Ўзбекистон республикаси олий ва


Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari



Download 2,43 Mb.
bet10/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari.

Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni, natijalari hisobiga ta’minlanadi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida sodir bo’lish sabablarini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etishni taqozo etadi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik va aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon.

Quyida mazkur metodlarning mohiyati to’g’risida qisqacha so’z yuritiladi.

Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo’llashdan ko’zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo’lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.

Suhbat metodi pedagogik kuzatish chog’ida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga to’g’ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat indiviudal, guruhli hamdaommaviy shaklda o’tkaziladi. Suhbat jarayonida talabalarning imkoniyatlari to’la namoyon bilishga erishish muhim.

Anketa (fransuzcha “tekshirish”) metodiyordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to’plangan dalillar boyitiladi. Bu metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Savollarga javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo’ladi: 1) ochiq turdagi savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha”, “yo’q”, “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar).

Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish.Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limni tashkil etishga oid hujjatlar talablarining bajarilish holatini o’rganish, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg’or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo’llaniladi.

Test metodi respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko’nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o’z mohiyatiga ko’ra quyidagi savollardan iborat bo’ladi: 1) ochiq turdagi savollar (batafsil javob berish imkonini beradigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha” yoki “yo’q”, “ijobiy” yoki “salbiy” tarzdagi javoblarga asoslanadigan savollar); 3) to’g’ri javob variantlari qayd etilgan savollar (to’g’ri deb topilgan javob varianti belgilanadi).

Yoshlar ijodini o’rganish metodi talabalarning muayyan yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati, ma’lum fan sohalari bo’yicha BKM darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni qo’llashda talabalarning ijodiy ishlari – kundalik, insho, yozma ish, referat va hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metod ma’lum talabaga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

Pedagogik kuzatish. Uni qo’llash jarayonida ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, talaba shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.

Pedagogik tajriba (“eksperiment” lotincha – “tajriba qilib ko’rish”) metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega bo’la olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning quyidagi turlari mavjud:

Pedagogik tajriba samaradorligini ta’minlovchi shartlar:tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; tadqiqot ob’ektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi; tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash. Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Pedagogik tatqiqotda matematika va kibernetika uslubi “Kibernetika” so'zi yunon tilidan olingan bo'lib, “rolni bajaraman”, “idora etaman” degan ma'nolarni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy qoidalarini va vositalarini ishlab chiqadi. Uning mazmuni axborot berish, dasturlashtirish, algoritmlar, boshqaruvchi tizim, model yasash singari asosiy nazariyalarda o'zligini namoyon etadi. Mazkur usuldan bugungi kunda pedagogikada ham keng foydalanilmoqda.O'qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetika mashinalari yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, dasturli ta'lim va uni mashina orqali boshqarish, o'qitishni mustahkamlash, baholash va individual ta'lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda.

Demak, pedagogika fani o'z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o'rganadi.

Ilmiy-pedagogik tatqiqotlarning tarkibi, unga ilmiy izlanishlarning u yoki bu elementini kiritish bilan bog'liq ravishda har xil o'zgarishlarni boshdan kechirdi. Bizningcha, ilmiy-pedagogik tatqiqotlar tarkibini bir muncha umumlashgan ko'rinishda tasvirlash mumkin.

Ilmiy-pedagogik tatqiqotlar to'rtta yirik blokdan iborat:

1-blok-tayyorgarlik ishlari.

2-blok-tatqiqotni o'tkazish.

3-blok-tatqiqotga yakun yasash.

4-blok-tatqiqot natijalarini baholash.

Pedagogikaning ilmiy tatqiqot metodlari qanchalik to'g'ri tanlansa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. shu sababli, pedagogik ilmiy-tatqiqot usullariga dogmatik yondashish mumkin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tatqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to'la yaratilgan va ishlab chiqilgan emas.

Matematik statistika tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Muammo holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Kivirlyag, Rokich, V.Bespa’lko va V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.



Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish