Yozma ishi bmtning 75-yubiley sessiyasi: tarixga – ibrat, kelajakka – ishonch nigohi ila



Download 357,53 Kb.
bet6/7
Sana29.12.2021
Hajmi357,53 Kb.
#84795
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
control

Yettinchi xususiyat — koronavirusga qarshi kurash, vaksina egoizmiga yo‘l qo‘ymaslik, sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, pandemiya sharoitida aholining nochor qatlamlarini himoya qilish kabi masalalar muhokama va munozaralar markazida bo‘ladi. Bu ham yangi tahlikali davrning dolzarb talabidir. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish haqqoniy ta’kidlaganidek, “COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozning naqadar jiddiy ekani barcha uchun tushunarli bo‘lmog‘i kerak”.

Sakkizinchi xususiyat — sessiyada bugungi koronavirus inqirozi sharoitida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Nega deganda, dunyo tarixiy ko‘lamlarga ega bo‘lgan, ya’ni keyingi 50 yil davomida kuzatilmagan eng yirik tahdid va inqirozga duch kelib turibdi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari insoniyatni himoya qilish va farovonligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu borada yakdillik bilan sa’y-harakat qilish uchun o‘ziga xos chaqiriq hisoblanadi.

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING 75 YILLIGI: KELAJAKKA NIGOH”

BMT joriy yilning yanvar oyidan boshlab turli mamlakatlar, tarmoqlar va avlodlarni qamrab olgan keng ko‘lamli xalqaro muloqotlar o‘tkazdi.

Bunda yer yuzidagi insonlar nimalarga ishonishi va nimalardan xavotirda ekanini anglash, ularning hayot tajribasidan saboq chiqargan holda dunyodagi barcha insonlarning yaxshi yashashiga erishish yo‘llarini global hamjihatlikda belgilab olish hamda bu haqda jahon jamoatchiligiga axborot yetkazish maqsadi ko‘zda tutildi.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti — 75” deb nomlangan ushbu tashabbus asosida 2045 yilgacha, ya’ni BMTning 100 yilligi nishonlanadigan davrga qadar bo‘lgan muddat uchun ayni yo‘nalish bo‘yicha global yondashuv shakllantirildi. Bu borada aniq, batafsil va xolis dalillarga tayangan statistik ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ijtimoiy so‘rovlar ham o‘tkazildi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari materiallari tahlil qilindi.

Mazkur muloqot va tadqiqotlar asosan uchta masalaga:



  • insoniyat kelajagi;

  • dunyodagi mavjud tendensiyalar;

  • global hamkorlik istiqbollariga qaratildi.

Ana shu uchrashuv va muloqot ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar endilikda Bosh Assambleya sessiyasi munozaralarida davlatlar boshliqlari va BMT rahbariyati muhokamasi uchun taqdim etilmoqda.

O‘ZBEKISTON VA BMT: BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISH YO‘LIDAGI HAMKORLIK”

Mamlakatimiz BMT Bosh kotibi ilgari surgan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 yilligi: kelajakka nigoh” mavzusida turkum global munozaralar o‘tkazish tashabbusini to‘la qo‘llab-quvvatladi. Shu tashabbus doirasida joriy yil davomida milliy va xalqaro hamkorlarimiz bilan uchta global onlayn munozara tashkil qildik.

Global munozaralarning birinchisi “O‘zbekiston va BMT: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik”, deb nomlandi. Anjuman 2020 yil 26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda BMTning O‘zbekistondagi vakolat xonasi tomonidan videokonferensiya aloqasi shaklida tashkil etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev forum ishtirokchilariga murojaatida ta’kidlaganidek, “O‘zbekiston BMTning nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro shartnomalarning maqsad va tamoyillariga sodiq hamda o‘z zimmamizga olgan majburiyatlarimizni og‘ishmasdan bajarib kelmoqdamiz. Bu biz amalga oshirayotgan, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar strategiyasining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir”.

Ushbu birinchi global munozaralar BMT nizomi imzolangan tarixiy kunda — 26 iyunda o‘tkazilganida, uning ishida BMT va ushbu nufuzli tashkilotning butun dunyodagi tuzilmalaridan oliy darajadagi vakillar ishtirok etganida hamda mazkur anjuman yer yuzidagi insonlarning hayotini yaxshilash uchun global hamkorlikning muhimligini alohida ta’kidlashga xizmat qilishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor.

Binobarin, BMT nizomi 1945 yil 26 iyunda San-Fransisko shahrida 50 ta davlat, jumladan, sobiq SSSR, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSH, Ukraina va Fransiya tomonidan imzolangan bo‘lib, xalqaro huquqning muhim vositasidir.

BMTning 1945 yil 24 oktabrda kuchga kirgan nizomida tashkilotning tuzilmasi, mojarolarni hal qilish va tajovuzkor harakatlar, tinchlik va xavfsizlikka tahdidlarga javob berishning asosiy tamoyillari mustahkamlangan. 24 oktabr BMT tashkil topgan kun sifatida butun dunyoda keng nishonlanadi.

Bugungi kunda BMT dunyodagi yagona, tom ma’noda universal xalqaro tashkilot hisoblanadi. BMT davlatlarning o‘z sarhadlaridan tashqariga chiqadigan masalalarni hal etib kelmoqdaki, bu muammolarga bironta mamlakatning yolg‘iz o‘zi yechim topishi mumkin emas.

Bundan 28 yil oldin yangi demokratik davlat — O‘zbekiston Respublikasi tashkilotning teng huquqli a’zosiga aylandi. Shundan buyon biz o‘z masalalarimizni hal etishda har doim BMTning ko‘magiga tayanib kelmoqdamiz.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish qayd etganidek, “Oldimizda turgan muammolarni hech bir mamlakat, hech qaysi jamiyat yakka holda hal eta olmaydi va shuning uchun barcha sa’y-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur. Biz nafaqat so‘zlashimiz, balki tinglashimiz ham lozim”.

Bundan besh yil avval BMTga a’zo davlatlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish kun tartibini qabul qilgandi. O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha Milliy indikatorlar muvaffaqiyat bilan amalda tatbiq etilmoqda. Mamlakatimiz Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘zining birinchi Ixtiyoriy milliy sharhini keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazib, BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga taqdim etdi.

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI VA BARQAROR IJTIMOIY TARAQQIYOT: COVID-19 ASORATLARIDAN KEYIN SAMARALI TIKLANISH”

O‘zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan “BMTning 75 yilligi: kelajakka nigoh” global muhokamalari doirasida videokonferensiya aloqa shaklidagi global munozaralarning ikkinchisi shu yil 21 iyul kuni “Barqaror rivojlanish maqsadlari va barqaror ijtimoiy taraqqiyot: COVID-19 asoratlaridan keyin samarali tiklanish” mavzuiga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Unda parlament palatalari, tegishli vazirlik va idoralar, BMT va uning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistonning pandemiyadan keyin Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, madaniy merosning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi roli va hissasi, barqaror ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida barcha uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish zarurligi to‘g‘risidagi nuqtai nazari yuqori baholandi.

JSST Bosh direktori T. Gebreysus anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida: “Pandemiya bizga sog‘liq hashamat belgisi emasligini eslatib qo‘ydi. Bu iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlik asosidir. U favqulodda vaziyatlarga tayyorlik va unga javob berishni ta’minlashga investitsiya umumiy kelajagimiz uchun sarmoya ekanligini anglatib qo‘ydi. Sog‘liqni saqlashning asosiy xizmatlaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratishni qo‘llab-quvvatlash COVID-19dan keyin mamlakatlarning qayta oyoqqa turishida hal qiluvchi ahamiyatga ega”, deya ta’kidladi.

YUNESKO Bosh direktori Odre Azule ham tadbir qatnashchilarini qutlab, ta’lim maqsadlari uchun ko‘mak berish yana kuchaytirilayotgan bo‘lsa-da, bugungi kunda COVID-19 pandemiyasi bizni bir necha yil ortga surib yuborish tahdidini yuzaga keltirayotganini qayd etdi.

O.Azule ta’biri bilan aytganda, “Pandemiyaning buzg‘unchi oqibatlariga duch kelgan ekanmiz, ta’lim ehtiyojlari uchun yordam, shubhasiz, har qachongidan ham ko‘ra muhimdir. Mamlakatlarga pandemiyaga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha mablag‘lar kerak bo‘ladi va ta’lim ham ko‘mak berish, ham milliy miqyosda mablag‘ ajratish hajmlari nuqtai nazaridan ustuvor yo‘nalishga aylanishi shart. Bu ta’lim sohasidagi Global maqsadlarimiz — BRM-4 ga erishishdan ortda qolishdan qochishimiz uchun kerak”.

Global munozara ishtirokchilari O‘zbekistonda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlari kun tartibi ijrosiga ijobiy munosabat bildirdi.

Ayniqsa, O‘zbekistonning pandemiyadan keyin Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, madaniy merosning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi roli va hissasi, barqaror ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida barcha uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish zarurligi to‘g‘risidagi nuqtai nazari yuqori baholandi.

YOSHLAR-2020: GLOBAL BIRDAMLIK, BARQAROR TARAQQIYOT VA INSON HUQUQLARI”

Shu yil 12-13 avgust kunlari yoshlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchinchi global munozara — Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand vebforumi tafsilotlariga ham qisqacha to‘xtalish joiz.

Bu global munozara, O‘zbekiston Prezidenti ta’biri bilan aytganda, “nafaqat mamlakatimiz, balki jahon yoshlari hayotini yaxshilash uchun global hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi”.

Global munozaralar yakunida “Yoshlar-2020: global birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” nomli Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilindi. Yaqinda Samarqand rezolyutsiyasi BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.




Download 357,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish