14-ma’ruza: Qadimgi Eron madaniyati va dini. Qadimgi sak-skif sivilizatsiyasi (2 soat) Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 379,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana15.06.2023
Hajmi379,08 Kb.
#951522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3.Qadimgi Eronda diniy e`tiqodlar. 
Diniy e’tiqod. 
Eronliklaming qadimgi ajdodlari dastlab tog‗-u tosh, suv, daraxt va har xil 
hayvonlarni ulug'laganlar. Tabaqaviy jamiyat tashkil topishi, xo'jalikning rivojlana borishi 
natijasida e ‘tiqodda ham o'zgarishlar sodir bo'la boshlagan. Xususan elamliklar Pinekyer
 
degan 
xudolar onasini ulug`lab, unga e‘tiqod qilganlar. Ularda Inshushinak Suza shahri homiysi yer 
osti xudosi bo'lgan. Naxunt esa quyosh va adolat xudosi hisoblangan. Eronning ko'p joylarida 
totemizm, fetishizm kabi ibtidoiy din shakllari uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. Midiya podshosi 
Astiag davrida zardushtiylik keng tarqala boshlaydi. 
Bu dinning asoschisi Zardusht bo'lib, din uning nomi bilan zardushtiylik deb atalgan. 
Zardushtiylik dini kitobi ―Avesto" bo'lib, unda Eron va Turonda yashagan xalqlarning tarixi, 
xo'jaligi, diniy e'tiqodi va madaniyati haqida ko'p ma'lumotlar bor. 
Eron xalqlari Misr. Bobil. Elam xalqlari madaniyatidan bahramand bo'lib. o'zlariga xos 
madaniyat yaratganlar. Bu dinda Axuramazda
 
vaxshilik, haqiqat va odillik xudosi hisoblangan. 
Axri-Manyu
 
esa zulmat. o'lim va yomonlik keltiruvchi xudo bo'lgan ekan. Eroniylar e ‘tiqodiga 
ko‗ra bu ikki xudo o'rtasida kurash davom etgan. 
Eroniylar Mitra degan quyosh. Anaxita degan suv va hosildorlik, shnuningdek, yorug`lik, 
oy va shamol xudolariga e'tiqod qilganlar. Eron shohi Kserks diniy islohot o'tkazib mayda 
xudolar, ma'budalar va dev-parilarga e ‘tiqod qilishni taqiqlagan. Axuramazda eronliklarning 
birdan-bir samoviy tangrisi deb e‘lon qilingan. 
Zardushtiylik diniy tizim sifatida O‘rta Osiyoda bronza davrida ibtidoiy jamoa 
munosabatlari yemirilayotgan, jamiyatda mulkiy va ijtimoiy tengsizlik paydo bo‘layotgan 
sharoitda shakllandi. Temir davri boshiga kelib u yanada mukammallashib, ichki tizimi tartibga 
keldi. Dinning og‘zaki an‘analari asta-sekin yozmaga aylandi, bu esa zardushtiylikning 
muqaddas diniy yozmalar to‘plami bo‘lgan Avestaning birinchi yozmalarini keltirib chiqardi. Bu 
o‘tish davri miloddan avvalgi birinchi ming yillikning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi.
Zardushtiylikning shakllanish va Avestaning yozilish davriga kelib, O‘rta Osiyoda chuqur 
mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish an‘analariga ega bo‘lgan o‘troq zamindorlar va chorvadorlarning 
patriarxal jamoalari, harbiy aristokratlar va din arboblari paydo bo‘lgan edi. Avesta «jamoasi»da 
ozod jamoadorlar va tobe‘ aholi, ya‘ni «qullar» alohida o‘rin egallar edi. Biroq avesto jamoasida 
qullar yetakchi ishlab chiqaruvchi kuch emas edilar, qulchilik yordamchi mohiyatga ega edi. 
Avesta ma‘lumotlariga ko‘ra, zardushtiylar jamoa tuzumi to‘rt pog‘onali edi: 
nmana
- «uy-
oila», ya‘ni boshida katta oilali uy boshlig‘i turgan patriarxal oila; 
vis
- «urug‘, urug‘chilik 
ovuli», bunga o‘zaro qarindosh bo‘lgan barcha oilalar kirgan
zantu
- qabila va hudud, bunda 
qabila yashagan. O‘z navbatida zantu – bu o‘zaro qarindosh bo‘lgan qabilalarni birlashtirgan
baxyu
–»viloyat, mamlakat», bunga daxyu hududida qo‘shni bo‘lgan barcha urug‘lar kirgan. 
Jamiyat tizimining bu to‘rt pog‘onali sistemasi qadim zamonlarga borib taqaladi va Avesta 


matnlarida atamalarning qondoshlik mohiyati hududiy mohiyat bilan almashadi, ya‘ni «oila» va 
uning turar joyi bo‘lgan «uy» atamalari 
nmana 
«urug‘ va turar joy» atamalari bilan parallel 
ravishda ishlatila boshlaydi. 
Zardushtiylik oilasi jamiyatning eng quyi birligi bo‘lib hisoblangan. Uy-oila boshida oila 
asoschisi ota turgan. Uni 
nmanopati -
«boshliq, uy qo‘riqchisi» deb atashgan. U bilan bir 
pog‘onada xotini yoki oilaning katta ayoli – 

Download 379,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish