17-bob. Iqtisodiy o‘sish va milliy boylik



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana16.03.2022
Hajmi0,99 Mb.
#498543
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIK

Xulosalar: 
1. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va ziddiyatli jarayon 
hisoblanib, u asosan iqtisodiy o‘sishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish bevosita 
yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq hajmi va aholi jon boshiga hamda 
iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatining 
yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. 
2. Iqtisodiy o‘sish sur'atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan 
qo‘llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu 
qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YAIM hajmini 2 
baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik 
o‘sish sur'atiga bo‘lish kerak bo‘ladi.
3. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab 
chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish 
omillari miqdorining ko‘payishi orqali o‘sish ekstensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi. 
Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab 
chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, 
shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li 
bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi.
4. Iqtisodiy o‘sishga ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga 
ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy 
resurslarning miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy kapital 
(asosiy fondlar) ning hajmi; texnologiya va fan-texnika taraqqiyotini kiritish 
mumkin. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli 
mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi 
omillar taqsimlash omillari deyiladi. 
5. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning 
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli 
1
Янгиланиш ва барқарор тараққиёт йўлидан янада изчил ҳаракат қилиш, халқимиз учун фаровон турмуш 
шароити яратиш – асосий вазифамиздир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2006 
йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2007 йилда иқтисодий 
ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси 
мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2007 йил 13 февраль.


376 
iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga 
ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy 
muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab 
chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
6. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan 
yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual 
hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish