2. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va uning o`lchash usullari


-rasm. Mehnat unumdorligini oshirishga ta’sir etish omillarni guruhi



Download 42,63 Kb.
bet2/3
Sana30.06.2022
Hajmi42,63 Kb.
#718474
1   2   3
Bog'liq
XOLIQULOVA MOHINUR KURS ISHI MEHNAT UNIMDORLIGI 331uuuuuuuuuuuuuuu

2.1-rasm. Mehnat unumdorligini oshirishga ta’sir etish omillarni guruhi.1
Moddiy-texnik omillar - ishlab chiqarishda yangi texnika va ilgʼor texnologiyalarni qoʼllash, xomashyo va materiallarning yangi turlarini ishlatish bilan bogʼliqdir. Moddiy-texnik omillar ishlab chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilishni nazarda tutadi:
Modernizasiya – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (ish va xizmatlar) raqobatbardoshligini oshirishga yoʼnaltirilgan ishlab chiqarishni texnologik yangilanish jarayonidir. U korxonalarning texnologik qoloqligini bartaraf etish vositasi boʼlib, mehnat, moddiy va xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish darajasiga keskin taʼsir koʼrsatadi. Modernizasiya, texnik va texnologik yangilash natijalari yuqori texnologik, raqobatbardosh ishlab chiqarishning jadal rivojlanish shartini belgilab beradi.
Diversifikasiya esa yuqori qoʼshilgan qiymat oʼsish dinamikasini taʼminlaydigan mahsulot va xizmatlar assortimentining oshish va kengayish jarayonidir. Diversifikasiya jarayoni iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilayotgan modernizasiya va tarkibiy oʼzgarishlar bilan bevosita uygʼunlashgan hodisasidir.
Ishlab chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilish asosida takomillashtirish quyidagi yoʼllar bilan amalga oshiriladi:
• eskirib qolgan ishlab chiqarish vositalarini yangi, unumliroqlilari bilan almashtirish, ishlab chiqarishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish
• yangi texnologiyalarni, ayniqsa zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ishlab chiqarishga keng joriy qilish.
Mehnat unumdorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri ishlab chiqarishning texnologiyasini takomillashtirish hisoblanadi. Bu mahsulot ishlab chiqarishning texnikaviy usullarini, ishlab chiqarish usullarini, texnika ositalaridan foydalanish usullarini qamrab oladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishning asosiy yoʼnalishlari sifatida quyidagilar koʼrsatiladi:
• ishlab chiqarish davriyligini kamaytirish;
• ishlab chiqarishda mehnat sigʼimini kamaytirish;
• ishlab chiqarish jarayonlari uzviyligini taʼminlash;
•ishlab chiqarish operasiyalarini bajarish vaqtini kamaytirish va boshqalar.
Mehnat unumdorligiga taʼsir koʼrsatadigan eng muhim ijtimoiyiqtisodiy omillar quyidagilardan iboratdir:
• mehnat faoliyati natijalaridan moddiy va maʼnaviy manfaatdorlik;
• xodimlarning umumiy va kasbiy tayyorgarligi, malakasi va tajribasi;
• xodimlarning mehnatga munosabati, mehnat intizomi, tashabbuskorligi;
• ishlab chiqarish vositalariga egalik shaklining oʼzgarishi;
• xodimlarning korxonani boshqarishda ishtirok etishlari va boshqalar.
Mehnat unumdorligini oshirishda ijtimoiy iqtisodiy omillarning rolini oshirishda umumiy maqsad yoʼlida jimslashgan mehnat jamoasini shakllantirish alohida ahamiyatga egadir. Mehnat jamoasi – birgalikda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan odamlarni birlashtirgan alohida ijtimoiy birlikdir. U barqaror amal etadigan va rivojlanishga qodir boʼlgan mehnat tashkilotining ijtimoiy asosini tashkil etadi. 
Jipslik, barqarorlik, bilim va malaka darajasi, xodimlarning mehnat va ijtimoiy faolligi, ijtimoiy hayotdagi roli kabi asosiy mezonlar mehnat tashkilotining samaradorligini taʼminlaydigan mehnat jamoasi holatini ifolaydi. Mehnat jamoasi bitta ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlarda birgalikda ishtirok etish bilan bogʼliq boʼlgan, uzoq davom etadigan oʼzaro munosabatlar asosida shakllanadi
Mehnat jamoasi aʼzolari oʼzaro munosabatlarining predmeti, bir tomondan, aniq bir ishlab chiqarishda belgilab qoʼyilgan mehnat funksiyalarining oʼziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan, mehnat jamoasiga nisbatan tashqi hisoblangan, xodimlarning ijtimoiy roli va maqomi, ularning jamiyat hayotda ishtirok etishlari bilan bogʼliq. 
Mehnat jamoasi xodimlarning birgalikdagi mehnat faoliyati natijasidagina samarali boʼlishi mumkin. Bunday oʼzaro munosabatlarning shakllari va vositaliri korxona ishga tushgan zahoti emas, balki hamkorlikdagi mehnat jarayonida asta-sekin shakllanib, xodimlarni muayyan ijtimoiy birlikka aylantiradi. 
Mehnat jamoasini shakllantirish va rivojlantirish vazifasini muvvaffaqiyatli hal etish xodimlarni tanlash, yollash, ular mehnatini baholash, muntazam attestasiyadan oʼtkazish, ularning uzluksiz bilim va malakasini oshirish, kasbida va mansabda oʼsishini boshqarish, korporativ madaniyatni shakllantirishni toʼgʼri yoʼlga qoʼyishga bogʼliq.
Mehnat jamoasi tashkil etilishining maqsadiga erishish uchun xodimlar saʼy-harakatlarini birlashtirish talab etiladi, bu esa jamoaning maqsadi har bir shaxsning maqsadiga aylanishini talab etadi.
Haqiqiy mehnat jamoasi faqat ishlab chiqarish faoliyati bilangina emas, shuningdek, ijtimoiy hayotning boshqa sohalariga taalluqli faoliyat bilan ham birlashgan boʼladi. Bunday mehnat jamoasida muhim ijtimoiy ehtiyojlar: korxonani boshqarishda va qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, har bir xodim salohiyatini toʼla namoyon qilish, madaniy va maʼnaviy qadriyatlardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Mehnat unumdorligini oshirishning tashkiliy-institusional omillariga korxonalar, shu bilan birga iqtisodiyot tarmoqlari va umuman milliy iqtisodiyot darajasida ishlab chiqarishni tashkil etish kiradi. Bunda korxonalarning mintaqalarda joylashtirilishi, ularning ixtisoslashtirilishi va kooperasiyalashishi, moddiy–texnik va quvvatga oid taʼminot, transport va taʼmirlash xizmatini yoʼlga qoʼyish katta ahamiyatga ega.
Korxonaning oʼzida mehnat unumdorligi darajasiga ishlab chiqarishni tashkil etishda rivojlanayotgan bozor talablarini hisobga olgan holda joriy va istiqbolli rejalashtirish, ishlab chiqarishni tashkiliy–texnik tayyorlash, mavjud texnika vositalarini modernizasiya qilish, ularning uzluksiz ishlashi va moddiy–texnik taʼminotni yoʼlga qoʼyish taʼsir koʼrsatadi.
Barcha tashkiliy tadbirlar bir–birlari bilan uzviy bogʼliq boʼlib, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvning yagona tizimini tashkil etadi. Mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi kamchiliklar bilan bogʼliq ish vaqtining barcha yoʼqotishlari mehnat unumdorligi darajasini pasaytiradi, ish vaqti yoʼqotilishining kamayishi esa uning oʼsishini taʼminlaydi.
Korxonada mehnatni tashkil etishni takomillashtirish – bu xodimlarning mehnat jarayonida ishlab chiqarish vositalari bilan hamda oʼzaro munosabatlarini umumiy maqsadga erishish uchun samarali mehnat foaliyatini amalga oshirish uchun barcha shart–sharoitlarni yaratishdir.
Zamonaviy ishlab chiqarish xodimlar kasb malakasini muttasil oshirib borishni talab qiladi. Shu maqsadda korxonalarda xodimlarning malakasini oshirish tizimi yaratiladi. Bu tizim malaka oshirish kurslaridan iboratdir.

Mehnat unumdorligini o‘lchash murakkab vazifa bo‘lib, bunga bir tomondan, unumdorlik kategoriyasining ko‘pqirraliligining dinamikasi ko‘p sonli o‘sish omillariga (bevosita va bilvosita, korxona tomonidan bo‘lgan va undan tashqarida bo‘lgan omillarga) bog‘liqligi, ikkinchi tomondan esa, unumdorlikni faoliyatning boshqa muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash talabi sabab bo‘ladi. 70-80yillar mehnat unumdorligini hisoblash usulini takomillashtirish sohasidagi ishlar ikki yo‘nalishda olib borildi.



Download 42,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish