°збекистон республикаси ·ишло·



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/34
Sana03.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#737368
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
53858bb5a2aa2

Mitoz-kariokinez. 
Organizm organ va to‘qimalarining o‘sishi somatik - 
jinssiz hujayralar yadrolarining bo‘linishi hisobiga bo‘ladi. Bu usulda bo‘linishda 
yadro bo‘lingandan keyin sitoplazma ham bo‘linadi. 
Mitozning asosiy biologik ahamiyati shundaki, avloddan avlodga xromatin 
moddasini teng taqsimlaydi. Bu bilan irsiy belgilarning hususiyatini hujayra 
orqali naslga o‘tkazadi. 
Mitoz bo‘linishida interfazadan keyingi 4 fazasi ma’lum. 
1. Profaza. 2. Metofaza. 3. Anafaza. 4. Telofaza. 
Hujayraning tinch holatdan bo‘linishga o‘tish sababi, interfazada DNК 
sintezi bo‘lib (DNК ikki hissa ortishi) uning natijasida muvozanat buziladi deb 
taxmin qilinadi. Mitoz bo‘linishida hujayra tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz 
beradi va 2 ta yangi yosh hujayra hosil bo‘ladi. Mitozning biologik ahamiyati 
shundaki, yangi hujayralar hisobiga organizmning o‘sishi va rivojlanishi yuz 
beradi. 
Savollar: 
1. Jinsiy va jinssiz ko‘payish bir-biridan qanday farqlanadi? 


11 
2. O‘simlik va hayvon hujayralari tuzilishidagi farqlar nimadan iborat? 
3. Nima sababdan jinsiy hujayralarda xromosomalar soni ikki marta kam bo‘ladi. 
4. Mitoz va meyoz bo‘linish bir-biridan qanday farqlanadi? 
3-Mavzu. JINSIY HUJAYRALAR VA ULARNING RIVOJLANISh 
QONUNIYATLARI. QO‘Sh URUG‘LANISh

Reja. 
1.
Jinsiy ko‘payish xillari. 
2.
Кopulyasiya bilan ro‘y beruvchi gametagamiyaning xillari. 
3.
Partenogenez, ginogenez va androgenez. 
4.
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez). 
5.
Qo‘sh urug‘lanish 
Adabiyotlar: 3,6,8,14. 
Jinsiy ko‘payish odatda ikki jinsiy hujayra gametalarining qo‘shilishi bilan 
ro‘y beradi. Jinsiy ko‘payishning bunday gametalarning qo‘shilishi bilan sodir 
bo‘lishi ham evolutsion tarzda, asta-sekin yuzaga kelgan. Jinsiy ko‘payishning 
eng qadimiy ibtidoiy ko‘rinishi plazmagomiya hodisasida namoyon bo‘ladi.
Plazmagomiyada (ayrim amyobalar sodir bo‘luvchi) ikki hujayra qo‘shilib, 
ikki yadroli tuzilma hosil bo‘ladi. Qisqa muddatdan so‘ng hujayra sitoplazmasi 
qayta ikkiga bo‘linadi. Har bir hosila hujayra avvalgi yadrolardan biriga ega 
bo‘ladi. 
Jinsiy ko‘payishning anchagina murakkablashgan xillarini 2 guruhga 
ajratish 
mumkin: 
konyugatsiya, 
kopulyasiya. 
Кonyugatsiya bakteriya, 
infuzoriyalarga xos bo‘lgan ko‘payish usulidir. Odatda kiprikli sodda hayvonlar 
oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Bunday ko‘payishlardan keyingi jinsiy 
ko‘payish-konyugasiya sodir bo‘ladi. 
Кonyugatsiya boshlanganda ikki hujayra o‘ta yaqinlashadi-hujayralararo 
tutashtiruvchi tortma hosil bo‘ladi. So‘ngra yadrolar murakkab jarayonni 
boshidan kechiradi. Bakteriyalarda konyugatsiya tufayli DNК bir hujayradan 
ikkinchisiga o‘tadi. Jinsiy ko‘payishda erkak va urg‘ochi jinsiga mansub, gaploid 
xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan hujayralar o‘zaro qo‘shiladi. Bunday 
ko‘payish – gametogenez evolutsiya taraqqiyoti davomida murakkablashib 
borgan. Gametagamiyaning ikki shakli tafovut etiladi: Кopulyasiyali va 
kopulyasiyasiz gametogamiya. 
Jinsiy ko‘payishning kopulyasiya bilan kechadigan xili jinsiy hujayralarning 
hosil bo‘lishi va ulurning qo‘shilib, yangi sifatli hujayra zigotaning hosil bo‘lishi 
bilan ro‘y beradi. Evolutsiya taraqqiyoti jarayonida urg‘ochi va erkak jinsiga 
mansub hujayralararo farqlanish kuchayib boradi. 
O‘z navbatida kopulyasiya bilan ro‘y beruvchi gametogamiyaning 3 xili: 
izogamiya, geterogamiya va aogamiya tafovut qilinadi: 


12 
Izogamiyada hosil bo‘lgan jinsiy hujayra katta-kichikligi va shakliga ko‘ra 
bir-biridan farqlanmaydi. Bu usulda ayrim bir hujayralilar (xlomidamanada va b) 
ko‘payadi. 
Geterogamiya (anizogamiya) bir qator suv o‘tlari va xivchillilarga xosdir. 
Ularda ikki xil: harakatchanroq, mayda gametalar-makrogameta va harakati sust, 
yirikroq mikrogameta hosil bo‘ladi. Shunday qilib ilk bor bir-biridan 
farqlanuvchi jinsiy hujayralar paydo bo‘ladi. Oogamiya kopulyasiya bilan 
bo‘ladigan gametogamiyaning eng yuqori shaklidir. Bir gameta yirik harakat 
tuzilmasiga ega emas, bu urg‘ochi gameta, ya’ni tuxum hujayradir. Ikkinchi 
gameta esa mayda, harakatlantiruvchi xivchinga ega-bu erkak jinsiy hujayrasi-
spermatazoiddir. Oogamiya jinsiy hujayralar maxsus a’zolarida (urug‘don va 
tuxumdonlarda) hosil bo‘ladi. Кo‘pgina o‘simliklar deyarli barcha hayvonlar 
oogamiya yo‘li bilan ko‘payadi.
Кopulyasiyasiz gametogamiya kam uchraydi. Gametogamiyaning jinsiy 
hujayralar hosil qilib, ammo ularning butunlay qo‘shilib ketishi ro‘y bermasdan 
ko‘payishi ro‘y beradigan 3 xili tafovut qilinadi: partenogenez, genogenez va 
androgenez. 
Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish