Zbekiston respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijtimoiy



Download 353,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana08.01.2022
Hajmi353,83 Kb.
#331316
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ozbekiston respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijtimoiy mohiyati



 

MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KADRLAR 

TAYYORLASH MILLIY DASTURINING IJTIMOIY 

MOHIYATI 

REJA: 

1.

 

O`zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini isloh 

qilish omillari. 

2.

 

Prezident I.A.Karimov orzusidagi shaxs. 

3.

 

O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning milliy 

modeli va uning  tarkibiy qismlari. 

4.

 

"Portlash effekti" va uning samaradorligi. 

5.

 

Milliy dasturning modellari. 

 

6.

 

Xulosa. 

7.

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 


KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI VA UNING 

MOHIYATI 

 

 O‘zbekiston  Respublikasi  siyosiy  mustaqillikni  qo‘lga  kiritgach, 



ijtimoiy  hayotimizning  barcha  sohalarida  tub  islohotlar  amalga  oshirila 

boshlandi.  Totalitar  boshqaruv  usuli  asosida,  ish  yuriti-layotgan  xalq  ta’limi 

tizimida ham so‘nggi o‘n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal 

etish  vazifasi  Respublika  hukumati  hamda  mutasaddi  tashkilotlarni  ta’lim 

tizimida  ham  jiddiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirishga  undadi.  Bu  boradagi 

sa’i-harakat-larning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida mustaqil O‘zbekis-

tonning  ilk  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonuni  qabul  qilindi.  Mazkur  Qonun 

mazmunida  Respublika  ta’limi  tizimi,  uning  asosiy  yo‘na-lishlari,  maqsad, 

vazifalari, ta’lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o‘z ifodasini 

topdi.  Biroq,  1997  yilga  kelib,  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim 

to‘g‘risida»gi  Qonuni  va  uning  mazmunida  ilgari  surilgan  g‘oyalarning 

amaliyotga  tadbiqi  tahlil  etilganda,  bu  borada  muayyan  kamchiliklarga  yo‘l 

qo‘yilganligi  aniqlandi.  O‘tkazilgan  tahlil  natijalariga  ko‘ra,  ta’lim  tizimida 

olib  borilayotgan  islohot  aksariyat  o‘rinlarda  chuqur  ilmiy  asoslarga  ega 

bo‘lmaganligi  ma’lum  bo‘ldi  hamda  kadrlar  tayyorlash  tizimini  isloh  qilish 

zarurligi  belgilandi.  SHu  bois  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX 

sessiyasida 

yangi 


tahrirdagi 

O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim 

to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. 

Har  qanday  mamlakatning  kuchi  uning,  fuqarolarining  ma’naviy 

etukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi.  

Fuqarolarning  ma’naviy  etukligi,  intellektual  salohiyati  esa  ta’lim 

tizimining  mazmuni,  shaxsning  har  tomonlama  shakllanishi  uchun  xizmat 

qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror 

topgan  ijtimoiy  sog‘lom  muhit  darajasi,  ijtimoiy  munosabatlar  mazmuni, 



shuningdek,  aholining  etnopsixo-logik  xususiyatlari,  axloqiy  qarashlari  va 

hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. 

«Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»ning  yaratilishida  mazkur  jihatlar 

to‘la o‘rganildi. Milliy dastur asosini O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay 

oladigan,  uni  jahonning  ilg‘or  mamlakatlari  darajasiga  ko‘tarilishiga  hissa 

qo‘shuvchi  dadil,  mustaqil  fikrlovchi,  bilimli,  malakali  mutaxassis, 

shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga etkazish 

jarayoni tashkil etadi. 

Xo‘sh,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  qanday  hujjat?  Uning 

mazmunida qanday g‘oyalar ifoda etilgan? 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  O‘zbekiston  Respublikasi-ning 

«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonunining  qoidalariga  muvofiq,  milliy  tajribaning 

tahlili  va  ta’lim  tizimidagi,  jahon  miqyosidagi  yutuqlar  asosida  tayyorlangan 

hamda  yuksak  umumiy  va  kasb-hunar  madaniyatiga,  ijodiy  va  ijtimoiy 

faollikka,  ijtimoiy-siyosiy  hayotda  mustaqil  ravishda  mo‘ljalni  to‘g‘ri  ola 

bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga 

qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir

1



«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan 

isloh  qilish,  uni  o‘tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarash  va  sarqitlardan  to‘la 

xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va 

axloqiy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  Milliy 

tizimini yaratishdan iboratdir

2



«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadni to‘laqonli 

ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. 

Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko‘rsatiladi: 

-

 



«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga 

muvofiq  ta’lim  tizimini  isloh  qilish,  davlat  va  nodavlat  ta’lim  muassasalari 

                                                           

1

  Кадрлар  тайѐрлаш  миллий  дастури  //Олий  таълим:  меъѐрий  ҳужжатлар  тЎплами.  –  Т.:  Шарқ 



нашриѐт-матбаа акстиядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – 20-бет. 

2

 Ўша манба, – 25-бет. 




hamda  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sohasida,  raqobat  muhitini  shakllantirish 

negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida 

izchil rivojlantirishni ta’minlash; 

-

 



ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan 

demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish; 

-

 

kadrlar 



tayyorlash 

tizimi 


muassasalarini 

yuqori 


malakali 

mutaxassislar  bilan  ta’minlash,  pedagogik  faoliyatining  nufuzi  va  ijtimoiy 

maqomini ko‘tarish; 

-

 



kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijti-moiy va 

iqtisodiy  taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat  ehtiyojla-ridan,  fan,  madaniyat, 

texnika  va  texnologiyaning  zamonaviy  yutuqlari-dan  kelib  chiqqan  holda 

qayta qurish; 

-

 

ta’lim  oluvchilarni  ma’naviy  axloqiy  tarbiyalashning  va  ma’rifiy 



ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; 

-

 



ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim  muassasalarini attesta-stiyadan 

o‘tkazish va akkreditastiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy 

qilish; 

-

 



yangi  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarda  ta’limning  talab  qilinadigan 

darajasi  va  sifatini,  kadrlar  tayyorlash  tizimining  amalda  faoliyat  ko‘rsatishi 

va  barqaror  rivojlanishining  kafo-latlarini,  ustuvorligini  ta’minlovchi 

normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; 

-

 

ta’lim,  fan,  ishlab  chiqarish  samarali  integrastiyalashuvini 



ta’minlash,  tayyorlanayotgan  kadrlarning  miqdori  va  sifatiga  nisbatan 

davlatning  talablarini,  shuningdek,  nodavlat  tuzilmalari,  korxonalar  va 

tashkilotlarning  buyurtmalarini  shakllantirishning  mexanizm-larini  ishlab 

chiqish; 

-

 

uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimiga  byudjetdan  tashqari 



mablag‘lar,  shu  jumladan,  chet  el  investistiyalari  jalb  etishning  real 

mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 




-

 

kadrlar  tayyorlash  sohasida  o‘zaro  manfaatli  xalqaro  ham-korlikni 



rivojlantirish. 

Milliy  dasturning  maqsad  va  vazifalari  bosqichma-bosqich  amalga 

oshiriladi.  Har  bir  bosqichda  muayyan  vazifalarning  hal  etilishi

1

  nazarda 



tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir: 

Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining 

ijobiy  salohiyatini  saqlab  qolish  asosida  ushbu  tizimni  isloh  qilish  va 

rivojlantirish  uchun  huquqiy,  kadrlar  jihatidan,  ilmiy-uslubiy,  moliyaviy 

shart-sharoitlarni yaratish. 

Ikkinchi  bosqich  (2001-2005  yillar)  -  Milliy  dasturni  to‘liq  ro‘yobga 

chiqarish,  mehnat  bozorining  rivojlanishi  va  real  ijtimoiy-iqtisodiy 

sharoitlarni  hisobga  olgan  holda  unga  aniqliklar  kiritish.  Bu  bosqichda, 

shuningdek,  ta’lim  muassasalarini  maxsus  tayyorlangan  malakali  pedagog 

kadrlar  bilan  to‘ldirish  ta’minlanadi,  ularning  faoliyatida  raqobatga 

asoslangan muhit vujudga keltiriladi.  

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  maqsadini  ro‘yobga  chiqa-rishning 

ikkinchi  bosqichida  ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnika  va  axborot 

bazasini  mustahkamlash  davom  ettiriladi,  o‘quv-tarbiya  jarayonining  yuqori 

sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, 

uzluksiz  ta’lim  tizimini  axborot-lashtirish  vazifalarining  ham  hal  etilishi 

alohida urg‘u beriladi.  

Uchinchi  bosqich  (2005  va  undan  keyingi  yillar)  to‘plangan  tajri-bani 

tahlil  etish  va  umumlashtirish  asosida,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish 

istiqbollariga 

muvofiq 


kadrlar 

tayyorlash 

tizimini 

takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, shuningdek,  

-

 

ta’lim  muassasalarining  resurs,  kadrlar  va  axborot  bazala-rini 



yanada mustahkamlash;  

                                                           

1

 Ўша манба, – 27-29-бетлар. 




-

 

o‘quv-tarbiya  jarayoni  yangi  o‘quv-uslubiy  majmualar,  ilg‘or 



pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanishi; 

-

 



 milliy  (elita)  oliy  ta’lim  muassasalarini  qaror  toptirish  va 

rivojlantirish; 

-

 

ta’lim  jarayonini  axborotlashtirish,  uzluksiz  ta’lim  tizimi  jahon 



axborot  tarmog‘iga  ulanadigan  kompyuter  axborot  tarmog‘i  bilan  to‘liq 

qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy echimi ta’minlanadi. 




Download 353,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish