3 i-bob monopoliya


Monopoliyaga qarshi qonunchilik



Download 256,5 Kb.
bet12/15
Sana24.06.2022
Hajmi256,5 Kb.
#699984
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
8.Monopoliya, uning turlari va xususiyatlari

2.3. Monopoliyaga qarshi qonunchilik
Monopoliyaga qarshi qonunchilik — davlatning monopoliyaga karshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga ko`ra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yonalishlar boyicha shakllandi. Birinchidanq, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu yqonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig`ini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha katta korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining ma`lum cheklangan miqdoridan ortig`iga ega bo`la olmasligi belgilab qo`yiladi. Uchinchidanr, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.Mamlakatming monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib bo`lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. 1992-yilda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Monopoliyagat karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996-yil 15-mayda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi tashkil etildi. 2000-yil 2-avgustda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasini tashkil etish to`g`risida"gi farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qo`mitasiga aylantirildi.Raqobatni shakllantirishdaq iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo`lgan sohalardagir korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo`jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim o`rin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin bo`lishini, ularning faoliyati tijoratlashgan bo`lishini nazarda tutadi. tBozor iqtisodi-yotiga o`tish davrida raqobatning asosiy usuli narx bo`lganligi sababli, narxlarni erkin qo`yib yuborish raqobatli muhitni uvujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda O`zbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash to`g`risida"gi qonun (1992-yil 3-avg ust kuni) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonungae ko`ra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni mo-nopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to`sqinlik qilish, raqobatning g`irrom usullarini qo`llash man etiladi.
Respublikaday monopoliyalar ro`yxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan: a) monopol mavqedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik ichegarasini belgilab qo`yish; ) o`z monopol mavqeini suiiste`mol qilgan monopolik birlashmalarni bulib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi.O`zbekiston Respublikasining "Iste`molchilarningo huquqlarini himoya qilish tug`risida" (1996-yil 26-aprel) qonuni asosida g`irrom raqobatga, shu rjumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yo`l qo`ymaydiganu mexanizmni yaratishga ham alohida e`tibor berilgan.O`zbekiston rRespublikasining "Tovar cbozorlarida monopolistax faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida" qonuni (1996-yil 27-dekabr) monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiiste`mol qilishning oldini olish va mo-nopoliyadan chiqarish va sog`lom yraqobat muhitini yaratish maqsadlarini ko`zlaydi.r Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. shu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy monopoliyalar" deb ataladi. O`zbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar to`g`risida"gi qonunida (1997-yil 25-aprel; yangi tahrirda 1999-yil 19-avgust ) respublikada tabiiy monopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. O`zbekistonda iqtisodiy islohlarning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar to`g`risidagi qonunchilik takomillashtdi.

Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish