Ўзбекистон республикаси олий ва



Download 2,43 Mb.
bet20/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo`lib ilgari suradi. «Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o`xshaydi» deb yozadi u. Demokrit «ta`lim mehnat asosida go`zal narssalarni hosil qiladi», deb tarbiya ishida mehnatning roli juda katta ekanligini ta`kidlaydi.

Qadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o`ziga xos ediki, unda bolani jismoniy tomondan chiniqtirish bilan bir qatorda ma`naviy tomondan barkamol bo`lishiga ham katta e`tibor berilgan. Bolalarni musiqa, ashula va diniy raqslar tushishga o`rgatilib, mashg`ulotlarning mazmuni jangovar harbiy tusda bo`lardi.



Arab halifaligida yuz bergan ijtimoiiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. IX asrda Sharq mamlakatlarida boshlangan va madaniy hayotda yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy hayotda ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Ana shu ko’tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o’rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Shar Uygonish davri deb ataldi. Bu uygonish jarayoni IX asrlardan boshlanib XV-XVI asrlargacha davom etdi. Bu jarayonda arab xalqlari bilan birga Eron, Kavkaz orti, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo olimlari ham ishtirok etdilar. Chunki Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan uygonish davri xalifaligning Bag’dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqaladi, bu esa u davlatlarda ham madaniy rivoyaslanishga zamin tayyorladi va bu jarayonni boshlab berdi. Buni biz xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833), so’ng uning o’g’li al-Ma’mun davrida Bag’dodda «Baytul hikma» («Donishmandlik uyi»), hozirgi davrda Akademiya ma’nosida tashkil etilganidan ham bilsak bo’ladi. Mazkur Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlanagan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo’lgan, yangi kutubxona qurilgan. Bag’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida Sharq va G’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivoyaslanishiga ta’sir etgan, bu haqida mazkur «Baytul hikma» ning ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan Al-Xorazmiy xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqiga qay darajada homiylik qilganini «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida» asarida shunday ta’riflagan: «Olloh Imom al-Ma’munga. Unga meros bo’lib qolgan xalifalik lavozimini in’om qilib, muruvvat etganligi, bu lavozim libosini kiydirib, uni bezaganligi va shu bilan birga unda fanlarga muhabbat va olimlarni o’ziga yaqin tutishga intilish (hissiyotini) o’ygotganligi menga jasorat ato qildi, (chunki u) ularning ustiga o’z homiylik qanotini yozib, ularga noaniq bo’lgan narsalarni yoritishga va ular uchun mushkul bo’lgan narsalarni osonlashtirishga yordamlashadi». Xorun ar-Rashidning ikkinchi o’g’li al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to’plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Javhariy, al-Farg`oniy, al-Marvaziy kabi vatandosh olimlarning barchasini Bag’dodga chaqirib oladi va «Baytul hikma» - donishmandlik uyi («Ma’mun akademiyasi»)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fanni ravnaq topishiga xizmat qiladi. Shuningdek, Sharq Uyg’onish davrining paydo bo’lishida asosiy manba qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar ham bo’lib, ular hohyunon, hoh arab, hoh Movarounnahr va Huroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniy yodgorliklari ham bo’lsin, Uyg’onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qildi. Bular bilan birga, yana eng muhim tomoni ham borki, IX-XV asrlarda Yaqin va o’rta Sharqda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar yuz berdi va bu o’zgarishlar natijasida Uyg’onish davri kabi muhim bir jarayonni vujudga keltirdi.

Taniqli olima F.Sulaymonova Sharq madaniyatining Ispaniyaga va u orqali Ovrupoga ta’siri haqida yozar ekan, «Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixining yangi sahifalarini ochib berdi. Makedoniyalik Alekesandr orzu qilgan Sharq va G’arbning yangi davri boshlandi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovrupo uchun ahamiyati beqiyos bo’ldi. Sharq faqatgina Ovrupo madaniyatining rivojiga ta’sir etibgana qolmay, balki umuman, Ovrupolik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini, tarixiy jarayonini tubdan o’zgartirib yubordi», - deydi va matematika, falsafa, astronomiya, tabiat, tibbiyot, xulq-odob, turmish tarzi, ijtimoiy iqtisodiy hayotiga qay darajada ta’sir etganligiga ishonarli dalillar keltiradi. X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlari - Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo’lishi va xalifalik yemirilishi ham madaniy hayotning orqaga ketishiga emas, balki yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlanadi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy hayotidagi o’zgarishlar, albatta madaniy hayotga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o’sha davrning madaniy markazlari sanalardi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Ammo yoziladigan hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo’lsa ham, arab imlosida yozilar edi. Abu Ali ibn Sino kitob do’konlaridan birida Forobiyning Aristotel «Metafizika»siga yozgan sharxlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo’lgan. Amir kutubxonasini o’sha davrdata Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar. Chunki Sheroz kutubxonasida kitoblar maxsus javonlarda saqlansa, amir kutubxonasida esa sandiqlarda saqlangan. Bu davrda hind, eron, arab-yunon tillaridan tibbiyot, astronomiya, matematika, mantiq, psixologiya, falsafaga oid asarlar tarjima qilinishi shu sohaga oid bilimlarning rivojlanishiga ta’sir etdi. Eronlik Abdulla ibn al-Muqaffo (724-750) yozuvchi, pedagog, olim va tarjimon sifatida salmoqli ishlar qildi- U «Buyuk ishlar uchun nasixatlar» va «Kichik ishlar uchun nasihatlar» asarlarini yaratgan, paxlaviy tilidan hindlarning «Kalila va Dimna» didaktik asarini, «Shohlar kitobi», «Mazdak», «Oynoma»ni arab tiliga tarjima qilgan. Aristotel’ning «Kategoriya», «Talqin haqida« va boshqa asarlarini ham arab tiliga tarjima qilgan. Ibn al-Muqaffo 750 yilda Moniy targ’iboti tarifdorlari sifatida qatl etiladi. Qadimgi yunoniston olimlari Platon, Aristotel’, Gippokrat, Galen, Evklid, Ptolomey, Arximed va boshqalarning asarlari, fors tilidan badiiy-didaktik asarlar «Kalila va Dimna», «Fors shohlari hayoti», hind tilidan «Hind dorilari va ularning nomlari», «Saorad», «Siddxanta», «Nabotiy dehqonchiligi to’g’risida kitob» va boshqa kitoblar tarjima qilindi. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar ijod etganlar. X asrning ikkinchi yarmidan tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ba’zi xonlar o’z saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va xatto G’arbiy Yevropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. Yusuf Hos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy kabi olimlar jahon ahamiyatiga ega bo’lgan asarlarini yaratdilar. XI asr boshida G’aznaviylar davlati, keyinroq Saljuqiylar.Xorazmshohlar davlati ham tashkil topdi. G’aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoy fikrlar rivojlandi. Maxmud G’aznaviy o’z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to’playdi, olimlarni ilmiy ishga taklif etadi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asari shu yerda yaratilgan edi. Saljuqiylar davrida Ali-Arslon Muhammad hokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizom ul-Mulk o’z davrining siyosiy arbobi va eng ma’rifatparvar kishilaridan bo’lgan. Saljuqiylar hokimiyati harbiylashgan bo’lib, bu hokimiyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi. U G’aznaviylar ish uslubiga bir oz o’zgartirishlar kiritib, hokimiyatni boshqarish uslubini ishlab chiqadi va o’zining «Siyosatnoma» asarini yaratadi. (1091-1092). Bu asarda davlatni boshqarish tamoyillari bayon etiladi. Nizom ul-Mulk maorifni rivojlantirishda katta xizmat qildi. 1067 yilda Bag’dodda o’zining shaxsiy jamg’armasiga o’sha davrning eng o’quv yurti- «Nizomiya» madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so’fiylarga katta e’tibor berib, g’amxo’rlik qiladi. Uning katta xizmatlaridan yana biri taqvimni islox qiladi. U 1074 yili o`rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar’-taqvim tuzadiki, bu taqvim hozirgi eng takomillashgan kalendarlardan hisoblanadi. XI asrda Xorazmda ilm-fan ayniqsa taraqqiy etdi. Xorazm shohi Ma’mun o’z saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan «Baytul hikmat»- Donishmandlar uyi tarixda «Ma’mun akademiyasi» deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saql al-Masixiy, tabib Abulxayr Hammor, An-Notiliy kabi olimlar ilmiy ijodlar bilan muhim rol o’ynadilar. Lekin toj-taxt uchun kurash natijasida bu ilm dargohi o’z faoliyatini to’xtatib, olimlar tarqalib ketadi. Ya’ni, G`aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud Xorazm Ma’mun akademiyasidan bir qancha olimlarni G`azna shahriga olib ketadi. Shu qatori Abu Rayhon Beruniy ham asr qilinib G`aznaga ketadi va umrining oxirigacha shu yerda yashab, G`azna shahrida dafn etiladi. XIII asrga kelib, o’rta Sharq mamlakatlari, Movarounnahr mo’g’ullar istibdodiga uchradi. Bu davrda ishlab chiqarish kuchlari, madaniy markazlari vayron etildi. Xalq qattiq zulm ostida ezila boshladi. Movarounnahr va Xurosondamo’g’ullar istibdodi davrida«Uyg’onish» davri tanazzulga yuz tutdi.

Sharq uyg’onish davri madaniy rivojlanishida ilm-fan shartli ravishda uch yo’nalishda rivojlanganini ko’ramiz. Birinchi yo’nalish - matematika, tibbiyot yo’nalishidagi fanlar bo’lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, geodeziya, minerologiya, tibbiyot, farmakologiya va boshqa shularga turdosh fanlar kiritilib, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniylar matematikaga oid, Zakriyo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga oid, Ibn Sino, Jurjoniylar tibbiyot va falsafa, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek Ali Qushchilar astronomiya va tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.

Ikkinchi yo’nalish - ijtimoiy-falsafiy yo’nalish bo’lib, bunda falsafa, texnika, mantiq, fiqx ruhshunoslik, notiqlik va boshqa sohalar bo’lib, bu sohada Al-Farobiy, Al-Kindiy, Ibn Sino, Zaxiriddin Bayhaqiy, Muhammad Narshaxiy va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Lekin biz yuqorida zikr etgan olimlar qomusiy olimlar bo’lib, asosiy kashf etgan ilm sohalari bilan bir qatorda boshqa bir necha fanlarga doir ham tadqiqotlar olib borganlar. Uchinchi yo`nalish - ta’limiy-axloqiy yo’nalish bo’lib, bu sohada qomusiy olimlar o’z qarashlarini ijtimoiy - falsafiy asarlarida ifodalaydilar. Mazkur davrda ilmiy bilishga asoslanuvchi metod shakllandi. Natijada aqliy tarbiya olimlar diqqat markazida bo’ldi. Xorazmiy, Forobiylar bu metodni asoslab bergan buyuk mutafakkirlar bo’lsalar, ular bilan bir qatorda o’sha davrda yaratilgan barcha ta’limiy-axloqiy risolalarda ham aqliy tarbiyada zehnni tarbiyalash, aqliy kamolat yo’llari, bilimning asl mohiyatlarini yortishga harakat qildilar.

Xulosa qilib aytganda, markazlashgan Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va qadimgi ma’naviy yodgorliklar Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish, Sharq Renessansi - uyg’onish davrining boshlanishiga olib keldi- Butun Sharq bilan bir qatorda, Movarounnahr ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar butun dunyo madaniyatini hayratga keltirdi. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek Sharq Uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar yaratib, ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlar haqida o’lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan, tarbiyashunos olimlar ham yetishib chiqdi.

Demak, Uyg’onish davri inson kamolati muammolari ikki yo’nalishda.

1. Qomusiy olimlar ijodiy merosida komil insonni tarbiyalash muammosi.

2. Sof ta’limiy-axloqiy asarlarda komil insonni tarbiyalash muammolari yoritilganini ko’ramiz. Quyida qomusiy olimlarning ta’lim tarbiya to’g’risidagi fikrlari, ma’naviy, axloqiy qarashlari bilan bir qatorda Sharq mutaffakkirlarining ta’limotlari to`g`risida ma’lumotlar beriladi.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish