Zamonaviy ta’limda o’qituvchining tyutorlik, supervizorlik va moderatorlik faoliyati” Mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi termiz – 2021



Download 74,05 Kb.
bet1/9
Sana11.01.2022
Hajmi74,05 Kb.
#341784
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Vallomova Gulira'no


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxasisligi 2-kurs magistranti Vallamova Gulira’no O’ktamjonovnaning oliy ta’limda me’yoriy xujjatlar fanidan

ZAMONAVIY TA’LIMDA O’QITUVCHINING TYUTORLIK, SUPERVIZORLIK VA MODERATORLIK FAOLIYATI”



Mavzusida tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

Termiz – 2021

REJA:


1.Zamonaviypedagogshaxsituzilmasi

2.Xorijiy ta’limda tyutor, supervizorlik va moderatorlik faoliyati

3.Zamonaviy ta’lim shakllari: blended learning (aralash o‘qitish), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar

ZAMONAVIY TA’LIMDA O’QITUVCHINING

TYUTORLIK, SUPERVIZORLIK VA MODERATORLIK FAOLIYATINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

1.1.Zamonaviypedagogshaxsituzilmasi

Ilm o‘rgatish– bu faqat boshqalarni o‘qitish va tarbiyalashgina emas, balki o‘z–o‘zini shakllantirish hamdir. Har qanday jamiyat o‘z–o‘zini shakllantiruvchi ilmga intilish faoliyatini ta’kidlovchi paradigmaga o‘tishga mahkumdir. Bunday o‘tishning yuzaga iqishidagi asosiy shartlar quyidagilardir: yangi kompyuter va innovatsion texnologiyalarni uzluksiz egallab borish asosiga qurilgan mo‘‘tadil ishlaydigan iqtisodiyot; zaruriy qo‘llab–quvvatlashlarga ega bo‘lgan jamiyat va samarali ishlaydigan ilmiy ijtimoiy institutning mavjudligi, bu institut o‘zining barcha asosiy maqsad va vazifalarini turli tizimlar va tizimostilar orqali kasbiy ta’limgacha vaqtda va kasbiy ta’lim vaqtida o‘rgatishni amalga oshirishga qaratadi; rivojlangan demokratik institutning mavjudligi; huquqiy normalarning haqqoniyligi.

Asosiy masala shundan iboratki, ijtimoiy institutning tarkibiga kirgan va elementlari bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy siyosatini va butun sistemasini puxta muvofiqlashtirish va yo‘naltirish bilan yuqoridagilarning hammasi o‘z–o‘zini shakllantirish samaradorligini oshirsin. Bu samaradorlikning mezoni va natijasi esa o‘z–o‘zini shakllantirgan inson bo‘lishi kerak, aslo o‘rganish sistemasi asosiy maqsad emas.

Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni echish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. SHu nuqtai–nazardan respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu erda.

O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”.- deb ta’kidlaydi.

AQSHda o‘qituvchi masalaci o‘rganish uslubini, o‘zi qo‘ygan muammoning echim yo‘llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko‘rsatadi va tushuntiradi. YA’ni u tadqiqotchi yoki maslahatchi sifatida namoyon bo‘ladi.

Shaxs Kadrlar tayyorlash milliy modelining muhim tarkibiy qismi, kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida belgilab berilgan. Bu esa respublikamizda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning yo‘lga qo‘yilishi uchun zarur asoslarni yaratib berdi.

Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish avvalo ta’limning paradigmasini o‘zgartiradi. Shu paytga qadar mavjud ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik – o‘qishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Zamonaviy pedagog kadrlar yangi mavqega ega bo‘lib, uning vazifasi eng avvalo yoshlarni mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qo‘llash malakalarini shakllantirishga qaratilmog‘i lozim. Pedagog bunday maqsadlarda, o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlash kerakki, ular yoshlarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan mustaqil egallashlari, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va erishilgan bilimlarni yangi bilimlar olishlarida foydalanish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.

Kadrlar tayyorlashga ijtimoiy buyurtma, mutaxassisning shaxsiy va kasbiy sifatlari hamda amaliy kasbiy kompetentligini ta’minlashning tarkibi va mazmuni tahlil qilgan holda zamonaviy pedagogni shakllantirishga qo‘yiladigan talablar, hamda ushbu talablarni tuzilmasini aks ettiruvchi model ishlab chiqildi. Bunda biz pedagog shaxsini amaliy kasbiy kompetentlikka ega, yuksak darajada madaniyatli, yondash fanlar sohalarini tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish metodlarini puxta egallagan va mutaxassisligi bo‘yicha amaliy faoliyat yuritadigan, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis sifatida tavsifladik.

Zamonaviy pedagog shaxsi modeli ta’lim tizimini modernizatsiyalash va taraqqiy ettirish borasida yuzaga keladigan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlovchi, ma’lum sifatlarni ta’riflovchi hamda mutaxassisning o‘z-o‘zini rivojlantirib borishini aks ettiruvchi tamoyillarni belgilashga xizmat qiladi. Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi:


  • pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv pedagogning faoliyat turlari: o‘quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.

  • pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari.

Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har biriga tavsif berildi.

1. Pedagog kadrlarga qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma.

Davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalarni qo‘yadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim tizimi oldiga har tomonlama kamol topgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlagan va puxta o‘zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik bilimlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmalar belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va asarlarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar, huquqiy-demokratik jamiyat qurish tamoyillari o‘z aksini topgan. Jumladan, “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli risolada ta’lim tizimi oldiga quyidagi buyurtmalar qo‘yilgan: yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash va ma’rifiy ishlar¬ning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish; yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda o‘qitishni samaradorligini oshirish; xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash; o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish; o‘quv jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashni amalga oshirish; milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida yoshlarning ma’naviy va ahloqiy sifatlarini rivojlantirish; yoshlar ongi va qalbiga milliy g‘oya va mafkurani singdirish, ta’lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko‘tarish; ta’lim berishning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarni huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigienik ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish; yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, pedagoglarning kasbiy nufusini oshirish, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish; pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish.

Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar evolyusion tarzda ta’lim tizimining yangi mazmun kasb etishini ta’minladi, ilg‘or g‘oyalarni o‘zida namoyon etuvchi ta’limiy qadriyatlar shakllandi. Umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy, kasbiy ahamiyatli qadriyatlar pedagog shaxsini tarbiyalashga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, shaxs omilining ta’lim-tarbiya jarayonlarining etakchi sub’ekti va ob’ekti sifatida tan olinishini ta’minlashi, unda ijodiy fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir. Binobarin, barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishga bo‘lgan ehtiyoj rivojlanayotgan hamda yangicha ijtimoiy munosabalar qaror topayotgan mavjud sharoitda yanada dolzarb xususiyat kasb etadi.



Davlat ta’lim standarti ta’limning zarur, etarli darajada hamda o‘quv yuklamalar hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablari hamda kadrlar tayyorlash sifatini baholashni belgilab beruvchi mezon bo‘lib, u “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining farmon, qaror va asarlarida belgilab berilgan vazifalar hamda pedagog shaxsini shakllantirishda umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy, kasbiy ahamiyatli qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. SHuningdek, davlat ta’lim standartlarida kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislar kasbiy shakllanish jarayonining sub’ekti sifatida ishtirok etishining pedagogik shart-sharoitlari, mexanizm, metod va texnologiyalari belgilab berilgan.


  1. Download 74,05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish