Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

 
Maqsadi:
Bosqichda qo„llanilishi: 
O‗tilgan mavzuni takrorlash darslarida va mustahkamlash bosqichlarida 
qo‗laniladi.
Bu strategiyani boshlang‗ich sinfda ham yuqori sinfda ham qo‗llash mumkin. 
Zero, bu metodlar samarali va effektiv metod ekanligi tajribalarda o‗z isbotini 
topmoqda. Ayni paytda har bir o‗qituvchi pedagogik texnologiyalarga ko‗r-ko‗rona 
emas, balki ijodiy yondashish kerakligini ta‘kidlab o‗tish joiz.
ESHITISHDA NUQSONI BO„LGAN BOLALARNING BOG„LANGAN 
NUTQINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI 
Z.N. Mamarajabova TDPU dotsenti,
R.A. Zoxidova TDPU talabasi
Predmetli amaliy ta‘lim darslarida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar 
bog‗langan nutqini rivojlantirish texnologiyasi - bu butun o‗qitish va bilimlarini 
o‗zlashtirish jarayonida o‗z oldiga ta‘lim shakllarining samaradorligini oshirish 
vazifasini qo‗yuvchi texnik hamda shaxs zaxiralari va ularning o‗zaro aloqasini 
hisobga olib, bilimlarini yaratish, qo‗llash va belgilashning tizimli uslubidir. 
Predmetli amaliy ta‘lim darslarida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar bog‗langan 
nutqini rivojlantirish texnologiyasi o‗qitishga o‗ziga xos bo‗lgan yangicha yondashuv 
(innovatsiya)dan iborat bo‗lib, o‗yin usullarini ta‘lim tizimi, dars jarayonida tatbiq 
etilishi muhim va samarali natija beradi. Yangi pedagogik texnologiyalarni maxsus 
maktab ta‘lim tizimiga kiritish, tatbiq etish, qiziqarli usullardan foydalanish, o‗zining 
samarasini bermoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar hozirgi kunda maxsus 
maktab uchun o‗quv jarayonining zaruriy va asosiy komponentiga aylanib bormoqda. 
Chunki pedagogik texnologiya o‗qitishga o‗ziga xos yangicha yondashuvdan iborat 
bo‗lib, o‗yin yangicha, ilg‗or, shu bilan birga samarador usullarini ta‘lim tizimiga 
dars jarayonida tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Eshitish nuqsoni bo‗lgan bolalar predmetli amaliy ta‘lim tarbiyasida ilg‗or 
pedagogik 
texnologiyalardan 
foydalanish 
zarurati 
interaktiv 
usullarning 
samaradorligini, kerakli bilim va ko‗nikmalar egallashda ahamiyatli ekanini 
dalillamoqda. Ta‘limni motivlash o‗quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyat 


112 
kasb etadi. U tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushohada qilishga, nutqning 
rivojlanishiga, u yoki bu vazifani bajarishga qiziqish uyg‗otadi. Zaif eshituvchi 
bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini faollashtirish, ularning yangi materialni 
o‗rganishga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga erishishni ta‘minlovchi 
ta‘lim usullari kuchli motivlashtiruvchi omildir. Hozirgi vaqtda kar bolalarning 
nutqini o‗zaro muloqotlar orqali rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga 
olgan holda o‗qituvchi va o‗quvchilar guruhi (o‗qituvchi-o‗quvchi, o‗quvchi-
o‗quvchi) faoliyat ko‗rsatishlari zarurligi ma‘lum. Chunki guruhdagi faoliyatlar 
o‗quvchi shaxsiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. O‗zaro muloqot zaif eshituvchi bolalarda 
fikr almashish va so‗zlashuv malakasini shakllantirishga imkon yaratadi. 
Kar bolalarning shaxsiy sifatlari shakllanishida, predmetli amaliy ta‘lim- 
tarbiyasida va nutqiy muloqotni amalga oshirishda interfaol o‗yinlarning ahamiyati 
katta. Ma‘lumki, rolli o‗yinlar ob‘ektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli 
ravishda aks ettirishda, ta‘lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Rollarga asoslangan o‗yinlar zaif eshituvchi bolalar nutqini faollashtiradi va 
motivlashtiradi. O‗yin o‗quvchilarning tabiiy va sevimli faoliyatidir. Shuning uchun 
ta‘lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qo‗llash ko‗nikmalarini hosil qilishda 
mashg‗ulotlarni yosh hususiyatlariga muvofiq o‗yin tariqasida uyushtirishga e‘tibor
berilmoqda. Haqiqatan ham, bola har qanday mashg‗ulotga qaraganda, o‗yinga tez 
intiladi va qiziqadi. 
Rollarga asoslangan o‗yin ta‘lim usuli sifatida o‗quvchilarni uyushtiradi va 
bilim imkoniyatlarini kengaytirib, shaxs sifatida shakllantiradi. Rolli o‗yinlar 
bolaning erkin fikrlashi, suhbatdoshiga nimanidir aytishi, so‗rashi, isbot qilishi, 
tushuntirishiga imkoniyat yaratadi. Dialogdan farqli ravishda, rolli o‗yinlar nimaga 
(motiv) va nima uchun (maqsad, sabab) kabi savollarga javob beradi. Shunday qilib, 
o‗yinda qatnashayotgan o‗quvchilarning asosiy diqqatini suhbat mazmuniga
qaratadi. O‗quvchilar o‗yin jarayonida suhbatni boshlash, suhbatdoshi nutqini 
labidan, imo-ishoralaridan o‗qish, savollar berish, savollarga javob berish kabi 
malakalarni egallaydilar.O‗quvchilar o‗yinni aniq maqsadga yo‗naltirgan holda 
amalga oshirsa, kutilgan natijaga erishishi mumkin. 
Rolli o‗yin o‗quvchilar guruhi tomonidan qiziqib qabul qilingan, ularga tanish 
bo‗lishi kerak. Oldindan har bir obrazni izohlab berish lozim. O‗quvchi o‗yin 
jarayonida ikkilamchi darajali rollarda ishtirok etishi mumkin, lekin bosh rolda emas. 
Chunki bu holda rolli -o‗yin ta‘limning an‘anaviy usullaridan biriga aylanib qoladi. 
Muloqotda yo‗l qo‗yilgan kamchiliklarni o‗yin jarayonida emas, balki undan keyin 
muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Bolalar nutqini rivojlantirish davomida 
mustaqil fikrlashga, izlanuvchanlikka va umumlashtirishga undovchi usullarni 
qo‗llash muhim ahamiyatga ega. O‗quvchilarni yangi material bilan tanishtirishda, 
oldin o‗zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda, ularning so‗z boyligini oshirish va 
tafakkurini rivojlantirishda didaktik o‗yinlardan foydalanish mumkin. O‗quvchilarga 
individual yondashib, mos topshiriq berish ularning qobiliyatini o‗stirishni 
ta‘minlaydi. O‗quvchilar diqqatini topshiriqning eng muhim va murakkabroq 
jihatlariga qaratish, ularni belgilariga qiziqishlarini oshirish joiz. Bu ulardagi 
ijodkorlik hususiyatlarini rivojlantiradi. Ta‘kidlash joizki, soddalik, bir xillik, 
xohishsiz takrorlashlar bolalarni toliqtirib, befarq qilib qo‗yadi. O‗yin davomida 


113 
‖Kim tez bajaradi?― - deb faolliklarini oshirish ularda qiziqish uyg‗otadi. 
Shuningdek, topshiriqlarni bajarishda bolalar g‗olib chiqish, boshqalardan orqada 
qolmaslik, ularni bajarishga qodir ekanini ko‗rsatish hissi bilan harakat qiladilar. 
Predmet-amaliy ta‘limi darslarda o‗quvchilar turli xil asboblar va materiallar bilan 
tanishadilar, ba‘zi predmetli amaliy ta‘lim operatsiyalarini bajarishni o‗rganadi, 
texnika xavfsizligi, predmetli amaliy ta‘lim va jamoada ishlash madaniyati asoslarini 
o‗zlashtiradilar. Bolalar nutqi nutq o‗stirish bilan birga maxsus va texnik atamalar 
lug‗ati bilan boyib boradi. Kar o‗quvchilarning so‗zlashuv nutqiga o‗rgatish hamma 
darslarda, xususan, predmetli amaliy ta‘limida olib boriladi. Kar o‗quvchilarning 
maktabda o‗qitishning asosiy tamoyilliga muvofiq maktab dasturida so‗zlashuv 
nutqiga o‗rgatishning mazmuni va ketma-ketligi ko‗zda tutilgan. Kar bolalar 
maktabida I-IV sinflarda o‗qitishning asosiy maqsadi eshitishda nuqsoni bo‗lgan 
bolalarning og‗zaki nutqini muloqot quroli sifatida shakllantirishga qaratilgan 
bo‗ladi. Har bir o‗quv fani bo‗yicha dasturda so‗zlashuv nutqini shakllantirish uchun 
zarur bo‗lgan, ushbu predmet uchun spesifik bo‗lgan talablar bayon etilgan. Dastur 
talablarini murakkablash bir necha bosqich davomida amalga oshiriladi. 
O‗qituvchining ish faoliyatida boshqarish jarayoni miqdori kamaytirilib, ko‗proq 
o‗quvchilarning nutqi yildan yilga faollashtiriladi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish