4-Mavzu: XVII asr o`rtasi XX asr boshida Eron (2-soat) Reja


 yildagi aksilinqilobiy to’ntarish. Eron  I-jahon urushi arafasida va



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana11.07.2021
Hajmi0,52 Mb.
#115921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-Mavzu

     4.9.1908 yildagi aksilinqilobiy to’ntarish. Eron  I-jahon urushi arafasida va 

urush yillarida.               

Ingliz-rus  bitimi  Erondagi  aksilinqilobchilarning  kuchayishiga  olib  keldi. 

Kuzda  shohga  sodiq  qo’shinlar  va  aksilinqilobchi  qurolli  to’dalar  Tehronga 

keltirila  boshlandi.  Noyabr  oyida  shoh  majlisdan  anjumanlar  faoliyatini 

to’xtatilishini  qat’iy  talab  qildi.  Bu  aholi  noroziligini  keltirib  chiqardi.  Fidoyilar 

otryadlari  majlisni  himoya  qilib  chiqdilar.  SHoh  chekinishga  majbur  bo’ldi, 

aksilinqilobiy  to’ntarish  amalga  oshmadi.  Lekin  majlis  tarkibining  ko’pchiligini 

tashkil qilgan liberallar shoh bilan til biriktirish yo’lidan bordilar. 

Shoh inqilobga yangi zarba berishga tayyorlandi. U 1908 yil iyun oyining 

boshida kazak brigadasi himoyasida poytaxtni tashlab chiqib, shahar tashqarisidagi 

saroylardan  birini  aksilinqilobiy  fitna  qarorgohiga  aylantirdi.  22  iyunda  shoh 

Tehronni  qamal  holatida  deb  e’lon  qildi  va  kazak  brigadasi  komandiri  rus 

polkovnigi  Lyaxovni  poytaxtning  harbiy  gubernatori  qilib  tayinladi.  23  iyunda 

harbiy  qismlar  va  artilleriya  majlis  binosini  qurshab  oldi,  uning  himoyachilari 

kurashda  halok  bo’ldi.  Shoh  majlis  va  anjumanlarning  tarqatib  yuborilganligini 

e’lon  qildi.  Majlisning  so’l  deputatlari  va  anjumanlarning  rahbarlari  qatl  qilindi 

yoki turmalarga tashlandi. 

Aksilinqilobiy  to’ntarishni  Angliya  va  Rossiya  hukumatlari  faol  qo’llab-

quvvatladilar.  Liberal  deputatlar  olib  borgan  siyosat  bu  to’ntarishni  amalga 

oshishini  osonlashtirdi.  Majlisning  bir  qancha  deputatlari  oshkora  holda  shoh 

tomoniga o’tib ketdi. 

Lekin  1908  yil  23  iyundagi  aksilinqilobiy  to’ntarish  inqilobning  yakuni 

bo’lmadi. U inqilobiy kurashning yangidan yuksalishi uchun signal bo’lib xizmat 

qildiki,  endilikda  Tabriz  va  Ozarbayjon  provintsiyalari  bu  kurashning      markazi 

bo’ldi.  

Tabriz  anjumani  amalda  mahalliy  hokimyat  ustidan  o’z  nazoratini 

o’rnatgan edi. Iyun aksilinqilobiy to’ntarishi davrida Tabriz anjumaniga rahbarlik 

qilayotgan liberal elementlar qochib ketdilar.  Lekin inqilobiy burjuaziya vakillari 

va shahar aholisi kurashni davom ettirdi. Tabriz demokratlariga fidoyilar otryadlari 

komandirlari  Sattor  va  Bakir  rahbarlik  qildilar.  Ular  aksilinqilobchi  kuchlarga 

qarshi  kurashni  tashkil  qildilar.    Tabrizning  katta  qismi  fidoyilar  qo’lida  qoldi. 

Shaharni boshqarish uchun yangi anjuman tashkil etildi. 

1909  yilda  shoh  qo’shinlari  yana  Tabrizga  hujum  boshladilar,  lekin  uni 

jang bilan ololmagach, qamal qilishga o’tdilar. Shaharda ochlik boshlandi. 

Tabrizliklarning  qat’iy  mudofaasi  Angliya  va  Rossiya  hukumatlarini 

tashvishga  solib  qo’ydi  va  ular  oshkora  interventsiya  yo’liga  o’tdilar.  Janubda 




26 

 

ingliz  qo’shinlari  bir  qator  aholi  punktlarini  egalladi.    Rus  qo’shinlari  chet  el 



fuqarolarini  himoya  qilish  va  qamalda  qolgan  aholiga  oziq-ovqat  etkazib  berish 

bahonasi  ostida  1909  yil  25  aprelda  chegaradan  o’tdilar  va  to’rt  kundan  keyin 

Tabrizga  kirib  keldilar.  Ular  1910  yil  martigacha  Tabrizda  qolgan  Sattor  va 

Bakirga  qarshi  oshkora  chiqishga  jur’at  eta  olmadilar.  Lekin  shaharning  rus 

qo’shinlari tomonidan okkupatsiya qilinishi qo’zg’olonning tugatilishiga olib keldi. 

Anjuman  rus  qo’shini  qo’mondonining  taziyqi  ostida  fidoyilarning  bir  qismini 

tarqatib yuborishga majbur bo’ldi. 

Tabriz  qo’zg’oloni  Eronning  boshqa  hududlaridagi  inqilobiy  harakatning 

rivojlanishiga  katta  ta’sir  ko’rsatdi.  1909  yil  boshidan  inqilobning  yangidan 

yuksalishi boshlandi, bu davrda xalq ommasining faolligi ancha oshdi. Lekin faqat 

Ozarbayjondagi  harakatlardagina  inqilobiy  demokratlar  rahbarlikni  o’z  qo’llariga 

oldilar, boshqa hududlarda esa inqilobiy harakat rahbarligi liberallar qo’liga o’tgan 

edi. 

Konstitutsiya  qabul  qilinganidan  keyin  liberal  pomeshchiklar  va  yirik 



savdogarlar inqilobdan chetlasha boshladilar. 

1909  yil  yanvar-mart  oylari  davomida  Isfaxon,  G’ilyon,  Resht,  Bushir, 

Bandar-Abbos  va  boshqa  shaharlarda  hokimyat  qo’zg’olonchilar  qo’liga  o’tdi  va 

kuchlar  nisbati  inqilob  foydasiga  o’zgardi.  1909  yil  bahorida  Eronning  turli 

viloyatlaridan kelgan fidoyilar Tehronga hujum boshladilar. 

13  iyulda  G’ilyon  fidoyilari  va  baxtiyorlar  qabilalarining  birlashgan 

qo’shini  kazak  brigadasini  tor-mor  qildilar  va  aholi  yordamida  Tehronni 

egalladilar.  Shoh  Muhammadali    bestga  o’tirishga  majbur  bo’ldi,  u  Rossiya 

elchixonasidan boshpana topdi. Eron taxtiga uning 14 yoshli o’g’li Ahmad o’tirdi. 

Muhammad Ali umrbod yiliga 100 ming tuman miqdorida nafaqa oladigan bo’ldi 

va chet elga (Rossiyaga) chiqib ketdi. 1906-1907 yil konstitutsiyasi qayta tiklandi. 

G’ilonlik yirik pomeshchik sipohdor boshchiligida vaqtli hukumat tuzildi. 

1909  yil  noyabrda  ikkinchi  majlis  ochildi,  bu  majlis  saylovlarida  xalq 

ommasining faqat 4 foizi ishtirok etdi, majlis tarkibida hunarmandlarning vakillari 

yo’q edi. Ikkinchi majlis birinchi majlisdan farq qilgan holda mamlakat hayotida 

progressiv rol o’ynay olmadi. U inqilobni cheklash va jilovlash yo’lidan bordi. 

1910 yil martida Eron hukumati Angliya va Rossiyaning ultimatum tarzida 

qo’ygan  talablarini  bajarib,  Sattor  va  Bakirning  fidoyilar  otryadlarini 

qurolsizlantirdi. 

Hukumat tashqi siyosatda imperialistik davlatlar bilan til biriktirish yo’liga 

o’tdi.  Hukumat  chet  ellik  mustamlakachilarga  qarshi  kurashish  o’rniga    turli 

davlatlar o’rtasida tilyog’malik qilish siyosatini olib bordi. 

Eron  hukumati  1910  yilning  oxirida  mamlakat  moliyasini  qayta  tuzish  va 

tartibga solish uchun AQSHdan maslahatchilar yuborishni iltimos qildi.  




27 

 

AQSH  Eronga  Morgan  Shuster  boshchiligida  missiya  yubordi.  U  davlat 



bosh  xazinachisi  lavozimini  egallab,  cheklanmagan  vakolatlarga  –  hukumatning 

moliya  sohasidagi  faoliyatini  nazorat  qilish,  soliqlar  va  davlatning  boshqa 

daromadlarini kuzatib borish, pul emissiyasini kuzatib borish kabilarga ega bo’ldi. 

Shuster  shoh  hokimyatidan  mustaqil  bo’lgan  o’z  ma’muriy  apparatini 

tuzishga  harakat  qildi.  Tehronda  Shusterning  ko’rsatmalarini  bajarmagan 

amaldorlarni  qamab  qo’yish  uchun  maxsus  gauptvaxta    tashkil  qilindi.  U  Eron 

qurolli kuchlarini ham o’ziga bo’ysundirishga harakat qildi. 

1911 yil iyulida Eronning sobiq shohi Muhammad Ali soxta nom bilan rus 

paroxodida  Eronga  keldi.  Rus  hukumati  uni  maxfiy  ravishda  qo’llab-quvvatlab 

turdi. U bir necha ming kishini yollab, Tehronga yurish boshladi. Sobiq shohning 

Eronda  paydo  bo’lishi  xalq  ommasi  g’azabini  keltirdi.  Butun  mamlakat  bo’ylab 

mitinglar  va  namoyishlar  bo’lib  o’tdi.  Yana  fidoyilar  otryadlari  tuzildi.  1911  yil 

kuzida  hukumat  qo’shinlari  va  fidoyilar  otryadlarining  birlashgan  kuchlari 

Muhammadali  boshchiligidagi  isyonni  bostirdilar. Muhammad  Ali  yana  chet  elga 

qochdi. 

Muhammadali  isyonining  barbod  bo’lishi  ichki  reaktsiya  kuchlari 

yordamida  inqilobni bostirib bo’lmasligini  ko’rsatdi.  Bu  vaqtga  kelib  Eronga o’z 

qo’shinlarini  kiritgan  Angliya  va  Rossiya  inqilobni  bostirishni  o’z  zimmasiga 

oldilar.  

1911 yil noyabrida inglizlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Rossiya Eron 

hukumatidan  Shusterni  iste’foga  chiqarilishini  va  bundan  keyin  Angliya  va 

Rossiyaning  roziligisiz  chet  ellik  maslahatchilarni  Eronga  taklif  qilmaslikni 

ultimatum  tarzida  talab  qildi.  Majlis  bu  talabni  rad  etdi.  Rus  hukumati  bunga 

javoban  Ozarbayjon,  G’ilyon  va  Xurosonga  katta  qo’shin  yubordi.  Bu  qo’shin  

Eron  ko’ngillilarining  qarshiligini  sindirib,  mamlakat  shimolidagi  inqilobni 

bostirdilar. Mamlakat janubida ingliz qo’shinlari ham shu ishni amalga oshirdilar. 

1911  yil  dekabrida    politsiya  va  baxtiyorlar  otryadlari  Tehronda  aksilinqilobiy 

to’ntarishni  amalga  oshirdilar.    Majlis  tarqatib  yuborildi,  anjumanlar  va  so’l 

gazetalar yopildi. Eron inqilobi bostirildi. 

Eron  inqilobi  mag’lubiyatga  uchrasada  u  Hojarlar  sulolasiga  va  feodal 

tuzumga  qattiq  zarba  berdi,  keng  xalq  ommasining  feodalizm  sarqitlari  va  chet 

ellik  mustamlakachilarga  qarshi  kurashi  uchun  siyosiy  ongining  uyg’onishiga 

yordam  berdi. Eron  inqilobi  o’z navbatida  Sharqdagi  boshqa  mamlakatlarga katta 

ta’sir ko’rsatdi.  

Birinchi  jahon  urushi  boshlanib  ketgach  Eron  o’zining  betarafligini  e’lon 

qilgan bo’lsada, uning hududi urushayotgan tomonlar o’rtasidagi jang maydoniga 

aylandi. 



28 

 

Turk  bosqinchilari  va  ularning  xo’jayinlari  bo’lgan  Germaniyaning 



hukmron doiralari Eronga bostirib kirishdan oldin Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo, 

Afg’oniston,  Hindistonning  shimoli-g’arbiy  hududlari,  Misr  va  boshqa 

mamlakatlarni  bosib  olish  kabi  xayoliy  rejalarni  tuzgan  edilar.  Lekin  yashin 

tezligida urush olib borish rejasining barbod bo’lishi va Evrlopada yuzaga kelgan 

ikki  frontda  uzoqqa  cho’ziladigan  kurashning  boshlanishi  nemislarning  Eronga 

qarshi  katta  qo’shin  tashlash  imkoniyatini  bermadi.  Shuning  uchun  ham  nemis 

razvedkasi 

va 


diplomatiyasi 

Eronda 


xalq 

ommasini 

ingliz 

va 


rus 

mustamlakachilariga  qarshi  qo’zg’ashga  zo’r  berib  urindi.  Nemislar 

ikkiyuzlamachilik  bilan  o’zlarini  Eronning  va  butun  musulmonlarning  do’stlari 

qilib  ko’rsatishga  urindilar.  Turk  sultoni  va  xalifasi  esa  butun  musulmonlarni 

Angliya va Rossiyaga qarshi  “muqaddas urush”ga  da’vat etdi. Nemis razvedkasi 

bu da’vatni va boshqa varaqalarni yashirin holda Eronda tarqatar edi. Nemislar bu 

varaqalarda hatto Vilgelm II islom dinini qabul qilganligi haqidagi soxta gaplarni 

tarqatishdan ham qaytmadilar. 

Lekin  Eronda    “muqaddas  urush”ga    da’vat  kutilgan  natijani  bermadi, 

chunki Eron burjuaziyasi, pomeshchiklar va amaldorlarning katta qismi ingliz-rus 

sarmoyasi bilan bog’liq va unga qaram edi.  

Turklar  1914  yil  noyabrida  Eron  Ozarbayjoniga  bostirib  kirdilar.  Ular 

o’zlari  bosib  olgan  hududlarda  ommaviy  talonchilik  va  ozarbayjonlar,  kurdlar, 

armanlarni  ommaviy  qirish  siyosatini  amalga  oshirdilar.  Lekin  turklarning  bu 

yerdagi hukmronligi uzoqqa cho’zilmadi. Rus qo’shinlari Kavkaz frontida turklarni 

mag’lubiyatga  uchratib,  Eronga  kirib  kela  boshladi.  Rus  qo’shinlari  1915  yil 

fevralda Tabrizni egalladilar, turk qo’shinlari Ozarbayjondan quvib chiqildi, lekin 

Eron g’arbidagi bir qator hududlar ular qo’lida qoldi. 

Nemis  agentlari  1915  yil  boshida  Eron  janubidagi  qabilalarning 

qo’zg’olonini ko’tarishga muvaffaq bo’ldilar. Baxtiyorlar qabilalari Angliya-Eron 

neft  kompaniyasining  neft  quvurlarining  bir  qismini  buzib  tashladilar.  Nemislar 

tomonidan  tashkil  qilingan  qurolli  otryadlar  Janubiy  Eronning  bir  qancha 

shaharlarini  qo’lga  kiritdilar.  1915  yil  kuziga  kelib  Kermanshoh  va  Hamadonni 

egallagan tark qo’shinlari ham o’z hujumlarini boshladilar. 

Germaniya imperializmi Hindiston chegaralarida o’rnashib qolishga intilib, 

Afg’onistonni o’ziga ittifoqchi qilib olish uchun u yerga nemis-avstriya-turk harbiy 

missiyasini yubordi, lekin Afg’onistonni urushga tortishga muvaffaq bo’lmadi. 

Nemislar  va  ularning  ittifoqchilari  bo’lgan  turklarning  Eronga  hujumi 

poytaxtdagi vaziyatga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Nemislar tomonidan sotib olingan 

saroy  amaldorlari  va  feodal  zodagonlarning  bir  qismi  Germaniyaga  hayrixoh 

edilar. Pomeshchiklar bilan bog’liq bo’lgan va juda zaif bo’lgan Eron burjuaziyasi 



29 

 

xalqqa  suyanishga  qo’rqardi  va  ingliz-rus  mustamlakachilariga  qarshi  kurashish 



uchun nemislar yordamiga ko’z tikkan edi. 

Uzoq  tanaffusdan  keyin  chaqirilgan  majlisda  demokratlar  ko’pchilikni 

tashkil etardi va majlis 1914 yil oxiriga kelib Germaniya-Avstriya-Turkiya blokini 

yoqlab chiqishga qaror qildi. 

Bunga javoban Angliya va Rossiya Eronga yangi harbiy qismlarni jo’natdi. 

Inglizlar  turklarni  va  baxtiyorlar  qabilalarini  neft  quvurlari  hududidan  haydab 

chiqardilar.  1915  yil  oktabrida  general  Baratov  boshchiligidagi  rus  qo’shinlari 

Tehron  tomon  yurish  qilib,  Qazvinni  egalladi.  Noyabr    oyida  shoh  ingliz    va  rus 

elchilarining  taziyqi  ostida  germanparast  majlisni  tarqatib  yubordi.  Tarqatib 

yuborilgan majlisning bir guruh deputatlari va ishdan bo’shatilgan vazirlar nemis 

elchisi  va  turk  harbiy  attashesi  kuzatuvida  Qum  shahriga  kelib,  bu  yerda  milliy 

muvaqqat  hukumat  tuzilganligini  e’lon  qildilar.  Rus  qo’shinlarining  hujumi 

natijasida  bu  hukumat  turklar  tomonidan  bosib  olingan  Kermonshoxga  qochib 

o’tishga majbur bo’ldi. 

1916  yil  oxiriga  kelib  inglizlar  mamlakat  janubidagi  inglizlarga  qarshi 

ko’tarilgan isyonlarni bostirishga muvafffaq bo’ldilar. 

1917  yil  boshiga  kelib  Eronning  barcha  hududi:  shimol  rus  qo’shinlari 

tomonidan,  g’arb  nemis-turk  qo’shinlari  tomonidan,  janub  inglizlar  tomonidan 

bosib olingan edi. 

Urush yillarida Angliyaning Erondagi mavqei juda kuchaydi. Angliya-Eron 

neft  kompaniyasining  faoliyati  kengayib,  neft  qazib  olish  1913  yildagi  80  ming 

tonnadan 1919 yilda 1 100 ming tonnaga etdi. Kompaniya davlat ichidagi davlatga 

aylandi,  u  o’z  qo’riqlash  xizmati,  politsiyasi,  maktablariga  ega  edi.  Janubiy 

Erondagi qo’zg’olonlar  bostirilgach,  ko’chmanchi  qabilalarning  ko’pchilik  feodal 

rahbarlari  inglizlar  xizmatiga  o’tdilar.  Angliyaning  Eron  hukumatiga  ta’siri  ham 

kuchaydi,  hukumatni  1916  yil  avgustdan  boshlab  inglizlar  tarafdori  bo’lgan 

Vosug’ ad-Davla boshqarar edi. 

Harbiy  harakatlar  mamlakatni  og’ir  ahvolga  soldi.  Bosqinchilar 

dehqonlarning  oziq-ovqat  va  chorva  mollarini  tortib  oldilar.  Pomeshchiklar  soliq 

va  majburiyatlarni  ko’paytirdilar.  Ekin  maydonlari  hajmi  va  chorva  mollari  soni 

keskin  qisqardi,  mamlakatda  ocharchilik  yuz  bera  boshladi.  Ko’pgina 

provintsiyalarda kasallik epidemiyalari avj oldi. 

Birinchi  jahon  urushi  davrida  Sharqdagi  ko’pchilik  mustamlaka 

mamlakatlarda  sanoat  rivojlanishi  ro’y  bergan  bo’lsa  Eronda  buning  aksi  bo’ldi. 

Sanoat inqirozga yuz tutib, burjuaziyaning mavqei pasaydi, ishchilar soni kamaydi

mamlakatning  turli  hududlari  o’rtasidagi  iqtisodiy  aloqalar  uzilib  qolib,  feodal 

tarqoqlik kuchaydi. Shohning markaziy hukumati faqat nomigagina saqlanib qoldi. 



30 

 

1916  yil  oxiridan  Eronda  imperializmga  qarshi  chiqishlar  kuchaydi. 



Ko’pgina    shahar  va  qishloqlarda  bosqinchilarga  va  ularning  malaylariga  qarshi 

kurashga  da’vat  etuvchi  varaqalar  paydo  bo’ldi.  Varaqalarda  chet  ellik 

bosqinchilarga  sotilgan  amaldorlar  va  xonlarni  o’ldirishga,  feodallarning 

mulklarini yo’q qilishga da’vat etildi. 



 

 

 



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish