2-Mavzu: O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy ahvoli va mustaqilligining e’lon qilinishi. Reja


O‘zbekiston mustaqil davlat. SSSR tanazzulga uchragach



Download 324,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana09.02.2022
Hajmi324,24 Kb.
#439101
1   2
 
O‘zbekiston mustaqil davlat. SSSR tanazzulga uchragach
O‘zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to‘la o‘z qo‘liga olishga 
kirishdi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga 
juda qisqa muddatda Respublikaning Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun 


loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi 
muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991-yil 26-avgust 
kuni «O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‘g‘risida» qonun loyihasini 
tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI 
sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 
1991-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy Nazorat 
komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning 
SSSRda 19–21-avgust kunlari sodir bo‘lgan fojiali voqealar va respublika partiya 
tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. 
Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni 
to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy 
organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 
1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan 
tashqari tarixiy VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov 
nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy 
voqealarni, davlat to‘ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston 
taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. 
Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 
e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi. 
Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy 
Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi: 
«Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik 
Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren 
davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon 
qiladi». 
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini 
e’lon qilish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda: 
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti 
tasdiqlansin va respublika bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi deb atalsin; 
2) 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 
1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy 
belgilab qo‘yildi. 
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi 
asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab 
berdi. Qonunda: 
• O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan 
birga, mustaqil, demokratik davlatdir; 
• O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat 
hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik 
idoralari tizimi orqali amalga oshiradi; 


• O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat 
va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil 
belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z 
xohish-irodasini, erkini bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas; 
• Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va 
hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari 
O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb 
qonunlashtirilib, belgilab qo‘yildi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini mustahkamlashda Prezident I.A. 
Karimovning 1991-yil 6-sentabrda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining 
Mudofaa ishlari vazirligi tuzish to‘g‘risida»gi Farmoni alohida ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va 
Milliy gvardiya tuzildi. O‘zbekiston hududidagi harbiy kommisiyalar, barcha harbiy 
garnizon va qismlar, chegara qo‘shinlari bo‘linmalari, havo hujumiga qarshi harbiy 
qisimlar, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qo‘shinlari va boshqa turdagi 
qo‘shinlar respublikamiz tasarrufiga olindi. O‘zbekiston hududidan tashqarida 
xizmat qilayotgan harbiy zobit va askarlarimiz Vatanimizga qaytarildi. 
O‘zbekistonlik yigitlarimizning Ittifoqda xizmat qilishlariga chek qo‘yildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr 
kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi 
qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi moddalari «O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunning moddalariga 
zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo‘yildi. 
SHunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‘yobga chiqdi. 
Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida 
yana bitta mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbek xalqi 
tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy 
ahamiyatga molik bo‘lgan voqea sodir bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln 
kishini tashkil etgan. 2014-yilda aholi soni 31 milliondan ortdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda bo‘lgan VIII 
sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi 
masalani ko‘rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991-yil 29-dekabr, 
yakshanba kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida» 
referendum hamda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish 
to‘g‘risida» qarorlar qabul qilindi. 
Referendumda ovoz berish bulleteniga masala quyidagicha kiritildi: «O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?» SHuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. 


1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Referendumda 9 
898 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz 
berishda qatnashganlarning 98,2 foizi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 
ma’qullaymiz, deb ovoz berdi. O‘zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, 
uning butun tarixiy taraqqiyoti natijalaridan kelib chiqadigan obektiv va qonuniy 
hodisadir. 
Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat’iyatliligi, 
uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi tinch, demokratik, 
parlament yo‘li bilan ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga 
oshdi. 
Islom Karimov O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. 1991-yil 29-dekabr kuni 
muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. 
Prezidentlikka nomzod Islom Abdug‘anievich Karimov uchun 8 514 136 kishi yoki 
ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Markaziy Saylov Komissiyasi 
saylov yakunlarini ko‘rib chiqib, I.A. Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblashga qaror qildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil yanvarda bo‘lgan navbatdan 
tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: «O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz 
xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga 
kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, 
zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman!» 
2000-yil 9-yanvarda, 2007-yil 30-dekabrda, 2015-yil 29-martda muqobillik 
asosida to‘g‘ridan to‘gri umumxalq Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Bu saylovlar 
natijasida Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
lavozimiga saylandi. Islom Karimov O‘zbekiston Respub likasining umumxalq 
tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir. 
Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yoziladigan o‘sha kunlarga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, ayni o‘sha paytda yosh, mustaqil O‘zbekiston hukumati 
mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyoti uchun hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab muhim hujjatlar qabul qilganining guvohi bo‘lamiz. 
Misol uchun, 5-sentabrda imzolangan Toshkent shahridagi Lenin nomidagi 
maydonni Mustaqillik maydoni deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr kuni imzolangan 
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida”gi Prezident 
farmonlari va boshqa muhim siyosiy hujjatlar shular jumlasidandir. 
Davlat ramzlari va Konstitutsiya. O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini 
mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo‘lib, davlat ramzlari belgilab 
olindi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i o‘n ikkinchi chaqiriq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda 
tasdiqlandi. Davlat bayrog‘i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat 
qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan 


holda, respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va 
madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi. 
O‘zbekistonning Davlat gerbi o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Kengashining X sessiyasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilindi. Gerbning 
markazida qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va 
erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Humo qushi o‘zbek xalqi 
orasida odamlarni baxt-saodatga etaklovchi kuch ramzi sifatida e’zozlab kelingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o‘n ikkinchi chaqiriq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 10-dekabrda 
qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, 
musiqasi O‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan. 
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat 
barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil 
O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etdi. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan 
O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo‘lgan II sessiyasidayoq yangi 
Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiyada 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya 
loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy komissiya 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. 
Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon 
tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda 
qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir 
Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi 
Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 
1992-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi 
umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom 
etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 
1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq 
muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga 
olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli 
bo‘ldi. Prezident I.A. Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga 
rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi. 
Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasi O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. 
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar 
kiritdilar. SHunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-
dekabr umumxalq bayrami – «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni», 
deb e’lon qilindi. 


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat. U 
«Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi 
asoslari to‘g‘risida»gi qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida 
to‘la mujassamlashtirdi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor 
xalqimizning xohish irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to‘plangan 
eng ilg‘or konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz 
xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi konstitutsiyalar 
esa markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan 
ko‘chirib olinar edi. SHuning uchun ham yangi Asosiy qonunimiz mustaqil 
O‘zbekistonning I Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida uning 
mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarni bilib olishga ahamiyat berish zarur. 
• O‘zbekiston Konstitutsiyasining muhim tamoyili davlat suverenitetidir. 
Davlatimizning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir 
ma’noni anglatadi. 
• Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir. 
• YAna bir konstitutsiyaviy tamoyil – davlat hokimiyatining uch mustaqil 
tarmoqqa bo‘linishidir. O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. 
• Asosiy Konstitutsiyaviy tamoyillardan biri demokratiyaga sodiqlikdir. 
Kontitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida 
umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. 
• O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati 
va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan. 
• YAna bir Konstitutsiyaviy tamoyil – Konstitutsiya va qonunlarning 
ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan 
olinadi», – deb belgilab qo‘yilgan. 
Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining butun 
hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasining millati, 
elatidan qat’iy nazar barcha fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari 
belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi 
mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda 
qonunchilikning rivojlanishi uchun huquqiy islohotlar uchun asos bo‘lib qoldi. 
YUzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq 
muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal 
qilinmoqda. 
Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartiishlar va qo‘shimchalar. 2003-yil 24–25-aprel 
kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI 
sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va 


qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi qonun loyihasi muhokama qilindi va qabul 
qilindi. Mazkur qonunga binoan Konstitutsiyaga O‘zbekison Respublikasi Oliy 
Majlisi ikki palatadan: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat dan (yuqori palata) 
iborat bo‘lishi haqida o‘zgartirishlar kiritildi. Prezidentlik muddati 7 yil ga uzaytirildi. 
Prezidentning vakolat muddati tugasa, umrbod Senat a’zosi lavozimini egallashi 
belgilandi. 
2007-yil 11-aprelda qabul qilingan qonunga binoan Konstitutsiyaning 89-
moddasidan Prezident ijro etuvchi hokimyat boshlig‘i – Vazirlar Mahkamasining 
Raisi ekani to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi. 89-moddada «O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining 
kelishilgan holda faoliyat yuritishini va hamkorlikni ta’minlaydi», deb belgilab 
qo‘yildi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasining ikkinchi qismi 
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar 
hokimini qonuniga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi», deb 
o‘zgartirildi. 
2011-yil 18-aprelda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim 
moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. 
Mazkur qonunga binoan Konstitutsiyaning 98-moddasiga «O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasining saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rinini olgan siyosiy partiya yoki teng 
miqdordagi deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi. 
Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining 
yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga 
binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi...», degan 
o‘zgartirishlar kiritildi. SHuningdek, Oliy Majlis Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik 
votumi berilishi mumkinligi ham Konstitutsiyada belgilab qo‘yildi. 
2011-yil 12-dekabrda qabul qilingan qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi 90-moddasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 5 yil muddatga 
saylanadi, degan o‘zgartirish kiritildi. 
Muxtasar qilib aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari 
o‘rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta taqsimlanadi. Kiritilgan 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, 
hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, 
saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qiladi. 

Download 324,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish