1-mavzu. Asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish. Reja



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana14.12.2022
Hajmi0,95 Mb.
#885589
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12.doc



1-MAVZU. ASFALTBETON VA SEMENTBETON
QOPLAMALARINI QURISH. 
REJA: 
1.
Asfaltbeton qorishmalarining turlari.
2.
Ishlatilish soxalari va ularga qo‘yilgan talablar.
3.
Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlari.
4.
Asfaltbeton qorishmalarini turlari.
5.
Asfaltbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari.
6.
Asfaltbeton tarkibini tanlash.
7.
Issiq asfaltbeton aralashmalaridan qoplamalar qurilishi.
8.
Asfaltbeton qoplamalarini qurishning texnologik xaritasi.
9.
Sovuq asfaltbetonga qo‘yilgan talablar. Sovuq asfaltbetondan qoplama qurish 
texnologiyalari.
10.
Qoplama ustki yuzasiga ishlov berish texnologiyasida himoya va emirilish 
qatlamlarini qurish.
11.
Asfaltbeton qoplamalarini qurishda texnik nazorat va ishlarni qabul qilish.
12.
Sementbetonning tarkibini tanlash. Sementbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari 
konstruksiyalari.
13.
YAxlit sementbeton qoplamalarini qurish texnologik jarayonlari. Ko‘ndalang va 
bo‘ylama choklar.
14.
Sementbeton qoplamasini qurish texnologik xaritasi.
15.
Yig‘ma sementbeton qoplamalarini qurish texnologik jarayonlari.
16.
Sementbeton qoplamalarini qurishda qo‘llaniladigan mashina-mexanizmlar 
otryadini shakllantirish.
17.
Sementbeton qoplamalarini qurishda sifat nazorati. 
Tayanch iboralar:
Asfaltbeton, issiq va sovuq asfaltbeton, qorishma, qorishmalarni 
tayyorlash, yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi, sovuq asfaltbeton, ustki yuzaga ishlov 
berish, texnik nazorat, sementbeton, sement markalari, beton sinflari, qotish davri, 
parvarishlash, yaxlit s/b, yig‘ma s/b.
Qattik bo‘lmagan turdagi yo‘l to‘shama lari konstruksiyalarini tanlashda 
quyidagi fikrlarga tayaniladi: 
Yo‘l to‘shama larining barcha qatlamlarida oldindan ishlov berilgan va 
maxkamlangan maxalliy tosh va bog‘lovchi materiallar keng qo‘llanilishi kerak. 
Maxkamlangan gruntlardan bo‘lgan asoslar samarali xisoblanadi. Konstruksiya 
texnologik bo‘lishi va maksimal darajada mexanizatsiyalash imkoniyatini 
ta’minlashi kerak xamda kurilitttni sanoatlashtirilishi kerak. 
Asfaltobeton koplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari chizmasi 89-
rasmda ko‘rsatilgan. Keltirilgan chizmalar yo‘l to‘shama larini zamonaviy 
tendensiyada - kam sonli qatlamlar bilan qurishni ko‘rsatadi. Qatlamlar sonini 
kamaytirishda bitum qo‘llanilgan materiallarning ikkita qatlami bilan chegaralanish 
maqsadga muvofiq. Asfaltobetonning katta qalinlikdagi yuqori qatlamini 
chaqiqtosh, shag‘al va bitum, degt yoki emulsiya bilan ishlov berilgan yoki 
bog‘lovchilar bilan ishlov berilmagan boshqa mineral materiallardan bo‘lgan 


qatlamlarga yotqizish mumkin. 
89-rasm. Asfaltobeton koplamali yo‘l to‘shama lari konstruksiyalari: 
1- koplamaning yuqori qatlami zich asfaltobetondan; 2 - koplamaning 
pastki qatlami galvirsimon asfaltobetondan; 3-asosning yuqori qatlami 
yuqori galvirsimon asfaltobetondan; 4 - asosning pastki qatlami (yoki bir 
qatlamli asos) chaqiqtosh yoki shag‘aldan; 5 - qumdan kilingan asosning (suv 
o‘tqazuvchi) qo‘shimcha qatlami; 6 - yuzaga ishlov berishdagi emirilish 
qatlami; 7 - beton, zurikkan beton va sement bilan maxkamlangan gruntdan 
kilingan asos. 
Oxirgi yillarda asoslarda zurikkan beton qo‘llanilmokda. Qoplamalarni 
yorilishga va issiqdikka chidamliligini oshirishga imkon beruvchi 
suv-issiqlik 
rejimini yaxshilash maqsadida asoslarni stirporbetondan, ya’ni stirporali 
tuldiruvchili, kichik massaga va past issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan 
betondan qurish maqsadga muvofiq.. 
Issiq asfaltbeton qorishmalardan qoplamalar quruq ob-havoda, bahor va yoz 
fasllarida quriladi, bunda havoning harorati +5 
0
S dan past, kuzda esa +10 
0
S dan 
past bo‘lmasligi kerak; issiq asfaltbeton qorishmalari quruq, havo harorati 10 
0

gacha bo‘lganda quruq, muzlamagan asoslarga yotqiziladi. 
Issiq asfaltbeton qorishmalaridan havo harorati 5
0
S dan va issiq qorishmani 
harorati 10
0
dan past bo‘lganda 10.52-10.69- bandlarga asosan qurishga ruhsat 
etiladi. Asfaltbetondan qoplamalar qurish ishlarini, odatda, 2 smenada olib boriladi. 
Kunduz kunlari yuqori qatlamni yotqizish tavsiya qilinadi. Kechki smenada 
mashinalar, uskunalar, agregatlar va avtomatik boshqaruvda texnik xizmat ishlari 
bajariladi. Asfaltbeton qoplamalarining tekisligini ta’minlash har bir qatlamni
yaxshi tekislash va qunt bilan zichlash orqali bajariladi: yo‘l poyi va asosning
yuqori darajadagi tekisligi va zichligiga qoplamani ma’yoriy darajaga zichlash, 
ko‘ndalang ulanishlar sonini kamaytirish, ishlab chiqarishni qunt bilan nazorat 
qilish orqali erishiladi. Yo‘l poyi qish davrida qurilgan, er osti suvlarining sathi 
yaqin bo‘lgan sharoitlarda, shuningdek ko‘tarma balandligi 3 m dan yuqori 
bo‘lganda, yo‘l to‘shamasini qurish ishlari yo‘l poyi qurilgandan so‘ng ikkinchi yili 
bajariladi. Asfaltbeton qoplamaning tekis va ravon bo‘lishiga belgilangan tekislik va 
ravonlik ko‘rsatkichini ta’minlovchi qoplamaning qalinligini avtomatik ravishda 
boshqaradigan asfalt yotqizuchi mashinalardan foydalanish bilan erishiladi. 
Asfalbeton qopla-malarni quruq, toza va muzlamagan asosga yotqiziladi. 


Qoplamaning asos bilan yaxshi yopishish uchun, asosni asfaltbeton qorishma 
yotqizishdan oldin mexanik cho‘tkalar, ko‘chma kompressordan siqilgan havo yoki 
boshqa uskunalar bilan iflos changlardan tozalanadi. Namlangan asos 150÷200
0

gacha qizdirilgan qum hamda isitgichlar bilan quritiladi. Zarur bo‘lganda asfaltbeton 
qorishma yotqizishdan 3-5 soat oldin asos yoki asfaltbeton qoplamaning quyi 
qatlami yuzasiga bitum bilan ishlov beriladi. 
Asos yoki asfaltbeton qoplamaning quyi qatlami yuzasiga ishlov berish uchun 
joyiga qarab 1 m
2
ga 0.5-0.3 va 0.2-0.3 litr suyuq bog‘lovchi sarf bo‘ladi. Agar shu 
maqsadlar uchun 60% li bitum emulsiyasi ishlatilsa, unda sarf joyiga qarab 1 m
2
ga 
0.6-0.9 i 0.3-04 litr bo‘ladi. 
Agar qoplama organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan yangi yotqizilgan 
asos ustiga qurilsa, hamda yangi yotqizilgan quyi qatlam ustiga ustki qatlam 
yotqizilsa, yuzaga bog‘lovchilar bilan ishlov berish talab qilinmaydi. Yo‘lning 
bo‘ylama nishabligi 30%
0
dan oshganda, asfalbeton qoplamani yotqizish ishlari 
yuqori tomoniga qarab bajariladi. Eski asoslarning ko‘ndalang kesim nishabligi 
me’yor talablariga javob bermasa, uni to‘g‘irlash ishlarini qatlam 5 cm dan kamroq 
bo‘lganda qora chaqiqtosh yotqizish bilan bajariladi. Asfaltbeton qorishmani 
yotqizishdan oldin rejalash ishlarini bajarish zarur, bunda qoplamaning loyihaviy 
kengligi va ko‘ndalang nishabligini, hamda qoplama chetining bir to‘g‘ri chiziqda 
bo‘lishligini ta’minlash nivelir yoki vizirka yordamida amalga oshiriladi, hamda
tegishli rangli belgilar bordyur toshlariga qo‘yiladi yoki boshqa usllar bilan 
belgilanadi. 
Qorishmalarning yotqizishdagi eng past harorati bitumlarning turiga qarab 
10.3-jadval talablariga javob berishi kerak. Har bir avtosamosvalda keltirilayotgan 
qorishmaning harorati tekshiriladi. Asfaltbeton qoplamalarni qurish uchun 
mexanizatsiyalashgan guruhlar tashqil qilinadi va ularda: asfaltyotqizuvchi 
mashina, motorli katoklar, yordamchi mashinalar va zaruriy uskuna-jihozlar (yo‘l 
tozalov mashinalari, ko‘chma bitum qozonlari, qizdiruvchilar, asboblar, yoritgich 
elektr stansiyalari va boshqalar) bo‘lishi kerak. 
Mexanizatsiyalashgan guruxlarga yo‘nalish ishlarini bajarish uchun 
uskunalarni tanlash asfaltbeton qorishmaning turiga, qabul qilingan qurilish 
tezligiga, bir smenada bajariladigan (200-500 m) ishga bog‘liq. Qoplamalar issiq va 
issiq asfaltbetonlardan yotqizilganda, guruh tarkibiga bir yoki ikkita 
asfaltyotqizuvchi mashina va har bir mashinaga o‘rtacha 3 ta dan katok (bitta engil 
va ikkita og‘ir katok) tanlanadi. Yo‘lda ish hajmi katta bo‘lganda, bundan tashqari 
qoplamalarni qurishda A turdagi qorishmalar ishlatilsa, ularni qoplamaning butun 
kengligi bo‘yicha yotqizish uchun bir vaqtning o‘zida 2 yoki 3 ta asfaltyotqizuvchi 
mashinadan foydalanish maqsadga muvofiq, bunda bo‘ylama choklarning yaxshi 
ulanishi ta’minlanadi. Ikki yotqizuvchi mashina yonma-yon qatorlarda 
ishlatilayotganda, biri ikkinchisidan 10-30 m ortda bo‘lishi kerak. 
Asfaltyotqizuvchilarni ishlatishda asosan yangi pnevmog‘ildirakli yoki 
gusenitsada yuruvchi turdagi, yotqizish kengligi 7.5 m. gacha (bir o‘tishda) bo‘lgan, 
qoplamaning tekisligini, belgilangan kenglik va nishablikni to‘g‘ri bajarilishini 
avtomatik ravishda kuzatuvchi mashinalardan foydalanish lozim. 


YOtqizish kengligi qoplama kengligiga karralik etib, asfalt yotqizuvchi 
mashinaning kengaytiruvchi qismini hisobga olib qabul qilinadi. Bitta asfalt 
yotqizuvchi bilan issiq asfaltbeton qorishmasini yotqizishdagi yo‘lakning eng 
maqbul uzunligi yonma-yon yo‘laklarning bir-biri bilan yaxshi ulanishini 
ta’minlanishi maqsadga muvofiq bo‘lib, bu uzunlik havoning haroratiga bog‘liq 
(29-jadval). Agar issiq asfaltbeton qorishma havo harorati 10-20
0
S da yotqizilsa, 
bunda yo‘lak uzunligi 250 m gacha bo‘lishi mumkin, agar 20
0
S dan yuqori bo‘lsa, 
uzunlik smenada bajariladigan masofa bilan chegaralanadi. 
Issiq asfaltbeton qorishma yotqiziladigan yo‘lakning eng maqbul uzunligi 
 
29- jadval 
Havo harorati, 
o

YOtqizilgan yo‘lakcha uzunligi, m 
SHamoldan himoyalanmagan, tekislik va 
o‘rmonli erlar, chuqur o‘ymalar 
Ochiq 
joylar 
5-10 
30-60 
25-30 
10-15 
60-100 
30-50 
15-25 
100-150 
50-80 
25 
150-200 
80-100 
Qoplamaning ko‘ndalang ulanishlari yo‘lning o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi 
shart. Ilgari yotqizilgan yo‘lakchaning (ko‘ndalang va bo‘ylama) cheti vertikal ip 
tortilib kesib olinadi vasuyuq bitum yoki bitum emulsiyasi suriladi. Qoplama 
chetini chopish yoki kesib olishni zichlash tugagandan so‘ng bajarilganligi 
maqsadga muvofiqdir. Bu narsa ayniqsa issiq va issiq, A turdagi asfaltbeton 
qorishmalari qo‘llanilganda qo‘l keladi. Aytilgan ishlarni bajarish uchun pnevmatik 
lomlar yoki perforatorlar, katok g‘ildiraklariga mahkamlangan erkin aylanuvchi 
disklar (o‘ta mustahkam metallardan) dan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Bo‘ylama va qo‘ndalang ulanishlarni nihoyatda sinchkovlik bilan bajarish zarur, 
chunki bu joylar suvning ta’siri ostida bo‘ladi, qoplamaning ulangan erlari, ayniqsa 
bo‘ylamasi yaxshi zichlanishi kerak. Buning uchun yotqizilayotgan qoplamaning 
qalinligi ulanayotgan yo‘lakning qalinligiga teng bo‘lmasligi kerak. Bo‘ylama va 
ko‘ndalang ulangan joylardagi qatlamlarni qunt bilan yaxshi zichlash kerakki,
bunda qoplamalarning ko‘rinishi va zichligi bir xil bo‘lishini ta’minlash lozim. 
To‘g‘ri ulanadigan erlardagi choklarning ko‘rinishi xuddi qoplamalarning boshqa 
erlaridagidek bo‘ladi. 
Issiq va issiq asfaltbeton yotqizilayotganda, ulanish erlarni yaxshi 
birlashishshi uchun ilgari yotqizilgan qoplamalarning chetini qizdirish (masalan 
infraqizil nurlar bilan) kerak yoki oldin yotqizilgan qoplama ustiga eni 15-20 cm 
bo‘lgan issiq qorishma qoplab yotqiziladi. Keyingi yo‘lakning qoplamasini
yotqizish oldidan u yig‘ishtirib olinadi. Agar qoplamani qurishda asfaltyotqizuvchi 
mashina (shibbalovchi uskunali turi) ishlatilsa asfaltbeton qatlamning qalinligini
loyihaviy qalinlikdan 15-20%, qo‘lda yotqizilganda 25-30% ziyod qalinlikda
yotqiziladi. YOtqizilayotgan qatlamning qalinligi, tekisligi asfaltyotqizuvchi 
mashinaning vibroplitasi yordamida ta’mnlanadi. Sovuq havoda va ish boshlashdan 
oldin vibroplita, unga o‘natilgan forsunkalar bilan qizdiriladi. Ba’zan, ish hajmi 
kichikroq bo‘lganda qoplama qo‘lda yotqiziladi, bunda belgilangan qalinlikni 


ta’minlash uchun, belgi qo‘yilgan ko‘chma reyka yoki tirgakli to‘siqlardan 
foydalaniladi. Bu holda uzunligi 6 m. gacha bo‘lgan taxtalarni qorishma yotqizish 
oldindan o‘rnatiladi, bu qoplama chetini tekis va qorishmani yoyilib ketishdan 
saqlaydi. CHekka toshlarni asfaltbeton qoplamasini yotqizishdan oldin o‘rnatish 
maqsadga muvofiq. Ularga balandligi to‘g‘risida belgilar tushiriladi. Qo‘shimcha 
mustahkamlanayotgan yo‘l yoqasining qalinligi, yotqizilayotgan qoplama 
qalinligiga teng bo‘lishi kerak. 
Asfaltbeton qorishmalarini yotqizish paytida shibbalovchi to‘sin doimo ishlab 
turishni doimo nazorat qilish zarur. Uning yordamida asfaltbeton qorishmalari 
dastlabki zichlanishni oladi, bunda katoklarning ishi 20-25% ga kamayadi. 
SHibbalovchi to‘sin yaxshi ishlab asfalt-yotqizuvchining yon shchitlari borligida 
tirsak to‘sinlarni qo‘llanmasa ham bo‘ladi. 
Asfaltyotqizuvchilar erta bahor va kuz sharoitlarida ishlatilganda, yirik 
qotgan bo‘laklarni maydalash, hamda qo‘shimcha ravishda aralashtirish uchun
uning qorishtirgich uskunasidan foydalaniladi. Asfaltyotqizuvchi o‘tgandan so‘ng 
yotqizilgan qatlamning yuzasi tekis, bir xil, uzuluksiz va g‘ovaksiz bo‘lishi shart. 
Agar asfaltyotqizuvchi o‘tgandan so‘ng ingichka, tor qorishma tushmagan bo‘laklar 
qolsa (masalan: virajda, kengaygan erlarda va hokazo), unda qorishma yotqizishni 
asfaltyotqizuvchi bilan barobar qo‘lda yotqizishga ruhsat etiladi, bunda asfaltbeton
qoplamada birlashgan choklar bo‘lmaydi va zichlash bir varakayiga qoplama 
kengligida bajariladi. Issiq asfaltbeton qorishma qo‘lda yotqizilganda, uni qatnov 
qism yuzasiga belkuraklar bilan yoyiladi, tekislagich bilan puxta tekislanadi, so‘ng 
temir sugichlar bilan qo‘shimcha tekislanib zichlanadi. Ishlatilayotgan asboblar 
oldindan tayyorlab qo‘yilgan isitgichlarda qizdirib olinadi. 
Asfaltobetonlar va ularning aralashmalari uchun qabul kilingan tasniflar 
bo‘yicha ularni fizik holati va ishlov berishga kulayligiga ko‘ra zichlanadigan va 
quyiladiganga ajratiladi. 
Zichlanadigani yuqori qatlami 1% dan kam bo‘lmagan hajmda qoldiq govakli 
asfaltobetonlarni xosil qilish bilan xarakterlanadi, bunda har xil turdagi katoklar 
bilan ularni zichlash talab etiladi. 
Ko‘yilgan aralashmalardan katta miqdordagi bitum va yuqori isitish harorati tufayli 
zich, govaksiz asfaltobetonlar olinadi. Bu aralashmalar engil tarqaladi va 
yotkizuvchining bruslari yordamida tekislanib, oxirgi zichlik olinadi, bu xsusiyat 
katoklarni qo‘llashdan voz kechish imkonini beradi. 
Mineral materiallar donalarining eng katta o‘lchamiga bog‘liq ravishda kaynok 
aralashmalar yirik donaliga - 40mm gacha bo‘lgan o‘lchamdagi donalar, mayda 
donaliga - donalar o‘lchami 20 mm gacha bo‘lgan va qumli - 5 mm gacha bo‘lgan 
o‘lchamli donaliga ajratiladi. 
Sovuq aralashmalar mayda donali va qumliga ajratiladi. 
Aralashmalar zichligi bo‘yicha quyidagilarga ajratiladi: zich — issiq qoldiq 
govakli 2—7 %, govakli — 7—12 % i yuqori govakli — 12-18%. 
Govakli va yuqori govakli aralashmalar qoplamalarning pastki qatlamida va 
asosning yuqori qatlamida, zichlari - qoplamalarning yuqori qatlamida ko‘llaniladi. 
CHaqiqtosh 
va 
shag‘alli aralashmalar ulardagi chaqiqtosh va qumli 
aralashmalarning miqdoriga bog‘liq ravishda qum turiga bog‘liq holda quyidagi 


turlarga bulinadi: A — ko‘p chaqiqtoshli; B — chaqiqtoshli; V — kam chaqiqtoshli; 
G — maydalangan qumli; D — tabiiy qumli qum. 
A turdagi issiq va iliq aralashmalar sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq ravishda ikki 
markaga (I i II), B, V i G turdagi — uchta «marki (1, II i III), D turi — ikki markaga 
(II i SH)ajratiladi. 
B
x
i V
x
sovuq aralashmalar ikki markaga ajratiladi: (I i II), G turdagisi I- marka, D 
turdagisi — faqatII marka bo‘ladi. 
Govakli va yuqori govakli asfaltobetonlar uchun issiq va iliq aralashmalar ikki 
markaga ajratiladi (I i II). 
Asfaltobeton markalari nafaqatxususiyatlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha balki 
mineral materiallarning tashqil etuvchilarining sifati bo‘yicha ajratiladi: I markali 
aralashmalarda eng chidamli chaqiqtosh va yuqori sifatli mineral kukun ko‘llaniladi; 
II i III markali aralashmalarda materiallar tashqil etuvchilari sifatiga kuyilgan talab 
pasayadi. 
Koplamaning yuqori qatlamini shakllantirish, ya’ni asfaltobetonni me’riy 
xususiyatlarga erishishi aralashmalarda bitumning yopishkokligi qancha 
ko‘proqbo‘lsa shuncha tezrok sodir bo‘ladi. 
Issiq aralashmalardan qoplamalarni shakllantirish asosan zichlangan 
asfaltobeton qatlamini sovushidan keyin tugaydi.Issiq aralashmalardan bo‘lgan 
asfaltobetonni, barcha yo‘l-iqlim zonalarida, barcha toifali yo‘llarda qo‘llash 
mumkin, sababi u eng mustahkam va uzoq muddat xizmat qilishga yarokli 
xisoblanadi. 
Iliq aralashmalardan shakllangan qoplamalar tezligi bir necha soatdan 15 
sutkagacha tebranadi. Kamyopishkok bitumli iliq aralashmalardan bo‘lgan 
qoplamalarni xarakat uchun zichlangandan keyin tez ochish mumkin. Suyuk bitumli 
iliq asfaltobeton 1-2 xafta davomida transport vositalari 
harakati bilan zichlashni talab etadi, bunda ularni boshqarish kerak bo‘ladi. Iliq 
aralashmadan bo‘lgan asfaltobeton kam chidamli va undan kilingan koplama issiq 
aralashmadan kilingan qoplamalarga qaraganda kam xizmat qiladi. 
Issiq asfaltobeton aralashmalaridan qoplamalar, temperatura 5 
a
S dan past 
bo‘lmagan xavoda va asos kotmagan, quruq bo‘lganda, iliq xavoda kurila 
boshlanadi. Kuzda, xavo temperaturasi 10 °G ga pasayganda issiq aralashmalardan 
kilingan qoplamalarni qurish tugatiladi, iliq — 5 °S gacha. Juda past temperaturada 
aralashmalarni yotqizishda maxsus choralar kuriladi. Bu chegaralanish asfaltobeton 
aralashmalar tez sovumasligi uchun zarur, chunki qoplamalar zichlanmasdan kolib 
ketishi mumkin. YOtqizish zvenosiga har bitta asfalt yotkizuvchiga uchtadan kam 
bo‘lmagan katok xisobga olinadi. 



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish