14-ma’ruza: Qadimgi Eron madaniyati va dini. Qadimgi sak-skif sivilizatsiyasi (2 soat) Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 379,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana15.06.2023
Hajmi379,08 Kb.
#951522
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
 
5.Asosiy siyosiy voqealar.
Sak-skif qabilalari ittifoqi mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmida vujudga keladi. Bu 
ittifoqqa kirgan qabilalar sharqda hozirgi O‗zbekiston, Qozog‗iston hududlaridan Volga, Don, 
Dnepr, Kavkazorti va Shimoliy Qora dengiz qirg‗oqlari hamda Yaqin Sharq tomon jadal 
siljiydilar. Ular mil.avv. VIII asrdan boshlab qadimgi Old Osiyo siyosatida faol ishtirok eta 
boshlaydilar. 
Diodor va Gerodot skiflar (saklar)ni Osiyodan Qora dengiz bo‗yiga kelganlari to‗g‗risida 
ma‘lumot beradilar. Diodor ularning asl vatani Araks (Amudaryo antik manbalarda shunday 
atalgan) qirg‗oqlarida deb guvohlik beradi. Gerodot «podsho skiflari» deb atagan sak-skiflar 
boshqa skiflar ustidan hukmron bo‗lib, ularni o‗z qullari deb hisoblaganini yozadi. Demak, kuchli 
qabila ittifoqini vujudga keltirgan yetakchi sak-skiflar davlat birlashmasidagi boshqa qaram sak-
skiflarni ustidan hukmronlik qilganlar. Gerodot hikoyalariga ko‗ra, Qora dengiz bo‗yini 
bo‗ysundirgan sak-skiflar o‗zlaridan chekingan kimmeriylarni ta‘qib qilib, Old Osiyoga bostirib 
kiradilar. Midiya bilan saklarning aloqasi azaliy edi. Mil.avv. VII asrning oxirida Orol ko‗li 
bo‗ylarida yashovchi skiflarning qandaydir guruhlari o‗zaro nizolar natijasida Midiyaga borganlar.
Midiyada ularni kutib olgan podsho Kiaksar ularga midiyalik bolalarni o‗q-yoy otishga va 
skif tilini o‗rgatishni topshirgani aytiladi.


«Shoh Artinning davrida, – deb yozadi Diodor, – Ktesiyning so‗zlariga muvofiq, parfiyanlar 
yer va shaharlarini saklarga topshirib, midiyaliklardan ajralib chiqdilar. Shunda saklar bilan 
midiyaliklar o‗rtasida urush chiqdi. Sak podsholari midiyalik asirlarni Tanaisga ko‗chirdilar. 
Ma‘lumotlarga ko‗ra, saklarning bir necha davlatlari buyuk cho‗llarda mavjud bo‗lgan.
Sharq yozuvchilari shimoldan kelgan barcha kelgindilarni «gimirri» – kimmeriylar deb 
ataganlar. Skiflar va kimmeriylar etnik va madaniy jihatdan bir-birlariga yaqin edilar. Old Osiyoga 
sak-skif va kimmeriylarning bosqini mil.avv. VIII asrdan bir necha marta yuz beradi. Shu davrdan 
boshlab, ular Old Osiyodagi davlatlar o‗rtasidagi to‗qnashuvlarda faol ishtirok etadilar. Misol 
uchun, skiflar (saklar) Osuriya bilan ittifoqda Midiyaga qarshi urushda qatnashib, uning hududida 
mil.avv. 653–624-yillarda hukmronlik qildilar. Sak-skiflar, ayniqsa, Eron Ahmoniylari davrida bu 
davlat bilan yaqin aloqada bo‗ladilar. 
Ktesiy bizga Kir tomonidan asir olingan sak podshosi Amorg va uning xotini Sparetra 
to‗g‗risida ma‘lumot beradi. Ktesiyning yozishicha, Sparetra erkak va ayollardan askar to‗plab, 
jangda Kirni tor-mor keltirgan va Amorgni ozod qilgan. Ktesiyning yozishicha, shundan so‗ng 
saklar Kir bilan ittifoq tuzganlar va Amorg Kirning dahlar hamda Midiyaga qarshi kurashida unga 
yordam bergan. 
Ahmoniylar Eroni sak-skiflarni bo‗ysundirishga bir necha bor urinib, yurishlar 
uyushtirganlar. Lekin yurishlarda forslar yengilgan. Tarixdan ma‘lumki, Kayxusrav qo‗shinlari 
massagetlar tomonidan (mil.avv. VI asr) tor-mor qilinadi. Doro I ning Shimoliy Qora dengizbo‗yi 
skiflari ustiga yurishi natijasiz tugaydi. Saklar fors qo‗shinlarini bir necha bor yengadilar (Polien, 
Shiroq). Doro I ularni mil. avv. 519-yilda qiyinchilik bilan bo‗ysundiradi. Doroning saka-
tigraxaudalarga qarshi yurishi to‗g‗risida Behustun yozuvlarida ma‘lumot keltirildi. Anchagina 
o‗chib ketgan yozuvda shunday deyilgan: «Men saka – tigraxaudalarga qarshi yurdim… katta 
daryo tomonga… O‗tdim... o‗ldirdim… boshqasini tutib olishdi va oyoq qo‗lini bog‘lab, mening 
oldimga keltirishdi. Men uni hukm qildim… nomi Skunxu edi, uni tutishdi, u yerda men o‗z 
xohishimga muvofiq boshqa odamni bosh qilib qo‗ydim. Shundan keyin mamlakat meniki 
bo‗ldi». Bu yozuvlar mil.avv. VI asrda o‗lkamizda saklarning davlati bo‗lgani, saklarning 
rivojlangan davlat va jamiyatda yashaganlaridan dalolat beradi. Doro I saklarga qarshi mil.avv. 
519-yilda yurish qilib, ularning podshosi Skunxani asir olgan. Va uning o‗rniga boshqa podshoni 
tayinlagani Behustun yozuvlarida keltirilgan. Saklar Ahmoniylar davlati bilan alohida 
munosabatda bo‗lganlar. Saklar forslarga o‗lpon to‗lagan qaram xalqlar orasida tilga olinmaydi. 
Mil.avv. IV asrda saklar forslarning ittifoqchilariga aylanadi. Saklarning harbiy san‘ati yuqori 
darajada bo‗lgan. Ular mohir chavandoz bo‗lib, fors qo‗shinlari tarkibida ilg‗or kamonchi otliq 
qismlarni tashkil qilib, qo‗shinning zarbdor qanoti edilar. Biror-bir xalq yelib borayotgan yaydoq 
ot ustida kamondan bexato nishonga urishga saklarga tenglasha olmas edi. Sak-skiflar erksevar 
xalq bo‗lib, bosqinchilar tazyiqiga doimo munosib zarba berar, o‗z mustaqilliklarini e‘zozlar 
edilar. Mil.avv. 339-yilda makedoniyalik Filipp II skif qo‗shinlari bilan to‗qnashadi. Skif 
qo‗shinlariga ularning 90 yoshli podshosi Atey boshchilik qiladi. 
Sak-skiflarning katta-katta davlat birlashmalari mil.avv. I asrlargacha Osiyo va Yevropa 
dasht-cho‗llarida jiddiy harbiy-siyosiy kuch bo‗lgan. Mil.avv. III asrdan milodiy IV asrgacha 
O‗rta Osiyo Volga bo‗yi va Uralda yashagan ko‗chmanchi qabilalar (tarixiy adabiyotda sarmatlar) 
kichli qabilalar ittifoqini tuzdilar. Ular Kavkaz oldi tekisligi, Don va Shimoliy Qora dengiz 
cho‗llarini o‗zlashtirdilar. Sharqiy Yevropa cho‗llari egallanib, sarmatlar siyosat maydonida kuchli 
mavqeni egalladilar. Bosfor podsholigidagi o‗zaro urushlarga aralashdilar. Sarmat podshosi Gatal 
mil.avv. 179-yil Kichik Osiyo shahar-davlatlar ittifoqiga qo‗shildi. Mil.avv. I asrda sarmatlar Pont 
podshosining Rimga qarshi ittifoqchisi bo‗ldi. Sarmatlar bu davrda O‗rta Osiyodagi davlatlar, 
ayniqsa, Xorazm bilan juda yaqin iqtisodiy-siyosiy hamkorlikda bo‗ldilar. Sak-skiflarning o‗z 
qo‗shnilari bilan munosabatlari murakkab, shu bilan birga barqaror bo‗lgan. Ular qo‗shni o‗troq 
qabila-xalqlar bilan muntazam ayirboshlash, oila-nikoh, madaniy-etnik aloqalarda bo‗lganlar. 
O‗rta Osiyo, Qozog‗iston va boshqa atrof hududlarda etnik birliklar yashagan, ko‗chmanchi va 
o‗troq turmush tarzida kun kechirganlar. Sak-skiflarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti natijasida 


so‗g‗diylar, xorazmiylar, farg‗onaliklar, parfiyaliklar, baqtriyaliklar deb nomlangan etnik yaxlitlik 
vujudga kelgan. Boshqacha aytganda, hozirgi O‗rta Osiyo hududida xalqlarning etnik genezisida 
ham sak-skif etnosi qatnashgan. Kelgusi turkiy xalqlarning shakllanishida ham sak-skiflar ustuvor 
o‗rinni egallaydilar. Bu jarayon ularning turmush tarzi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy rivojlanishida 
o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. 
Sibir, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Qora dengizbo‗yi sak-skiflari o‗troqlashuv jarayonini 
boshdan kechirdilar. Lekin ularning bir qismi ko‗chmanchi chorvador, ovchi va baliqchi turmush 
tarzini saqlab qoldilar. Mil.avv. II asrdan Sharqiy Yevropa tomon O‗rta Osiyo, Uraldan siljigan 
sak-skiflarning bir qismi bo‗lgan sarmatlar yoki savromatlar Dnepr qirg‗oqlarini egalladilar. Ular 
Dneprning o‗ng qirg‗oqini ham o‗zlashtirib, bu yerdagi skiflarning bir qismi qirib tashladilar. 
Qolgan bir qismi o‗zini saqlab qoldi. Sarmatlar o‗zlariga qarindosh bo‗lgan skif madaniyatini 
o‗zlashtirdilar. 

Download 379,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish