7-mavzu: Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va usullari. Uzluksiz kasbiy rivojlanish, shu jumladan mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, uslubiy asoslari


Nizomga ko`ra fan oyliklari quyidagi tartibda o`tkaziladi



Download 117 Kb.
bet4/8
Sana30.04.2022
Hajmi117 Kb.
#600607
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-mavzu

Nizomga ko`ra fan oyliklari quyidagi tartibda o`tkaziladi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli o‘quvchilaming qobiliyatlarini ma’lum bir maqsadga yo'naltirish, izlanuvchan, tashabbuskor va ijodkor o‘qituvchilami aniqlash, ularning tajribasini o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilayotgan metodlami takomillashtirish maqsadida fan oyliklari o‘tkaziladi
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida fan oyliklari quyidagi tartibda o‘tkaziladi

T/r

Fan va yo‘nalishlar nomi

O'tkazish
muddati

1.

Boshlang‘ich ta’lim

sentabr

2.

Ona tili va adabiyot, 0‘zbek tili

oktabr

3.

Rus va xorijiy tillar

noyabr

4.

Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari)

dekabr

5.

Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya)

yanvar

6.

Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari)

fevral

7.

Geografiya va iqtisodiyot

mart

8.

Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya)

aprel

9.

Jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik

may

Fan oyliklari yakunida umumiy c'rta ta’lim maktablarining Metodbirlashmasi rahbari tomonidan ma’lum bir fan o‘qituvchisining ish tajribasini ommalashtirish bo;yicha maktabning pedagogika kengashiga tavsiya etishi mumkin.


Metodik kunlar
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o'qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlashlari va o‘z bilimini muntazam boyitib borishlari, axborot informatsion texnologiyalardan unumli foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish inaqsadida metodik kunlar tashkil etiladi.
Metodik kunlar Respublika ta’lim markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan online shaklda ham tashkil etilishi mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarining metodik kunlari quyidagi jadval asosida tashkil etiladi:



T/r

Metodik kunlar

Mutaxassisliklar.

1.

Dushanba

Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o‘qituvchilari

2.

Seshanba

Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, 0‘zbek tili/rus tili) o`qituvchilari

3.

Chorshanba

Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot) o‘qituvchilari

4.

Payshanba

Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) o‘qituvchilari

5.

Juma

Xorijiy tillar o‘qituvchilari

6.

Shanba

Amaliy fanlar va boshlangich talim (tasviriy sanat, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang'ieh tayyorgarlik) oqituvchilari


Metodbirlashma hujjatlari
Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar boMishi lozim: Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnomasi va yillik hisoboti.
Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.
Metodbirlashmaning yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnomasi, hisoboti uch yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.
Yakuniy qoidalar
Metodbirlashmalar umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra maktab direktorining buyrug'i bilan tashkil etiladi va tugatiladi.
Metodbirlashma qarorlarini bajarish Metodbirlashmaning har bir a’zosi uchun majburiy bo‘lib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati Metodbirlashma rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
2. Uzluksiz kasbiy rivojlanish, shu jumladan mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, uslubiy asoslari.
Mustaqil malaka oshirish yo‘nalishlari Mustaqil malaka oshirish – uzluksiz ta’lim tizimining hamma bo‘g‘inlarida muntazam amalga oshiriladigan, har bir rahbar va mutaxassis pedagogning bilim va ko‘nikmalarni tezkorlik bilan mustaqil ravishda chuqurlashtirish, yangilash va madaniy saviyalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan faoliyatdan iborat. Mustaqil malaka oshirish va ta’lim olish uchun ta’limning yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha pedagog kadrlarning malakalari tizimli ravishda oshirib boriladi. Maktablarda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ilmiy-metodik seminar va trening mashg‘ulotlari tashkil etiladi, shuningdek, tajriba almashiniladi. Ustoz-shogird tizimi takomillashtiriladi. Mazkur ishlar maktab Ustavi, yillik ish rejasi va metodbirlashma rejalarida aks ettiriladi, shu bilan birga ularda qo‘yilgan vazifalarning ijrosi nazorat qilinadi. Ta’lim muassasasi rahbari tegishli xodimlar bilan birga chet el tajribalari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tayotgan o‘qituvchilarning tajribalarini o‘rganadilar, ularni umumlashtiradilar va tuman (yoki shahar)da ommalashtirish bo‘yicha barcha tegishli hujjatlarni tayyorlaydilar. O‘qituvchilarni malaka oshirishga yuborish oldindan rejalashtiriladi. Malaka oshirib kelgan o‘qituvchilarning hisoboti o‘z vaqtida metodbirlashma va pedagogik kengashda tinglanadi hamda ularga ochiq darslar tashkil etib boriladi. Maktabning o‘quv-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va metodbirlashma rahbarlari o‘qituvchilarning ―O‘z ustilarida ishlash‖ rejasi bo‘yicha amalga oshirayotgan faoliyatini ham o‘rganadi, unda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda mavjud bo‘ladigan kamchilik va muammolarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va metodik yordam ko‘rsatadi. Mustaqil malaka oshirishning maqsadi – rahbar xodim va pedagoglarning o‘z lavozimlari, mutaxassisligi, o‘qitish metodikasi bo‘yicha bilimlarini kengaytirish, pedagogika, psixologiya, ma’naviyat, milliy g‘oya yo‘nalishdagi nazariy va amaliy bilimlarini yangilash, ilg‘or tajribani o‘rganish va qo‘llash, takomillashtirish, o‘z ilg‘or tajribasini yaratishdan iborat jarayondir. Ta’lim jarayonini tashkil etishga mas`uliyat bilan yondashuvadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni mukammal o‘zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida darsni tashkil etuvchi, yuksak shaxsiy fazilatlarga ega o‘qituvchilarga talab tobora ortib bormoqda. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni amalga oshiruvchi asosiy shaxs bo‘lib qolmoqda. Islohotlarning sifati va samaradorligi o‘qituvchining ijodkorligi, faolligi, izlanuvchanligi, pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. Maktabda uzluksiz malaka oshirishning asosiy tashkiliy shakli pedagog kadrlarning yakka tartibda shaxsiy dasturi (ish rejasi) asosida uzluksiz mustaqil malaka oshirishlari hisoblanadi. Keyingi yillarda ―uzluksiz o‘rganish‖, ―umr bo‘yi ta’lim‖ tushunchalari dolzarb bo‘lmoqda. Doimiy rivojlanish, o‘z shaxsini takomillashtirish jarayoni ko‘pchilik tadqiqotchilarning diqqat-e`tiborini tortmoqda. Pedagogning uzluksiz mustaqil malaka oshirish reja-dasturi Mazkur tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasining ―Ta’lim to‘g‘risida‖gi Qonuni, hamda Respublika Prezidenti Sh. M. Mirziyoevning ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha chiqargan farmon va qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yuqori malakali, salohiyatli kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, Xalq ta’limi vazirligining uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan buyruqlari asosida tayyorlandi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining zamon talablari darajasida modernizatsiya qilinishi bilan birga, ta’limning mazmun-mohiyati ham o‘zgarib bormoqda: davlat ta’lim standartlari takomillashtirildi, o‘quv dasturlari modernizatsiya qilindi va optimallashtirildi, darsliklarning yangi avlodi yaratilmoqda. Ma’lumki, oldingi ta’lim ko‘proq akademik bilimlar berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, hozir esa unib-o‘sib kelayotgan yoshlarning chuqur nazariy bilimlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda, ularda amaliy (kasb-hunarga yo‘naltirilganlik) ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Ta’lim jarayonini tashkil etishga mas`uliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni mukammal o‘zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida darsni tashkil etuvchi, yuksak shaxsiy fazilatlarga ega o‘qituvchilarga talab tobora ortib bormoqda. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni amalga oshiruvchi asosiy shaxs bo‘lib qolmoqda. Islohotlarning sifati va samaradorligi o‘qituvchining ijodkorligi, faolligi, izlanuvchanligi, pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. Ta’lim muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish hamda monitoringini olib borish, ta’lim jarayonida pedagoglarning ilmiy, pedagogik, psixologik, didaktik va metodik usullardan foydalanishidagi bo‘shliqlarni aniqlash, to‘ldirish yo‘llarini belgilashni muvofiqlashtirish yo‘llarini belgilash zarur. Maktabda uzluksiz malaka oshirishning asosiy tashkiliy shakli pedagog kadrlarning yakka tartibda shaxsiy dasturi (ish rejasi) asosida uzluksiz mustaqil malaka oshirishlari hisoblanadi. Keyingi yillarda ―uzluksiz o‘rganish‖, ―umr bo‘yi ta’lim‖ tushunchalari dolzarb bo‘lmoqda. Doimiy rivojlanish, o‘z shaxsini takomillashtirish jarayoni ko‘pchilik tadqiqotchilarning diqqat-e`tiborini tortmoqda. O‘qituvchi faoliyatining kasbiy diagnostikasi uni yanada yuqori natijaga erishishini ta’minlash uchun o‘zlashtirishi va o‘z faoliyatida qo‘llashi zarur bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ish ko‘nikmalari va malakalarni aniqlashdan iborat. Buning uchun o‘qituvchi kacbiy faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘yicha tayyorgarlik darajasini aniqlab, xulosalar chiqariladi.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish