4-Mavzu: XVII asr o`rtasi XX asr boshida Eron (2-soat) Reja


Xalq ommasining chiqishlari. Burjua-millatchilik harakatining



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana11.07.2021
Hajmi0,52 Mb.
#115921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-Mavzu

4.7.Xalq ommasining chiqishlari. Burjua-millatchilik harakatining 

boshlanishi. 

Xalq  ommasi  muhtojligi  va  azob-uqubatining  kuchayib  borishi  chet  el 

mustamlakachilari  va  feodal  zulmga  qarshi  qaratilgan  stixiyali  chiqishlarni 

kuchaytirdi.  Ana  shunday  chiqishlardan  biri  1891  yilda  ro’y  bergan    “tamaki 

isyoni”  bo’ldi.   

Angliyaning  Talbota  kompaniyasi  1890  yilda  Eronda  tamaki  etishtirish, 

qayta ishlash, sotib olish va sotish bo’yicha 50 yil muddatga kontsessiya olgan edi. 

Talbotaning tamaki monopoliyasi Eronda tamaki etishtiruvchi, uni qayta ishlovchi, 

tamaki  savdosi  bilan  shug’ullanuvchi,  qolaversa  uni  iste’mol  qiluvchi  aholining 

manfaatlariga  katta  zarar  keltirdi.  1891  yilda  Tabriz,  Isfaxon,  Sheroz  va  boshqa 

shaharlarda  tamaki  monopoliyasiga  qarshi  isyonlar  boshlandi.  Isyonchilarni 

ruhoniylarning  yuqori  qatlami  ham  qo’llab-quvvatladi,  ular  kontsessiya  bekor 

qilinmaguncha musulmonlarga tamaki iste’mol qilishni taqiqlab qo’ydilar. 

Tehronda  qo’zg’olonchilarga  qarshi  qo’shin  tashlandi,  to’qnashuvda 

o’lganlar  va  yarador  bo’lganlar  bor  edi.  Xalq  ommasining  talabi  ostida  shoh 

Talbota  kompaniyasiga  berilgan  tamaki  kontsessiyasini  bekor  qilishga  majbur 

bo’ldi va kompaniyaga 500 million funt sterling jarima to’ladi. 

Mamlakatda  shakllanib  kelayotgan  milliy  burjuaziya  ham  mavjud 

tuzumdan  norozi  edi.  Savdogarlar  va  liberal  pomeshchiklar  bilan  bog’langan 

eronlik  ziyolilar  burjua-millatchilik  g’oyalarining  dastlabki  mafkurachilari  edilar. 

Yozuvchi,  publitsist  va  diplomat  Malkomxon  ularning  ichida  eng  ko’zga 

ko’ringani edi. Malkomxon Eronni konstitutsion monarxiyaga aylantirish tarafdori 

edi.  Shoh  hukumati  uni  Erondan  uzoqlashtirish  maqsadida  Londonga  elchi  qilib 

yubordi.  U  Londonda  ham  o’zining  muxolifatchilik  faoliyatini  davom  ettirgani 

uchun  ishdan  bo’shatildi.  Malkomxon  Londonda  qolib,    1890  yilda  shoh 

hokimyatiga  muxolifatda  bo’lgan dastlabki gazeta –  “Qonun”    gazetasini  chiqara 

boshladi. 

Eron  taraqqiyparvar  ziyolilarining  chet  ellardagi  katta  qismi  bu  gazeta 

atrofiga birlashib, Turkiya, Hindiston, Suriya va boshqa hda o’z gazetalarini nashr 

qila  boshladilar.  Bu  gazetalar  Erondagi  shoh  hokimyatining  mustabid 

boshqaruvini,  davlat  amaldorlarining  sotqinligi,  poraxo’rligini  fosh  qilib,  shoh 



18 

 

hokimyatini cheklab qo’yish, konstitutsion monarxiya o’rnatish va xususiy mulkni 



himoya qilish huquqlarini talab qilib chiqdilar. 

Eronning  chet  ellardagi  matbuoti  shohni  kapitalistik  davlatlarga 

sotilganlikda  ayblab,  chet  davlatlarning  mustamlakachilik  siyosatlarini  qattiq 

qoralab chiqdi. Bu gazetalar uncha katta bo’lmagan miqdorda Eronga kirib kelardi 

va omma orasida katta obro’-e’tiborga ega edi. 

Bu  davrda  Eron  ruhoniylari  va  mayda  burjuaziyasi  orasida  panislomizm 

g’oyalari,  ya’ni  musulmon  xalqlarini  yagona  islom  imperiyasiga  birlashtirish 

g’oyalari  keng  tarqala  boshladi.  Sayid    Jamoladdin  al  Afg’oniy  panislomizm 

g’oyasining asoschisi edi. Eron panislomchilari mamlakatni chet elliklar asoratiga 

solinishiga  qarshi  edilar  va  Eron  feodal  davlatini  mustaqil  holda  saqlab  qolishga 

intilardilar. 

Panislomizmning  bosh  mafkurachisi  bo’lgan  Sayid  Jamoladdin  Afg’oniy 

Eronni panislomizm harakatining markaziga aylantirish va shohni o’z ta’siri ostiga 

olish  uchun  80-yillar  boshida  Tehronga  keladi.  Uning  mamlakatdagi  tartib 

qoidalarning tanqid ostiga olishi va bir qator islohotlar o’tkazish haqidagi talablari 

shohning  noroziligiga  duch  keldi  va  1890  yilda  Jamoladdin  Afg’oniy  Turkiyaga 

surgun  qilindi  va  shu  yerda  vafot  etdi.  Eronda  uning  ko’pgina  izdoshlari 

turmalarga  tashlandi,  ozodlikda  qolganlari  esa  maxfiy  tashkilotlar  tuzib,  o’z 

faoliyatlarini davom ettirdilar. 

Hokimyat  tomonidan  panislomchilarning  ta’qib  ostiga  olinishiga  javoban 

panislomchilar  yashirin  tashkilotining  a’zosi  Rizo  Karmoniy  1896  yil  may  oyida 

Eron shohi Nasriddinshohni o’ldirdi. Bu terrorchilik harakati mamlakatda sezilarli 

o’zgarishlarga  olib  kelmasada  mamlakatdagi  umumiy  siyosiy  vaziyatning 

keskinlashib borayotganligidan darak berardi. 

Shohning  o’limi  haqidagi  xabar  Tehronda  vahimani  keltirib  chiqardi. 

Hokimyat amalda kazak brigadasi komandiri polkovnik Kosagovskiy qo’liga o’tdi. 

Rus  diplomatiyasining  faol  yordami  natijasida  1896  yil  iyunda  taxtga  o’lgan 

shohning  irodasiz  o’g’li  Muzaffariddin  chiqarildi.  Nasriddinshohning  o’limidan 

keyin panislomchilarni taqib qilish yanada kuchaydi. 

Muzaffariddin  hukmronligi  ham  ilgarigi  boshqaruv  tartiblariga  hech 

qanday  o’zgarishlar  kiritmadi.  Davlat  apparatida  eski  amaldorlar  saqlanib  qoldi. 

Eron xalqini talash va mamlakatni chet elliklarga sotish davom etdi. 




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish