1. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarini takomillashtirish pedagogik muammo sifatida



Download 51,6 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2023
Hajmi51,6 Kb.
#903353
  1   2
Bog'liq
JAMOAVIY TASHKIL ETILADIGAN TARBIYAVIY ISHLARNING NAZARIY ASOSLARI


MAVZU: JAMOAVIY TASHKIL ETILADIGAN TARBIYAVIY ISHLARNING NAZARIY ASOSLARI
Reja:

1. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarini takomillashtirish pedagogik muammo sifatida

2. Jamoaviy bayram tadbirlari tashkil qilish prinsiplari


3.Jamoaning shakillantrish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Zero, jamiyatda kechayotgan islohotlarning samaradorligi uning fuqoralari ega bo’lgan ma’naviyatiga bog’liq. Shu sababli ham mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov yosh avlod tarbiyasi va uning ma’naviyatini shakllantirishga asosiy e’tiborni qaratib: ”Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”5- degan edilar. Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, yosh avlod ma’naviy tarbiyasi nechog’li ahamiyatli va kechiktirib bo’lmas masaladir. Chunki, bugungi yoshlar ertangi O’zbekistonning kelajagi va bunyodkorlaridir. Demak, har jihatdan barkamol shaxslarni tarbiyalash mamlakatimiz oldida turgan dolzarb vazifa ekan, avvalo bunday shaxslarni tarbiyalab, voyaga yetkazish uchun boshlang’ich sinflarda tahsil olayotgan murg‘ak qalb egalarining ongiga ona Vatan, Vatanni sevmoq, Vatan taraqqiyotiga hissa qo’shish kabi tushunchalarni chuqurroq singdirish lozimki, shu ruhda tarbiya topayotgan yosh avlod kelajakda mamlakat, xalq manfaatlarini o‘z manfaatlari bilan uyg‘un holda ko’radigan, har jihatdan yetuk insonlar bo‘lib yetishadilar. Bunday shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazishda ta’lim va tarbiya jarayonining almashinib bo’lmas o‘z o’rni bor. Shuningdek, dars jarayonining davomi sifatida yo’lga qo’yiladigan sinfdan va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi ham o’quvchilar hayotini zavqshavqqa to’ldirish bilan birga mamlakatimiz rivoji uchun barkamol insonlarni tarbiyalab berishdan iborat. Maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil etiladigan sinfdan va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, amalda qo‘llay bilish, kasbga yo’naltirish, xalqimizning boy merosi, an’analari bilan yaqindan tanishtirish kabilarni o’z ichiga oladi. Ayniqsa, boshlang’ich sinflarda bunday tarbiyaviy tadbirlarni maktablarda ko‘proq tashkil etilishni taqozo etiladi. Chunki, kichik maktab yoshidagi bolalar o’ta qiziquvchan, o’yinqaroq, taqlidchan bo’ladilar, ular tadbirlarda ishtirok etishdan katta zavq oladilar. Tadbirlarni maktablarda tashkil etishda milliy qadriyatlarimiz namunalari boy manba bo’lib hisoblanadi. Bunday tadbirlarda o’quvchilar mashhur allomalarimiz, vatanparvar insonlarning Vatan uchun olib borgan kurashlari, xalq og’zaki ijodi namunalari bilan tanishib boradilar hamda ularda ham Vatanga e’tiqod, ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, insoniylik kabi hislatlar tarbiyalanib boradi. Mustaqillikdan keyin mavjud ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni dunyo andozalari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, barkamol insonni tarbiyalash Respublika ijtimoiy tarqqiyotida ustuvor soha deb belgilanganligi bois maktablarda tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yishga alohida e’tibor qaratildi. Shu boisdan 1993 yil “Maktabdan va sinfdan tashqari ishlar konsepsiyasi” yaratildi. Ma’naviy yangilanish-islohotlar amalga oshirilayotgan har bir mamlakatda ro’y beradigan ijtimoiy hodisalardan biri bo’lib kelgan. Ma’naviy yangilanish-bu avvalo, xalqimizning boy milliy-ma’naviy merosini xolis o’rganish, yosh avlodni ana shu qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning milliy tafakkurini har qanday yot qarashlardan poklashni taqozo etadi. Ma’lumki, har bir shaxs, jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmuni, shakl, metodlariga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari, nutq va maqolalarida ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berilgan.Unda bayon qilingan fikr va qoidalar asosida ma’naviyat va ma’rifatning ilmiy asoslari va uni rivojlantirishga qaratilgan qator dasturlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etilmoqda. Ma’rifatparvarlar M. Behbudiy, A.Avloniy, A.Shakuriy va boshqalarning ta’lim-tarbiyaviy g’oyalari ta’lim tizimida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini takomilashtirishga asos bo’ladi. Shu bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ilmiy-nazariy va metodik asoslari mamalakatimiz pedagog olimlari tomonidan ham tadqiq etilgan. Xususan shaxs ma’naviy madaniyati va uni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari hamda unga yangicha metodologik yondashuv masalalari(O.Musurmonova) yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda oila va milliy qadriyatlarning ahamiyati(M. Inomova) yuqori sinf o’quvchilarida axloqiy madaniyat va uni tarbiyalash(U.Mahkamov) masalalari shular jumlasidandir. Ayniqsa, S. Ochilovning “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari ( O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov asarlari misolida) nomli tadqiqot ishi alohida ahamiyat kasb etadi. “Boshlang’ich ta’lim Konsepsiya”sida (mualliflar: Q. Abdullayeva, R. Safarova va b.) ta’lim jarayonini tashkil etish, uning samaradorligini oshirish va bu jarayonni rivojlantirishga qaratilgan qarashlar, pedagogik nazariya hamda bilimlar, ilmiy farazlar fondi sifatida boshlang’ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning hal etilishi lozim bo’lgan jihatlari mavjudligini ta’kidlaydi. Shu bilan birgalikda boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning turli qirralari yoritilgan. Ammo, boshlang’ich sinflarda tashkil etiladigan bayram tadbirlarini interaktiv metodlar asosida takomillashtirish ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish tadqiq etilishi yetarli darajada emas.
Ma’naviy - ma’rifiy ishlarning printsiplari o’qituvchi - tarbiyachilarga yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi talablar, qoidalar yig’indisi hisoblanib, u barkamol insonni tarbiyalashning vazifalari bilan belgilanadi va umuminsoniy tarbiya to’grisidagi ta’limotga hamda ilmiy pedagogik ma’lumot erishgan yutuqlarga asoslanib, uning qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ma’naviy - ma’rifiy tarbiya jarayonida bu printsiplarga rioya qilish uning samaradorligini oshiradi, sifat ko’rsatkichini rivojlantiradi. Hozirgi zamon jahon va milliy pedagogika nazariyalariga asoslanib, ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarini quyidagicha guruhlash mumkin:
- ma’naviy
- ma’rifiy tarbiya ishlarining ijtimoiy yo’nalganlik printsipi;
- ixtiyoriylik, mustaqillik, o’yin va romantika printsipi;
- ishda ijodkorlik, tashabbuskorlik, yangilikka intilish nuqtainazaridan yondashish prinsipi;
ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining rejaliligi va tadbirlarning o’quvchi — tarbiyalanuvchilar kuchiga mosligi prinsipi;
ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining muntazamliligi, davomiyligi, uzviyligi
va o’zaro ta’sirchanligi prinsipi;
ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarini tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish prinsipi. Inson yer yuzidagi mavjudotlardan, o’zining maqsadga yo’naltirilgan harakatlari bilan keskin farq qiladi. Maqsad esa insonni ma’rifiy faoliyatga yo’naltiradi. Endi mazkur ma’naviy - ma’rifiy ishlar prinsiplarini tavsiflashga o’tamiz: Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarining ijtimoiy yo’nalganligi prinsipi. Bu prinsip tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ijtimoiy taraqqiyot, mamlakatning goyaviy — siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy va ma’naviy - madaniy rivojidan kelib chiqqan holda, darsdan va sinfdan tashqari tashkil qilinadigan ishlar mazmunini, to’garak, klublar, birlashmalar faoliyatini mamlakat tarakkiyoti bilan bog’lanishi, shuningdek fan, texnika, madaniyat, san’at yutuqlariga asoslanishni nazarda tutadi. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlariga ishtirok etishning ixtiyoriyligi prinsipi. Bu prinsip ta’lim muaassasalarida tashkil etiladigan sinfdan tashqari ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlari fakul’tativlar. To’garaklar, turli klublar va x.k. larga ishtirok etish o’quvchi talabaning qiziqishi, istak - xohishi, qobiliyatiga qarab tanlashning ixtiyoriy bo’lishini ta’minlashga qaratilgan. Ixtiyoriylik printsipi, o’quvchilar ixtiyorini inobatga olib, uni toliqtirmaslik va zo’riqtirmaslik uchun, ta’lim muassasalarida tashkil qilinadigan darsdan tashqari ishlarning ikkitadan ortiq bo’lmasligini inobatga olishni ham nazarda tutadi. Bu prinsip talaba - o’quvchilarning qiziqishlari, tashabbuslari asosida ma’naviy - ma’rifiy ishlarni tashkil qilish lozimligini nazarda tutadi. Har qanday tadbir, avvalo o’quvchi - talabalarning mustaqilligiga asoslanishi, o’qituvchi - tarbiyachi ularni ruhlantirishi, faoliyatini rivojlantirishi lozim. Shunda o’quvchi - talabalarda tashabbuskorlik, qiziqishlar, ijodiy qobiliyat rivojlanadi. Har qanday tadbirni ular yuqori ko’tarinki ruhda qiziqish bilan, tashabbus bilan mustaqil ijro etishga o’rganadilar. Ularda o’z- o’zini boshqarish his - tuygu taraqqiy etadi. Bu prinsipni asosan kichik va katta maktab o’quvchilariga qo’llash maqsadga muvofiq. Chunki kichik va o’rta maktab yoshi o’quvchilari asosan o’yin faoliyatiga ko’prok ehtiyoj sezadilar. Ammo shu o’rinda — bu ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ma’rifiy tarbiyaning yo’nalishiga, mazmuniga, metodlari, tashkiliy shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilarining o’zaro munosabatlariga qo’yiladigan asosiy talablarni ifodalaydigan qoidalardir. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining prinsiplari o’qituvchi - tarbiyachilarga yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi talablar, qoidalar hisoblanib barkamol insonni tarbiyalashning vazifalari bilan belgilanadi va umuminsoniy tarbiya to’grisidagi ta’limotga ilmiy pedagogik ta’lim erishgan yutuqlarga asoslanib, uning qonuniyatlarini aks ettiradi.15 Shuning uchun ma’naviy - ma’rifiy tarbiya jarayonida bu prinsiplarga rioya qilish uning samaradorligini oshiradi, sifat ko’rsatkichini oshiradi. Hozirgi zamon pedagogikasida ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarning prinsiplari quyidagicha guruhlashgan. Bular, ma’naviy - ma’rifiy toifalarning ijtimoiy yo’nalish kasb etish prinsipi, ixtiyoriylik, mustakillilik, o’yin, romantika, ishda ijodkorlik, tashabbuskorlik, ratsionalizatorlik nuqtai nazaridan yondoshish, rejalilik, tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilar kuchiga mosligi, muntazamliligi, davomiyligi, o’zaro ta’sirchanligi va tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish prinsiplaridir. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining ijtimoiy yo’nalish kasb etish prinsipi. Bu prinsip tarbiyam ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ijtimoiy taraqqiyot va mamlakatning goyaviy - siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy – madaniy rivojidan kelib chiqib, darsdan va sinfdan tashqari tashkil qilinadigan ishlar mazmuni, to’garak, klublar, birlashmalar faoliyatini qonuni asosida tashkil qilinib quyi guruhlardan aniqroq va osonrok tadbirlar, yuqori guruhda murakkabroqlarini o’tkazishni nazarda tutishi lozim. Ma’naviy - ma’rifiy tadbirlarning yana bir muhim prinsipi. Tadbirlar
ishtirokchilarining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olishdir. Bu degani
tadbirlarning vazifalari, mazmuni o’quvchi - yoshlarning yoshlariga mos bo’lib, ular sogligiga, dunyoqarashiga ma’naviy - axloqiy salohiyatiga aqliy zakovatiga salbiy ta’sir ko’rsatishdan yiroq bo’lishi lozim. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining qayd etilgan prinsiplariga asoslansa, ularning yaxlitligi, o’zaro hamkorligi, bir-birini to’ldirili shiga e’tibor qaratilib ulardan samarali foydalanilsa umumiy o’rta maktab, kasb hunar kolejlari o’quvchilarning ta’limiy – tarbiyaviy rivojlanuvchanlik faoliyatlari maqsadli yo’lga qo’yilishi, barkamol insonning to’liq shaxs bo’lib shakllanishi kafolatlanadi. Jamiyatni, ijtimoiy -siyosiy, iqtisodiy madaniy rivojlantiris hda umum ta’lim maktablarida olib boriladigan ma’naviy ma’rifiy tarbiya ishlarini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha mazmunini belgilash va rejalashtirish talabga muvofiq.
1.Tashkiliy-tarbiyaviy ishlar
II.Mafkuraviy (Goyaviy-siyosiy) tarbiya o’quvchilar ijtimoiy aktivligi
va o’qishga munosabatini oshirish
III. Ilmiy - dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bilimlarni\ chuqurlashtirish va kengaytirish, bilish faolligini oshirish.
1V.Umuminsoniy, milliy axloqiy tarbiya va xulk madaniyatini tarbiyalash. V.Go’zallik, nafosat va badiiy tarbiya
VI. Mehnatsevarlik va mehnat axliga muhabbat tarbiyasi.
VII.Iqtisodiy tarbiya va tabiatni muhofaza qilish
VIII Yoshlarning xuquqiy bilimdonligini oshirish
IX Soglomlashtirish va o’quvchilar jismoniy barkamolligi xususida gamxo’rlik qilish
X. O’qituvchi - tarbiyachilar va maktabning ishchi - xodimlari bilan
olib boriladigan ma’naviy - ma’rifiy mafkuraviy ishlar
XI.Ota - onalar mahalla bilan ishlash
XII. Bolalar, yoshlar uyushmasi va maktabning boshqa jamoa tashkilotlari bilan olib boriladigan ma’naviy - ma’rifiy ishlar.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek maktablarda barcha fanlarni o’qitish jarayonida o’quvchilarning ma’naviy - ma’rifiy madaniyatini oshirishga va darsdan tashqari olib boriladigan ishlar qaratilmogi lozim. Bunda har bir o’quvchi «ma’naviyat», «madaniyat» tushunchalarining tub ma’nosini anglab olsinlar, milliy ma’naviyatimiz sarchashmalari, manbalaridan xabardor bo’lsinlar, bu manbalardan mustaqil erkin ilm olish, o’rganish malakariga ega bo’lsinlar. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining yana bir shakli ommaviy tadbirlardir. Bunga ertaliklar, tematik kechalar, disputlar, savol – javob kechalari, konferentsialar, festivallar «Umid nihollari», «Barkamol avlod» sport o’yinlari, ekskursiyalar muzey ishlari va x.k.lar kiradi. «Ertaklar dunyosiga sayohat», «Navoiyxonlik», «Qizlar davrasi», «Balli yigitlar», «O’tmish avlodlar izidan» mavzularida ertaliklar, tematik kechalar, o’qishlar va x.k. albatta o’quvchi yoshlar savodxonligini oshiradi, aql - zakovatini charxlaydi, ma’naviy salohiyatini oshiradi. Ayniqsa mustaqillik sharofati bilan
mamlakatimizda o’tkazilayotgan maktab o’quvchilari uchun «Umid nihollari»,
«Barkamol avlod» sport o’yinlari ma’naviy - ma’rifiy tarbiya katta ahamiyatga
ega. Shunday qilib, ta’lim muassasalarida tashkil qilib o’tkaziladigan ma’naviy ma’rifiy tarbiya ishlari o’quvchi - yoshlarni bilimga chanqoqliklarini oshirib, aqliy salohiyat va zakovatlarini rivojlantirish bilan birga, ularni ma’naviy barkamol bo’lib tarbiyalanishlar uchun zamin yaratadi. bayram tadbirlarini olib borish va ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarini amalga oshirishda o’quv muassasasi rahbarining ish mazmuni: Ma’lumki, milliy mustaqil O’zbekistonni yangilash va
rivojlantirishning ma’naviy - axloqiy negizlari:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik:
-xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish:
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish:
«Kadrlar ayyorlash milliy dasturi»da «Yosh avlodni ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy - tarixiy an’analariga urf - odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakli va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustivorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirilib boriladi». O’zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishta qodir shaxsan shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari ota - onalar, oila, mahalla qo’mitalari, fondlar bilan o’zaro puxta hamkorlik qiladilar kabi vazifalar ta’lim muassasalarining bosh masalasi bo’lib qolmoqda, bu ishlarni rejalashtirish, amalga oshirishda pedagogik rahbarlik qilish ta’lim muassasalarining rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shunga ko’ra ta’lim muassasasi rahbariyati (direktor, o’rinbosari, jamoat tashkilotlari raxbariyati) o’quv yiliga ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarini rejaggashtiradi, O’z rejasini tuzishda «Ta’lim to’grisida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Respublika Oliy Majlisi sessiyasi materiallari, nutqlari, hukumatimiz qarorlari, ta’lim boshqaruvi organlari me’yoriy xujjatlari, talablariga suyanadi. Yilning ulut bayramlari «Mustakillik kuni», «Qomusimiz kuni», «Vatan
himoyachilari kuni», «Ustozlar va murabbiylar kuni», «Xotin - qizlar bayrami»,
«Navro’z bayrami», «Xotira va kadrlash kuni» kabi tadbirlari, shularga o’xshash
ko’plab ma’naviy - ma’rifiy tadbirlarning Nizomini ishlab chiqish va Nizom asosida ish yuritish maqsadga muvofiq. Nizom asosida har bir tadbirni o’tkazish dasturi yoki ssenariysi ishlab chiqiladi. Ushbu dastur va ssenariy jamoa muhokamasiga qo’yilib, direktor oldi yigilishida tasdiqlab olinadi. Bunda tadbir natijasini, ya’ni g’oliblarini taqdirlash katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasasida o’tkaziladigan har qanday tadbirning Nizomi ishlab chiqilib, faoliyat Nizom asosida o’tkazilsa pedagog jihatdan to’g’ri bo’ladi. Shunday qilib umumiy o’rta maktablarda tashkil etiladigan ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlari rejalashtirish, reja»tuzishda normativ xujjatlarga asoslanish, har bir tadbir uchun Nizom ishlab chiqish va Nizom asosida uni o’tkazish dasturini ishlab chiqish ta’lim muassasasi rahbarining ish mazmunini tashkil etadi. Shundagina u maqsadli, pedagogik jihatdan to’gri bo’ladi. Shunday qilib ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlari keng qamrovlidir. Zero, ma’naviyat va ma’rifat - Oliy qadriyat. U xalqmizning urf - odatlarini, allomalarining sermazmun ta’limotlarini, tarixiy milliy qahramonlarimizning hayot yo’lini, istiqlol, erk uchun kurashganlar, zabun bo’lganlarning mashaqqatli turmush sahifalarida o’zida aks ettiradi. Shuning uchun ham u oliy qadriyat
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a'zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma'naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a'zolar o‘tasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a'zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. O‘quvchining jamoadagi o‘rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga
erishishiga muhim ta'sir ko‘rsatadi. Kasb-hunar kollej yoki sinfdagi rasmiy va
norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy etakchilari
norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u
chinakam jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar)
umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa
o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Yashash joylarida o‘zaro birikkan o‘quvchilar guruhlari qanchalik aail va inoq munosabat asosida tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi.
O‘quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi o‘qituvchilar hamda
o‘quvchilardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bo‘lib, o‘zini-o‘zi nazorat
qilish hamda o‘zini-o;zi boshqarish huquqi, shuningdek, o‘ziga xos psixologik
muhit va an'analariga ega bo‘ladi.
Bu o`rinda bilish faoliyati bilan bog`liq
bo`lgan muomala ko`rikka hozirlik ko`rish vaqtidayoq boshlanadi va uni o`tkazish
jarayonida juda samarali davom etadi. Bunga sabab shuki, ko`rikka doir dastlabki
topshiriqlar jamoadan tayyorgarlik rejasini muhokama etishni, vazifalarni
taqsimlashpi yoki guruh bo`lib ishlashni talab qiladi. Ko`rik jarayonida muomala
uning hamma qatnashchilar o`rtasida sodir bo`ladi, chunki ulardan har biri
muayyan vazifaga ega bo`lib, o`z harakatlarini boshqa qatnashchilar bilan muvofiqlashtirgandagina vazifani muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Jamoa
muomalani tashkil etishning samarali shakllaridan biri guruhiy ishdir, bunda
mazkur ish bolalarshing tarkib jihatidan uncha katta bo`lmagan (eng ko`pi bilan
kishi 5 ta bo`lishi kerak) guruhlarida amalga oshiriladi. Bunday kichik guruhlarda
barcha a`zolar bir-birlari bilan bevosita muomalada bo`ladilar va bir-birlariga
bevosita biror ta`sir ko`rsatadilar.
Jamoaning vujudga kelish uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish
bosqichlarida dastlab o‘qituvchi butun guruhga talab qo‘yadi hamda mazkur
jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e'tibor qaratadi. Navbatdagi
bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a'zolari
oldiga ma'lum talablarni qo‘yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda
jamoaning har a'zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi.
So‘nggi (to‘rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a'zosi o‘z oldiga mustaqil
ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo‘yish layoqatiga ega bo‘ladi.
Jamoaga qo‘yilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini
aniqlovchi yorqin tashkiliy ko‘rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati
mazmuni, jamoa a'zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular o‘rtasidagi ijodiy
hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini
ko‘rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoani shakllantirishda
uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur.
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faolining paydo bo‘lishi ushbu davr
uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday
a'zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o‗qituvchi
faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar
o‘qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining o‘qituvchi
talabini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni jamoa
a'zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o‘qituvchi jamoada paydo
bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Jamoa
faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu
bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya'ni, jamoa
o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi. O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda
murakkablashib borishi mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi
bosqichda jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o‘tkazishga tiyyorgarlik, uni o‘tkazish hamda faoliyat
natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini
ko‘rsatuvchi omillar sanaladi. Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a'zolarida motiv
(raqbat)larning paydo bo‘lishi, ijodiy hamkorlik va o‘zaro yordam munosabatlarining tez sur'atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Jamoada mustaqil
faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli beqiyosdir. Ammo jamoa
faolining jamoa a'zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna bo‘lishi, o‘z
burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelaridan noo‘rin foydalanmasliklari juda muhimdir. Bu o‘rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga
nisbatan ―jamoa vijdoni‖ deya bergan ta'rifini eslab o‘tish joizdir. Jamoa faoli
birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni paytda uning o‘ziga ham
oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning rivojlanishi bu
bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch
jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda
to‘xtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a'zolari bilan qarama-qarshi
qo‘yish xavfli tug‘ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a'zolarining
alohida faollik ko‘rsatishga erishishlari zarur sanaladi. Jamoa rivojlanishining
uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi.
A.S.Makarenkoning aniqlashiga ko‘ra, bu davrda butun jamoa ―ayrim o‘zini
chetga olib qoluvchi, injiq shaxs‖larga talab qo‘ya boshlaydi. Jamoa ishiga ushbu
bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a'zolari qiziqadi. Jamoa
hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O‘qituvchi
mazkur yo‘nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina
ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir
rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a'zolari xatti-harakati jamoa bo‘lib
muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma'ruzalar uyushtiriladi,
o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy,
axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ‘iboti
tashkil etiladi. O‘qituvchi jamoa a'zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar
ekan, jamoa a'zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo‘shish imkonini beradigan
o‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta'sir ko‘rsatadigan shakl va metodlardan
foydalanadi. Jamoaning har bir a'zosida, ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga
muvofiq ravishda tashkil etish ko‘nikmasini hosil qila olishi jamoa a'zolari orasida
barqaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Jamoada
barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi — uning a'zolarini
ijobiy, madaniy-ma'rifiy mazmunga ega bo‘lgan ishlarni tashkil etishda faol
ishtirok etishlaridir. Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichda ko‘rsatib o‘tilgan
xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda jamoa faoligina emas, balki
jamoaning har bir a'zosi bir-birlariga nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni
qo‘ya boshlaydilar. Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning
barcha a'zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya
olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a'zolarining
o‘ziga nisbatan muayyan talab qo‘yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo‘yilgan har bir
talab o‘ziga xos yo‘nalishi (masalan o‘yindan umuminsoniyat baxti yo‘lida
kurashishiga intilish o‘rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. To‘rtinchi bosqich jamoa
a'zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan
ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a'zolarining har biri
uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini
tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni
yanada rivojlantirishdagi roli va o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda
amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas'uliyatlidir. Mazkur
bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun
mutlaqo qulay sharoit yaratiladi. Bugungi kunda o‘qituvchi-olimlar (L.I.Nikova va
boshqalar) bolalar jamoasining rivojlanish jarayonining mohiyatini tahlil qilar
ekanlar, uni qo‘yidagi uch bosqichga bo‘ladilar: a) jamoani dastlabki jipslashtirish;
b) jamoani shakllantirish asosida uning har bir a'zosini individual rivojlantirish; v)
jamoaning umumiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Jamoa hayotida muhim o‘rin
tutuvchi har bir bosqichni ajratib ko‘rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid
emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning etakchi ahamiyatini ta'kidlaydi.
A.S.Makarenko jamoa a'zolari o‗rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki
xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng
muhim quyidagi belgilarni ajratib ko‘rsatgan edi: 1) major — doimiy tetiklik,
o‘quvchilarning faoliyat (harakat)ga tayyorliklari; 2) o‘z jamoasining qadriyatlari
mohiyatini tushunish, uning uchun g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qimmatini
anglash; 3) jamoa a'zolari o‘rtasidagi do‘stona birlik; 4) jamoaning har bir a'zosida
qaror topgan do‘stona birlik; 5) tarbiyali, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik; 6)
hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish ko‘nikmasi. Jamoani
shakllantirishda jamoa a'zolari va ularning faoliyatlariga qo‘yiladigan yagona
talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o‘quvchilarning dars
jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari
hamda oiladagi xulq-atvor qoidalarni o‘z ichiga oladi. Puxta o‘ylab qo‘yilgan
talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning
o‘rnatilishini ta'minlaydi. O‘qituvchilar tomonidan qo‘yilgan talablar quyidagi
sharoitlarda ijobiy natija beradi: 1. Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini
hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak. 2. Talablar muayyan
maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim. 3.
Jamoaga nisbatan qo‘yilayotgan talablar aniq bo‘lishi lozim. 4. O‘quvchilarning
tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan
qo‘yilayotgan talablar, ularda ma'naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi
shart. O‘quvchi qo‘yilayotgan talablar hajmi va tizimini bilibgina qolmasdan, talab
qo‘yish metodikasini ham o‘zlashtira olgan bo‘lishi kerak. O‖quvchilar jamoasiga
nisbatan talablarni qo‘yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan
tanishtirish, talablarning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda
o‘quvchilar faoliyat, shuningdek, qo‘yilayotgan talablarning bajarilish qolatini
muntazam suratda nazorat qilib turishdan iborat. O‘quvchilarni talablar bilan
tanishtirish ko‘pincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta'lim
muassasasining direktori yoki o‘quv ishlari bo‗yicha direktr o‗rinbosari istiqbol
rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o‘uvchilarni
tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko‘rsatish, keyinroq sinflar
bo‘yicha sinf majlislari yoki maxsus suxbatlarni uyushtirish asosida amalga
oshiriladi.

Xulosa
Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarini turlari, tashkil etishning yo’l-usullari, vositalari bilan tanishib chiqdik va tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Natijada, quyidagi xulosalarga keldik:
1. Bayram tadbirlarini tashkil etishda o’quvchilarning yosh va individual
xususiyatlarini hisobga olish lozim; bunda bolaning ichki ma’naviy dunyosi, histuyg’ulari, munosabatlari, tengdoshlari bilan aloqalari tarbiyaviy ta’sirdan chetda qolmasligi kerak;
2. Ajdodlarimiz merosida ta’lim-tarbiya ishlariga katta e’tibor qaratishgan,
shuningdek ularning ta’lim-tarbiyaviy g’oyalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning
mazmunini takomillashtirishda asos sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi o’qituvchi va o’qituvchilarning
mazkur faoliyatga maxsus yo’naltirilganligiga bog’liqdir.
4. Bayram tadbirlarida interfaol metodlarning imkoniyatlaridan foydalanishni
keng yo’lga qo’yish zarur. Bu o’rinda takomillashtirish omili sifatida interfaol
metodlardan foydalanish maqsad qilib olinsa va undan unumli foydalanilsa natija
yuqori bo’ladi.
5.Bayram tadbirlarini o’tkazishda tashkil qilish prinsiplariga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Boshlang’ich ta’lim jarayonida bayram tadbirlarini tashkil etish va takomillashtirishga doir metodik qo’llanmalar, ko’rsatmalar tayyorlanishi va nashr etilishi va ulardan unumli foydalanish ham hozirgi kunning talablaridan biridir.



Download 51,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish