1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash


O‘simlik moylarini saqlash va bu jarayonlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana27.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#904070
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
sertifikat amaliy UMK

3. O‘simlik moylarini saqlash va bu jarayonlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar
Moy ekstraksiya zavodlarida ishlab chiqarilgan moylar birdaniga sotuvga
yoki iste’molga jo‘natilmaydi. Kundalik hayotda moylar iste’molchilarga yetib
kelguncha ma’lum muddatda saqlanadi. Ana shu muddat ichida moylarning
sifatining pasayib ketmasligini ta’minlash, ya’ni iste’molchilarga yuqori sifatli
moy mahsulotlarini yetkazib berish katta ahamiyatga egadir. Ma’lumki, o‘simlik
moylari temir bochkalarda, bidonlarda, flyagalarda, yelimlab chiqilgan yog‘och
bochkalarda va katta hajmlarda esa bak-rezervuarlarda saqlanadi.
Chakana savdo tarmoqlariga sotish uchun esa yog‘ni shisha butilkalarga 250
va 500 g dan, shuningdek polimer materiallardan tayyorlangan butilkalarga 400 va
500 g dan qilib qadoqlanadi. Butilkaga zavodning nomi, uning adresi, vazirlik,
korxonaning tovar belgisi, moyning turi va navi, sof massasi, standart nomeri
ko‘rsatilgan yorliq yopishtirib qo‘yiladi.
Albatta, moylarning saqlanish muddati mana shu idishlarning turiga, ichki
qismi qanday ishlaganligiga, hajmiga ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi.


 Ko‘pchilik hollarda suyuq o‘simlik moylari metalldan tayyorlangan bochkalarda 
tashiladi va
saqlanadi. Metall bochkalar ko‘pincha po‘latdan, alyuminiydan, titandan va boshqa
metallardan tayyorlanadi. Bu bochkalar 100, 200, 275 dm

hajmda ishlab
chiqariladi. Bu bochklar sirtqi va ichki tomonidan zanglashga qarshi rux qatlami
bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Ba’zan bu bochkalar ichki va tashqi tamondan
maxsus zaharsiz ozuqaviy bo‘yoqlar bilan va boshqa materiallar bilan ham
qoplangan bo‘lishi mumkin.
Keyingi paytlarda titandan yasalgan metall bochkalar tayyorlanmoqda va
o‘simlik moylarini tashish, saqlashda ko‘plab ishlatilmoqda.
Yuqorida aytganimizdek, o‘simlik moylarini katta hajmda uzoq muddatda
saqlash uchun bak-rezervuarlar qo‘llaniladi. Bu idishlar quyosh nurini qaytaruvchi
bo‘yoq va emallar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Moy-larning uzoq saqlanishini
ta’minlash uchun harorat 8-10
0
C dan va havoning nisbiy namligi esa 75 % dan
oshmasligi tavsiya etiladi. Rezervuarlarning bu bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi bir xil
haroratni ushlab turadi, bu esa moylarning uzoq saqlanishini ta’minlaydi. Moylarni
katta hajmdagi rezervuarlarda saqlaganda moylar rezervuarlarga to‘ldirib quyilishi
kerak, chunki bo‘shliqdagi havo tarkibidagi kislorod moyda erib, keyinchalik
oksidlanish reaksiyasiga borib, moyning sifatining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, moylarni saqlaganda, avvalo ularning
oksidlanishining oldini olish zarur. Belgilangan sharoitlarda moylarning
kafolatlangan saqlash muddatlari 1 yil qilib qabul qilingan. Butilkalarga
qadoqlangan moy harorat 18
0
C dan ortiq bo‘lmagan, yopiq qarong‘i xonalarda
saqlanishi kerak. Shunday sharoitda tozalangan dezorodatsiya qilingan kungaboqar
va makkajo‘xori moylarining butilkalarga joylab qo‘yilgan kundan boshlab
kafolatlangan saqlash mudldati 4 oy, tozalangan dezodoratsiya qilinmagan paxta
moyi uchun 6 oy, dezodoratsiya qilingan soya moyi uchun esa 1,5 oy qilib
belgilangan.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish