"zoologiya" fanidan



Download 2,01 Mb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#685097
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi Timsoh


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI "TABIIY FANLAR'' FAKULTETI

''TABIIY FANLAR'' KAFEDRASI

“ZOOLOGIYA” FANIDAN

KURS ISHI
Mavzu: “TIMSOHLARNING HOZIRGI KUNDAGI
O'RNI,TARQALGAN HUDUDLARI VA KO'PAYISHI”
5110400 - “BIOLOGIYA’’

Bajardi: 2-kurs biologiya Primov. T


Ilmiy rahbar:__________________________
Topshirgan sana: ________________
Himoya qilgan sana: ________________
Baho:___________

TOSHKENT 2022


MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………………………………...……………3
1-BOB. TIMSOHLAR OILASI HAQIDA NAZARIY MA’LUMOTLAR.
1.1 Timsohlar hayot tarzi va ko’payishi…………………………………………...………………….4
1.2 Tarqalish hududlari……………………………………………………………………………………….8
2-BOB. TIMSOHLARNING AHAMIYATI VA NOYOB TIMSOHLAR HAQIDA.
2.1 Timsohlar ekologiyasi……..……………………………………………………………………………..9
2.2 Timsoh terisidan sanoatda foydalanish yo’llari………………………………………………..?
2.3 Yirtqich timsoh turlari..…………………………………….…………………………………………….?
2.4 Eng noyob timsoh turlari va “QIZIL KITOB”……………………...………………….…………..?
XULOSA…………………………………………………………………………………………………….……………?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………………………………..?

2

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Hammamizga ma’lumki timsohlar qadimgi sudralib yuruvchilar qatoriga kiradi. Ular orasida quruqlikda, suvda, yer ostida va daraxtda yashovchi turlari uchraydi. Agar biz Paliantologiya fanining dalillariga ishonadigan bo’lsak qazilma holda topilgan reptiliyalarning qanoti borligini ko’rishimiz mumkin.
Bu dalillarga tayanib bemolol aytishimiz mumkinki qadimgi reptiliyalar ya’ni timsoh ajdodlari havoda ham yashaganini isbotlaydi. Timsohlar tropik mintaqalarda keng tarqalgan. Qutb tomonga yaqinlashgan sari ularning xilma-xilligi kamayib boradi. Sababi havo iqlimi chegaralovchi omil bo’la oladi. Timsohlar poykeloterm organizm hisoblanadi. Havo harorati pastlashi natijasida ular karaxt holiga utib qishki tinim davriga o’tadi.
Maqsad: Noyob timsoh turlari haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish va ularni himoya qilish chora tadbirlarini o’rganish. “Qizil kitob” kirgan turlarni ko’paytirish

3
1-BOB. 1.1 Timsohlar hayot tarzi va ko’payishi.


Timsoh bu- yirtqich hayvonlarning suvda suzuvchi sudraluvchi vakili. Tropik va Subtropik iqlimlarda yashaydi. Timsoh hayotining ko’p qismi suvda kechadi. Ular issiq loyqa hovuzlarni, sekin oqadigan daryolar va ko’llar botqoqlarni yaxshi ko’radi. Ko’plab turlari suvda ov qiladi va o’ljani suvda iste’mol qiladi. Suvda yashovchi timsohning orqa oyoqlari panjasi orasida suzishga moslashgan parda mavjud va dumi ham yon tomondan siqilgan. Dumi uning suzishda boshqarish va sho’ng’ishda katta ahamiyat kasb etadi. Ko’z va burni ham ham suvda suzishga moslashgan .
Ov qilishdan oldin timsoh ancha vaqtgacha o’ljani poylab yotadi va o’lja suvga tushishi bilan unga hamla qiladi. Timohda plastinkadan iborat o’tkir tishlar va katta ochiluvchi jag’lar bilan qurollangan. Jag’lari ham ovga moslashgan ya’ni jag’ning ochilishi sekin ammo yopilishi tez va kuchli. Shu sababl timsoh jag’lariga tushgan har bir o’ljaning hayoti o’lim bilan yakunlanadi.
Timsohlar hozirgi sudralib yuruvchi lar sinfi orasida eng yuksak va murakkab taraqqiy etgan turkumi hisoblanadi. Ularning gavdasi shox qalqon bilan qoplangan. Timsohlar dam olish va tuxum qo’yish uchun quruqlikka chiqadi.
Timsohlar ozig’i: turli xil hayvonlar, baliqlar, baqalar, sutemizuvchilar bilan oziqlanadi. Timsohlar tuxum qo’yib ko’payadi.Tuxumining kattaligi tovuq yoki o’rdak tuxumidek, usti qalin oxak qavat bilan qoplangan. Shu kichkina tuxumdan uzunligi 7-10metrgacha yetadigan allegatorlar voyaga yetadi. Ular tuxumlarini chuqulikka 20tadan 100tagacha nasl qoldiradi. Chuqurda qolgan tuxumlar ustidan tuproq tortishadi. Eng qizig’i shundaki tuproq harorati timsoh naslining urg’ochi yoki erkak avlod bo’lishiga ta’sir qiladi, ya’ni harorat 31*C dan past bo’lsa urg’ochi, yuqori bo’lsa erkak timsoh chiqadi. Yosh timsoh bolalari 1,5-3 oy oralig’ida bu vaqt taxminan 90-120 kun mobaynida tuproq yuziga chiqadi va suvga shung’iydi.
4
Yosh timsohlar 9-10 yil davomida voyaga yetadi va ko’payishga tayyor bo’lishadi. Timsohlar 90-100 yil xattoki undan ham ziyod umr ko’rishadi.
Timsohlar ko’plab ovlanishi natijasida ko’plab turlari yuqolib ketish arafasida. Bu turlarni bir qancha mamlakatlarda (AQSH, Kuba, Yaponiya, Keniya va b) maxsus timsohlarni ko’paytiradigan petomniklar mavjud.
Misol uchun tabiatda noyob turdagi timsoh turi bu- Kayman timsohi haqida gapiramiz. Kayman Markaziy va Janubiy Amerikada yashaydi. Bu hayvonlar sudraluvchilarning tartibiga tegishli va zirhli va zirhlangan kertenkelarning oqindi. Teri ohangiga ko'ra, kaymanlar qora, jigarrang yoki yashil bo'lishi mumkin. Kaymanning ko'zlari membrana bilan himoyalangan, bu unga doimo suvda bo'lishiga imkon beradi, o'rtacha 68 tadan 80 tagacha tish kaimanga ega. Ularning vazni 5 dan 50 kg gacha o'zgarishi mumkin. Ispan tilidan tarjima qilingan "kayman" "alligator, timsoh" degan ma'noni anglatadi.
Ammo timsoh kayman va alligator barchasi boshqacha. Kayman va timsoh bilan alligator o'rtasida qanday farq bor? Kayman, timsoh va alligatordan osteoderma deb ataladigan suyak plitalari mavjudligi bilan ajralib turadi va ular to'g'ridan-to'g'ri oshqozonda joylashgan. Shuningdek, kaymanlarning tor burni bor va orqa oyoqlarida suzish membranalarining faqat yarmi bor.

Timsohning pastki qismida tish uchun zarur bo'lgan jag'ning chetidagi mord yaqinida ajinlar mavjud, alligator yuqori jag'dagi tish uchun chuqurchaga ega va bu xususiyat timsohni alligator va kaymandan ajratib turadi. Farqlarga qaramay, fotosuratda timsoh Kayman unchalik farq qilmaydi.



5
Kayman hayot tarzi
Kayman kichik ko'llarda, daryo bo'ylarida, oqimlarda yashaydi... Kaymanlar yirtqich hayvonlar bo'lishiga qaramay, ular hali ham odamlardan qo'rqishadi, ular uyatchan, xotirjam va kuchsizdir, ular haqiqiy timsohlardan farq qiladi.
Kaymanlar yeyishadi hasharotlar, mayda baliqlar etarli hajmga etganda, katta suvsiz umurtqasizlar, qushlar, sudraluvchilar va mayda sutemizuvchilar bilan oziqlanadilar. Kaymanning ba'zi turlari toshbaqa qobig'i va salyangozlarni eyishi mumkin. Kaymanlar sekin va sekin ishlaydi, ammo suvda juda yaxshi harakatlanadi. O'z tabiatiga ko'ra, kaymanlar tajovvuzkor, ammo ular ko'pincha fermalarda o'stiriladi va hayvonot bog'larida ularning soni juda ko'p, shuning uchun ular juda tez odamlarga o'rganadilar va o'zlarini tinch tutadilar, garchi ular hali ham tishlashlari mumkin.
Kayman ko'rinishlari.
*Timsoh yoki tomosha kayman,
*Jigarrang kayman,
*Keng Kayman,
*Paragvay Kayman,
*Qora kayman,
*Mitti Kayman.
Timsoh kaymaniga ko'zoynak ham deyiladi. Ushbu tur ko'zoynak tafsilotlariga o'xshash ko'zlardagi suyak shakllanishining o'sishi tufayli ko'zoynak deb ataladigan uzun tor torli timsohning ko'rinishiga ega.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish