18-Mavzu. Turizmni iqtisodiy yuksalishini prognoz qilish


Davlat daromadlariga ko‘shiladigan xissa



Download 21,8 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi21,8 Kb.
#892376
1   2   3   4
Bog'liq
18-mavzu

Davlat daromadlariga ko‘shiladigan xissa. Bu mexmanxonalardan olinadigan turli xil turistik yig‘imlar, aeroport yig‘imlari, bojxona bojlari, turistik korxonalar va ularning xodimlaridan olinadigan daromad soliqlari, shuningdek turistik ob’ektlarning ko‘chmas mulkidan olinadigan soliqlarni o‘z ichiga oladi.
Turizmning miqdoriy baholab bo‘lmaydigan afzalliklaridan yana biri shundan iboratki, butun jamiyat foydalanishi mumkin bo‘lgan transport ob’ektlari va xizmatlarini, shuningdek infrastrukturaning boshqa elementlarini tuzish va mablag‘ bilan ta’minlashni asoslashda yordam beradi. SHuningdek turizm iqtisodiyotning boshqa sektorlarin rivojlantirishda kotalizator bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Agar turizmning rivojlanishi puxta nazorat qilinmasa, muayyan iqtisodiy kapital cheklangan bo‘lsa, keyinchalik mahalliy korxonalar tomonidan sotib olish sharti bilan rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida turistik ob’ektlarni chet elliklarga egalik qilishlari uchun topshirish mumkin.
Yirik Mehmonxonalarni boshqarish uchun xalqaro Mehmonxonalar kompaniyalariga berilishi, mamlakat bir qism daromaddan maxrum bo‘lishiga olib keladi. Pekin shu bilan birga ularni professional boshqarish, xalqaro marketing va bronlashtirishni ta’minlaydi. Transparsional menejmentga yo‘l ochib berish to‘g‘risidagi qaror har bir mamlakatdagi konkret sharoitlarga qarab qabul qilinadi. SHuningdek mahalliy turistik firmalarga chet ellik turistlarni qabul qilish imkonini berish hamda horijiy turoperatorlar tomonidan mahalliy xizmat ko‘reatishga to‘sqinlik kilmaslik lozim.
Prognozda iqtisodiy foydani kuchaytirishda turizmni prognozlashtirishga ko‘proq axamiyat berish lozim. Turizm sektori uchun tegishli kadrlar tayyorlab berish yo‘li bilan turizm sohasida mahalliy ish bilan bandlikni rag‘batlantirish mumkin. Ba’zi joylarda turizm sohasida ishlashga nisbatan ma’lum darajada ijtimoiy qarshiliklar yuzaga kelishi mumkin. SHunday vaqtlarda aholi ko‘tasida turizm sohasida ishlash hurmatli va munosib kasb ekanligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilishi kerak.
Kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar o‘rta va yuqori rahbar kadrlarni tayorlash darajasida ham olib borilishi, va oxir-oqibatda bunday raxbarlik lavozimlarini mahalliy xodimlar ham egallay olishiga imkoniyat yaratilishi lozim, Tayyor kadrlar fondi yaratilgandan keyin turistik ob’ekt va korxonalarga mahalliy - xodimlarni ishga olish majburiyati yuklanadi. CHet ellik raxbar xodimlarni mahalliy xodimlar bilan almashtirish jarayoni bosqichma -bosqich amalga oshirilishi va uzoq muddatga cho‘zilishini e’tiborga olish lozim.
Turistik harajatlar hajmini ko‘paytirish uchun turli usullarni qo‘llash mumkin. Ko‘pgina joylarda harid qilish uchun (Ayniqsa, mahalliy san’at predmetlari va halk amaliyoti mahsulotlarini) ko‘proq imkoniyatlari yaratish mumkin. Turizm faoliyat turlarini kengaytirish mumkin, masalan, turli hordik chikaruvchi va qiziqarli sayoxatlar tashqil etish mumkin. Bunga qizikqan turistlar tashrif muddatlarini yana chiqishlarini hoxlab qoladilar. Ko‘p rivojlangan turistik hududlarda turizmni kengaytirish va sifatini oshirishning muhim aspekta - bu turistik mahsulotni boyitish va diversifikagiya qilishdir.
Turizmni asta-sekin rivojlantira borib er va tovarlar narxining kesish muammosini yumshatish mumkin. Bunga iqtisodiyotda yangi holatlarga o‘rganish uchun ko‘proq vaqti yuzaga kelishi natijasida erishiladi. SHuning bilan birga, bu mahalliy aholiga turistik faoliyatda samarali ishtirok etish uchun moslashish va o‘rganishga imkon yaratadi.
Turizmda iqtisodiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. «Model» so‘zi lotincha bo‘lib, namuna degan ma’noni anglatadi. Fanda model o‘rganilayotgan ob’ektning biror turdagi shartli obrazi (shakli), «prognozlash» esa iqtisodiy yoki ijtimoiy jarayonlarni anglatadi.
Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob’ektni yoki jarayonni boshlang‘ich o‘rgnish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini ajratish , modelning nazariy va tajribaviy (eksperemental) tahlili, modellashtirish natijalarini ob’ekt hakidagi haqikiy ma’lumotlar bilan solishtirish, modelni korrektirovkalash hamda oydinlashtirish kabilar asosida model ko‘rishni tashqil etadi.
Ijtimoiy va iqtisodiy modellar optimallashtirish mezonlari yoki kutilayotgan eng yahshi natijaga qarab tasniflanishi mumkik
Vaqt omili hisobga olinganda modellar statistik ( ya’ni, model chegarasi ma’lum bir vaqt bo‘lagi deb o‘rnatiladi va harajatlar minimallashtiriladi) yoki dinamik (bunda model chegarasi bir necha vaqt kesmalari uchun o‘rnatilib, harajatlar minimallashtiriladi yoki yakuniy natija maksimallashtiriladi) bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy modellarni quyidagicha turlarga ajratish qabul qilingan: omilli (omilli), tarkibiy (strukturaviy) va aralash, halk ho‘jaligi rivojlanish ko‘rsatkichlarini yigish darajasiga qarab makroiqtisodiy, tarmoqlararo, rayonlararo, tarmoqli, regyonal modellar bo‘lishi mumkin. Halk ho‘jaligining rivojlanish jixatlariga qarab modellar asosiy fondlar, mexnat resurslari, moliya tizimi hamda narx shakllanishi kabi turlarga bo‘linishi mumkin.
Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichli darajasi va dinamikasining unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar - sabablar darajasi va dinamikasiga bog‘liqligini tavsiflaydi.
O‘zgaruvchan iqtisodiy modellar ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) kabi turlarga ajratiladi. Masalan, omil bo‘lsa mexnat resurslarining borligi endogen omili dir.
Omilli modellar turli o‘zgaruvchilarni va ularga mos keladigan parametrlarni o‘z tarkibiga oladi. Omilli modellarning eng oddiy ko‘rinishi - bu, bir omilli model bo‘lib, unda istalgan vaqtinchalik parametr omil hisoblanadi. Mazkur holda biror ko‘rsatkich tahlili va prognoz vaqti xronologik qatorga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi va shu yo‘l bilan trendlar (qaysi bir dinamik qator o‘zgarishining umumiy tendendiyasini harakterlovchi bog‘liqdik) aniklanadi.
CHiziqli va keng chiziqli (kelineynoe) tipidagi ko‘p omilli modellar prognozlashtirilayotgan ko‘rsatkich dinamikasini va darajasiga ta’sir etuvchi bir necha omillarni bir vaqitning o‘zida hisobga olish imkonini beradi. Buda modellarga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalarini tavsiflovchi modellar, aholi daromadi va narxga bog‘liq ravishda ayrim iste’mol tavarlariga talabni tahlil etish modellari misol bo‘la oladi.
Tarkibiy modellar ikkita - butun yoki agregatni tahlil etuvchi alohida elementlar orasidagi agyuka va bog‘liqlikni tavsiflaydi. Bunday modellar tarkibiy balans tipidagi modellar bo‘lib, bunda biror qatorda uning elementlari orasidagi bog‘liqdik ko‘rib chiqiladi.
Mahsulot xom ashyo nomeklaturasiga qarab modellar bir natijali va ko‘p natijali kabi turlarga bo‘linadi.
Birinchi guruxga tarmoqda ishlab chikariladigan yoki shu tarmoqda is’temol qilinadigan boshqa resurs yoki hom ashyo mivdoriga bitta chegara qo‘yilgan modellar kiradi.
Ikkinchi guruxga xom ashyo yoki boshqa resurs iste’lomi uchun butun tarmoq bo‘yicha ishlab chikariladigan mahsulot talabiga ikki yoki undan ko‘p cheklanishlar ko‘yilgan modellr kiradi.
Transport omilining ta’sir etish darajasiga ko‘ra, tarmoqli, optimal prognozlashtirish modellari ikki turga bo‘linadi: ishlab chiqarish -transport modeli ( transport omili e’tiborga olinmaydi) va ishlab chiqarish -transport modeli (transport omili e’tiborga olinadi).

Download 21,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish