10-mavzu: Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm Reja



Download 101,33 Kb.
bet5/6
Sana15.05.2023
Hajmi101,33 Kb.
#938892
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
лек 10

Koli titr deb E. coli bir donasi uchraydigan suyuqlikning eng kam
hajmiga aytiladi (normada 250-300 ml).
Koli-indeks - 1 l suyuqlikda topiladigan E. coli soni (me’yorda 3-4_)
Salmonellezlar qo‘zg‘atuvchilarining umumiy xususiyatlari.
Salmonellalar avlodiga morfologik, kultural va fermentativ xususiyatlari jihatidan paratif V qo‘zg‘atuvchisiga o‘xshash bo‘lgan ko‘pgina salmonella turlari va tiplari kiradi.
1885 -yilda Amerikada D. Salmon cho‘chqalardan S.suis ni ajratib oladi. Bu qo‘zg‘atuvchi uzoq vaqtlargacha cho‘chqalarda toun (chuma) kasalligini chaqiradi deb hisoblanib kelar edi. Keyinchalik esa bu cho‘chqa touni kasalligi bilan birga kechadigan infeksiya ekanligi odamlarda esa toksiko-infeksiyani, ya’ni ovqatdan zaharlanishni chaqirilishligi aniqlandi.
1885- yilda A.Gertner Saksoniyada toksiko-infeksiya kasalligi tufayli so‘yilgan sigir go‘shtidan va uni yeb o‘lgan odamdan S.hertneri qo‘zg‘atuvchisini topadi. Bu qo‘zg‘atuvchining dengiz cho‘chqalariga, oq sichqonlar, qo‘y va echkilar uchun ham patogen ekanligi aniqlandi.
1895 -yilda Breslavl shahrida K.Kenshe va 1898- yil Ertirik shahrida J.Nobel ovqatdan zaharlanishda S.breslau qo‘zg‘atuvchisining sababchi ekanligini aniqlashdi va uni sof kulturasini ajratib olishdi.

10.1-rasm
Shunday qilib salmonellalarning odamlar uchun patogen bo‘lgan va ovqatdan zaharlanish holatlarini chiqaradigan 100 dan ortiq turlari borligi aniqlandi.
Morfologik tuzilishi bo‘yicha Enterobacteriacei oilasining vakillariga o‘xshash bo‘lib, ular peritrix xivchinlari tufayli harakatchandir.
Fakultatif aerob, optimal temperaturasi 370, oddiy oziq muhitlarida yaxshi o‘sadi. Fermentativ xossasi. Salmonellalar jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, ko‘pchiligi H2S hosil qiladi. Glyukoza, maltoza, mannit, saxarozalarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi.
Ekzotoksin hosil qilmaydi. Glyusid-lipit-protein kompleksidan tashkil topgan endotoksinga ega.
Serologik belgilariga qarab salmonellalar bir qancha (35 ta) guruhlarga bo‘lingan. SHulardan Kaufman-Uayt tasnifsi bo‘yicha S.enteritidis - D guruhiga, S tihyimurium – V guruhiga, S.choierae suis – S guruhiga kiradi. Salmonellalarning tasnifi ularning antigen, kultural va biologik xossalariga qarab tuzilgan.
Ovqatdan zaharlanishni chaqiruvchi salmonellalar tif va paratif qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan birmuncha chidamlik. Yuqori tumperaturaga, osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmasiga, ayrim kislotalarga chidamli, 60-700 da 1 soatda, 8-10% uksus kislotasida 18 soatda halok bo‘ladi. 400 grammlik go‘sht bo‘lagida 2,5 soat qaynatishga chidaydi. Uy temperaturasida 2-3 oy saqlanadi. Endotoksinlari esa qaynatgandan so‘ng ham bir necha soat saqlanib qoladi. Shunisi xarakterli salmonellalar bilan zaharlangan ovqat mahsulotlarining ko‘rinishi ham, hidi ham buzilmaydi.
Odamlar uchun patogen bo‘lgan salmonellalarning ko‘pchiligi ko‘pchilik hayvonlar ichida, ya’ni yirik shoxli hayvonlar, cho‘chqa va jo‘jalar orasida ko‘p tarqalgan va ularda turli kasallar chaqiradi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar salmonellalarga sezgir. Kasal hayvonlar go‘shtidan, kasal tovuq tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi.
Salmonellalar bilan zararlangan ovqatlarni iste’mol qilish kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, kasal hayvon, qushlar va ularning tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar ko‘proq kasallikka sababchi bo‘ladi. Salmonellalar ovqat bilan qanchalik ko‘p tushsa u tez ko‘payib shunchalik ko‘p o‘ladi va ulardan ko‘plab endotoksin ajralib chiqadi. Oshqozon ichak traktidan endotoksin qonga o‘tadi va bir necha soatdan so‘ng kasallik belgilari asosida o‘tadi. Kasallik faqat zararlangan ovqatlardan emas, balki kasal odamlardan va kasal tashuvchilardan ham yuqadi. Bunday hollarda kasallik ko‘proq yosh bolalar orasida uchraydi. Bolalarda salmonellez dispepsiya, enterokolit, qorin tifi ko‘rinishida o‘tadi va ko‘pincha septitsemiya va bakteriemiya holatini chaqirib, ba’zan surunkali dizenteriya deb noto‘g‘ri tashxis qo‘yiladi.
Salmonellalarning endotoksini ichak shilliq qavatining va limfatik sistemaning himoya qilish qobiliyatini ham ishdan chiqaradi va natijada bakteriyalarning qonga o‘tishiga zamin yaratiladi va bunday hollarda kasallikning birinchi soatlaridayoq qonda bakteriyalar topiladi. Kasallik asosan 4-5 kun davom etadi.
Kasallikdan so‘ng kuchsiz va qisqa muddatli immunitet hosil bo‘ladi. Kasal bo‘lib o‘tgan odamlar qonida agglyutininlar, pretsipitinlar, bakteriolizinlar va boshqa antitelolar topiladi. Salmonellalarning bir serovari bilan chaqirilgan kasallikdan so‘ng boshqa serovarlariga immunitet hosil bo‘lmaydi, ya’ni qarama-qarshi immunitet mavjud emas.
Ovqat qoldiqlari, buyumlardan olingan chayindilar, kasalning axlati, qusug’i, oshqozon yuvilgandagi suv, qon, siydik, o‘likdan olingan materiallar oziq muhitlarga ekilib (Endo, Ploskirev, Vismut-sulfit agar va h.k.) sof kultura ajratib olinadi va ularning kultural, serologik va biologik xossalari o‘rganiladi, ya’ni turlari va serovarlari aniqlanadi. Ayrim hollarda ajratilgan kultura yoki ovqat qoldiqlari bilan biologik probalar qo‘yiladi. Retrospektiv diagnoz qo‘yish uchun kasallikning 8-10 kunlarida rekonvallessentlarning qon zardobi bilan asosiy qo‘zg‘atuvchilarning diagnostikumlari bilan Vidal reaksiyasi qo‘yiladi.
Antibiotiklar-streptomitsin, levomitsin, xlortetrotsiklin va tetroatseklin, oshqozonni yuvish, glyukoza va fiziologik eritmalar quyish yaxshi natija beradi.
Veterenar-sanitar nazoratini kuchaytirish, ya’ni go‘sht va go‘sht mahsulotlarini doimiy tekshirib turish, oziq-ovqat sohasida ishlovchilarni bakteriya tashuvchilikka tekshirib turish va x.z. Ayrim hollarda ovqatdan zaharlanish shartli patogen mikroblari tomonidan ham chaqirilishi mumkin (proteus morgani, Pr. miriabilis, Pr. rettgeri, Pr. incostans, E.Coli va b.).
Salmonellalar ko‘pchilik hollarda bolnitsa ichi kasalligini ham chaqiradi. Bunda S.tiphymirium ko‘proq uchraydi va ayrim hollarda S.heidelberg, S.derby, S. Haifa, S. Wien va boshqalar qatnashadilar. Bu salmonellalar barcha xususiyati jihatidan yuqorida ko‘rsatilgan salmonellalardan farq qilmayd1i.
Yosh bolalarda shifoxona ichi kasalligi uzoqroq davom etadi va og‘irroq kechadi, ularda og‘ir intoksikatsiya va oshqozon-ichak traktining kuchli shikastlanishi kuzatiladi. Bolalarda salmonellez intoksikatsiyasi natijasida modda almashinuv va gipotalamus ishi buziladi. Emizikli bolalarda ko‘p suv va tuz yo‘qotishlari natijasida toksikoz va suvsizlanish holatlari kuzatiladi. Yosh bolalarda ayniqsa, stafilokokkli viruslar, esherixiyalar chaqirgan kasalliklarga yoki pnevmoniyaga salmonellez qo‘shilsa ularda sepsis yoki meningit rivojlanib kasallik nihoyatda og‘ir o‘tishi mumkin.
Laboratoriya diagnostikasi, davosi, profilaktikasida boshqa salmonellalardan farqi yo‘q.


BOTULIZM


Botulizm — ovqat toksikoinfeksiyalari ichida og'ir kechadigan kasallik hisoblanib, botulizm tayoqchasi va uning zahari tushib qolgan ovqat maxsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. ,,Botulus’’ — lotincha so'z bo'lib, kolbasa deganidir. Kasallik asosan zararlanib kolgan konserva mahsulotlarini iste'mol qilinganda ro'y beradi.

Download 101,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish