8 mavzu. Axloqiy qadriyatlar (etika). Reja



Download 61,68 Kb.
bet5/8
Sana15.06.2022
Hajmi61,68 Kb.
#673936
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7. ЭТИКА mavzu 7 maruza

Vijdon. Etikaning nihoyatda ta’sir doirasi keng katigoriyalaridan biri vijdondir. Vijdon - Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, vijdon azobi, bu oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalb-dagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to‘xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi muz tog‘iga – aysbergga o‘xshatish mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi teranlikdagi qismidan yuz, balki ming barobar kichik.
Nomus. Asosiy katigoriyalardan yana biri – nomus. Nomus tushunchasi bir tomondan, burch bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, qadr-qimmat tushunchasiga aloqador. Zero, nomus mohiyatan shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglab etishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabati bilan belgilanadi.
Axloqiy tamoyillar va me’yorlarga -vatanparvarlik, erkparvarlik, insonparvarlik, bag‘rikenglik, halollik, hayolilik, xushmuomalalik kiradi.


Muomala madaniyati va uning va unung qirralari


Axloqiy madaniyatning eng muhim omillaridan biri muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Umuman olganda, kishilarning nasihat va odob o‘rgatishsiz bir-biriga ta’siri tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovor.
Axloqiy madaniyat yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar ko‘rinishidan biri bu etiket. U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zini tutishi, qonun- qoidalarni bajarishini boshqaradi. Etiketning qamrovi keng u muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan hatti-harakatni taqozo qiladi.
Etiket-takallufning mayda-chuyda jihatlari ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy kishining ko‘zini quvontiradigan muomala hodisasi.
Axloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu munosabat bir tomondan hamkasblar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi tomondan kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri.
Bulardan tashqari, shifokorlik odobi, huquq targ‘ibot xodimlari odobi, muhandis odobi singari bir qancha kasbiy odob turlari bor-ki, ular ham jamiyatda axloqiy munosabatlar silsilasida muhim ahamiyatga ega. SHuni ham aytish kerakki, barcha kasbiy odob qonun-qoidalarining ta’sir doirasi, miqyosi bir xil emas. Ba’zi bir kasbiy odobning buzilishi oddiy odobsiz doirasidan chiqib, axloqsizlikka aylanib ketadi. Masalan, rahbarlik odobidagi ba’zi nuqtalarga to‘xtalaylik. Rahbar quyi lavozimdagilarga mensimay, qo‘pol munosabatda bo‘lishi, o‘ziga ishonib topshirilgan oddiy odamlar arz-dodiga, orzu-istaklariga to‘ralarcha sovuqqon qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik orttirishi yo‘lida korrupsiya vositasida mamlakat, viloyat yoki tashkilot manfaatlarini qurbon qilishi axloqsizlik, nafaqat raxbarlik kasbiga balki vatanga ham xiyonat tarzida baholanishi mumkin. Ba’zan kasbiy odobni kasbiy axloq ham deb atash mumkin.
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib etishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni barqaror etadi, axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashni o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri-qanday yashamoq kerak. Ikkinchisi, nima qilmog‘u, nima qilmaslik lozim.
Muomala qilishni bilish – avvalambor suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu erda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmasdan uni eshitishni o‘rganing. Zero suhbatdoshingizni hamdardlik, layoqatlilik, yaxshi niyatliligingizni ko‘rsatib, diqqat va sabr-toqat bilan eshita olishning o‘zi - bu iste’dod. Lekin bu iste’dod tug‘ma emas – har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarida mujassam etib, tarbiya toptirishi mumkin. Suhbatdoshingizni tinglayotib iloji boricha uning ko‘ziga qarashga harakat qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yohud so‘zlar bilan suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat qiling. Hech qachon suhbatdoshningizni gapini bo‘lib, u bilan bahslashishga va raddiya bildirishga intilmang. Agar suhbatdoshingiz sizni unga bo‘lgan e’tiboringizni suiste’mol qila boshlasa, chiroyli qilib uzr so‘ragan holda vaqtingiz ozligini, bandligingizni aytib suhbatni boshqa kunga ko‘chirishni so‘rang. Faqatgina o‘zini dardini gapirish uchungina suhbatlashadigan odamdan yomon suhbatdosh chiqadi. Zero, oxir oqibat u tinglovchilarsiz qolishi mumkin.
Suhbatdoshingizni dilini og‘ritadigan «aqlli» gaplardan qochishga harakat qiling. Gapirayotganda mavzudan chetlamang va suhbatoshingizni sizni eshitayotganligiga ishonch hosil qiling. Ba’zida uning fikrlarini maqtab qo‘yganingiz ma’qul. Agar sizning yo‘ldoshingiz tarbiyali odam bo‘lsa-yu, siz bilan suhbatlashishni istamasa, u sizga buni hilmlik bilan sizni savollaringizga qisqacha jabvob berish orqali bildirishga harakat qiladi. Muloqot doirasida me’yordan chiqish xavflidir. Agar zerikarli sukunat qo‘shningizga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlasa, haddan tashqari dil izhorlik orqali o‘zingizni barcha ishlaringizdan uni voqif qilish ham noto‘g‘idir. Bunday holatlarning aksariyati ayollarda uchraydi. Bunday ayollarni sayohat vaqtida qo‘shnilariga barcha narsalar haqida, ishlar holati, qaerdan qaerga ketayotganliklari, nima uchun ketayotganliklari, oilaviy ahvollari, qarindoshlarining taqdirlari borasida hovliqib voqif qilishga harakat qiladilar. Albatta inson ochiqlikka haqqi bor, biroq o‘z suhbatining og‘irligini boshqara olish kerak. Suhbatni olib borish maqsadida hamsuhbatingizni anketa toifasidagi savollarga ko‘mib tashlamang. Tergovchi bilan suhbatni eslatuvchi bunday savollar suhbatdoshni xavotirga solib qo‘yadi. Bahsdagi yoki suhbat jarayonidagi og‘irlikni muloqotning tajribaviy usullaridan biri bo‘lmish xajviya engillata olish xususiyatiga ega Biroq, ortiqcha xajviya, hozirjavobliklar doimo to‘g‘ri kelavermasligini unutmang.
SHirin muomalada bo‘lish ham katta san’at. SHirin so‘z bilan kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. So‘z, yuz va ko‘z, tilning ko‘rki hisoblanadi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bo‘lsa ham suyakni tebratadi.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy me’yoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. SHuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. SHu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. Muomala odobining yana biri bu – insoniy nigoh. Ma’lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. CHunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketishi yoki fikri bo‘lib, qo‘pol muomalada bo‘lishlari madaniyatsizlikni anglatadi. Suhbatdoshingizni fikrini noto‘g‘ri deb bilgan taqdiringizda ham tarbiyali va kamtar inson sifatida munosabatda bo‘lib, “Menimcha adashdingiz?” “Uzr, men boshqa fikrdaman”, “Kechirasiz, men sizning fikringizga qo‘shilmayman” degan iboralar bilan murojaat qiladi. Hech qachon “umuman noto‘g‘ri”, “bu to‘g‘rida hech narsani tushunmaysiz”, “ bu narsani yosh bola ham biladi” degan iboralarni ishlatish mumkin emas.
Gapirayotgan insonni fikrini bo‘lib, “Bo‘lishi mumkin emas”, “O‘zingiz ishonasizmi?” tarzidagi iboralar bilan chalg‘itish ham odobsizlik sanaladi.
Xushmuomalalik va odoblilik mug‘ombirlikdan va qalbaki tortinchoqlikdan kelib chiqmasligi, samimiy, tabiiy va beg‘araz, har qanday mug‘ombirlik va yolg‘ondakam tortinchoqlikdan xoli bo‘lishi kerak.
Hamma davrlarda suhbat, muloqot insoniyatning muomalasining asosini tashkil qilgan. Suhbat – bu insonlar o‘rtasidagi fikrlar almanishuvi bo‘lib, u aqllilik va chiroyli so‘zlashning belgisi bo‘lib hisoblanmaydi. Ba’zi insonlar qanday qilib gap boshlashni bilishmaydi, gapirganda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Juda ko‘p keraksiz so‘zlarni, ishlatadilar. Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz nutqidan mamnun emasmiz. CHunki ularning nutqi umuman yo‘q hisob, gaplari faqat jargon va vulgar so‘zlardan iborat. Agar suhbatdoshingizning nutqi jargon so‘zlar bilan to‘lib, toshgan bo‘lsa, o‘zi qiynalib poyma – poy gapirsa, talaffuzi yaxshi bo‘lmasa, ohangi qo‘loqqa yoqmasa, eng mazmundor suhbat ham o‘z qimmatini yo‘qotadi. Hamma vaqt aniq – ravshan, hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat qilish kerak. Hovliqib aytilgan so‘zni tushunish qiyin bo‘ladi, juda cho‘zib, sekin gapirish esa kishining sabr – kosasini to‘lib toshiradi. Talaffuz etilgan har bir so‘z, bo‘g‘in va ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk odat.
O‘z ona tilini hurmat qilgan inson uni buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ajnabiy so‘zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni to‘g‘ri talaffuz eta oladigan kishi, zarurat bo‘lsa, ularni o‘z nutqida ishlatishi mumkin.
YOqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz odatda nafis ohangdir, baland ham, past ham, tez ham sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz boshqalarga yoqmasa, hayotingizdagi tutgan o‘rningizga ohangni mos kelmaganidan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz. Boshqa nutqdagi qusurlar ham to‘g‘irlansa bo‘ladi. Ammo chiroyli nutq uchun faqat ohangning nafisligi etmaydi. Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada go‘zallashtiradi. Zero, quruq so‘zlardan iborat chiroyli nutq odamlarda sizga nisbatan bo‘lgan kinoyani uyg‘otadi. Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy «Ichindagi ichindadir» nomli asarida “So‘z buyukdir. Zero Alloh bo‘l demasa ham olam bo‘laverar edi. CHunki Allohning hohishini o‘zi etarlidir. Alloh «Bo‘l!» deb So‘zni buyuk qildi”, degan fikrni bildirib ketadi. SHunday ekan so‘zlarni mazmun bilan boyitish ham muhimdir. CHiroyli nutq egasi o‘z nutqi bilan birikki martagina odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Lekin mazmunsiz chiroyli so‘zlar odamlarni me’dasiga tegadi. Zero hozirgi paytda Siz nutq bilan yuzlanayotgan odamlar avvalida sizga ko‘proq ijobiy emas, tanqidiy nuqtai nazardan yondashadilar. Ish, martaba, kechinmalar va kayfiyatning yomonligi ham, betoblik ham, atrofdagilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham muloyimlik, mayin ovoz bilan va shu qatori bir vaqtda ishga doir qat’iyyatlik bilan berish mumkin.

Download 61,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish