Zamonaviy axborot texnologiyalari: bir tildan ikkinchi tilga o’girish texnologiyalari, skanerlash texnologiyasi va boshqalar



Download 26,23 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2021
Hajmi26,23 Kb.
#70276
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarjima

Promt dasturi

Rus tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan rus tiliga avtomatik tarjima qilish sistemalaridan Socrat va Stylus kabi dasturlar keng tarqalgan. Stylus, shubhasiz, tarjimada yanada yuqori sifat va o'zgaruvchanlikni ta’minlaydi. Stylus dasturining so'nggi versiyasi o'z nomini o'zgartirdi va u endi Promt deb ataldi.

Promt sistemasi universal, shu bilan birga ixtisoslashgan lug'atlardan iborat boy tarkiblarni, ulardan foydalanishni boshqaruvchi vositalarni o'z ichiga oladi. Bironta ham lug'atga kirmagan so'zlar tarjimasini mustaqil aniqlab, iste’mol lug'atida saqlaydi. Bundan tashqari, Promt dasturi atoqli ismlar va tarjima qilish talab etilmaydigan boshqa so'zlar, masalan, qisqartma so'zlar bilan ishlash qoidalarini ko'rsatish imkonini ham beradi.

Dasturning qo'shimcha imkoniyatlari fayllarning turkum tarjimalari, tahrir qilinmagan matnlarning tezkor tarjimalari, shuningdek, Internetdagi Web sahifalarni sinxron tarjima qilish kabilarni o'z ichiga oladi. Ushbu vositalar alohida ilova dasturlar sifatida amalda tatbiq etilgan.

Promt dasturining ishchi darchalari. Promt dasturi o’rnatilgandan

so'ng bosh menyuda uni ishga tushirishga izn beruvchi punktlar paydo

bo'ladi.

Indikatsiya panelida (vazifalar panelining o'ng chetida) Dasturni

tezlikda ishga tushiruvchi belgi o’rnatiladi. Sichqonchaning o'ng klavishi

ushbu belgi ustida bosilishi bilan sistemaning barcha ilovalarini ishga

tushirishga imkon beruvchi menyu ochiladi. Asosiy dastur Promt punktini

tanlashda ishga tushiriladi.

Promt interfeysi Windows operatsion sistemasi talablariga muvofiq

amalga tatbiq etilgan. Dasturni ishga tushirgandan so'ng ekranda menyu

satri, asbob panellari satri va ishchi sohasidan iborat ilova darchasi

ochiladi.

1. Ilova darchasining ishchi sohasi bir qancha sohachalarga bo'lingan.

Ikkala asosiy zonalar boshlang'ich matn va uning tarjimasini o'z ichiga

oladi. Ular bevosita asboblar paneli ostida joylashgan.

2. Ilova darchasining pastki qismida axborot paneli joylashgan. U

foydalanilayotgan lug'atlarni aks ettirish va tanlash, tarjima qilinayotgan

hujjatning dasturga noma’lum bo'lgan so'zlari ro'yxatini olish va

tarjima qilish lozim bo'lmagan so'zlar ro'yxatini boshqarish uchun

mo'ljallangan uchta qo'shimcha varaqadan iborat.

3. Ilova darchasining pastki qismida menyu satri ostida asboblar satri

joylashgan. «Основная» (Asosiy) asbob bandi hujjatlarni ochish va saqlash

hamda almashuv buferi bilan amallar bajarishga mo'ljallangan

klavishlardan iborat. Xuddi shu yerda imloni tekshirish, konmatn izlash

va so'zlami almashtirish, shuningdek, hujjatni elektron pochta orqali

jo'natishga imkon beruvchi piktogrammalar (boshqaruv elementi)

joylashgan. Bu panelning boshqa piktogrammalari (boshqaruv elementi)

hujjatning ilova darchasidagi taqdimini o'zgartirish uchun xizmat qiladi.

4. «Перевод» menyusi bandi tarjima bajarilayotgan paytda ishlatiladigan

boshqaruv elementlaridan iborat. Ular yordamida lug'atlar bilan

ishlash, matn yoki uning alohida qismlarining tarjimasi, tarjima

yo'nalishi (ya’ni, tarjima tillari)ni tanlash, shuningdek, alohida so'zlar

va bu matnlarni tarjima qilish amalga oshiriladi.

5. «Форматирование меню» bandidan tarjima matnini tahrir qilishda

foydalaniladi. U dastur hujjatlarini asosiy matn protsessorlari

formatlarida saqlash imkonini beradi.

6. «Servis» panelidan boshqa yordamchi ilovalar bilan ishlash paytida

foydalaniladi. Bularga hujjatlarni tanish va skanerlash dasturlari,

shuningdek, qo'shimcha ma’lumot lug'atlari kiradi. Xuddi shu yerda

hujjat to'g'risidagi ma’lumotlarni yig'ish va dasturni sozlashga

mo'ljallangan boshqaruv elementlari joylashgan. Boshqaruv elementlarining

nimaga mo'ljallanganini bilishga imkon beruvchi konmatn

ma’lumoti bandi ham shu panelda joylashgan.

Hisoblash texnikasida hujjatlarni qayta ishlash, qog'ozdan elektron turga o'tkazish, usul va vositalarni kiritish informatikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Qog'ozdagi hujjatlarni elektron shaklga ko'chirishning eng asosiy

usuli skanerlash hisoblanadi. Skanerlash — bu texnologik ta’minot bo'lib, u orqali qog'ozdagi hujjatning grafik ko'rinishi hosil qilinadi.

Skanerlarning bir necha turi mavjud, lekin ularning negizida bir xil prinsipni amalga oshirish yotadi. Yaratilgan grafik tasvir hali matn hujjatiga kirmaydi. Matnni anglash juda qiyin vazifa hisoblanadi. Bu kabi masalalar obrazni anglash vositalari deb atalgan maxsus dasturlash muhitlari yordamida hal qilinadi. Eng ko'p va keng tarqalgan dastur Fine Reader va Cunei Form.



Download 26,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish