Ўзбекистон республикаси олий ва


Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklar



Download 2,43 Mb.
bet15/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklar.

Ma’rifiy yodgorliklar sirasiga eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan Urxun-Yenisey bitiklarini kiritamiz. VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bu manbaa ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar beradi. Garchi Urxun-Yenisey yozma yodgorliklari bevosita ta’lim-tarbiya masalalariga bag`ishlanmagan bo’lsa ham, ulardan o’sha davr axloqiy talablar yuzasidan ma’lum bir ma’lumot olish mumkin. Xususan, hoqonlar va alplarning jangovor faoliyati, turmush tarzi, vatanparvarlik, birdamlik, ittifoq bo’lib yashashga intilishi, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi insoniy xislatlari jamiyat har bir a’zosining axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim fazilatlar sifatida ma’rifiy qadriyatlarimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, VI asr o’rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyo turk qabilalaridan turk hoqonligi tashkil topdi. Bu xoqonlik garbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo’lgan. Turk xoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Hoqonlik 603 yilda Sharqiy va G’arbiy xoqonlikka ajralgan. 745-yilga kelib esa Turk xoqonligi tugallanadi. Turk xoqonligi asosan 3 kishi: Bilga xokon (Mog’ilyon), Kul tegin, Tunyuquqlar qo’lida markazlashgan edi. Bilga xoqon (Mog’ilyon) xoqon, Kul tegin - sarkarda, Tunyuquq esa - vaziri dono bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda insonda eng qadrlanadigan xislat - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, xushmuomalalik bo’lgan. Bu xislatlar o’z-o’zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o’zgarishlar, ibtidoiy urug’chilik qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo’lgan. Eng qadimgi ota-bobolarimiz insonda ulug’lagan axloqiy xislatlarni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin.

Eng qadimgi zamonlardan boshlab insonni har tomonlama tarbiyalash, kishilik jamiyatining azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishida pedagogika fani yetakchi rol o'ynaydi. Ma'lumki, ibtidoiy jamiyatda kishilar o'zlarining ta'lim-tarbiyaga oid ehtiyojlarini, mehnat faoliyatlari jarayonida qondirganlar. O'sha davrda uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayoni bir bosqichdan iborat bo'lib, oiladan boshlanar va shu yerning o'zida tugar edi. Ishlab chiqarish kuchlari taraqqiy eta borib, odamlar yirik jamoalarga birlashib, ularda yerni o'lchash, vaqtni belgilash, kun sanash, suv toshqinlarini oldini olish, kishilarni davolash, jamiyatni boshqarish va boshqa bilimlarga ehtiyoj orta bordi. Jamiyatda mehnatni taqsimlash jarayoni chuqurlashib borib, to'plangan bilimlarni keyingi avlodga qoldirish va ularni boshqalarga o'rgatuvchi kishilarga ehtiyoj paydo bo'ldi. Natijada yozuv va uni o'rgatuvchi pedagog (muallim)lar kasbi yuzaga keldi. Bu esa tarbiya bilan eng tajribakor, bilimdon kishilar shug'ullana borishni taqozo eta boshladi. Bu mashg'ulotlartobora tashkiliy ko'rinish olib ijtimoiylasha boshladi.

Asta sekin maktablar paydo bo'la boshladi. Tarbiya takomillashib borgan sari tarbiyachilik alohida kasbga aylanib borgan va shu ma'noda pedagog degan kasb vujudga keldi. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston)ning faylasuflari Suqrot, Platon, Aristotel`, Demokritlar pedagogika nazariyasiga asos soldilar. Biroq, ular o'z asarlarida tarbiya maqsadlarini quldorlik davlatlarining siyosiy vazifalari bilan bog'lashga harakat qilganlari bois, ilk pedagogik bilimlardan faqat kishilarning o'ta cheklangan doirasigina foydalana olardi. Ammo tarbiya adabiy kategoriya bo'lishi bilan birga, u hamisha tarixan aniqdir. Pedagogikaning mustaqil bir fan sifatida shakllanib maydonga kelishiga Chexiyalik pedagog Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning xizmatlari juda kattadir. Uning “Buyuk didaktika” asari jahon pedagogikasining nodir manbalaridan biri bo'lib, unda ta'lim nazariyasi va amaliyotiga doir fikrlar bilan birga maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalash usullari bayon etilgan. Barcha o'g'il-qizlarga ta'lim berish uchun maktablar ochish, bolalarni o'z ona tilida o'qitish, tarbiyalash, xususiy metodikalarni takomillashtirish shuningdek, ta'lim-tarbiyaning maqsadi, shart-sharoitlari, imkoniyatlari tahlil qilingan.

Keyinchalik, rus inqilob oqartuv ishlarining asoschilaridan biri A.N.Radishchev (1749-1802), rus sotsial-demokratlari V.G.Belinskiy (1811-1848), N.G.Chernishevskiy (1828-1889), uning safdoshi N.A.Dobrolyubov (1836-1861) lar tarbiya ishlarini ro'yobga chiqarishni inqilob bilan bog'lagan edilar. Jumladan, Belinskiy insonni har tomonlama rivojlantirish kerak, “Tarbiyaning biror tomonini ham e'tibordan chetda qoldirmang, yoshlarga betartiblik haqida, tashqi ozodalik to'g'risida, oliyjanoblik, hatti-harakat, yurish-turish va kishilar bilan muomalada bo'lish fazilatlari haqida gapiring deb yozadi, lekin bularning hammasi zarurligini ijtimoiy toifa yoki tabaqalarning shartli talablaridan emas, balki umumiy va oliy manbadan, odob haqidagi shartli tushunchalardan emas, balki inson degan nomning yuksakligidan, insoniy qadr-qimmat haqida abadiy tushunchalardan keltirib chiqaring”. XIX asr oxirlarida rus pedagoglari orasida K.D.Ushinskiy (1824-1870) alohida o'rin tutadi. Ushinskiy fikricha, tarbiyaning eng muhim xususiyati shundaki, u barcha vositalar va usullar yordami bilan yoshlarga har jihatdan ta'sir etishga, uning kamol topishiga, g'oya va hislatlarning voyaga yetishiga, iroda va xulq-atvorning mustahkamlanishiga, ta'sir etadi. Bir so'z bilan atyganda Ushinskiy pedagogikani fan sifatida ko'tarilishiga asos soldi.

Tarixga nazar tashlar ekanmiz, tarbiyaga oid g'oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma'lumotlar mavjudligini ko'ramiz. Bundan uch ming yillar ilgari yuqorida ta’kidlanganidek Zardushtiylik ta’limotining muqaddas kitobi “Avesto”da ta'lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, unda otashkada – Ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta'lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta'lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish. “Avesto” ta'limoti, “Qur'oni Karim”, Imom Ismoil al-Buxoriy (810-970), Imom Iso at-Termiziy (824-892) kabi hadis ilmining ulug' darg'alari ta'lim-tarbiya jarayoniga ulkan hissa qo'shib, pedagogikaning shakllanishiga zamin yaratdilar. Ularning pedagogik qarashlari tarixning zarhal sahifalaridan munosib o'rin egallagan. Ilk o'rta asrlarda Abu Nasr Forobiy (789-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (937-1051), Kaykovus (XI asr), Yusuf Xos Xojib (XI asr), Ahmad Yugnakiy (XI asr), Mahmud Qoshg'ariy (XI asr) kabi allomalar ta'lim-tarbiyaga oid dunyoviy fikrlari bilan shuhrat qozondilar.

Umuman olganda, barcha yig'ilgan tajribalar, ta'limotlar talablari va ulug' allomalarningta'lim-tarbiyaga doir qarashlaridan o'rinli va tizimli foydalanishni yo'lga qo'yish uchun pedagogika fani vujudga keldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi – fan sifatida pedagogika dunyo fanlari tizimi qatoridan alohida o'rin egalladi.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish