4-Mavzu: XVII asr o`rtasi XX asr boshida Eron (2-soat) Reja


Eronda 1905-1911 yillardagi inqilob. 1907 yildagi ingliz-rus bitimi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana11.07.2021
Hajmi0,52 Mb.
#115921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-Mavzu

         4.8.Eronda 1905-1911 yillardagi inqilob. 1907 yildagi ingliz-rus bitimi. 

Eronning  yarim 

mustamlakaga  aylanishi    bu  yerda  tovar-pul 

munosabatlarining  rivojlanishi  va  kapitalistik  ukladning  shakllanishi  bilan  birga 

bordi. XX asr boshiga kelib Eronda bir qancha to’qimachilik, gugurt, qog’oz ishlab 

chiqarish korxonalari, uncha katta bo’lmagan elektr stantsiyalari bor edi. Lekin bu 

yerda  sanoat  taraqqiyoti  Hindiston  va  Xitoyga  nisbatan  sekinlik  bilan  rivojlandi. 



19 

 

Eronliklar  tomonidan  tashkil  qilingan  korxonalarning  ko’pchiligi  ko’p  o’tmasdan 



chet  elliklar  raqobatiga  dosh  berolmay  yopilardi  yoki  chet  elliklar  qo’liga  o’tib 

ketardi.  Bu  yerda  kapitalistik  munosabatlarning  ancha  zaif  rivojlanganligi,  feodal 

tarqoqlik  sarqitlarining  kuchli  darajada  saqlanib  qolganligi,  aholi  tarkibida  ko’p 

qabilalik  va  ko’p  elatlilikning  mavjudligi  burjua  millatining  shakllanishini  ham 

qiyinlashtirardi. 

Angliya va Rossiya  hukumatlari XX asr boshiga kelib Eron shohini yangi 

asoratli  zayomlar  to’g’risidagi  bitimlarni  imzolashga  majbur  qildilar.  Bu  bitimlar 

ingliz  va  rus  tovarlaridan  olinadigan  bojlarni  bekor  qildi  yoki  juda  kamaytirdi. 

Ingliz  va  rus  tadbirkorlari  Eronda  yangi  kontsessiyalarga  ega  bo’ldilar.  Shoh 

hukumati  1901  yilda  ingliz  fuqarosi  Vilyam  Noks  d’Arsiga  neft  qazib  olish 

bo’yicha kontsessiya berdi.  d’Arsi korxonasi Eron hududining  5/6 qismida neft 

qazib  olish  huquqiga  ega  bo’ldi  va  ingliz  imperialistlari  uchun  juda  katta 

ahamiyatga ega bo’lib, tez orada   “Angliya-Eron neft kompaniyasi”ga aylandi. XX 

asr  boshida  Eronni  Angliya  va  Rossiya  o’zaro  taqsimlab  olib,  uni  yarim 

mustamlakadan mustamlakaga aylantirish xavfi yuzaga keldi. 

Bog’dod  temir  yo’lining  qurilishi  munosabati  bilan  German 

imperializmining  ham  Eronga  qiziqishi  kuchaydi.  Shaharlarda  nemis  savdo 

firmalari ochila boshlandi. Germaniya  monopoliyalari Angliya va Rossiyani siqib 

chiqarishga va Eronda o’rnashib olishga harakat qildi. 

Mamlakatda hukm surayotgan Xojarlar sulolasining feodal zulmi ham Eron 

ishlab  chiqaruvchi  kuchlarining  taraqqiyotiga  g’ov  bo’layotgan  edi.  Chet  elliklar 

hukmronligi  va  Hojarlar  zulmini  ag’darib  tashlamasdan  turib  Eron  iqtisodi  va 

madaniyatini,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  yuksalishini,  davlat  mustaqilligi  va 

yaxlitligini tiklab bo’lmas edi. 

XX asr boshiga kelib Eronda chet el mustamlakachilariga va feodal zulmga 

qarshi  kurash  boshlagan  ijtimoiy  kuchlar  tashkil  topayotgan  edi.  Mamlakat 

aholisining  katta  qismini    o’z  yeridan  mahrum  bo’lgan,  chet  elliklar  va 

pomeshchiklar tomonidan qattiq asoratga solinayotgan dehqonlar tashkil qilardi. 

Eron proletariati esa asosan mayda yarim kustar korxonalarning kam sonli 

ishchilaridan tashkil topgan bo’lib, yaxshi uyushmagan edi. O’sha davrdagi tarixiy 

sharoitda  mamlakatdagi  imperialistik  zulm  va  feodal  tartiblarni  tugatish,  milliy 

kapitalizm  taraqqiyoti  uchun  qulay  imkoniyat  yaratishdan  manfaatdor  bo’lgan 

milliy burjuaziya etilib kelayotgan burjua inqilobida rahbarlik rolini o’ynashi kerak 

edi.    Eron  burjuaziyasi  ko’p  sonli  o’rta  va  mayda  savdogarlardan,  kichik 

korxonalar  va  hunarmandchilik  ustaxonalari  egalaridan  tashkil  topgan  edi.  Yirik 

burjuaziya deyarli yo’q edi. 

Yevropa mamlakatlarida ta’lim olgan uncha ko’p sonli bo’lmagan eronlik 

ziyolilar milliy burjuaziyasining siyosiy intilishlarini o’zida ifoda etardilar. Eronlik 




20 

 

muhojirlar  chet  ellarda  bir  qancha  muxolifatchi  gazetalarni  nashr  etib,  ularni 



Eronda  yashirin  ravishda  tarqatardilar.    XX  asr  boshlarida  mamlakatda  shoh 

hokimyatiga qarshi kurashishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan bir qancha kichik 

tashkilot va guruhlar tuzildi. Tehronda islohot tarafdorlari Milliy kutubxona tashkil 

qildilar  va  u  tez  orada  vatanparvarlik  kayfiyatidagi  ziyolilarning  markaziga 

aylandi. Lekin Eron milliy burjuaziyasining zaifligi bu guruhlarga ham o’z ta’sirini 

o’tkazmoqda  edi.  Inqilob  arafasida  Eronda  birorta  siyosiy  partiya  yoki  ta’sir 

kuchiga ega bo’lgan siyosiy tashkilot yo’q edi. 

Siyosiy  va  iqtisodiy  inqirozning  kuchayishi  inqilobiy  vaziyatning  yuzaga 

kelishiga ko’maklashdi.  Xalq ommasining azob-uqubatlari va muhtojligi yil sayin 

kuchayib bordi. Shahar va qishloqlarda yuz beradigan ocharchilik doimiy voqeaga  

aylandi.  1900  yilda  Tehronda  va  boshqa  bir  qator  shaharlarda  non  mahsulotlari 

narxining  oshishiga  qarshi  g’alayonlar  bo’lib  o’tdi.  1901,  1903  yillarda  ochlik 

isyonlari  yanada  ko’paydi.  1904  va  1905  yillarda  xalq  ommasining  yangi 

chiqishlari ro’y berdi. 

Hukmron  doiralar  ichida  ham  inqiroz  belgilari  kuchaydi.  Hukmron  sinf 

vakillari  o’rtasida  yakdillik  yo’q  edi.  O’z  xo’jaliklarini  bozor  ehtiyojlari  asosida 

tashkil qilgan pomeshchiklarning bir qismi islohotlar tarafdori edilar. Diniy sudlar 

vakolatlarini  cheklash  maqsadida  sud  islohotlari  o’tkazishga  bo’lgan  urinishlar 

shoh bilan ruhoniylarning yuqori qatlami o’rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqardi. 

1905  yilda  Rossiyada  boshlanib  ketgan  birinchi  rus  inqilobi  Eronga  ham 

o’z ta’sirini o’tkazdi. O’n minglab eronlik ishchilar har yili mablag’ topish uchun 

Kavkazortiga  va  Kaspiy  ortiga  borardilar.  Ular  bu  hda  rus  ishchilari  bilan 

muloqotda  bo’lib,  sotsial-demokratik  g’oyalar  bilan  tanishardilar.  Rus  inqilobi 

boshlanib  ketgach,  tez  orada  Bokuda  neft  sanoati  ishchilari  tomonidan  dastlabki 

sotsial-demokratik  guruh  tashkil  etildi.  Tehronda  Rossiyada  ta’lim  olgan  injener 

Haydar  Amuo’g’li  boshchiligida  sotsial-demokratlarning  siyosiy  to’garagi  tashkil 

etildi. 

Tehronda  1905  yil  12  dekabrda  mavjud  tartib  qoidalardan  o’z 

noroziliklarini  bildirgan  bir  necha  savdogarlar  qamoqqa  olinib,  kaltaklandi.  Shu 

vaqtda  poytaxtda  Kerman  gubernatorining  aholini  shafqatsizlik  bilan  jazolagani 

haqidagi  xabar  ham  tarqaldi.  Bularning  hammasi  poytaxt  aholisini  g’azablantirib 

yubordi.  13  dekabrda  Tehrondagi  barcha  bozorlar,  do’kon,  ustaxonalar  yopildi. 

Machitlarning  birida  to’plangan  aholi  gubernatorning  iste’foga  chiqarilishini, 

hokimyat  vakillari  tomonidan  bo’layotgan  suiiste’molliklarni  tekshirish  uchun 

komissiya  tuzilishini  talab  qildilar.  Miting  tarqatib  yuborildi,  lekin  hukumatga 

qarshi chiqishlar davom etdi. 

Ertasi  kuni  ruhoniylar  yuqori  tabaqasi  vakillarining  bir  guruhi  poytaxtni 

tashlab,  shahardan  ancha  yiroqdagi  mashhur  bir  machitga  yo’l  oldilar.    Aholi 




21 

 

ularning  ketishlarini  hukumatga  qarshi  qaratilgan  namoyish  sifatida  qabul  qildi. 



Ruhoniylarga  ko’p  sonli  mullalar,  savdogarlar,  hunarmandlar  ham  qo’shildi.  Tez 

orada  2  mingga  yaqin  odam  to’plandi  va  hokimyat  faoliyatiga  qarshi  norozilik 

sifatida  best boshladilar.    (Best, bestga o’tirish  –  Eronda  eski urf-odatlarga ko’ra 

daxlsizlik  huquqiga  ega  bo’lgan  boshpanalarga  (machit,  elchixona  va  sh.o’.) 

odamlarning  kelib  o’tirishlari,  yashirinishlari.    Hokimyat  shunday  boshpanalarga 

yashiringan  odamlarga  nisbatan  qamoqqa  olish  yoki  kuch  ishlatish  kabilarni 

qo’llashi  mumkin  emas).    Best  ishtirokchilari  boshqa  shaharlarga  ham  o’z 

vakillarini yubordilar. Sheroz va Mashhadda ham namoyishlar va best boshlandi. 

Best  ishtirokchilari  Bosh  vazirning  iste’foga  chiqarilishini,  eng  yomon 

amaldorlarni  qamoqqa  olinishini,  hammaning  qonun  oldida  tengligi  asosida  aholi 

shikoyatlarini  odil  hal  qilish  uchun    “Adolat  uyi”ni  tashkil  qilishni,  belgiyalik 

Nausni  bojxona  vaziri  lavozimidan  bo’shatishni  talab  qildilar.  Tehron 

garnizonining harbiy qismlarida ham norozilik kuchaydi. 

Xalq harakatidan qo’rqib qolgan Muzaffariddin shoh yon berishga majbur 

bo’ldi.  U  Tehron  va  Kermon  gubernatorlarini  vazifasidan  bo’shatdi,    “Adolat 

uyi”ni  tashkil  qilish  to’g’risida  farmon  chiqardi.  1906  yil  yanvarda  best 

ishtirokchilari Tehronga qaytib keldilar. 

Lekin  shoh  o’z  va’dalarini  bajarishni  turli  yo’llar  bilan  orqaga  sura 

boshladi.  Bu  esa  norozilikni  yangidan  kuchayishiga  olib  keldi.  1906  yil  bahorida 

ko’pgina  shaharlarda  inglizlarning    Shahanshoh  bankini  boykot  qilish  boshlandi, 

bir qancha shaharlarda bankning bo’limlari ostin-ustun qilindi. 

1906  yil  yozida  inqilobning  yangidan  ko’tarilishi  yuz  berdi.  Bozorlarda, 

maydonlarda,  machitlarda  ko’p  kishilik  mitinglar  yig’ilardi.  10  iyulda  Tehronda 

mashhur bo’lgan targ’ibotchi shayx Muhammad qamoqqa olinganida olomon uni 

kuch  bilan  ozod  qildi.  Askarlar  namoyishchilarga  qarata  o’q  uzdilar,  bir  necha 

odam yaralandi, sayidlardan biri halok bo’ldi. 

Ertasi  kuni  barcha  bozorlar,  do’konlar,  hunarmandlarning  ustaxonalari 

yopildi.  Namoyishchilar  bayroq  o’rnida    halok  bo’lgan  sayidning  kiyimlarini 

ko’tarib  oldilar.  Bu  namoyishlar  12  iyulgacha  davom  etdi.  Siyosiy  vaziyat  juda 

keskinlashdi. 15 iyulda ruhoniylar yuqori qatlamining 200 vakili namoyishkorona 

Tehrondan  Qumga  chiqib  ketdilar.  16  iyul  kuni  Tehronning  taniqli 

savdogarlarining  bir  guruhi  Angliya  missiyasining  bog’ida  bestga  o’tirdilar.  Bir 

necha  kundan  keyin  best  qatnashchilarining  soni  13  ming  kishiga  etdi.  Ular  katta 

chodirlar  qurib,  gulxanlar  yoqardilar.  Mitinglar  deyarli  to’xtovsiz  davom  etardi. 

Bestda  o’tirganlar  harakatga  rahbarlik  qilish  uchun  komissiya  tuzib,  Qumdagi 

ruhoniylar bilan, boshqa shahar va provintsiyalardagi  harakat ishtirokchilari bilan 

aloqa  o’rnatdilar.  Best  harakati  qatnashchilarining    shohga  yo’llagan    talablarida 

ilgarigi  Bosh  vazirni  ishdan  bo’shatish  to’g’risidagi  talabga  yangi  talab  – 




22 

 

konstitutsiya  joriy  qilish  va  majlis  (parlament)    chaqirish  to’g’risidagi  talablarni 



ham qo’shdilar. 

Tehrondagi voqealar boshqa shaharlarga ham etib bordi va bu shaharlarda 

Tehron bilan birdamlik harakati keng yoyildi. Qumdagi ruhoniylar Tehrondagi best 

ishtirokchilarining  talablari  bajarilmaydigan  bo’lsa,  ular  Erondan  chiqib 

ketishlarini  bildirdilar.  Bu  xabar  musulmonlarga  katta  ta’sir  ko’rsatdi.  Tehronga 

keltirilgan  harbiy  qismlarda  ham  hukumatga  qarshi  kayfiyat  kuchaydi,  bu 

qismlardan biri best ishtirokchilari tomoniga o’tdi. 

Shoh xalq ommasi talablarini qabul qilishga majbur bo’ldi. Iyul oyi oxirida 

liberal  kayfiyatdagi  amaldor  Nasrulloxon  Moshir  ud  Davla  hukumat  boshlig’i 

bo’ldi,  avgust  boshida  majlisga  saylovlar  to’g’risida  farmon  chiqarildi.  Shundan  

keyin best to’xtatildi, yuqori tabaqa ruhoniylari Qumdan Tehronga qaytib keldi. 

Oktabr  oyida  Eronning  birinchi  majlisi  (parlament)  o’z  ishini  boshladi. 

Majlis  tarkibining  asosiy  qismini  feodal  zodagonlari,  pomeshchiklar,  ruhoniylar, 

savdogarlar tashkil qilardi. Lekin u inqilob natijasida yaratilgan parlament bo’lib, 

uning  majlislari  oshkora holda o’tardi.  Aholi  majlis  muzokaralarida ishtirok  etib, 

turli  masalalarni  majlis  muhokamasiga  kiritardi.  Bu  harakatlar  oziq-ovqat 

narxlarini  pasaytirish,  milliy  bankni  tashkil  qilish  kabi  ijobiy  tadbirlarni  amalga 

oshirishga  yordam  berdi.  Muzaffariddin  shoh  1906  yil  dekabri  oxirida  parlament 

tomonidan ishlab chiqilgan  “Asosiy qonun”ni  tasdiqladi. 

Majlis  (parlament)    chaqirilishi  va    “Asosiy  qonun”ning  qabul  qilinishi 

inqilobning dastlabki yutug’i edi. Bu davrda inqilobga rahbarlik to’la holda liberal 

elementlar  –  ruhoniylar,  liberal  pomeshchiklar,  yirik  savdogarlar  qo’lida  edi.  Bu 

davrda  inqilobiy  harakatning  liberal  va  demokratik  qanotlari  o’rtasida  ko’zga 

ko’rinarli ajralish yo’q edi. 

Lekin  inqilobning  kengayib  borishi  davomida  unda  ishtirok  etayotgan 

sinfiy  kuchlar  o’rtasida  ham  ajralish  kuchayib  bordi.  Qo’lga  kiritilgan  yutuqlar 

liberal  elementlarni  qanoatlantirardi.  Ular  inqilobiy  harakatni  to’xtatishga 

intilardilar.  Burjuaziyaning  demokratik  unsurlari  va  keng  xalq  ommasi  inqilobni 

yanada rivojlantirish uchun kurashardilar. 

1907  yilda  ommaviy  harakatning  yanada  ko’tarilishi  kuzatildi.  Isfaxon, 

Resht,  Tabriz,  Zanjon  va  boshqa  shaharlarda  shoh  hukumati  va  feodallarning 

zo’ravonligi, suiiste’molliklariga qarshi namoyishlar, best harakatlari bo’lib o’tdi. 

Chet el imperialistlariga qarshi bevosita chiqishlar bo’ldi. Aholi chet el tovarlarini 

boykot qildi. 

1906  yil  oxiridan  Rossiya  bilan  chegaradosh  Shimoliy  provintsiyalarda 

dehqonlarning stixiyali chiqishlari bo’ldi va bu harakatlar janubiy hududlarga ham 

yoyildi.  Dehqonlar  pomeshchiklarga  soliq  va  boshqa  to’lovlarni  to’lashdan  bosh 



23 

 

tortdilar,  xonlar  qasrlariga  hujum  qilib,  tortib  olingan  mahsulotlarni  kambag’allar 



o’rtasida taqsimlab berdilar. 

1907  yilda  Eron  ishchilari  va  xizmatchilarining  dastlabki  ish  tashlashlari 

bo’lib o’tdi, kasaba uyushmalari tuzish uchun harakatlar bo’ldi. Haydar Amuo’g’li 

va  boshqa  markschilar  tomonidan  bir  qator  shaharlarda  tashkil  qilingan  sotsial-

demokratik  to’garaklar  o’zlarini  Eron  sotsial-demokratik  partiyasi  deb  atay 

boshladilar. Eron sotsial-demokratlari  “Mujohidlar jamiyati”  (mujohid  – haq ish 

uchun  kurashchi)   bilan  yaqindan bog’langan  edi.   1905  yildan  boshlab  Eronning 

shimoliy  hududlarida  savdogarlar,  hunarmandlar,  ruhoniylarning  quyi  qatlami 

vakillari, dehqonlar, shahar kambag’allari, ishchilarni o’z ichiga olgan mujohidlar 

tashkilotlari  tuzila  boshlagan  edi.  Mujohidlarning  dasturida  umumiy  saylov 

huquqini  joriy  qilish,  so’z,  matbuot,  yig’ilishlar  o’tkazish,  jamiyatlar  tuzish,  ish 

tashlashlar  huquqlarini  joriy  qilish,  shoh  va  pomeshchik  hini  banklar  orqali  sotib 

olish  yo’li  bilan  dehqonlarga  berish,  8  soatlik  ish  kunini  o’rnatish,  maktablarda 

umumiy  bepul  majburiy  ta’lim  joriy  qilish,  adolatli  soliq  tizimini  o’rnatish  kabi 

radikal burjua-demokratik talablar bor edi. 

Shu bilan birga  “Mujohidlar jamiyati”  fitnachilik jamiyati sifatida tashkil 

qilingan edi. Mujohidlar Nizomi ayb ish qilib qo’ygan jamiyat a’zolarini jazolash 

uchun  maxsus  sudlar  va  maxfiy  turmalar  yaratishni  ko’zda  tutardi.  Yakka  terror 

taktikasiga katta e’tibor qaratilgan edi. 

Tabrizda  va  boshqa  shaharlarda  mujohidlarning  faol  harakati  natijasida 

inqilobiy  gvardiya  qismlari  –  fidoyilar  otryadlari  tashkil  qilindi.  Fidoyilar 

otryadlari Eron inqilobining asosiy qurolli kuchlariga aylandi. 

Xalqning    inqilobiy  faolligi  anjumanlarning  tashkil  qilinishida  ham  o’z 

aksini topdi. Anjumanlar (aynan  “birlashma”)  dastlab ma’lum bir aholi punktidan 

majlisga  saylov  o’tkazish  uchun  saylovchilarni  birlashtiruvchi  tashkilot  sifatida 

tashkil  qilingan  edi.  Keyinchalik  ular  mahalliy  hokimyatlar  qoshidagi  maslahat 

organi,  ba’zan  esa  bevosita  mahalliy  hokimyat  va  o’z-o’zini  boshqaruv  organlari 

sifatida  faoliyat  yurita  boshladilar.  Ko’pchilik    anjumanlarda  burjuaziya  vakillari 

rahbarlikni  o’z  qo’llariga  olgan  edilar.  Anjumanlar  faoliyatiga  xalq  ommasining 

kayfiyati  katta  ta’sir  o’tkazardi.  Ular  ko’pincha  feodallarga  va  chet  el 

mustamlakachilariga qarshi qaratilgan chiqishlarning tashabbuskorlari bo’lardilar. 

Provintsiya,  viloyat  va  shahar  anjumanlaridan  tashqari  turli  shakl  va 

ko’rinishdagi  anjumanlar  –  siyosiy  klublar,  hamshaharlik  birlashmalari,  kasaba 

uyushmalari  va  boshqalar  tashkil  topdi.  1907  yil  avgustiga  kelib  Tehronda  40  ga 

yaqin anjumanlar bor edi. Shu bilan birga reaktsiya kuchlari ham o’z anjumanlarini 

tuzishga harakat qilardilar. Poytaxtda Hojar shahzodalari anjumani tashkil qilingan 

edi, ba’zi joylarda pomeshchiklarning anjumanlari tuzilgan edi. 



24 

 

1907  yil  yanvarda  Muzaffariddin  vafotidan  keyin  taxtga  uning  o’g’li 



Muhammad Ali o’tirdi. Yangi shoh majlisni tan olmadi, u Eronni rasmiy ravishda 

konstitutsion  davlat  deb  tan  olmadi.  1906  yil  oxirida  qabul  qilingan    “Asosiy 

qonun”    faqat  majlisning  huquq  va  vakolatlarini  belgilab  bergan  bo’lib,  davlat 

qurilishining  boshqa  masalalari  hal  qilinmay  qolib  ketgan  edi.  Shoh  majlisning   

“Asosiy  qonun”ga  qo’shimchalar  kiritish  va  shu  yo’l  bilan  konstitutsiya  ishlab 

chiqilishini o’z yakuniga etkazish haqidagi taklifini rad etdi. Lekin Tehron, Tabriz 

va  boshqa  shaharlar  aholisining  faol  chiqishlari  Muhammad  Alini  chekinishga 

majbur qildi. U 1907 yil oktabrda majlis tomonidan ishlab chiqilgan  “Eron Asosiy 

qonuniga qo’shimchalar”ni tasdiqladi. 

“Asosiy  qonuniga  qo’shimchalar”ni  qabul  qilinishi  bilan  konstitutsiyani 

yaratish o’z nihoyasiga etdi. Shoh hokimyati majlis tomonidan cheklab qo’yilgan 

bo’lib,  majlis  qonunlar  chiqarish,  budjetni  tasdiqlash,  qarzlar,  kontsessiyalar 

to’g’risida bitimlar tuzish kabi vakolatlarga ega edi. Yuqori palata – senat tashkil 

qilish  ko’zda  tutildi.  Provintsiyalar  va  viloyatlarda  mahalliy  hokimyat  faoliyatini 

kuzatib  borish  uchun  aholi tomonidan  saylab qo’yiladigan  anjumanlar  tuzilishiga 

ruxsat  berdi.  Shaxs,  shaxsiy  mulk,  uy-joy  daxlsizligi  va  boshqalar  e’lon  qilindi. 

Ruhoniylarning  ko’pchilik  imtiyozlari  saqlanib  qoldi.  Oliy  ruhoniylardan  tashkil 

topgan  maxsus  kollegiya    qabul qilinayotgan  qonunlarning  islom  dini  ruhiga  mos 

kelishi-kelmasligi haqida qaror chiqarish huquqiga ega bo’ldi. 

Eronning  konstitutsion  davlatga  aylanishi  ijobiy  voqea  bo’ldi.  “Asosiy 

qonuniga  qo’shimchalar”  qabul  qilinganidan  keyin  liberallarning  inqilobdan 

chetlashishi  asosan o’z  nihoyasiga  etdi.  Yirik savdogarlar,  liberal pomeshchiklar, 

ruhoniylar inqilob o’z vazifasini bajarib bo’ldi, keyingi islohotlar va o’zgarishlarni 

majlis orqali asta-sekin amalga oshirish mumkin deb hisoblardilar. 

  Erondagi 

voqealarning 

rivojlanib 

borishi 


Angliya 

va 


Rossiya 

hukumatlarini cho’chitib qo’ydi. Ular inqilobni bo’g’ib tashlashga intildilar. 1907 

yil boshida Tehrondagi  ingliz elchisi inqilobga qarshi interventsiya uyushtirishga 

chaqirdi.  Angliya  bilan  Rossiya  o’rtasida  katta  imperialistik  ziddiyatlar  mavjud 

bo’lsada Eron xalqining demokratik-inqilobiy harakatiga dushmanlik, bu inqilobni 

bostirishga  bo’lgan  intilish  ingliz  va  rus  hukumatlarini  bir-biriga  yaqinlashtirdi. 

Bunga  ma’lum  ma’noda    ingliz-german  va  rus-german  imperialistik 

ziddiyatlarining mavjudligi ham ko’maklashdi. 

1907  yil  31  avgustda  Peterburgda  Eron,  Afg’oniston  va  Tibetdagi  ta’sir 

hududlarini  belgilab  olish  to’g’risida  Angliya-Rossiya  bitimi  tuzildi.  Shimoliy 

Eron  chor  Rossiyasining,  Janubi-Sharqiy  Eron  Angliyaning  ta’sir  hududi  deb 

belgilandi.  Ular  o’rtasidagi  hudud  betaraf  deb  e’tirof  etildi.  Ingliz-rus  bitimining 

tuzilishi  Angliya,  Fransiya  va  Rossiyadan  iborat  Antanta  harbiy  ittifoqini  tashkil 



25 

 

qilinishini o’z nihoyasiga etkazdi. Shu bilan birga bu bitim Eron inqilobiga qarshi 



qaratilgan bitim edi. 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish