11-savol: Tezkor qidiruv faoliyatini huquqiy tartibga solishda “ Tezkor qidiruv faoliyati to’g’risida” gi Qonunning ahamiyati



Download 26,26 Kb.
bet1/5
Sana24.04.2022
Hajmi26,26 Kb.
#578783
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Vazifa tezkor qidiruv faoliyati to\'g\'risida


11-savol:
Tezkor qidiruv faoliyatini huquqiy tartibga solishda “ Tezkor qidiruv faoliyati to’g’risida” gi Qonunning ahamiyati.
Men nima uchun jinoyatchilikka qarshi kurashishni birinchi o’ringa qo’ymoqdaman, agar jinoyatchilikka qarshi kurashishni joy-joyiga qo’ya olsak, bu borada olib borayotgan ishlarimizga aholining ishonchi ortadi, odamlar bizga ishonadi” .1
(Sh.M.Mirziyoyev)
Ushbu savolga nazariy va amaliy jihatdan baho berishga kirishar ekanmiz, vaziyatga baho berishning keng tarqalgan tahlil usuli “FIRAK” usuli2dan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Hamda nazariy savolga javob berishdan oldin quyidagi masalalarni hal etishni o’z oldimizga vazifa sifatida belgilab olamiz:

  • Tezkor qidiruv faoliyati, tezkor qidiruv tadbiri, tezkor qidiruv ish yurituvi, tezkor qidiruv xodimi tushunchalarining nazariy tahlili;

  • Tezkor qidiruv faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlarning o’rni va vazifasi;

  • Tezkor qidiruv faoliyati to’g’risida”gi qonunning tezkor qidiruv faoliyatini tashkil etish va olib borishdagi tutgan ijobiy o’rni;

  • Tezkor qidiruv faoliyati to’g’risida”gi qonunda tezkor qidiruv faoliyatini tashkil etish va olib borishdagi kamchilik va muammolarning tahlili;

  • Tezkor qidiruv faoliyati to’g’risida”gi qonunni takomillashtirish yuzasidan takliflar va xulosalar.

Mazkur savollarga bevosita nazariy va huquqiy jihatdan baho berishga kirishar ekanmiz, avvalo, jamiyatdek murakkab infratuzilmada ijtimoiy munosabatlarning bir xilda amal qilishi, jamiyat ishtirokchilari o’rtasidagi munosabatlarda har qanday turdagi nizoli vaziyatlarning uchramasligi uchun o’sha jamiyatda tinch muhit, adolatli qonunlar, adolatli davlat boshlig’i va adolat yo’liga xizmat qiladigan mansabdor shaxslar hamda davlat xizmatchilari, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak fuqarolar mavjud bo’lishi talab etiladi.3 Biroq, jamiyat a’zolarining barchasi ham bir xilda ijtimoiy munosabatlarni me’yorlashtiradigan, uni tartibga solib turadigan qonunlarga amal qilavermaydi. Ijtimoiy munosabatlar mobaynida qonunni chetlab o’tish huquqiy munosabatlarning qaysidir elementiga zarar keltiradi va huquqiy munosabatda nizoli vaziyat yuzaga keladi. Jamiyat uchun eng xavfli ijimoiy xavfli harakat bu jinoyatdir. Jinoyatga qarshi kurashish, uning oldini olish, shaxs huquq, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shaxs, davlat, jamiyat xavfsizligini turli tajovuzlardan himoya qilish uchun huquqni muhofaza etuvchi organ vakillari tomonidan turli vazifa va funksiyalar amalga oshiriladi. Mana shunday bajarilishi lozim bo’lgan harakatlardan biri- tezkor-qidiruv faoliyatidir. V.Karimovning “Tezkor qidiruv faoliyati” nomli darsligida tezkor qidiruv faoliyati tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: maxsus vakolat berilgan davlat organlarining tezkor bo‘linmalari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turidir.4 Tezkor qidiruv faoliyati tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyatidan kelib chiqib jinoyati ishi yuzasidan, surishtiruv, dastlabki tergovni olib borayotgan shaxslarning topshirig’iga ko’ra, surishtiruv, tergov, suddan bo’yin tovlayotgan, qidiralayotgan shaxslarni topish, shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligiga tahdidli vaziyatlar to’g’risida yetarli ma’lumotlar mavjud bo’lgan taqdirda tezkor qidiruv tadbirlarini tayinlash asosida olib boriladi. Tezkor qidiruv tadbirlari ko’pincha O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15- moddasi 4 va 5-qismlarida nazarda tutilgan og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarga tayyorgarlik ko’rilayotgan, sodir etilayotgan, sodir etilgan holatlarda tayinlanadi. Tezkor qidiruv faoliyati o’ziga xos bir qator xususiyatlarga ega bo’lib, uni tayinlash, olib borish, nazorat qilish, natijalarini tekshirish, baholash, dalil sifatida e’tirof etish nooshkora ko’rinishlarda olib boriladi. Sababi, tezkor qidiruv faoliyati, tadbirlarining natijalarida davlat siri aks etgan sanaladi. Shu bois, qonunchilik tezkor qidiruv faoliyatini huquqiy tartibga soladigan normativ baza yaratar ekan, uni boshqa davlat organlarining faoliyatini huquqiy tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlardan farqli ravishda tezkor qidiruv faoliyatini olib boruvchi organlarning ichki maxviy hujjatlarida aks ettiradi. Tezkor qidiruv faoliyati tezkor qidiruv tadbirlarini tayinlash asosida amalga oshiriladi. “Tezkor qidiruv faoliyati to’g’risida”gi qonunni 14- moddasida bu tadbirlarning qat’iy chegarasi belgilangan bo’lib uni kengaytirilgan tartibda, qonunda nazarda tutilmagan holatda amalga oshirish ta’qiqlanadi. Shu tufayli mazkur moddaning normasida tezkor qidiruv tadbirlarining tegishli vakolatli organ mansabdor shaxsining sanksiyasisiz, prokurorning roziligi bilan, tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbarining roziligi bilan amalga oshiriladigan tezkor qidiruv tadbirlarining qat’iy belgilangan turlari sanab o’tilgan: so’rov, ma’lumot to’plash, qiyosiy tekshiruv uchun namunalar yig’ish, nazorat ostida olish, predmet va hujjatlarni tekshirish, shaxsning aynanligini aniqlash, turar joylarni va boshqa joylar, binolar, inshootlar, joyning uchastkalari, texnik va transport vositalarini tekshirish( sanksiyasiz o’tkaziladigan TQT sanaladi), tekshirish uchun xarid qilish, nazorat ostida olish, tezkor kuzatuv, tezkor kiritish, tezkor eksperiment, niqoblangan operatsiya, nazorat ostida yetkazib berish (tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbarining roziligi bilan o’tkaziladi), turar joylarni tekshirish, pochta, kuryerlik jo’natmalari, telegram xabarlarini nazorat qilish, aloqa vositalari asosida olib boriladigan muloqotlarni eshitib turish, abonentlar o’rtasidagi muloqotni eshitib turish ( prokurorning roziligi bilan o’tkaziladi) kabi tezkor qidiruv tadbirlari mavjud. Qisqa qilib aytganda, tezkor qidiruv tadbirlari- tezkor qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida amalga oshiriladi.5 Tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida ma’lumotlarni to‘plash va tizimlashtirish, tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tekshirish va baholash, shuningdek ular asosida tegishli qarorlar qabul qilish tezkor-qidiruv ish yurituvini tashkil etadi.6 Tezkor qidiruv faoliyatini tezkor- qidiruv tadbirlari asosida olib borishga Ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligining tezkor bo’limi, Davlat bojxona qo’mitasi, Bosh Prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, Bosh Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi kabi davlat organlari vakolatlidir.7
Endi bevosita tezkor qidiruv faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, “Tezkor qidiruv faoliyati to’g’risida”gi qonunning ahamiyatini muhokama qilamiz. Tezkor qidiruv faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, “Tezkor qidiruv faoliyati to’g’risida”gi qonun, tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiradigan davlat organlarining ichki maxviy lokal hujjatlari va boshqa qonunchilik normalari orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshirish jarayonida shaxsning huquq, erkinlik, qonuniy manfaatlariga e’tibor qaratish lozimligiga ishora qilsa, jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilik jinoyat ishini qo’zg’atishdan boshlab toki uni tugatish jarayonigacha olib boriladigan protsessual harakatlarni tizimlashtiradi: tergovga qadar tekshiruv harakatlari va uni amalga oshiradigan organlarning huquqiy maqomi, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushlab turish, tezkor qidiruv faoliyati natijalarini dalil sifatida e’tirof etish, ushbu dalillardan jinoyat ishini qo’zg’atish va jinoyat ishini qo’zg’atishni rad etish masalalarida foydalanish kabi masalalar bevosita o’z ifodasini topgan. “Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida”gi qonunning esa tezkor-qidiruv faoliyatini tartibga solishdagi ahamiyati quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi:


  1. Download 26,26 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish