7-mavzu: Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va usullari. Uzluksiz kasbiy rivojlanish, shu jumladan mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, uslubiy asoslari


Uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish shakllari va bosqichlari



Download 117 Kb.
bet8/8
Sana30.04.2022
Hajmi117 Kb.
#600607
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-mavzu

Uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish shakllari va bosqichlari
- mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;
- muqobil malaka oshirish;
- ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida bevosita o‘qish.
Mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ochiq o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslarini tashkil etish;

  • iqtidorli va iste’dodli talabalar bilan ishlash;

  • ilmiy konferensiyalarda ma’ruza bilan qatnashish;

  • ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;

  • ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;

  • ilmiy loyihalarda ishtirok etish;

  • xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar e’lon qilish;

  • Ochiq o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslarini tashkil etish — zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’limning interaktiv metodlarini qo‘llagan holda akademik guruhlarda jadval bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish va o‘rnatilgan tartibda keng muhokama qilish.

  • Iqtidorli va iste’dodli talabalar bilan ishlash — dars berayotgan fanlari bo‘yicha talabalarning respublika va xalqaro miqyosidagi fan olimpiadalari, sport musobaqalari, san’at sohasidagi ko‘rik tanlovlar va ko‘rgazmalarning sovrindorlarini tayyorlash hamda iqtidorli va iste’dodli talabalar bilan ishlashda faollik ko‘rsatish.

  • Ilmiy konferensiyalarda ma’ruza bilan qatnashish — fan va amaliyot, o‘qitish metodikasi va texnologiyasining dolzarb muammolarini hal etishga va o‘quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan dolzarb mavzulari, innovatsion yo‘nalishlari bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar, davra suhbatlari, seminarlarda ilmiy yoki ilmiy-metodik ma’ruzalar (axborotlar) bilan chiqish.

  • Ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish — mustaqil ravishda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb masalalariga yo‘naltirilgan (mutaxassisligi doirasida) muhim mavzular bo‘yicha olib borilgan tadqiqot (empirik) natijalari, tahlillari, ratsionalizatorlik g‘oyalari va ishlanmalarini dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar, shu jumladan elektron ilmiy-texnik jurnallarda e’lon qilish.

  • Ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish — mashg‘ulot olib borayotgan fanlari bo‘yicha ijodiy ish natijalarini respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rik-tanlovlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etish orqali ommalashtirish, sovrindor bo‘lish.

  • Ilmiy loyihalarda ishtirok etish — xalqaro loyihalar va dasturlar, shuningdek fan va texnologik taraqqiyotning bugungi darajasi bilan kadrlar tayyorlash ta’lim mazmuni, sifatini oshirish orasidagi uzviylikni rivojlantirish maqsadida fundamental, innovatsion va amaliy loyihalarga, xo‘jalik shartnomalari asosida bajariladigan ishlarga, shuningdek xalqaro miqyosdagi loyihalarga rahbarlik qilish yoki ishtirokchi sifatida faoliyat olib borish.

  • Xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar e’lon qilish — mustaqil ravishda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb masalalariga yo‘naltirilgan muhim mavzular bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari, tahlillari, ratsionalizatorlik va innovatsion g‘oyalarini xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan yuqori reytingli yoki impakt-faktorli ilmiy jurnallarda e’lon qilish.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish