5А320401- kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) magistratura talabalari uchun



Download 0,59 Mb.
bet36/108
Sana22.08.2021
Hajmi0,59 Mb.
#153414
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108
Bog'liq
Маъруза матни патентшунослик

Takrorlash uchun savollar.

  1. Yevropa ittifoqi patent idorasiga paten olish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?

  2. Yevropa ittifoqida patent olish uchun qanday shartnomalar va bitimlar tuziladi,

  3. AQSh patent idorasiga patent olish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?

  4. Yevropa ittifoqi va AQSh patent qonunchiligida qanday o’xshashlik va ayirmalik belgilari bor?



8-MAVZU: O’ZBEKISTON VA MDH PATENT IDORASI VA HUQUQCHILIGI
8.1. O’zbekiston va MHD mamlakatlarida patent huquqi.

8.2. O’zbekiston va MHD ixtirolarni rasmiy ekspertizadan o’tkazish.

8.3. O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan istemolchilarning asosiy huquqlari.
8.1. O’zbekiston va MHD mamlakatlarida patent huquqi
Sobiq SSSR patent xuquqi. Bugungi Rossiya qonunchiligi. Sobiq SSSR patent qonunchiligining o’ziga xos xususiyati to’lig’icha o’sha davrda amal qilgan ijtimoiy qurilma mohiyati bilan belgilangan. Jiddiy qilib aytganda, ixtirolar, sanoat namunalari va boshqa ob’ektlarni muhofaza qilish sohasidagi sovet qonunchiligi­ni patent qonunchiligi deb nomlash mumkin emas, sababi u SSSR fuqarolariga patent berilishni ko’zda tutmagan edi. Biroq, shunga qaramasdan "patent" atamasi SSSRda keng qo’llanilgan. Masalan, har bir ilmiy-tadqiqot yoki ishlab chiqarish tashkilotida patent bo’limlari amal qilardi, o’quv yurtlarida patentshunoslik fani bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilardi, patentshunos mutaxassislar tayyorlanardi va hokazo.

Patent tizimiga 1919 yil 30 iyunida Sovet Ittifoqining "Ixtirolar to’g’risida Nizom" dekreti qabul qilinganda asos solingan. Mazkur dekretga muvofiq yangi muhofaza xujjati — ixtiro uchun mualliflik guvohnomasi kiritilgandi. Dekretning mohiyati shundan iborat bo’lganki, har bir ixtiro xalq mulki hisoblangan va nashr qilingandan keyin davlat tashkilotlarida umumiy foydalanishga o’tgan. Bunda muallifga davlat tomonidan belgilanadigan ixtironing muhimligiga ko’ra muallif­lik mukofotini to’lash kafolatlanardi.

SSSR da shunday tizim tuzilgandiki, unda faqat yagona patent egasi - davlatning o’zi mavjud bo’lib, u fuqarolar tomonidan yaratilgan barcha ixtirolarga mutlaq xuquqqa ega bo’lgan. Muallif o’z ixtirosiga mutlaq xuquqlarni ololmasdi, binobarin o’z ixtiyoricha uni tasarruf qilolmasdi, litsenziyani boshqa shaxslarga sotolmasdi va hokazo. SSSR qonunchiligi asosan mualliflik xuquqini emas, balki 15 yil muxlatga amal qiladigan patentni olish imkonini ko’zda tutardi. Biroq, SSSR da faqat xorijiy fuqarolar va firmalar patent olishi mumkin edi.

Shu bilan birga, amalda bo’lgan sovet patent tizimi­ning ijobiy jihatlarini ham qayd etmaslik mumkin emas. Birinchi navbatda, bu patent ekspertizasini o’tkazish sohasidagi ko’p ishlangan qimmatli amaliy tajribaga taalluqlidir. Shuningdek xodimlarni patentshunoslarni tayyorlash tajribasi hamda tarkibiga korxonalarning patent bo’limlari, Butun ittifoq patent xizmatlari markazi (BPXM)ning filiallari, Patent kutubxonalari, Ixtirochi va rastionalizatorlar jamiyatlari va boshqalar kirgan SSSRning rivojlangan patent infra-tuzilmasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. SSSRning bosh patent tashkiloti Ixtirolar va kashfiyotlar bo’yicha SSSR Davlat qo’mitasi bo’lib, uning qoshida 1960 yilda Davlat patent ekspertizasining Butunittifoq ilmiy-tadqiqot instituti (DPEBITI) tashkil etilgan.

Sovet Ittifoqining patent bilimlari sohasidagi tajribasi Rossiya va boshqa MDH mamlakatlarida rivojlanayotgan zamonaviy patent tizimining negizi bo’ldi.

Rossiyaning yangi patent qonuni 1992 yil 23 sentyabridan kuchga kirdi. Bu qonun umuman olganda etakchi xori­jiy mamlakatlar patent qonunchiligi nizomlari bilan uyg’unlashtirilgan. Masalan, ixtironing patentga loyiqlik mezonlari sifatida yangililik ixtiro darajasi va sanoatda qo’llashning mumkinligi qabul qilingan qiyoslash uchun, SSSRda talabnoma berilgan texnik echim yangililik muhim farqlarga ega va ijobiy samara beradigan bo’lsa, ixtiro deb topilardi.

Yangi Rossiya qonunchiligining sobiq SSSR tizimidan boshqa muhim farqi ekspertizaning bir pog’onali tekshiruv tizimi o’rniga tekshiruv ekspertizasining ikki pog’onali tizimi joriy qilinganligidir. Ixtirolarni bunday tizim bo’yicha patentlash asosan boshqa davlatlar yondashuviga (masalan, EPI tartiblariga) o’xshash va quyidagi bosqichlardan iborat:

1. Ixtirolar uchun kelib tushayotgan talabnomalarni rasmiy ekspertizadan o’tkazish;

2. Talabnoma kelib tushgan sanadan o’n sakkiz oy o’tganidan keyin talabnomani nashr qilish. Shundan so’ng ta­labnoma berilgan ixtiro bo’yicha nashr kilingan formu­la xajmida vaqtinchalik xuquqiy muxofaza taqdim etiladi;

3. Talabnoma beruvchi yoki uchinchi shaxslarning tegishli iltimosnomalarini olgandan so’ng mohiyatiga ko’ra ekspertizani o’tkazish;

4. Mohiyatiga ko’ra ekspertiza natijalari bo’yicha ixtiroga patent berish yoki bermaslik to’g’risida qaror qabul qilinadi.

Rossiyada patentdan tashqari foydali model uchun gu­voxnoma deb ataladigan muhofaza xujjati ham joriy qilingan. Bunday guvoxnoma foydali model uchun talabnomani rasmiy ekspertizadan o’tkazgandan keyin beriladi. Foydali modelning patentga layoqatliligi uchun ekspertiza o’tkazilmaydi, binobarin guvohnoma talabnoma beruvchining javobgarligi bilan xaqiqiylik kafolatisiz beriladi.

Ixtiro va kashfiyotlar bo’yicha komi­tet bosqichma-bosqich Patent va tovar belgilari bo’yicha Rossiya agentligi (Rospatent)ga o’zgartirildi. 1998 yil fevralidan Sanoat mulki xuquqlari boshqarmasi, Butun-Rossiya patent-texnika kutubxonasi va EHM, ma’lumotlar bazasi va integral mikrosxemalar topologiyalari uchun dasturlarni xuquqiy muxofaza qilish bo’yicha Rossiya agentligining qo’shilishi natijasida DPEBITI negizida Sanoat Mulki Federal Instituti (FIPS) tashkil qilindi.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish