta’lim muassasalarining «Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari (keyingi o‘rinlarda klub deb yuritiladi) orasidan mas’ul tashkilotlar vakillari ko‘magida 10 kishidan iborat tartibda amalga oshiriladi.

Guruhlar faqatgina musobaqada qatnashayotgan ta’lim muassasasi o‘quvchilaridan iborat tarkibda tuziladi.

  1. Musobaqada qatnashuvchi guruh a’zolariga qutqaruvchi maqomi beriladi. Musobaqada «Hayot xavfsizligi asoslari” va «Fuqaro muhofazasi” fanlari yuzasidan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etadi.

  2. Musobaqa uch bosqichda o‘tkaziladi.

Musobaqaning tuman (shahar), hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) va yakuniy (respublika) bosqichi mart-iyun oylarida o‘tkaziladi.

  1. Musobaqa bo‘lib o‘tadigan joy va sanasi:

tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va o‘tkazish mart-aprel oylarida amalga oshirilib, uning sanasi 10 kun oldin hududiy (tuman (shahar)) tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi hamda hududdagi ta’lim muassasalariga ma’lum qilinadi. Tashkiliy qo‘mita tarkibiga hududdagi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining «Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klubi rahbarlari va «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman (shahar) Kengashlari mas’ul xodimlari kiritiladi.
hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) bosqichni tashkil etish va o‘tkazish har yili may oyida tashkil etilib, uning o‘tkazilish joyi hamda sanasi 10 kun oldin O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, favqulodda vaziyatlar, xalq ta’limi boshqarmalari va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi.
musobaqaning yakuniy (respublika) bosqichi har yili iyun oyida tashkil etilib, uning o‘tkazilish joyi va sanasi respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan belgilanadi va 15 kun oldin hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) bosqichda g‘olib bo‘lgan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va mas’ul tashkilotlarga ma’lum qilinadi.

  1. Tashkiliy qo‘mita musobaqani o‘tkazish bo‘yicha barcha tashkiliy masalalarni hal etadi, uning vaqtini va joyini belgilaydi. Hakamlar hay’ati tarkibini tuzadi va tasdiqlaydi.

  2. Musobaqada qatnashuvchi guruh a’zolari tashkiliy qo‘mitaga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
ta’lim muassasasining o‘quvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
sog‘ligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma (tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi tibbiy ko‘rigidan o‘tganligini tasdiqlovchi); – U-86;
3×4 xajmdagi fotosurat (so‘nggi uch oydagi) – 4 dona.

Download 21,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish