14-ma’ruza: Qadimgi Eron madaniyati va dini. Qadimgi sak-skif sivilizatsiyasi (2 soat) Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 379,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana15.06.2023
Hajmi379,08 Kb.
#951522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
nmanopatni
turgan. Zardushtiylik an‘analariga ko‘ra 
uy xo‘jayini diniy boshliq va oila hakami hisoblanib, Avestada 
«ratu» 
deb atalgan. Urug‘ 
otasining bu vazifasi 
«nmanya»
deb atalib, oila a‘zolarining barchasi diniy ko‘rsatmalarni 
bajarishini nazorat etishdan iborat deb hisoblangan. Shuningdek, nmanya atamasi oila va uning 
a‘zolari tinchligini asrovchi yaxshi ruhlarni ifodalash uchun ishlatilgan. 
Yana ikki homiy-ruhlar – 
brchya
va 
ushaxina
xayolan oilaning doimiy «a‘zolari» 
hisoblanib, ekinlarni va barcha oilaga ezgulik baxshida etuvchi tong sokinligini saqlashgan. 
Zardushtiylarning patriarxal oilalari, shuningdek, Avestada 
vira, vaysa 
va 
pariaytar
deb atalgan, 
teng huquqli bo‘lmagan oila azolarini o‘z ichiga olgan. 
Vira 
bir vaqtning o‘zida «erkak, navkar» 
va «qul». Zardushtning «Gata»sida 
vira
«qul» sifatida namoyon bo‘ladi. 
Vaysa
atamasi 
vis
– «urug‘» bilan bog‘liq. Ya‘ni, bu toifadagi odamlar bir vaqtning o‘zida 
ham oilaga, ham uruqqa xizmat qilishgan. 
Pariytar 
atamasiga kelsak, bu mardikorlar degani. 
Tadqiqodchilar nazarida bu toifadagi odamlar jamiyatning kambag‘allashgan qatlamlariga 
mansub bo‘lib, yashash uchun boshqa urug‘nikida ishlashga majbur. 
Yuqorida aytilganlardan tashqari, zardushtiylik jamiyati urug‘chilikning boshqa toifadagi 
atamalarini ham bilishgan, masalan, pitar «ota», maatx «ona», pusra «o‘g‘il», dxutar «qiz» va 
hokazo. Bu esa oilaviy munosabatlarning chuqur an‘anaviyligidan dalolat beradi. 
Vis yuqorida aytilganidek, umumiy ajdodga ega bo‘lgan oila-uylardan iborat bo‘lgan. 
Masalan, Zardusht Spitama urug‘idan, Faridun – Atviya, Vishtaspa – Nautra urug‘idan 
bo‘lishgan va hokazo. Visda oila-uylarning qardoshlik darajasi nabi-nazdishta «qardoshlik 
bo‘yicha yaqinlik» atamasi bilan ifodalangan. 
Vis vispati
«vis boshlig‘i» tomonidan 
boshqarilgan. Bir nechta 
vislar varzanani
– hududiy ijtimoiy birlashmani tashkil etgan. Avestada 
varzana bilan bir qatorda 
xvaitu
«o‘zimizniki, qarindosh» atamasi ham uchraydi. 
Bundan tashqari Avestada quyidagi ijtimoiy atamalar: 
shoytra
– «qabila yashaydigan 
viloyat, 
«xudu», gava-shayana, gava-shita
– « qishloq, qishloq hududi» uchraydi. 
Zardushtiylik jamoasi o‘zining barcha to‘rtta bosqichida xususiy va umumiy mulkni 
gayta
atamasi bilan ifodalagan. 
Maytana 
atamasi «urug‘, qabilaning yashash joyi» degan ma‘noni 
anglatgan. 
Zantu
qabilasi va hududi 
zantupati
– «qabila qo‘rikchisi boshlig‘i» tomonidan 
boshqarilgan. Zantupati bir vaqtning o‘zida din va huquqiy masalalar bilan shug‘ullangan. Bu 
vazifa uchun 
zantuma
atamasi qo‘llanilgan. 
Daxyu 
atamasi ostida zardushtiylik olamida katta xududiy birlik, ya‘ni qabilalar uyushmasi 
tushunilgan. Bunday daxyular ariylik va noariylikka ajratilgan, masalan, turlar daxyusi, saklar 
daxyusi. Binobarin, zardushtiylikning shakllanishida daxyu birinchi navbatda etnik jamoali 
hududiy-geografik tushunchadir. 
Ma‘muriy mohiyatiga kelsak, daxyu 
daxyupati
deb atalgan boshliq tomonidan 
boshqarilgan, uning diniy va huquqiy vazifalari 
daxyuma
deb atalgan. Daxyupati atamasi bilan 
bir qatorda 
sastar – 
«harbiy boshliq, hudud hokimi» atamasi uchraydi. Bundan tashqari 
xshayant
atamasi «hokim, boshqaruvchi» mo‘nosini anglatgan. Bir nechta daxyu bitta 
daxyusastga
birlashgan. Xuddi shunday unvon bunday birlashma hokimiga berilgan. Daxyusasti hokimligini 
daxyu uyushmasi a‘zolarining kengashi cheklagan. Bu kengash 
daxyunam
va 
fratemadato
« 
birlamchi viloyatlar kengashi» deb atalgan. Daxyusatining diniy boshlig‘i zaratushtroetoma - 
«zardushga eng o‘xshagan» deb atalgan.
Shunday qilib, zardushtiylikning tarixiy foni ijtimoiy institutlarning murakkab chatishib 
ketishlari bilan bog‘liq. Jamiyat ibtidoiy jamoa munosabatlaridan hududiy davlat 
munosabatlariga o‘tish davrini boshidan kechirmoqda edi. Bu o‘zgarishlarning barchasi ma‘lum 
ijtimoiy-siyosiy boshqaruvni g‘oyaviy asoslashni va bu g‘oya atrofida ma‘naviy birlashishni 


taqozo etardi. Dunyodagi birinchi ilohiy haqiqat dini bo‘lgan zardushtiylik ana shunday g‘oya 
bilan chiqadi. 
Zardushtiylik vatani haqidagi masala mana 250 yildirki avestolog olimlarga tinchlik 
bermaydi. Ko‘plab nuqtai nazarlar ifoda etildi, biroq XX asrning oxirgi o‘n yilligigacha bu 
muammo bo‘yicha yagona fikr bayon etilmadi. Xususan, ayrim olimlar Avesta matnlarida 
qadimiy Baqtriya tilini ko‘rishni istashdi. Bunday nuqtai nazar Baqtriya podshosi Vishtasp va 
uning mulozimlari birinchilar qatorida Zardushtiylikni qabul qilganliklari haqidagi afsona bilan 
bog‘liq. Biroq XX asr o‘rtalarida topilgan qadimiy Baqtriya matnlari (Afg‘onistondagi Surx-
Kotal yozuvlari) Avesta tilidan boshqacharoq bo‘lib chiqdi. Binobarin, zardushtiylikning vatani 
Baqtriya degan fikr tasdiqlanmadi.
Zardushtiylik adabiyotlarida («Denkard», 
«Zatspram», «Bundaxishn» va h.k.) 
izohlanuvchi zardushtiylik an‘analariga ko‘ra, payg‘ambar vatani – Ozarbayjondir. Biroq bunda 
bu nuqtai nazarga zid keluvchi ayrim hollarni hisobga olish darkor. Birinchidan, Zardusht shu 
manbalarga ko‘ra olimlar Amudaryog‘a qiyoslayotgan muqaddas daryo Ardvi sohilida tug‘ilgan. 
Bunda Ardvi-Sura Anaxita xudosi aynan Amudaryo homiysidir. Ikkinchidan, Zardusht Ardvi 
daryosi bilan bog‘liq bo‘lgan Spitama urug‘idan. O‘rta asrdagi urug‘ nomlarini nasldan naslga 
berish Zardusht urug‘i
 
Spitamaning fonetik o‘zgartirilgan va unutilgan Safed Tuman variantidir. 
Xuddi shunday Spitama (Safed Tuman) Zardushtning otasi degan fikrga jiddiy qarab 
bo‘lmaydi, chunki Zardusht otasining ismi Purushaspa bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zining 
«O‘tgan avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozganida, chamasi, zardushtiylik Sosoniylar 
davrining davlat dini sifatida shakllangan va O‘rta asr eron munosabatlari aks ettirilgan va o‘zi 
yashagan davrga yaqin bo‘lgan manbalarga tayangan. Bunday holat Eron yoki Ozarbayjonni 
zardushtiylik vatani qilib ko‘rsatishni taqozo etardi. Avesta matnlarini tadqiq etish, bu kitobdagi 
biografik ma‘lumotlarni tahlil qilish, so‘nggi o‘n yil ichida zardushtiylik vatani O‘rta Osiyo, 
xususan, Amudaryoning quyi oqimi, deyishga asos beradi. Hozirda ko‘pchilik olimlar shu nuqtai 
nazarni qabul etishdi. Ushbu masala bo‘yicha ayrim dalil va fikrlarni keltiramiz. «Zardushtiylik 
an‘analari Zardushtni Aryanam Vayedju (O‘rta asr Eronveji) – Xorazmdan chiqaradi. Dinning 
yangi g‘oyalarini targ‘ib etishning noqulay sharoiti tufayli Zardusht Aryanam Vayedjdan 
ketishga majbur bo‘ladi. U So‘g‘d, Margianani kesib o‘tib, Baqtriya poytaxti Baxdiga yetib 
keladi. U davrda Baqtriyada hukmronlik qilayotgan Vishtaspa birinchi bo‘lib Zardusht dinini – 
Mazdaiylikni qabul qiladi. Binobarin, zardushtiylik boshidanoq Baqtriyaga O‘rta Osiyodan 
keltirilgan. 
Eron hududlarida va unga tobe‘ bo‘lgan hududlarda, xususan Ozarbayjon va Midiyada 
zardushtiylik Zaratushtra vafotidan so‘ng keng tarqaldi. Ahamyenidning dastlabki shohlari Kir, 
Doriy va Artakserksga kelsak, ular Bexistun, Shakshi Rustam qoyalaridagi yozmalarida o‘zlarini 
Axur Mazdi tomonidan yuborilganliklarini bayon etib, payg‘ambar Zardusht nomini tilga 
olmaydilar. Bu vaqtda O‘rta Osiyoda allaqachon payg‘ambar nomi Axur Mazdi xudosining 
payg‘ambari sifatida ehtirom ila tilga olinardi. Avestada keltirilgan geografik ma‘lumotlar ham 
zardushtiylikning vatani O‘rta Osiyo ekanligidan yaqqol dalolat berib turibdi. Masalan, Avestada 
keltirilgan 16 mamlakatning ko‘pchiligi O‘rta Osiyo hududiga to‘g‘ri keladi. Bu Eronvej, 
so‘g‘diylar yashaydigan Gava, Vatigasya, Xvarazm, Xukarya (Nurota tog‘ tizmalaridagi 
cho‘qqi

Ardvi-Amu daryosi, Rangxa - Sirdaryo, Varukasha ko‘li -Orol dengizi va h.k.
1. Sak-skif sivilizatsiyasini o‗rganish manbalari.
2. Asosiy siyosiy voqealar.
3. Ijtimoiy hayot.
4. Sak-skif madaniyati. 

Download 379,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish