Ўзбекистон республикаси олий ва


Abu Rayhon Beruniy (973-1048)



Download 2,43 Mb.
bet23/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy 973-yil 4 sentyabrda Xorazmda dunyoga keladi. Beruniy yoshligidan ilmga ayniqsa aniq fanlarga qiziqadi. U matematika, jo’g’rofiya, yulduzlar ilmi, tibbiyot fanlariga oid ko’p kitoblarni o’qib chiqadi. Fors va arab tillarini va qadimgi ajdodlar tillarini qunt bilan o’rganadi. Beruniy bir necha yil koinot, metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Minerologiya» asarini yaratadi. Uning «Geodeziya» asarida geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda poleontologik kuzatishlari natijalari ham bayon qilingan. Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar"dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushuncha va ma’lumotlar bergan. Olim 1030 yilda o’zining Sharq va G’arbda keng e’tirof qilingan «Hindiston» asarini yaratadi. Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o’z ifodasini topgan. Hammasi bo’lib 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Olim o’z asarlarini o’sha davr an’anasiga ko’ra arab tilida yozgan. Beruniy yuqoridagi asarlarida inson kamoloti haqida o’z qarashlarini bayon etadi. Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning ravnaqiga bog’liq bo’lsa, yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi va ma’rifatida deb biladi. Shuning uchun u yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlaydi. Beruniy Xorazm Ma’mun akademiyasiga raislik qiladi. Manbalarda qayd etilishicha bu akademiyada 300 dan ortiq olimlar ilmiy izlanish olib borsada akademiya 10 yil ba’zi manbalarda 6 yil faoliyat yuritgan. Beruniy yoshlarga rahmdil, mehribon, kishilarga iltifotli, xayrihoh, bo’lishni, najotsiz odamga qo’l cho’zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, boylikka xirs qo’yish, yolg’on gapirish kabi sifatlarga yo’l qo’ymaslikni talab qiladi. Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi 2 turga bo’ladi. Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr yuritar ekan, «insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun har bir inson yuksak axloqli bo’lishi lozim», - deydi. Aqliy tarbiya, deydi Beruniy, kishining tafakkurini rivojlantirib, dunyoqarashini kengaytiradi. Uning o’z-o’zini anglab yetishiga ta’sir etadi. Mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi. Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli, olimlar mehnatiga alohida e’tibor beradi va hayrihoh bo’lishga chaqiradi. Shu bilan birga og’ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida ishlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag’batlantirib turish kerak deydi. Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi. U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga o’rgatish kerak deydi. Beruniy «Minerologiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o’rgatish metodlari haqida qimmatli fikrlar bildiradi. «Saydana» nomli mashhur asarida esa Sharqdagi dorivor o’simliklarning tavsifi bayon qilingan. Beruniy inson kamolotida 3 narsa muhim rol o’ynaydi deydi. 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni takrorlamaslik; uzviylik, izchillik; yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid koldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o’rganishga da’vat etadi. Ilm toliblariga qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko’zlikdan, shon-shuxratdan saqlanishi zarurligini uqtiradi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o’z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta’lim-tarbiyasini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga egadir. Beruniy “Saydana” kitobida o`zining 80 yoshdan oshganligini yozadi. Shunga ko`ra 1050-1051 yillarda vafot etgan deb taxmin qilish mumkin. Ba’zi manbalarda 1048 yil 13 dekabrda G`azna shahrida vafot etgan deb ko`rsatadi.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish