1-mavzu. Asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish. Reja



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana14.12.2022
Hajmi0,95 Mb.
#885589
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
12.doc

Beton qorishmasini tayyorlash va tashish 
Beton qorishmasini tayyorlash zavoddan beton yotqizilayotgan joyga tashish 
vaqtini hisobga olgan holda, talab qilingan hajmdagi havoni o‘zlashtirishni 
ta’minlash lozim. Mayda zarrali beton qorishmalarini faqat majburiy 
harakatlanadigan doimiy yoki to‘xtab-to‘xtab ishlaydigan beton qorishtirgichlarda 
tayyorlanadi. To‘xtab-to‘xtab ishlaydigan beton qorishtirgichlar qo‘llanilganda 
beton qorishmasini aralashtirish vaqti 60 soniyadan kam bo‘lmasligi va sinov yo‘li 
bilan aniqlik kiritish lozim.. Beton qorishmasi materiallar ko‘rinishi va zarralariga 
qarab boshqa-boshqa me’yorlanib o‘lchanishi kerak. Havo harorati 20
0
S dan 30
0

gacha bo‘lganda beton qorishmasini tashishi vaqti 30 minutdan, harorat 20
0
Sdan 
past bo‘lganda esa 60 minutdan oshmasligi kerak. Tashish jarayonida qorishmani 
yog‘adigan qor va yomg‘irda (yog‘ingarchiliqdan) va va namlikda bug‘lanishdan 
himoyalash lozim.
To‘kiilgandan so‘ng tezda beton tashuvchilar va
avtosamosvallar kuzovlari tozalab suv bilan yuvilishi lozim. 
Monolit qoplamalar va asoslar qurish.
Qoplamalarni qurishda sirg‘aluvchi qoliplarda yuruvchi mashinalar komplekti 
qo‘llanilganda va eni 3,75m bo‘lgan qo‘shiluvchi tasma qurishda yotqizish kengligi
7,5 m bo‘lgan beton yotqizuvchi mashinalardan foydalanishga ruhsat etiladi, bunda 
yotqizuvchi uskunaning yarmi ishlatilib ikkinchi yarmi ishlatilmaydi. Qishloq 
xo‘jalik korxonalarining ichki xo‘jalik yo‘llarini va sanoat korxonalarining ichki 
yo‘llarining asos va qatlamlarini kichik mexanizatsiya yordamida qurish mumkin. 
Asoslar yuzining shunday kenglikda toza tekislash kerakki, bunda beton yotqizuvchi 
mashina yurish qismining harakatini ta’minlash lozim. 
Qoplamalarni qurish rels qolipda yuruvchilarda bajarilsa, asos yoki 
tekislovchi qatlamni tekislash qoplama kengligida relsqolip o‘rnatilgandan so‘ng 
bajariladi. Mashinalarning avtomatik ravishda vertikal belgilarni tayinlangan 
holatda ishlatishini ta’minlovchi ishchi organlari odatda ikki tortilgan sim asosida 
ishlashi kerak. Tortilgan simlarning vertikal belgilardan o‘zgaruvchan farqi 3 mm 
dan oshmasligi kerak. Birinchi 
darajali 
sement 
bilan 
mustahkamlangan
asoslardan foydalanilsa bitta tortilgan simdan foydalanishga ruhsat etiladi. 
Agar betonlash yon tomondagi qatorda bajarilsa, beton yotqizuvchi mashina 
ishchi qismining bir tomoni ilgari yotqizilgan qator ustida yurgan holatda, 
yotqizilgan qator tomondan sim tortilmaydi. Tortilgan simlarni bir birining orasidagi 
masofa to‘g‘ri qismda 15 m dan, uzun bo‘lmagan egrilar va viraj qismlarda 4-6 m 
masofoda tayanchlarga o‘rnatilgan kronshteynlarga ilib mahkamlanadi. Rels 
qoliplarni, betonlanadigan qatorning har ikki tomonidan eni 0,5 m dan kam 
bo‘lmagan va tekislangan asos ustiga (chaqqiq toshdan, shag‘aldan, yoki
bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan gruntlardan) yoki shuning uchun 
kengaytirilgan qoplamaning asosiga o‘rnatiladi; beton yotqizuvchi ma-shina beton 


yotqizayotgan paytida asos cho‘kishi mumkin emas. Buning uchun o‘rnatilgan rels 
qolip usti komplekti og‘ir mashinani yurgizib tekshiriladi. 
Relsqoliplarning ichki tomoniga beton yotqizishdan oldin ishlatilgan moy 
surish lozim. Relsqoliplarni betonlash tugashidan so‘ng ajratishga ruhsat etiladi. 
Relsqoliplarni betondan ajratishda, betonning qirralari va yonboshlariga zarar
keltirmaydigan uskunalar qo‘llash lozim. Armatura, qistirmalar va deformatsiya 
choklarini qoziqlarini o‘rnatishni, relsqoliplar o‘rnatilib, asoslarni yakuniy zichlash 
va tekislangandan so‘ng bajarish lozim. 
Beton qorishmasini tarqatuvchi yordamida zichlashishidagi cho‘kishni hisobga olib 
taqsimlash lozim, uning kattaligini qoplama qalinligiga va qorishmaning yaxshi 
joylashshishi nazarda tutgan holda sinov betonlash bilan aniqlanadi. Agar beton 
qorishma asos ustiga tushirilgan bo‘lsa, uni taqsimlashni beton yotqizuvchi mashina 
bilan ham bajarish mumkin. Sirg‘aluvchi qolip sifatida, universal sirg‘aluvchi 
qoliplar qo‘llash mumkin. Beton yotqizuvchi mashina o‘tgandan so‘ng qoplama 
yuzasida hosil bo‘lgan mayda kamchiliqlar va nazarga ilinmaydigan notekisliklarni 
quvurlik yakunlovchi yordamida tuzatiladi. YAkunlovchining quvurini qug‘irish 
usuli orqali mayda zarralik suv sepish yordamida engil ho‘llaniladi. 
Qoplamaga yotqizilgan betonni zichlash va pardozlashni shunday bajarish 
kerakki, unda beton pardozlovchi mashinaning titrovchisi ishlayotgan vaqtda 
to‘xtashining oldini olish lozim. Beton qoplamasi yuzasini g‘adir-budurligini yangi 
yotqizilgan beton ustiga qop materiallar yopish, cho‘tkalar va gardish yurgizish 
orqali bajariladi. 
“Qum dog‘i” usuli bilan aniqlanadigan g‘adir-budirlikning o‘rtacha o‘yilish 
chuqurligi, g‘ildirakning qoplama bilan ilashishi talab qilingan o‘lcham 
koffitsientiga qarab 0,5-1,5 mm bo‘lishi shart. Ishlov berilgan qop-lama yuza
ko‘rinishi bir tekisda bo‘lishi lozim. Harakat oqimini kengaytirish yo‘laklarida 
(burilishlarda, tutashmalarda va hokazo) maydonchalarda, asosiy yo‘lga
qo‘shilishlardagi qopla-malarni maxsus uskunalar yordamida quriladi. Beton 
qorishmalarni kichik mexanizmlar yordamida to‘g‘ri uzuluksiz tasmasimon etib, 5-
10 cm bir-birini yopib zichlanadi. Ikki qatlam beton qoplamalarnini rels qoliplarda 
yuruvchi mashinalar komplekti bilan, odatda ikki beton tarqatuvchilar yordamida 
quriladi. Ikki qatlamli qoplama qurish ishlarini shunday tashqil etish kerakki, unda 
qorishmani bir maromda yotqizish va betonnning monolitligini ta’minlash lozim 
bo‘lsin. Quyi qatlam va ustki qatlamni yotqizish orasidagi tanaffus vaqti havo 
harorati 5-20
0
S 1 soatdan ko‘p bo‘lmaydi; harorat 20-25

S da 45 minutdan ko‘p 
bqlmaydi; va harorat 25-30
0
S 30 minutdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Betonga qarov 
ishlarida parda yaratuvchi materiallar qo‘llaniladi, ularni beton yuzasiga bir m
2
ga 
kamida 400g, havo harorati 25
0
S gacha, havo harorati 25
0
va yuqori bo‘lsa, bir 
m
2
ga600g ikki qavatlikni odatda 25-30 minut farqi bilan sepiladi. Parda yaratuvchi 
materiallarni changsimon qilib ko‘p naychalik tarqatuvchilar bilan bir tekisda beton 
taxtaning hamma ochiq yuzasiga (yon tomonlarini qo‘shib) qoplamaga ishlov berish
tugashi bilan sepiladi. Parda yaratuvchi materiallarni sepish ba’zi sabablarga ko‘ra 
kechiqqanda, yangi yotqizilgan beton yuzasini qurishdan saqlash uchun, odatda 
turg‘unlovchi moddalar sepib namlikni bug‘alanishdan saqlanadi. Buning uchun 
turg‘unlovchi markasi DSSH 1m
2
ga 5-10 gr sepiladi. Nam, qop tiqiladigan 


matolardan foydalansa ham bo‘ladi. Mabodo yog‘ingarchiliq bo‘lgan taqdirda suv 
bug‘lanish o‘tkazmaydigan materiallardan foydalaniladi.
Agar parda yaratuvchi va parda materiallar bo‘lmagan taqdirda, qalinligi 4-6 
cm bo‘lgan ho‘l qum qatlam uni har doim namlab turib betonga parvarish qilinadi. 
YAngi yotqizilgan betonni parvarishlash, uning loyiha-dagi mustahkamligini 
olguncha, lekin 28 sutkadan kam bo‘lmasligi kerak. Sutka davomida o‘rtacha 
harorat 25
0
S va undan yuqori bo‘lsa, odmi parda yaratuvchi materiallar sepilgandan 
so‘ng qotishi zamon uning yuzini alyumin pudrasi yoki ohak eritmasi bilan ochiq 
rangga kiritiladi. Odmi parda yuzani ochiq rang qilmasa 4-6 cm qalinlikda qum 
(supes) sepish mumkin. 
Deformatsiya choklarning o‘yiqlarini olmos chambaraklari bilan, siqilishga 
qarshiligi 8,0-10,0 MPa atrofida qotgan betonda cho‘ziluvchi chok o‘yiqlarini 
kombinatsiya usuli bilan, siqilishga o‘yiqlarini yasashga ruhsat etiladi: yangi 
yotqizilgan beton ichiga elastik qistirma o‘rnatib, uning ustini o‘yishni qotgan 
betonda bajarish bilan. Yig‘ilgan holatda cho‘ziluvchi chok elementlarini (korki, 
taxta qistirgich, shtorlar) betonlashdan oldin mustahkam qilib qoziqlar bilan asosga 
loyihada ko‘rsatilgan holatda o‘rnatiladi. 
Taxta qistirmani 60
0
burchakda, yuqori qismi qoplamaning yuzasiga 10-12 
mm etmasdan o‘rnatiladi: plat shtorlarni taxta qistirmada qurilayotgan qoplama-ning 
yuzasiga va betonlashtirilayotgan tasma o‘qiga parallel etib o‘rnatiladi. Taxta 
qistirmalarni loyihada ko‘rsatgandek o‘rnatishdan oldin uni 24 soat suvda ivitish 
yoki hamma tomonidan suyuqlantirilgan bitum, bitum emulsiya, mineral moylar va 
boshqa materiallar bilan ishlov beriladi. Qoziqlarning bir tomoniga boshidan
o‘rtasiga isitilgan bitum suriladi. Qoplamalarni sirg‘aluvchi qoliplarda beton 
qorishmani tarqatuvchini qo‘llab qurilganda, taxta qisqartirmalarni har ikki 
tomondan taxminan 15 cm uzunlikda beton tarqatuv-chini o‘tishini tashqil qilish 
uchun qirqiladi, so‘ng beton yotqizuvchi o‘tgandan so‘ng qo‘lda tiklanadi. Beton 
tarqatuvchidan foydalanilmagan taqdirda qistirmani ikki tomonidan taxminan 2-3 
cm dan qirqiladi. 
Qoplamalarni betonlashni rels qoliplarda bajarilsa, rels qolip bilan taxta 
qistirma uchi orasidagi bo‘shliq 5 mm dan oshmasligi lozim. 
Betonlash uslublaridan qat’iy nazar qoplama o‘qidagi qistirmalarning uchi 
orasida bo‘shliq bo‘lmasligi lozim. 
O‘ymalarning kengligini o‘rnatilgan taxta qalinligidan 3-5 mm kengroq etib 
kesiladi. CHo‘ziluvchi chokda o‘yma yangi yotqizilgan betonda asosan zavodda 
tayyorlangan rezina andozalar yordamida bajariladi. Ko‘ndalang siqilish
choklaridagi shtorlarni loyihadagidek beton yotqizishdan oldin moslamalar 
yordamida ushlash yoki yangi yotqizilgan betonda titrovchi yordamida cho‘ktirib 
o‘rnatiladi. CHoklarda o‘ymalarni kesish vaqtini, betonning mustahkamligi haqida 
ma’lumotlar, 12.28 va 12.33. banda talablariga asosan va sinov kesish yordamida 
aniqlanadi. Bunda choklarning chekkalari edirilishi 2-3 mm oshmasligi lozim.
Qisilish choklarining bir tekisda ishlashini ta’minlash uchun, ularni 
qoldirishdan navbatma-navbat (navbat bilan betonlash tasmasiga) kesish lozim. 
Sutka davomida havoning harorati farqi 12
0
S dan past bo‘lganda qopla-madagi 
ko‘ndalang siqilish choklarining o‘ymalari odatdagidek bir kun davomida 


bajariladi. Agar betonning mustahkamligi talab etilgan ko‘rsatgichga etmagan 
taqdirda, unda choklardagi o‘ymalar ertasi kuni kesiladi, lekin odatda erta soat 9 dan 
so‘ng va 24 soatdan kechiktirmasdan. 
CHok qirralarining talab darajasidan ko‘p maydalanish sababli choklarini har 
uch-to‘rt plitadan so‘ng ikki marta kesish uslubi bilan bajarish tavsiya etiladi: 
betonning mustahkamligi 5,0-7,0 MPa atrofida bo‘lganda bitta olmos chambarak 
bilan ensiz chok kesish va betonning siqilishdagi 10 MPa mustahkam bo‘lgandan 
so‘ng chokning yuqori qismini loyiha o‘lchovlariga teng etib kesish. Ikki martalik 
uslub bilan sinov chokni bajarish iloji bo‘lmaganda va qoplamada darz ketishlar 
kuzatilganda, sinov choklarni kombinatsiya uslubi bilan bajariladi. 
Sutkadagi havo-haroratining farqi 12
0
S va katta bo‘lmagan taqdirda, 
qoplamadan ko‘ndalang siqiluvchan choklardagi o‘ymalarni soat 13-14 gacha 
yotqizilgan betonda shu sutka ichida bajarish lozim. Kunning ikkinchi yarmida 
yotqizilgan qoplamada darz ketishlarni oldini olish maqsadida har ikki-uch plitaadan 
so‘ng ko‘ndalang sinov choklari kombinatsiya uslubi bilan (12.28 band) kesiladi, 
bo‘lajak oraliqdagi choklarni kesishni qotgan betonda bajariladi. Sinov choklarni 
ikki martali usul bilan bajarish mumkin. 
Kombinatsiya uslubi bilan ko‘ndalang choklarni yasagan betonga elastik tasma 
(qistirma) 0,2-3,0 mm qalinlikda o‘rnatiladi, so‘ngra uning ustidan qotgan betonda 
chok o‘ymasi kesiladi. Elastik qistirma sifatida polietilen parda va shunga o‘xshash 
boshqa materiallardan foydalanish mumkin, ular beton qoplamasi yuzasiga pardoz 
berilgandan so‘ng joylash-tiriladi. Tasma o‘rnatishga ruhsat etilmaydi. Tasma 
qoplamaning kamida ¼ qalinligida joylashtiriladi va qoplama yuzasidan 0,5-1,0 cm 
chiqib turishi lozim. 
Ish smenasi tugaganda va ishda majburiy to‘xtashlar bo‘lsa, ko‘ndalang ish 
choklari o‘rnatiladi, ular qoidadagidek oddiy qalam yordamida ko‘chiruvchi chok 
singari. Qoplamani yotqizishni ish chokidan boshlashda qoplip olingandan so‘ng va 
taxtaning uch tomonini suyuqlashtirilgan bitum yoki parda yaratuvchi materiallar 
bilan ishlov berilgandan so‘ng boshlanadi. Mabodo shu erda (loyiha bo‘yicha) 
cho‘ziluvchan chok o‘rnatish to‘g‘ri kelib qolsa, bunda uni ish chokidan oldin bitta 
taxta oralig‘ida yoki undan so‘ng qurish boshlanganda bajariladi. Qirralari 
maydalanuvchi choklarda shtirlarni joylashtirishni va mahkamlashni asosan 
betonlashdan oldin asosga o‘rnatiladi. SHtirlarni zichlangan betonga titrovchilar 
yoki boshqa usullar bilan bostirishga ruhsat etiladi, bunda shtirlarni loyihadagi joyi 
va qoplamadagi betonning sifatini saqlash yo‘li bilan bajariladi. Bo‘ylama siqilish 
choklarga shtirlarni joylashtirishni beton qorishmasiga cho‘ktirish yo‘li bilan 
bajariladi. Bo‘ylama siqilish choklardagi o‘ymalarni, odatda 12.28. band talabiga 
asosan qotgan betonda kesish ma’qulroqdir. 
Ruhsat etilgan deformatsiya choklarini to‘lg‘i-zuvchi germetizatsiyalashti-
ruvchi materiallar va bitum asosida tayyorlanganlarni qo‘llashdan oldin 150-180
o

haroratgacha 
qizdiriladi. 
Deformatsiya 
chok-larini 
to‘lg‘azishdan oldin
quyidagilarni bajarish zarur: o‘ymalarni kesilgandan so‘ng shlamlarni suv bilan 
to‘la chiqarib tashalanadi va quritiladi; 
- choklaning o‘ymalarini tozalanadi va siqiq havo bilan tozalanadi (changsiz-
lantiradi); 


- yuzadan chok atrofida qum va toshlardan tozalanadi. 
Defarmatsiya chok-larni bitum asosida tayyorlangan mastika bilan to‘lg‘azish 
ishlarini quyidagi navbatlik bilan bajariladi: 
- chokning o‘ymasi tagida paxtadan tayyorlangan yo‘g‘on sim yotqiziladi; 
- chok o‘ymasining yonbosh-lari eritilgan bitum bilan ishlanadi;
- chok o‘ymasi ustida ortiqcha mastika moslama bilan olinadi; 
- olingan ortiqcha masti-kani qaytadan ishlatish uchun choklarni to‘lg‘azish 
uchun isitilayotgan mastika qo‘shiladi. 
CHoklarni germeti-zatsiya qiluvchi materiallar bilan to‘lg‘izishni, ularni 
tayyorlangan zahoti bajariladi. Qurilishdagi transport harakatini faqat choklar 
to‘lg‘azilgandan so‘ng ruhsat etiladi. Armaturalangan mo-nolit beton qoplamalari 
qu-rishda, betonni qorishma-sini tarqatish va zichlashni, hamda qoplama yuzini 
pardozlashni monolit beton qoplamalar qurigandek, 12.14-12.23. bandda 
ko‘rsatilgan uslubda bajariladi. Armaturalashtiril-gan beton qoplamalarini qurishda 
armatura to‘rlarini o‘rnatish uslubi, betonlashtirish jarayonida uning loyiha 
ko‘rsatkichlaridan turishini ta’minlashi zarur. 
Armaturalashtirilgan beton qoplamalarini sirg‘aluvchi qoliplarda qurilsa, 
diametri 8 cm gacha bo‘lgan turdagi ish armaturani loyihada ko‘rsatigan joyiga, 
ko‘pincha betonlash jarayonida titragichlar yordamida joylashtiriladi. Diametri 8 m 
dan katta bo‘lgan armatua setkalarni loyihada ko‘rsatilgan joyda beton yotqizishdan 
oldin, asosga mahkamlab o‘rnatiladi.. Rels qoliplarda armaturalik to‘rni avval 
tarqatilgan betonning qorishmasining pastki qatlam yuzasiga yotqiziladi. Bu 
sharoitda beton qorishmasini tarqatishni qoidadagidek ikkita beton tarqatuvchilar 
bilan bajariladi. Hajmi katta bo‘lmaganda, bitta tarqatuvchi qo‘llasa ham bo‘ladi. 
Armaturalashtirilgan qoplamalarni sirg‘aluvchi qoliplarda qurilganda, 
chuqurlik titragichining pastki qismi bilan armatura tepasining orasidagi masofa 5 
cm dan kam bo‘lmasligi lozim. Asoslarni katoklar bilan zichlash usullik qattiq 
beton qorishmalaridan qurilganda, beton qorishmalarini tarqatish va zichlashni 
loyihada qabul qilingan asos qalinligi 20 cm va undan kam bo‘lsa 2 qatlam etib 
bajariladi. Qorishmani tarqa-tishni asosni tekislovchi yoki beton qorishma 
tarqatuvchi bilan ham tarqatish relsqolipsiz tarqatilsa, bunda beton qorishmani
loyihada ko‘rsatilgan kenglikdan kegroq qilib har ikki tomonda 25 cm oshirib 
tarqatiladi. Qattiq beton qorishmasini zichligi hisob-langan 0,98 dan kam 
bo‘lmagan zichlik koeffitsientiga yotqizishni titrovchi katok-lar yordamida 
bajariladi. 
Boshlang‘ich engil zichlash va yakunlovchi zichlash uchun havo bosimli, 
shinalik katoklar bilan bir komp-lektda jo‘vasimon g‘ildi-rakli massasi 6-8 tn.li
ruhsat etiladi, shu qatorda titrovchi to‘siqlar bilan jihozlangan mashinalar ham 
foydalanish, massasini 6-8 tn.li katoklar bilan yakuniy zichlash mumkin. Bu 
sharoitda qarshiligi 20 cm va undan katta bo‘lgan asoslarni ikki qatlam qilib zichlash 
va bu shuni bir smenada bajaishni tavsiya qilingan. Qattiq beton qorishmalaridan 
qurilgan asoslarni parvarishlashni faqat, ishlab chiqarishda asos va qoplama qurish 
asosida uzilish bo‘lgan taqdirdagina bajariladi. Betonni parvarishlashda parda 
yaratuvchi odmi rangli (bitum emul-siyasi va boshqa) materiallardan foydalanilsa, 
uni ochiq rangli qilish yoki ustiga qum sepish bajarilmaydi. 



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish