1§. Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish muammolari



Download 1,08 Mb.
bet2/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#599443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
Aa.tex maruza (2-3 kurs)

Birinchidan - zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, davlat muassasalari va xo’jaliklar, idora va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun kompyuterlashtirilgan axborot xizmatini yo’lga qo’yish;
Ikkinchidan - iqtisodiyot, fan, texnika, ta’lim va ijtimoiy sohalarda kompyuter texnikalari hamda texnologiyalarini keng qo’llash va zamonaviy kompyuterlashtirilgan axborot tizimlarini shakllantirish;
Uchinchidan - respublikamizni jahon axborot tizimlari va xalqaro kompyuter tarmoqlariga ulanishini ta’minlash hamda o’zaro axborot almashinishini keng yo’lga qo’yish;
Axborotlashtirish va kompyuterlashtirish jarayonlarini tartibga solish hamda ularni tezlashtirish maqsadida mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qancha qarorlar va qonunlar qabul qilindi.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8-dekabr qarori bilan Respublika FAN VA TEXNIKA DAVLAT QO’MITASI qoshida Axborotlashtirish Bosh Boshqarmasi tuzildi. "Axborotlashtirish haqida"(1993 yil, may), "EHM va ma’lumotlar bazasi uchun tuzilgan dasturlarni huquqiy muhofaza qilish"(1994 yil, may) qonunlari qabul qilindi. SHu qonunlarga binoan respublika FAN VA TEXNIKA DAVLAT QO’MITASIning Davlat patent idorasida EHM va ma’lumotlar bazasi uchun tuzilgan dasturlarni huquqiy muhofaza qilish agentligi faoliyat ko’rsatmoqda. Bu idora mualliflarga o’z mahsulotlari uchun to’la mulkiy huquqlarni berish shartnomalarini rasmiy ro’yxatdan o’tkazmoqda.
1994 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Axborotlashtirish kontsepsiyasi"ni qabul qildi. Bu kontsepsiya quyidagi muammolarni hal etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan:

• milliy axborot -hisoblash tarmoqlarini yaratish;
• axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy hujjatlarini tashkil qilish va yuritish;
• axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish;
• informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish;
• axborot texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rahbalantirish va qo’llab-quvvatlash;
• zamonaviy informatika va axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini ishlab chiqish.
Shu kontseptsiyaga muvofiq "O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi" ishlab chiqildi. Ushbu dastur quyidagi uchta maqsadli yo’nalishni o’z ichiga oladi:

• milliy axborot-hisoblash tarmoqlarini rivojlantirish;
• zamonaviy kompyuterlarni matematik va dasturiy ta’minlashni yo’lga qo’yish va rivojlantirish;
• shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlashni rivojlantirish.
Dasturda ko’rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun respublikamizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishning quyidagi oltita ustuvor yo’nalishlari belgilandi:
1. Davlat statistika tizimi, moliya-kredit va bank tizimlari;
2. Elektron ma’lumotlar bazasi;
3. Fan-texnika axboroti tarmog’i;
4. Ta’lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va sog’liqni saqlash sohalari axborot tizimlari;
5. Ma’lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari;
6. Favqulodda holatlarning oldini olish va xabar berishning aloqa tizimlari.

Ishlab chiqilgan dasturga muvofiq respublikamiz xalq xo’jaligining turli jabhalarida zamonaviy axborot tizimlarini loyihalash va amalga oshirish ishlari keng rivojlanmoqda. Ayrim sohalarda muvaffaqiyat bilan qo’llanilmoqda. Bularga Vazirlar Mahkamasi, Davlat Soliq Qo’mitasi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Tashqi ishlar vazirligi, Mikroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulk qo’mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va boshqalarda faoliyat ko’rsatayotgan axborot texnologiyalari misol bo’la oladi.





Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish