243Mavzu: Pul aylanmasi va uning tuzilishi. Reja: Naqd pul aylanmasi nima? 2



Download 40,23 Kb.
bet3/7
Sana07.04.2022
Hajmi40,23 Kb.
#534384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PUL V BANK ONLAYN

Nazorat uchun savollar:
1.Naqd pul aylanmasi nima?
2. Naqd pullar aylanmasi va uning tarkibiy qismi.
3. Naqd pul muomasidagi pul harakati.
4. Naqd pullarning tijorat bankidan chiqish harakati.
5. Markaziy bankka qaytib kelish harakati.


Uyga vazifa:Pul aylanmasi va uning tushilishini o’rganish.


1.Naqd pul aylanmasi nima?
2. Naqd pullar aylanmasi va uning tarkibiy qismi.
3. Naqd pul muomasidagi pul harakati.
4. Naqd pullarning tijorat bankidan chiqish harakati.
5. Markaziy bankka qaytib kelish harakati.
Mavzu: Naqd pulsiz pul aylanmasi, uni tashkil qilish tamoyillari.


Reja:1.Naqd pulsiz hisob- kitoblarning tamoyillari.
2. Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo;lgan ishonchi.
3. Naqd pulsiz hisob- kitob shakllari.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni
bir necha yuz minglab naqd pulli va naqd pulsiz operatsiyalar amalga oshiriladi.
Ushbu operatsiyalarning 85 – 90 foizi, ayrim rivojlangan mamlakatlarda 98 – 99
foizi naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar tijorat banklarining ichki va
tashqi vakillik hisobraqamlari orqali, elektron to‘lov tizimi yordamida,
mijozlarning hisobvaraqlarida buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishda amalga
oshiriladi. Mamlakatimiz bank tizimida 1997 yil mart oyida joriy etilgan elektron
to‘lov tizimi banklararo amalga oshirilayotgan to‘lovlarni juda qisqa daqiqalar
ichida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu davlat idoralari va korxonalari,
aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi to‘lovlarni naqd pulsiz
ko‘rinishda amalga oshirishga juda keng qulayliklar yaratilganligidan dalolat
beradi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi
lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq:
– naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala
tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim;
– mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va
kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida
hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi;
– bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning
hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. Mijozning hisobvarag‘ida
mablag‘ bo‘lmagan holatda uning hisobvarag‘idan undirish to‘g‘risida inkasso
topshiriqnomasi (o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat byudjetiga
o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq
idoralari tomonidan, byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan
to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan
holatlarda), to‘lov talabnomalar kartoteka 2 ga kirim qilinadi va belgilangan
tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi;
– bank naqd pulsiz hisob – kitoblarni faqat mablag‘ egasining topshirig‘i
asosida belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq egasining hisobida
mablag‘lar etarli bo‘lmagan holatlar bundan mustasno;
– mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng mablag‘
oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi;
– to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan belgilangan naqd
pulsiz hisob – kitoblarning shakllarini qo‘llagan holda, tegishli to‘lov hujjatlari
orqali amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli va to‘lovlarni amalga oshirishning
tartibi tovar sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot hamda uni sotib oluvchi
o‘rtasida tuziladigan shartnomada aniq va batafsil belgilab qo‘yiladi.
Bankda mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish uchun asos
bo‘ladigan hujjatlarning elektron nusxalari mijozning hisobvarag‘i xizmat
ko‘rsatadigan buxgalteriya xodimi tomonidan imzolanadi hamda to‘lashga qabul
qilish va to‘lash sanalari ko‘rsatilgan holda o‘ziga biriktirilgan shtamp bilan
tasdiqlanadi.
Yuqorida qayd etganimizdek, mamlakatimiz pul aylanmasi tarkibida naqd –
pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ayrim mamlakatlarga nisbatan yuqoriroq
miqdorni tashkil etadi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini oshirishga qator
omillar ta’sir qiladi. Xususan:
1.Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo‘lgan ishonchining
yuqoriligi. Agar yuridik va jismoniy shaxslar banklarga nisbatan ishonchi yuqori
darajada bo‘lmasa, banklarga naqd pullarni topshirishga bo‘lgan moyilligi
pasayadi, hisob – kitoblarni naqd pullarda amalga oshirishga intiladi.
2.Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsienti darajasining tegishli me’yori
ta’minlangan bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning etarli darajada pul bilan
ta’minlanganlik darajasi monetizatsiya koeffitsienti asosida aniqlanadi.
Monetizatsiya koeffitsienti mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan aniqlanib,
xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlarning fikrlariga ko‘ra uning miqdori,
o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda kamida 60 foizdan iborat bo‘lishi
lozim. Agar mamlakatda monetizatsiya koeffitsienti ushbu miqdordan past bo‘lsa
iqtisodiyotda pul taqchilligi, tijorat banklarida likvid mablag‘lar va resurslarning
etishmasligi, kreditlar va omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarining yuqoriligi
kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi;
3.Tijorat banklarining resurslarga bo‘lgan ehtiyojining etarli ravishda
qondirilmasligi. Ma’lumki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan
pullar o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga qaytib kelmasligi banklarning resurs
bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oqibatida tijorat banklarining real sektorni
kreditlash uchun yo‘naltirayotgan resurslarning taqchilligi, omonatlarga
to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o‘z navbatida naqd pulsiz
hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi.

Download 40,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish