3-ma‟ruza (2 soat) 5-mavzu. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish


-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana03.04.2022
Hajmi0,51 Mb.
#525988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
3-ma'ruza (1)

15-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining 
auditi
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni 
muhofaza qilish tizimining holatini baholash bo„lib, ushbu audit ish beruvchining 
qaroriga binoan o„tkaziladi va quyidagilarni o„z ichiga oladi: 
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza 
qilish masalalari bo„yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ 
hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash; 
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab 
chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini 
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash; 
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va 
kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab 
chiqish. 
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni 
muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari 
tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 
31-modda. Kasaba uyushmalarining, xodimlar boshqa vakillik organlarining 
mehnatni muhofaza qilishni ta‟minlash borasidagi huquqlari
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza 
qilish sohasida vakillikni, shuningdek xodimlarning huquqlari va qonuniy 


manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi. 
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek 
xodimlarning o„zi mehnatni muhofaza qilish bo„yicha vakil etgan shaxslar 
quyidagi huquqlarga ega: 
tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat 
sharoitlari va muhofazasi to„g„risida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha 
baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari haqida axborot olish; 
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok 
etish; 
xodimlarning hayoti va sog„lig„iga xavf tug„ilgan hollarda ishlarni to„xtatib turish, 
shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf 
etish to„g„risida ish beruvchiga takliflar kiritish; 
mehnatni muhofaza qilish holatini o„rganish, ish beruvchilarning jamoa 
shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish 
bo„yicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish; 
ishlab chiqarish ob‟ektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinash hamda 
foydalanishga qabul qilish bo„yicha komissiyalar ishida mustaqil ekspert sifatida 
ishtirok etish, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish; 
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo„yicha texnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab 
chiqishda ishtirok etish; 
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda, ishlab chiqarishdagi 
baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish 
to„g„risidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat qilish; 
mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog„liq holda mayib bo„lishi yoki sog„lig„ining 
boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararning o„rni qoplanishi 
uchun hamda xodimlarning sog„lig„i va mehnati muhofaza qilinishiga bo„lgan 
huquqlari cheklangan boshqa hollarda xodimning huquqlarini himoya qilib sudga 
murojaat etish; 
mehnatni muhofaza qilish to„g„risidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalarida va 
kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi, shuningdek mehnat 
sharoitlarining o„zgarishi bilan bog„liq mehnat nizolarini ko„rib chiqishda ishtirok 
etish. 
Mehnatni muhofaza qilish bo„yicha vakil etilgan shaxsga o„z zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqti 
ajratiladi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) bo„yicha o„rtacha oylik ish haqi 
saqlanadi. 
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza 
qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshiradi, bosh kelishuvlar, tarmoq va 
hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari tuzishi mumkin. 
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek 
xodimlarning o„zi mehnatni muhofaza qilish bo„yicha vakil etgan shaxslar qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo„lishi mumkin. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish