Ўзбекистон республикаси олий ва



Download 2,43 Mb.
bet7/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Quldorlik tuzumida erkin bo’lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.

Feodal tuzumda pedagogik g’oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g’oyalar yetakchi o’rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G’arbda cherkov, Sharqda esa maschitlar)ning roli osha borib, bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etilgan. Garchi dunyoviy g’oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ’ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko’zga tashlangan bo’lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko’lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko’rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Savdo, hunarmandchilik negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish yo’lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishi tasdiqladi. Bu davrda ilg’or, pedagogik g’oyalar ilgari surildi. Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. Shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalashga oid qarashlar yanada boyitildi; ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o’qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g’oyalar ilgari surildi. Pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyib, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasiga asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g’oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi.

O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan bo’lsada, muhim vazifalarni bajarish lozim edi.

Demak, pedagogika fani mavjud sharoitda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo’naltirilgan ijtimoiy harakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish yo’llarini o’rganadi. Pedagogika fanining vazifalari.Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Fanning maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar muhim ahamiyatga ega.

1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g’oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

2. Iqtisodiyot nazariyasi – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.

3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.

4. Etika (axloqshunoslik) – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi.

5. Estetika – shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.

6. Fiziologiya – o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi.

7. Gigiyena – talabalarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi.

8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.

9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.

10. Madaniyatshunoslik – talabalarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.

11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.

12. Ma’naviyat asoslari – jamiyat, inson va ma’naviyat o’rtasidagi munosabatlarni, ma’naviyatning jamiyat taraqqiyoti, inson ongini rivojlanishidagi roli, fuqarolarni ma’naviy tarbiyalash omillarini o’rganadi.

Pedagogikaning bosh masalasi – ta’lim va tarbiyadir. Pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlari ta'lim, rivojlanish, ma'lumot bilan bog'langan holda barkamol insonni voyaga yetkazishdir. Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda yuksak ma'naviy mafkurani shakllantiruvchi, qonun-qoida, tamoyil va metod usullarni o'rganuvchi hodisalar doirasidagi fandir. Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o'zining nazariy, milliy va amaliy asoslariga ega. Pedagogikaning nazariy asoslari – inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy-tatqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga O'rta Osiyo va ma'rifatparvar, mutafakkir olimlarning asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, o'qitishning qonun-qoida va tamoyillarining umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.

Pedagogikaning milliy asosi – ta'lim-tarbiya muammolarini har bir millatning milliy merosi bilan birga umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'langan holda amalga oshirishdir. Har bir millatning o'ziga xos meros va qadriyatlariga suyangan holda tarbiyashunoslik masalalarini milliy asosda yosh avlodga yetkazish mazmuni, shakli, usuli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir.

Bu o'zgarishlar pedagogik ta'limning ham nazariy ham amaliy muammolarini ilmiy asosda qayta tadqiq va tahrir qilishni taqozo etdi. Jumladan, pedagogikaning tarmoqlarini quyidagilarga bo'linishini ko'ramiz (1-shakl).

Bizga ma'lumki, Respublikamiz mustaqil deb e'lon qilingan kun (1991 yil 31 avgust) xalqimiz hayotidagi ulug'vor voqealardan biri hisoblanadi. Chunki, istiqlol xalqimizga o'zining boy tarixi, madaniyati, urf-odatlarini o'rganish, targ'ib qilish, o'zligini tanish va o'zgalarga imkoniyatlarini ko'rsata olishdek buyuk baxtga ega bo'ldi. Bu voqeadan so'ng ko'p sonli o'qituvchilar jamoalari oldida Vatan ravnaqi uchun hormay-tolmay xizmat qila oladigan, fidoiylik bilan yoshlarni tarbiyalash vazifasi ko'ndalang qo'yiladi. Bu vazifa oliy ta'lim kontseptsiyasida o'qituvchi – mutaxassis oldida turgan vazifalar quyidagicha belgilanadi:

“Mutaxassis malakasi – chuqur umumiy bilim, keng dunyoqarash va kasb tayyorgarligi, komp`yuter bo'yicha savodxonligi, o'z bilimini tezlik bilan yangilash va to'ldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil topadi”..... shular qatorida uni intizomi, ma'suliyat, ziyolilik, o'z ishiga, mamlakati mustaqilligiga, vatan va jahon taraqqiyoti yo'lida ezgulik va adolatga sadoqat tuyg'ularini ham tarbiyalash zarur.

Pedagogika fani ham boshqa sohalari singar hamma vaqt o'zining asosiy tushunchalariga ega. Ilmiy tilda kategoriyalar deyiladi. Biroq bu tushunchalarning ayrimlari davr va hukmron mafkuraning g'oyalari asosida o'zgarib turgan. Yangilanayotgan bugungi pedagogika ilmidagi tushunchalar va ta'riflar esa, asosan, milliy istiqlol mafkurasiga mos, umuminsoniy qadriyatlar va milliy o'ziga xoslik bilan birgalikdagi uyg'unlik asosida yaratilmoqda.

Pedagogikaning bir-biri bilan uzviy bog'langan muhim tushunchalari quyidagilardir: tarbiya, ta'lim, ma'lumot, inson kamoloti, insonning shakllanishi, o'qitish, tarbiyaning asosiy qonunlari va maqsadi, pedagogik jarayon, pedagogik muhit, tarbiya turlari (aqliy, huquqiy, iqtisodiy, mehnat, ekologik, axloqiy, jismoniy va estetik), tarbiya uslublari, ta'limmetodlari, pedagogik-psixologik tushunchalar (ruhiyat, shaxs, faoliyat, o'z-o'zini anglash, muloqot, ruhiy jarayon va holat, malaka, qobiliyat, jo'shqinlik, xarakter, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, sezgi, hissiyot, o'rganish va o'rgatish) keltirilgan pedagogik tushunchalarga ta'rif berishga oid ijtimoiy voqelikning asosiy maqsadi ta'lim-tarbiya jarayonida bilim berish orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, maxsus pedagogik tushunchalarga ta'rif berishni aynan shu atamadan boshlash maqsadga muvofiqdir.

Bilim - bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning tadrijiy rivojining ichki zaruriyatidan kelib chiqqan aloqadorlik. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. Bu zaruriy bog'liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqarida. Uni o'zgartirib bo'lmaydi. Bilim, uning xususiyatidan kelib chiqib, ish yuritiladi. Bilim kishidan kishiga ma'lumot (axborot) orqali o'tadi. Bilimlar tushuncha, ta'rif va tavsiflar orqali o'zini namoyon qiladi.

Ma'lumot – u ikki ma'noda ishlatilib, ikkisi ham pedagogikaga oid.

1. Xabar – o'qish jarayonini amalga oshiruvchi vosita. Bilimli kishining vazifasi bilimini unga talabgor bo'lganlarga yetkazish, ma'lum qilish, til va ko'rgazmalar yordamida muayyan aloqadorlik (bilimni boshqalarga bildirish) dan iborat.

2. Bilim darajasi, o'qish, bilish, ya'ni borliqdagi ob'ektiv qonuniyatlarni his qilish natijasida olingan bilimlar yig'indisi. Masalan, past ma'lumotli, o'rta va yuqorima'lumotli va hokazo.

Ta'lim – ma'lumot, bilimni ma'lum bir tartibda berish va uni olish jarayoni. Bu jarayon bir qator pedagogik usul va uslublar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim turlari ko'p axloq-odob ta'limi, tabiiy bilimlar bo'yicha ta'lim, texnik ta'lim, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, siyosiy ta'lim, huquqiy ta'lim va hokazolar.

Tarbiya – keng qamrovli tushuncha bo'lib, uning uch xil talqini mavjud.

1. Farzandni dunyoga keltirib, voyaga yetkazish;

2. Farzandni kamolotga yetkazishda kerakli bilim va ma’lumotga ega bo`lish;

3. Olingan bilimlarni amaliyotda qo'llashga o'rgatish.

Pedagogikaga uning uchinchi talqini mos keladi. Masalan: odob va axloqqa o'rgatish axloqiytarbiya; kasb-hunarga o'rgatish hunar tarbiyasi; islom aqidalari va shariat qoidalariga o'rgatish diniy tarbiya va hokazo. Tarbiya ta'limsiz amalga oshirilmaydi. Ta'lim (bilim) berish orqali tarbiyalash, ya'ni ta'lim orqali egallagan bilimlarni amaliyotda qo'llay olishga o'rgatish. Ta'lim va tarbiya tushunchalari o'zaro uzviy bog'liq. Ta'lim – bilim berish va uni egallash bilan bog'liq bo'lsa, tarbiya olgan bilimi bo'yicha harakatlar qilib, uni ko'nikmaga aylantirishdir.

Shaxs shakllanishi – inson bioijtimoiy mavjudot bo'lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma'lum bir bosqichida shaxsga aylanadi. Kishida bir qator ijtimoiy sifatlar tarkib topib, ilmiy asoslangan mustaqil fikr shakllanadi.

Pedagogik faoliyat – jamiyatning ta'lim-tarbiyaga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy sifatlar va milliy fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslangan reja-darsturga muvofiq amalga oshirish, ya'ni avlodni hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur faoliyat turi.

Pedagogik jarayon – o'qituvchi bilan talaba orasidagi bilim berish va bilim olish, o'rgatish-o'rganish, tarbiyalash maylida kechadigan munosabatlar tizimi.

Pedagogik tamoyil (printsiplar) – o'qituvchi va talaba o'rtasidagi munosabat orqali beriladigan bilim turi, hajmi va mazmuni, shuningdek, o'quv qurollari va talabalarning ruhiy xususiyatlari o'rtasidagi zaruriy bog'liqliklardan kelib chiqqan qonuniyatga amal qilish.

Pedagogik tajriba – ta'lim-tarbiya beruvchi tomonidan pedagogikaning tamoyillari va ta'lim-tarbiya berishning muayyan usul va uslublarini to'liq o'zlashtirib hamda ularni amalda qo'llashdagi real shart-sharoitlarni, guruh jamoasi va har bir talabaning o'ziga xos xususiyati hisobga olgan holda amaliyotda tatbiq etish.

Ilg'or pedagogik tajriba – o'qituvchi tomonidan pedagogika tamoyillari hamda ta'lim-tarbiya berishning usul va uslublarini yaxshi o'zlashtirib, ularga ijodiy yondashgan holda, nisbatansamaraliroq usul yoki uslub yaratish.

Shaxsning har tomonlama kamolga yetishi – ma'lum bir tarixiy shart-sharoitlardagi individqobiliyati va iqtidori, uning bioijtimoiy mohiyatlarini tashkil qiladigan hamma kuchlarni to'liq rivojlantirishdan iborat.

Pedagogik muhit – ta'lim-tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan shaxslararo (o'qituvchi-talaba hamda talabalar orasida) munosabatlar majmui.

Ijtimoiy muhit – kishi shaxsini shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar majmui. Ijtimoiy tafakkur, turmush tarzi va shaxslararo, guruhlararo hamda millat va xalqaro munosabatlarning o'zaro muvofiq kelishi va bir-birini boyitish.

Ichki muhit – kishining o'ziga xos hayotiy faoliyati, xarakterining o'ziga xosligi, hayotiytajriba va irsiy tafakkur ko'nikmalari majmui, odatdagi ruhiy holatlarda o'zini namoyon etadigan ta'sirchanlik va voqelikka munosabatlarning o'zaro bir-biriga muvofiq kelishi, bir-birini to'ldirishi va boyitishi.

Irsiylik – kishining o'ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jihatlar, ota-ona tomonidan irsiy birliklar orqali o'tadigan belgilar.

Ruhiyat – shaxsning sub'ektiv qiyofasi, kishining vujudi va yuqori darajada tashkil etilgan materiya - ongi hamda ruhning birgalikdagi harakat mahsuli.

O'z-o'zini anglash – kishining o'ziga va o'z faoliyatiga bir jamoa yoki butun jamiyat nuqtai nazaridan baho bera olish.

Faoliyat – qandaydir shaxsiy, guruhiy, milliy yoki umuminsoniy ehtiyojlarga javob beruvchi maqsad sari yo'naltirilgan harakat.

Ta'lim-tarbiyaning insoniyligi – pedagogik jarayonni, ya'ni ta'lim-tarbiya beruvchi bilan talaba orasidagi pedagogik munosabatlar oqimini o'ta insoniy (o'zaro izzat-hurmat va muhabbat) ruhda amalga oshirish.

Ta'limni demokratlashtirish – muayyan jamiyat va aniq shaxs ehtiyoji va imkoniyatidan kelib chiqib, ma'lum bilimlar turi va hajmini erkin holda tanlab olish.

Maqsad – har qanday harakatni boshlashdan oldin harakat yakunida erishiladigan narsa yoki hodisaning butunligicha hamda uning asosiy ko'rsatkichlari bilan kishi tasavvurida paydo bo'lishi. Maqsad aniq va xayoliy bo'lishi mumkin. Aniq maqsad ilmiy asoslangan bo'lib, ob'ektiv borliqda sodir etiladigan narsa va hodisalarni o'zida namoyon etadi. Xayoliysi uning aksi.

Aqliy tarbiya – tabiatdan berilgan aqliy kuch, sezgi, ruhiy holat, biluvchanlik va faoliyat erkinligini rivojlantirish natijasida insonda mustaqil fikr yuritib, oldiga maqsad qo'ya olish hamda ko'zlagan maqsadiga yetish qobiliyatini shakllantirish.

Axloqiy tarbiya – oilada, mehnat jamoasi hamda keng jamoatchilik o'rtasida, umuman, hamma hududda, millatda, davlatda qabul qilingan qonun-qoida va tartiblarga bo'ysungan holda ularga rioya qilish hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan axloq va odob qoidalarini o'zlashtirish.

Jismoniy tarbiya – insonning hamma jismoniy xususiyatlarini; anatomik, fiziologik majmualarini har tomonlama rivojlantirish, sog'lom hayot kechirishning afzalliklarini targ'ib qilish va jismoniy ma'naviyatining zaruriy asoslarini shakllantirish.

Huquqiy tarbiya – insonda huquqiy bilimlarni oshirish, qonunlarni yaxshi o'zlashtirib, ularga to'liq rioya etish ko'nikmasini hosil qilish.

Estetik ta'lim-tarbiya – insonda zavq uyg'otuvchi va uni harakat, shijoat va qahramonliklarga undovchi barcha turdagi ko'rinishlar, holatlar, hodisalar va badiiy-estetik tafakkurni shakllantirish.

Iqtisodiy tarbiya – ishlab chiqarishning jamiyatda tutgan o'rni, ishlab chiqarish vositalari va ish qurollarining mohiyati, ular orasidagi uzviy aloqadorlikni o'rgatish va odamlarda shu bilimlarga ko'nikma hosil qilish.

Ekologik ta'lim-tarbiya – ekologik bilimlarni berish, ularda tashqi muhit va vujud orasidagi uzviy bog'liqlik mavjudligini his ettirish, tabiiy va ijtimoiy muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo'lish ko'nikmalarini hosil qildirish.

Pedagogik muloqot – ta'lim-tarbiya bilan bog'liq muloqot turi.

Mahorat – o'zlashtirilgan bilim va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy harakatlarni (shu jumladan, dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarish.

Malaka – kishi egallagan bilimlarni ko'nikma bosqichidan o'tib, doimiy (avtomatlashgan) harakat turiga aylanishi, mahorat hosil qilishi. Malaka – past, o'rta va yuqori bo'lishi mumkin.

Diqqat – faoliyat ko'rsatish maqsadida tanlangan ob'ektga (jumladan, muayyan fanga) ongning jamlanish holati.

Tafakkur – bilish va anglashning yuqori shakli bo'lib, ongning o'zida ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalarni tashkil qiluvchi qismlar o'rtasidagi o'zaro aloqadorliklarni aks ettirish.

Kasbga yo'naltirish – jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan holda, talabaga ma'lum bir bilim orqali kasb-hunar o'rgatishning ta’limiy jarayoni.



  1. Pedagogika nazariyasi – ta’lim yoshidagi bolalar, o’smirlar va o’spirinlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.

  2. Pedagogika tarixita’lim-tarbiyaga oid pedagogik fikrlarning rivojlanish, taraqqiy etish tarixini, shaxsni o’qitish va uni tarbiyalashning tarixiy shakllarini, shuningdek, asrlar davomida pedagogik jarayonda qo’llanilib kelingan metod va vositalarni o’rganadi.

  3. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

  4. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinflar talabalarini tarbiyalash, ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik, fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

  5. Korrektsion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. Korrektsion pedagogika tarkibiga turli sohalar kiradi. Ya’ni:

    1. Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

    2. Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

    3. Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

    4. Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

6. Metodika xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi

7. Pedagogik mahorat–bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.

8. Pedagogik texnologiya– ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.

9. Ijtimoiy pedagogika– shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillarni, ularni bartaraf etish yo’llarini, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar toifalariga ko’rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam mohiyatini, turlari. shakl, metod va vositalarini o’rganadi.

10. Kasbiy pedagogika– ta’lim oluvchilarga muayyan kasb yoki hunar yo’nalishida maxsus bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni malakali tashkil etish, kasbiy mahoratni takomillashtirish masalalarini o’rganadi.

11.Ta’lim menejmenti– ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish, istiqbolni belgilash masalalarini o’rganadi.

12. Qiyosiy pedagogika– turli xalqlarning shaxsni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlari, ta’lim-tarbiya tizimi, pedagogik ta’limotlarning mohiyati, shuningdek, jahon ta’limiga xos bo’lgan samarali shakl, metod, vosita va innovatsion yondashuvlarni qiyosiy-genetik jihatdan o’rganadi.

13. Konfliktologiya – ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, ta’lim ouvchi va ta’lim beruvchi o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar mohiyati, ularni samarali bartaraf etish yo’llarini o’rganadi.




Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish