8 mavzu. Axloqiy qadriyatlar (etika). Reja



Download 61,68 Kb.
bet6/8
Sana15.06.2022
Hajmi61,68 Kb.
#673936
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7. ЭТИКА mavzu 7 maruza

Axloqiy qadriyatlar
Axloqiy qadriyatlarning mazmuniga ko‘ra burch, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, rostgo‘ylik va hokazolarga; shakliga ko‘ra esa ijobiy yoki salbiy, ya’ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin.
2. Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko‘ra:
a) umuminsoniy axloqiy qadriyatlar-insonparvarlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik va boshqalarga;
b) milliy axloqiy qadriyatlar-mehmondo‘stlik, kattalarga nisbatan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik va hokazolarga;
v) shaxsiy axloqiy qadriyatlar – kasbiy burchni bajarish, sevgisiga sadoqatli bo‘lish, halol rizq topish, so‘zining ustidan chiqish, oila sha’nini saqlash, haromdan hazar qilish kabi turkumlarga bo‘lish mumkin.

Etiket
Axloqiy madaniyatda yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar ko‘rinishidan biri, bu - etiket. U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zini tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o‘z munosabatlariga ijodiy yondashsa, ya’ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan xatti-harakatni taqozo etadi.
Etiketning zamonaviy ko‘rinishlari bilan birga, shunday milliy-an’anaviy shakllari ham borki, ularsiz millat madaniy hayotining tasavvur qilish qiyin. Masalan, salomlashish odobini olib ko‘raylik. Etiketning bu turiga ko‘ra, ko‘chadan o‘tib ketayotgan odam, ko‘cha bo‘yida o‘tirganlar yoki turganlarga salom berishi kerak, salom berganda o‘ng qo‘l chap ko‘krakda, yurakning ustida turishi, bosh esa engil ta’zimga egilishi lozim. Ko‘rishish etiketida esa qo‘lning uchini berib salomlashish ko‘rishayotgan odamga nisbatan ginaxonlik, xafagarchilikni bildiradi - odobdan emas. Ko‘rishganda yosh yoki martaba nuqtai nazaridan katta kishi birinchi bo‘lib qo‘l uzatishi lozim; ayollar bilan ko‘rishganda ham erkak kishi tomondan shunday etiket qoidasi bajarilmog‘i talab qilinadi.
Milliy mentalitetda marosimlar etiketi, ayniqsa katta ahamiyatga ega. To‘y marosimida, xususan, qiz bilan ota-onaning xayrlashuvi, nikoh kechasiga kirib kelishda kuyovning kelinni chap tomonda tutib, to‘yxonaga boshlab kirishi v.h. etiket qonun-qoidalari to‘liq bajarilishi lozim. YOki aza marosimida fotihaga kelgan odamlarni milliy to‘n va do‘ppi kiygan, belbog‘ bog‘lagan holda, qo‘l qovishtirib, boshni bir bu quyi tutgan tarzda kutib olish qat’iy qoidaga asoslanadi. Bular, bir qarashda, etiketning milliy yoki kasbiy udum, odat, rasm-rusmlardan farqi yo‘q ekan, degan taasurot qoldirishi mumkin. Bu yuzaki, yolg‘on taassurot. CHunki udum, odat, rasm-rusmlar muayyan darajada erkinlikka ega, ba’zan ularni bajarmaslik ham mumkin. Lkin etiketda buning imkoni yo‘q – etiket qonun-qoidalari majburiylik tabiatiga ega.
SHunday qilib, etiket - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin, ayni paytda, u asl axloqiy asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo‘ladi: etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o‘z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin. Bu jihatdan u munofiqlikning bir ko‘rinishiga aylanadi. Masalan, siz biror yoqqa shoshilib, darvozadan chiqdingiz, deylik. Ro‘parangizda tanishingiz yoki qo‘shningiz uchraydi. Siz ko‘rishib, hol-ahvol so‘rashib, so‘ng sharqona etiketga rioya qilib uni: «Qani uyga kiramiz, choy qilamiz, bir hangomalashamiz», deb ichkariga taklif qilasiz. Lekin, aslida, siz uning uyga kirishini aslo istamaysiz, vaqtingiz yo‘q, hatto, shu uchrashganda ketgan vaqtingizni o‘ylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz o‘z istagingizga qarshi, etiket-mulozamat yuzasidan yolg‘on gaplarni aytasiz, xunuk eshitilsa ham na chora - munofiqlik qilasiz. SHunga qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo‘lmasin, bosiqlikka, muloyimlikka va sabr-toqatga o‘rgatishi bilan ahamiyatlidir.

Download 61,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish