Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


ESHITISHIDA MUAMMOSI BO„LGAN BOLALAR OG„ZAKI



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

ESHITISHIDA MUAMMOSI BO„LGAN BOLALAR OG„ZAKI 
NUTQINI RIVOJLANTIRISHSHA INNОVATSION YONDASHUV 
Z.N.Mamarajabova 
TDDU professori v.b.,f.f.n. 
Eshitishida muammosi bo‗lgan bolalarda kitobxonlik madaniyatin
shakllantirish, ularning nutqini muloqat quroli sifatida shakllantirish va rivojlantirish 
ularni abilitatsiya va reabilitatsiyasi darajasining yuqorilashuviga, eshitish va nutq 
muammosining erta korreksiya qilinishi orqali erta ijtimoiy moslashuviga samarali 
ta‘sir ko‗rsatadi. Xususan, adabiy ta‘lim jarayonida eshitishida nuqsoni bo‗lgan
bolalarni badiiy asar mazmunini o‗zlashtirish darajasining pastligi mazkur 
kategoriyadagi bolalarning yetarlicha nutqiy rivojlanmaganligi, ularda fikrlash 
jarayonlari kechishining o‗ziga xosliklari, faktlarni anglab yetish, ularning ketma-
ketligi, izchilligini belgilovchi sabablarini aniqlashda qiyinchiliklarga duch kelishi 
bilan tavsiflanadi.Chunonchi, adabiy ta‘lim jarayonida maxsus maktabning 1-4 sinf
o‗quvchilari nutqini rivojlantirish uchun badiiy asarlaring tanlanishi uning syujeti, 
unda o‗quvchilar uchun tanish lug‗aviy material jamlangani, rivojlanayotgan voqealar 
haqidagi axborot esa bir-birini to‗ldiradigan epizodlar orqali kiritilishi bilan 
asoslandi. Pedagogik tizim doirasida adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni 
bo‗lgan o‗quvchilarni nutqini rivojlantirishni reglamentlovchi (tartibga soluvchi) 
o‗ziga xos tamoyillar tizimiga adabiy-badiiy tamoyilning kiritilishi adabiy o‗qish 
darslarida matnlarni so‗z san‘ati hodisaii sifatida idrok qilishga undash va 
o‗quvchilarni muallif asarlari olamiga g‗arq qilish, hissiyotlar, adabiy qobiliyatlarni 
shakllantirish mumkin bo‗lgan muhitni yaratishda namoyon bo‗ladigan estetik 
funsiyasini amalga oshirish bilan bog‗liq
6
.Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda 
nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilarni nutqini rivojlantirish pedagogik tizimida badiiy asarni 
yaxlit o‗rganish natijasi kitobxonlarning badiiy-ijodiy faoliyati bo‗ladi, u badiiy 
asarni va o‗z fikrlarini yaratish jarayonini idrok qilish qonuniyatlari bilan belgilanadi. 
Badiiy asarni o„rganishning tizimliligi tamoyili o‗quvchilar badiiy asar matni bilan 
ishlaganda egallaydigan adabiyotshunoslikka oid bilimlar va adabiy-ijodiy malakalar 
tizimini nazarda tutadi. Bu tamoyilni amalga oshirish o‗rganilayotgan badiiy 
materialni tushunish, adabiy ta‘lim jarayonida nutqni rivojlantirish , kitobxonlik 
hamda adabiy-ijodiy malakalarini shakllantirish o‗rtasida muvofiqlikka erishishni 
nazarda tutiladi
7
. Adabiy o‗qish darslarida o‗rganishning asosiy birligi badiiy matn 
6
Matjonov S. Yangicha pedagogik tafakkur va umumta‘lim maktablarida adabiyot o‗qitishning 
ilmiy- metodik asoslari: Fil. fan. dok. ...diss. – T., 1999. – B.54.
7
Husanbaeva Q.P. Adabiy ta‘lim jarayonida o‗quvchilarni mustaqil fikrlashga o‗rgatishning ilmiy-
metodik asoslari: Fil. fan. dok. ...diss. – T., 2004.– B.43.


24 
bo‗lgani sababli adabiyotshunoslik va tilshunoslik materialini saralash boshqa bir 
spesifik tamoyil – matnning adabiyotshunoslik va tilshunoslik fenomeni sifatidagi 
o„ziga xosliklarini hisobga olish asosiga qurildi
8
. Adabiy matnlar bilan tanishishning 
nazariy asosini quyidagi tushunchalar guruhlari tashkil qildi: ―asar olami‖, ―janrlar‖, 
―matn‖, ―nutq tiplari‖, ―nutq uslublari‖, ―tilning obrazli vositalari‖. Ajratib 
ko‗rsatilgan tushunchalar eshitishda nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilarni badiiy asar bilan 
tanishtirishga ko‗maklashadi, faqat amaliy darajada kiritiladi va bolalar tomonidan 
o‗zlashtiriladi. Emotsionallik spesifik tamoyili bolaning tabiati va faoliyatidan kelib 
chiqadi. Intellektual emotsiyalarni faollashtirish adabiy ta‘lim jarayonida nutqni 
rivojlantirish pedagogik tizimi sharoitida o‗quvchilarda mutolaa bo‗yicha o‗quv-
bilish faoliyatida intellektual-emotsional ehtiyojlarni shakllantirishga ko‗maklashadi. 
U o‗quvchi shaxsining emotsional sohasi rivojlanishini rag‗batlaydi, ta‘lim 
jarayonida mustaqil ijodiy faoliyatdan estetik qoniqishning tiklanishi va 
rivojlanishiga olib keladi. Tadqiqotning maqsadli vazifalarini hal qilishni 
ta‘minlashda navbatdagi qadam adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan 
o‗quvchilarni nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining asosiy maqsadli, mazmuniy, 
faoliyatli, baholash-natijaviy komponentlarini (tarkibiy qismlarini) ajratishdan iborat 
bo‗ldi. Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini
rivojlantirish mazmunini o‗zgartirish o‗quvchilar faoliyatini tashkil qilishning yangi 
shakllaridan foydalanishga ham olib keladi. Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda 
nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining faoliyatli 
komponenti doirasida an‘anaviy darslar kabi ―dars-bayram‖, ―dars-konsert‖, ―dars-
viktorina‖, ―dars-sayohat‖, ―dars-taqdimot‖ dars-o‗yinlar ishlab chiqildi. Ishlab 
chiqilgan tizimda adabiy o‗qish darsi bilan darsdan tashqari faoliyat o‗rtasida qat‘iy 
chegaralashning mavjud emasligi tamoyili yangilik hisoblanadi. Fikrimizcha, adabiy 
o‗qish darslarida va sinfdan tashqari paytda o‗quvchilar faoliyatini tashkil qilishning 
turli shakllaridan foydalanish adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan 
bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimini qo‗llash uchun optimal sharoit 
yaratadi, eshitishida nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilarga kitobxonlik va adabiy-ijodiy 
faoliyatida yuqori darajalarga erishish imkonini beradi. Adabiy ta‘lim jarayonida 
eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining 
strukturaviy kompolnentlarini ishlab chiqishda navbatdagi qadam baholash-natijaviy 
komponentini ishlab chiqish bo‗lib, uning mohiyatini pedagogik jarayonning
samaradorligini aks ettirish va qo‗yilgan maqsadga muvofiq erishilgan siljishlarni 
namoyon qilish bilan ifodalandi
9
. Baholash-natijaviy komponentni ishlab chiqishda
adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini rivojlantirish 
darajasi ko‗rsatkichlarini kompleks diagnostikalashga tayanamiz, diagnostika nafaqat 
o‗qish texnikasi, balki asarni idrok qilish darajasi, mustaqil jumla yaratish, bibliograif 
kompetentlik hamda kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatining motivsion bahosini 
aniqlashni nazarda tutadi. Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan 
8
Yo‗ldoshev Q. Umumta‘lim maktablarida adabiyotdan mustaqil ishlarni tashkil etish: Fil. fan. 
dok. ...diss. – T., 1997.– B. 48.
9
Mirqosimova M.M. O‗quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish 
usullari :Fil. fan. dok. ...diss. – T., 1995. – B.76.


25 
bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida o‗qitish natijalari diagnostik xulosalarning 
aniqligi, to‗liqligi va o‗z vaqtida qilinganiga to‗g‗ridan to‗g‗ri va bevosita 
bog‗liq.Ishlab chiqilgan adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar 
nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining (maqsadli, mazmunli, faoliyatli va 
baholash-natijaviy) komponentlari bir-biriga o‗zaro bog‗liq, birgalikda tizimning 
ahamiyati va mazmunini hamda kommunikativ, kitobxonlik va adabiy-ijodiy 
malakalarning shakllanishini belgilaydigan elementlarni o‗z ichiga olgan tizimdir. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish